Sport
«MYu» va «Bornmut» o‘yini gollar shousiga aylandi
«Qizil iblislar» to‘rtta gol urdi, lekin yakunda bir ochko bilan kifoyalandi.
Foto: foto: Robin Jones – AFC Bournemouth/AFC Bournemouth via Getty Images
«Manchester Yunayted» navbatdagi marta beqaror mavsum o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, bu mavsumda APLdagi raqobatchilarning aksarida ham muammolar kuzatilmoqda. Shu tufayli turnir jadvalining yuqori qismida jamoalar tig‘iz joylashgan. Va «Bornmut» bilan o‘yin yakunlariga ko‘ra Ruben Amorim jamoasida kuchli to‘rtlikka kirib olish imkoniyati yuzaga kelgandi. Qolaversa, ushbu raqib so‘nggi olti turda atigi ikki ochko jamg‘argandi. Ammo vaziyat «MYu» uchun reja bo‘yicha ketmadi.
«Bornmut» bilan o‘yin – «Manchester Yunayted» uchun 3-4-3 sxemasidagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin. Angliyadagi nashrlar Amad Diallo, Brayan Mbeumo va Nussayr Mazraviy Afrika Kubogiga ketishi munosabati bilan Ruben Amorim sxemani 4-3-3 ko‘rinishiga o‘zgartirayotgani haqida yozishdi. Ammo portugaliyalik mutaxassis hozircha bunga qo‘l olmadi. Shu bilan birga, «MYu» boshlang‘ich tarkibida 19 yoshli himoyachi Eyden Heven tushirildi.
Birinchi bo‘limda «Manchester Yunayted» munosib o‘yin ko‘rsatdi. Futbolchilar orqa chiziqda deyarli xatosiz harakatlandi, oldingi chiziqda esa muntazam ravishda vaziyatlar yaratib, hujumkor futbol bilan muxlislarni xushnud etishdi. «Bornmut» uchun esa o‘yin starti ko‘ngilsiz kechdi: mehmonlar beshinchi daqiqadayoq jarohat tufayli Tayler Adamsdan ayrilishdi. Amerikalik ushbu futbolchi – Andoni Iraola tizimidagi muhim futbolchilardan biri sanaladi. Natijada «Bornmut»ning o‘yin uchun rejasiz jiddiy o‘zgarishga uchradi.
«MYu» aynan shundan foydalangan bo‘lishi mumkin. Mezbonlarning ilk daqiqalardan uyushtirgan bosimi 13-daqiqada hisob ochilishiga olib keldi. Diogu Dalo qanotdan darvozabon hududiga to‘p oshirdi, Mateus Kunya bosh bilan yaxshi zarba berolmadi, ammo «Bornmut» darvozaboni Jorde Petrovichni chalg‘ita oldi. Serbiyalik posbon to‘pni ushlab ololmadi, qaytgan to‘pga Amad Diallo birinchi bo‘lib yetib keldi – 1:0.
«MYu» shundan keyin ham hujum uyushtirishda davom etdi: Mateus Kunya, Kazemiro va Brian Mbemoda golli vaziyatlar bo‘ldi, Diallo dublga yaqin keldi.
28-daqiqada «MYu» uchun ilk ogohlik qo‘ng‘irog‘i chalindi – darvozabon Senne Lammens Markus Taverniyening boshda yo‘llagan zarbasini qiyinchilik bilan qaytardi. Bo‘lim oxirida esa u baribir Semenyo qarshisida ojiz qoldi. 40-daqiqada Lyuk Shou qanotda to‘p uchun kurashni boy berdi, ganalik vinger mezbonlarni bu xato uchun kechirmadi – 1:1.
Birinchi bo‘limni bunday hisobda yakunlash mezbonlar uchun alamli bo‘lgan bo‘lardi. Jamoa dastlabki 45 daqiqalikda 2,49 xG (kutilgan gollar) ko‘rsatkichiga erishganji. Va ularning baxtiga bo‘lim oxirida mehmonlar darvozaboni yordamlashib yubordi. Birinchi golda ham qisman aybdor bo‘lgan Petkovich 45+4-daqiqada yaqqol xatoga yo‘l qo‘ydi. Fernandesh burchakdan to‘pni Kazemiroga yetkazdi, braziliyalik yarimhimoyachi boshda oddiy zarba yo‘lladi, ammo darvozabon bu zarbani qaytara olmadi – to‘p uning qo‘llaridan sirg‘alib chiqib, darvoza to‘riga yo‘l oldi.
Lekin hisobda yana oldinga chiqib olganidan keyin «MYu» futbolchilari bo‘shashdi, «Bornmut» futbolchilari esa katta ishtiyoq bilan oldinga tashlandi. Mehmonlar ikkinchi bo‘lim boshidagi ilk hujumdayoq hisobni tenglashtirishdi. Taverniye markazda to‘pni egallab olgach, Evanilsonni qulay vaziyatga chiqardi va hujumchi to‘pni olis burchakka aniq yo‘naltirdi.
Olti daqiqa o‘tib «Old Trafford»da yig‘ilgan muxlislar yana bir bor karaxt holatga tushishdi. Kazemiro «Bornmut»ning navbatdagi hujumini jarima maydoni yaqinida fol ishlatib to‘xtatdi. Markus Taverniye esa zarba berishni o‘z zimmasiga oldi va to‘pni futbolchilar orasidan orasidan o‘tkazib, chap pastki burchakka aniq yo‘naltirdi.
Senne Lammens to‘pga yeta olmadi va bir necha daqiqa ichida 2:1 hisobi 2:3 ko‘rinishiga o‘zgardi.
«Manchester Yunayted» futbolchilari esa o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Mezbonlar asta-sekinlik bilan «Bornmut» jarima maydonini qamal qila boshladi. Va bu 77-daqiqada o‘z samarasini berdi. Jarima maydoni tashqarisida to‘p mehmonlar himoyachisi Markos Senesining qo‘liga tegdi va bosh hakam Saymon Huper jarima zarbasi belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Brunu Fernandesh esa yana bir shedevr gol muallifiga aylandi.
U to‘pni olis to‘qqizlikka aniq joyladi va muvozanatni tikladi.
To‘qqiz daqiqa o‘tib «MYu» ajoyib qarshi hujum uyushtirdi: Benyamin Sheshko qanotda oldinga tashlanib, jarima maydoniga uzatma berdi, to‘p esa Adriyen Tryuffer orqali mutlaqo bo‘sh turgan Mateus Kunyaga kelib tushdi va hisob 4:3 ko‘rinishini oldi.
Ammo bu hisob ham uzoq saqlanib turmadi, ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan 19 yoshli Eli Krupi Ximenesning uzatmasidan keyin jarima maydoni ichida bir harakat bilan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va ikkinchi teginishda darvozan ishg‘ol etdi.
Hakam o‘yinning asosiy vaqtiga sakkiz daqiqa qo‘shib berdi va ikki jamoa ham bu daqiqalarni hujumda o‘tkazdi, ammo muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi. «MYu» va «Bornmut» joriy mavsumdagi eng telbavor o‘yinlardan birini o‘tkazib berishdi, ammo yakunda bittadan ochko bilan kifoyalanishdi. «Manchester Yunayted» kuchli beshlikka ham kirolmadi.
Sport
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.
Sport
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.
Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.
Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.
1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.
Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.
Manba: UEFA
Sport
Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.
«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.
Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.
Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Sport
Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.
«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.
Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.
Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.
Sport
«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi
Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.
London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.
O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.
«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.
-
Iqtisodiyot5 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Jamiyat19 hours ago
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
-
Siyosat2 days ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Sport1 day ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
-
Sport19 hours ago
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
-
Siyosat7 hours ago
Saida Mirziyoyeva Pekinda Va I bilan muloqot o‘tkazdi
-
Jamiyat49 minutes ago
Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi
