Connect with us

Sport

«MYu» «Arsenal»ga qarshi, «Siti» uchun 3-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyati. Hafta o‘yinlari anonsi

Published

on


Angliyada klassik to‘qnashuv, Italiyada salkam chempionlik bahsi, Ispaniyada uch nahang o‘rtasidagi sirtqi raqobat, tabiiyki, Yevropa futboli bu safar ham bizga qiziqarli bahslarni tayyorlab qo‘ygan. Abduqodir Husanovni esa bu safar «Nottinghem»ning tezkor hujumchilari imtihon qilishadi. Yoki teskarisi, Husanov ularni sinovdan o‘tkazadi.

NOTTINGHeM FOReST – MANCheSTeR SITI (8 mart, 17:30)

«Manchester Siti» ushbu mavsumda juda ko‘p inqirozli davrlarni boshdan kechirgan, beqaror natijalar ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, badtarroq ahvoldagi top-klublar tufayli, bemalol shu turdayoq uchinchi o‘ringa chiqib olishi mumkin. Buning uchun Pep Gvardiola shogirdlari safarda «Nottinghem Forest» ustidan g‘alaba qozonsa kifoya.

Boshqa tomondan o‘yinning aynan Nottinghemda bo‘lib o‘tishi tomonlar muvozanatini jiddiy ravishda mezbonlar foydasiga og‘dirishini ham aytib o‘tish kerak. Sababi, ushbu mavsumda «shaharliklar» aynan safar o‘yinlarida yaxshi o‘ynay olmayapti – o‘tkazilgan 14 safar o‘yinining atigi oltitasida «Manchester Siti» g‘alaba qozongan xolos. «Nottinghem» esa uyda yomon emas – mavsum davomida atigi ikki marotaba mag‘lubiyatga uchragan xolos. So‘nggi ikki o‘yinda «Brayton» ustidan 7:0 hisobidagi g‘alaba, «Arsenal» bilan durang ham bugun mehmonlarga oson bo‘lmasligidan dalolat qiladi. O‘tgan mavsumda «Manchester Siti» bu yerdan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan ketgan bo‘lsa-da, o‘yinning mazmuni mutlaqo teskari kechgan, mezbonlar yaqqol ustunlik qilib, faqat juda ko‘p vaziyatlardan aniq foydalana olmagandi. Undan oldingi mavsumda esa 1:1 hisobi qayd etilgan.

Jarohatlarga keladiga bo‘lsak, «Manchester Siti» tarkibida markaziy himoyachilar taqchilligi yuzaga kelgan. Natan Ake va Akanji katta ehtimol bilan bu mavsumda maydonga tusha olishmaydi. Jon Stounzning qaytishiga ham kamida bir oy vaqt bor. Shuningdek, mavsum boshida jarohat olib safdan chiqqan yarimhimoyachi Oskar Bob tiklanish jarayonida ekani aytilayotgan bo‘lsa-da, katta ehtimol bilan terma jamoalar bilan bog‘liq tanaffusdan so‘ng safga qaytadi.

Bu o‘yinda ham hamyurtimiz Abduqodir Husanovning ilk daqiqalardan maydonga tushishini kutishga asoslarimiz yetarli. Birinchidan, yuqorida tilga olinganidek, shundoq ham tarkibda markaziy himoyachilar u va Diashdan boshqa yo‘q. Ikkinchidan, raqobat muhitida ham, Abduqodirning so‘nggi o‘yinlarni yuqori darajada o‘tkazgani va hatto klubda fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgani bejiz emas. Bu yerda eng muhimi, Husanovning o‘sha mudhish debyutdan keyin o‘zini qo‘lga olib, keyingi imkoniyatlardan maksimal foydalanib, jamoasi uchun hatto eng muvaffaqiyatsiz o‘yinlarda ham porlab, mana shu so‘rovnomadagi uchlikka kira olgani. Bu to‘lig‘icha Abduqodirning mehnati va natijasi. Ishonavering, biz uch oy oldin uning Manchesterga o‘tishiga qanchalik ishonqiramagan bo‘lsak, «Chelsi» bilan o‘yindan keyin bu darajaga tez fursatda kelishini tasavvur ham qilolmasdik. Abduqodirning bizni doim hayron qoldirishi, eng cho‘qqiga chiqdi, deganimizdayam, yana ustiga nimadir qila olishi tahsinga loyiq.

BARSeLONA – OSASUNA (9 martga o‘tar kechasi, 01:00)

Raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, ayni palladagi har bir uchrashuv «Barselona» uchun juda muhim. Chunki jamoa turnir jadvalida birinchi pog‘onaga chiqib oldi va odatda, Flikning «Barselona»si aynan chempionlik xarakterini ko‘rsatib, barqarorlik ko‘rsatishi kerak bo‘lganda pand berib qo‘ygan holatlarni oldin ham ko‘rgandik. Qizig‘i, shunaqa ilk holat ayna «Osasuna»ga qarshi birinchi davradagi o‘yinda sodir bo‘lgandi. La Ligada yuz foizlik natija ko‘rsatib borgan murabbiy ilk marotaba biroz rotatsiya qilishni xohlagan va Lamin Yamal, Rafinya kabi futbolchilarga dam bergandi. Ammo «Osasuna» juda kuchli o‘ynab yuborib, 4:2 hisobida g‘alaba qozongandi. Ikkinchi taymda barcha yetakchilarning maydonga tushishi ham yordam bermagan. Umuman «Osasuna» so‘nggi yillarda Barselonadagi o‘yinlarda ham munosib qarshilik ko‘rsatayotganini ham ta’kidlash kerak. Oxirgi ikki o‘yin mezbonlarning atigi 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi.

Bundan tashqari, kataloniyaliklar uch kun oldin Chempionlar Ligasida qiyin uchrashuv o‘tkazganini ham e’tiborga olish kerak. Jamoa g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, juda ko‘p himoyalanishiga to‘g‘ri keldi, deyarli butun uchrashuvni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Tabiiyki, jismoniy tomondan bu faktor ham o‘ziga yarasha ta’sir o‘tkazishi mumkin. Qisqasi, bugungi o‘yinning natijasida oldindan aniq taxmin qilish qiyin. Qandaydir ssenariy mehmonlarga ham imkoniyat taqdim etishi ehtimoli bor.

Jarohatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, mezbonlar safida avvaldan uzoq muddatga safdan chiqqan va deyarli bu mavsum maydonga tushmayotgan Kristiansen va Bernaldan boshqa hamma tayyor. Tabiiyki, Flik bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi o‘yini, shuningdek, kelasi hafta «Benfika» bilan javob o‘yini ham borligini inobatga olib qandaydir o‘zgarishlar amalga oshirishi mumkin. Albatta, avvalgi mana shunday qaror o‘zini umuman oqlamaganini ham unutmagan holda. Mehmonlar safida esa Aymar Orosning maydonga tusha olmasligi jiddiy yo‘qotish. Hujumkor yarimhimoyachi «Valensiya»ga qarshi kechgan so‘nggi turda (3:3) dubl qayd etib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

MANCheSTeR YuNAYTeD – ARSeNAL (9 mart, 21:30)

Aytish mumkinki, jamoalar ushbu o‘yinga turlicha maqsad va holatlarda yetib kelmoqda va katta ehtimol bilan «Arsenal» jamoasi uchun bu uchrashuv ko‘proq ahamiyatga ega. Qizig‘i, so‘nggi yillarda doim shunday bo‘lmoqda, estingizda bo‘lsa, «Old Trafford»da raqiblar o‘tgan mavsumning so‘nggi turlarida to‘qnash kelishgan, chempionlik uchun kurashayotgan «Arsenal»ga faqat g‘alaba kerak, «MYu» esa jadval o‘rtalarida bo‘lib, faqat halaqit berish uchun maydonga tushgandi xolos.

Bu safar ham o‘xshash vaziyat. «Arsenal» agar bu safar ham ochko yo‘qotsa, chempionlik umidi bilan xayrlashsa ham bo‘ladi, «Manchester Yunayted» esa hatto yevrokuboklar zonasidan ham ancha uzoqda. Shuningdek, mezbonlarning ayni damdagi sport formasi katta muammoga aylanganini ham ta’kidlash lozim. Jamoa o‘tgan hafta «Fulhem» bilan Angliya kubogida 120 daqiqa o‘ynadi, payshanba oqshomida esa Sosedadga safar qildi. Bir qaraganda, odatiy rejim, lekin ayni paytda tarkibda jarohatlar juda ko‘p bo‘lib, Amorim har bir o‘yinda deyarli bir tarkibni tushirishga majbur bo‘layotganini ham aytish lozim. Evans, Bayindir, Maguayr, Shou, Maunt, Martines, Amad, Ugarte kabi futbolchilarda turli darajadagi jarohatlar bor. Shuning uchun so‘nggi o‘yinlarda zaxira o‘rindig‘ida hatto belgilangan miqdordagi futbolchilar ham joy olishmayapti. Sosedaddagi o‘yin oxirlarida tashabbusning berib qo‘yilishi ham aynan futbolchilarning charchab qolgani bilan bog‘liq ekanini Ruben Amorim ham ta’kidladi.

Xo‘sh, bu o‘yinda murabbiy qanday o‘zgarishlarni amalga oshira oladi? Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, Patrik Dorgu o‘tgan turdagi qizil kartochkasi tufayli maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, Yevropa Ligasida javob o‘yini borligini va bu mavsumda «MYu» uchun ushbu turnir APLdan ham muhimroq ekanini ta’kidlash kerak. Zero aynan ushbu musobaqada g‘alaba qozonib mavsumni qaysidir ma’noda qutqarib qolish mumkin. Shundan kelib chiqsak, Amorim Ugarte va Maguayr borasida ham riskka bormasligi, keyingi o‘yin uchun asrashi mumkin. Bundan tashqari, «Ipsvich»ga qarshi o‘yinda maydonga tushib, iliq taassurot qoldirgan Chido Obi Martinga ilk daqiqalardan imkoniyat berilish ehtimoli katta. Chunki u Yevropa Ligasiga zayavka qilinmagan, demak Xoylundga dam berilishi mumkin. Albatta u va himoyada paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan Xavenlarni «Arsenal»ga qarshi tushishlari qiziq bo‘ladi, chunki har ikki yosh futbolchi aynan «Arsenal»dan transfer qilingan.

Jarohatlar «Arsenal» uchun ham boshog‘rig‘i bo‘lib turibdi, ayniqsa, hujum chizig‘idagi yo‘qotishlar chempionlik kurashida eng katta pandni berdi deb ham aytsa bo‘ladi. Martinelli, Jyezuz, Havers va Saka jamoa hujumchilari ichida sanaladigan ilk to‘rt nom, hammasi o‘ynay olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, Niderlaniyada «PSV»ga qarshi o‘yin shuni ko‘rsatdiki, jamoada gol uruvchilar yetarli va agar «Arsenal» o‘z o‘yinini namoyish qila olsa, «Old Trafford»da muammoga duch kelmasa kerak. Buning ustiga shu yilning boshida aynan «Manchester Yunayted» «Arsenal»ni Angliya kubogidan chiqarib yuborib, sovrin yutish imkoniyatidan mahrum qilganini unutmaslik kerak.

YuVeNTUS – ATALANTA (10 martga o‘tar kechasi, 00:45)

Italiya futbolini sal uzoqroqdan kuzatayotgan muxlislarni hayron qoldiradigan fakt – agar bugun «Yuventus» «Atalanta» ustidan g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, bergamoliklarga yetib oladi. Qizig‘-a, umumiy tasavvurda «Atalanta» bu yil A Seriyada eng kuchli o‘yin namoyish etayotgan, uzoq vaqt peshqadamlik qilgan jamoa, «Yuventus» esa yangi murabbiy bilan qiyinchiliklar ostida o‘ynab kelayotgan jamoalar deb o‘ylaymiz, ammo qarang, qatorasiga 5 g‘alabadan so‘ng turinliklar tepadagi jamoalarga yaqinlashib olishdi va hatto aytish mumkinki, chempionlik uchun kurashib ko‘rsa bo‘ladi. Axir peshqadam «Inter» bilan farq atigi 6 ochko xolos. «Inter» «Yuvenus»dan farqli ravishda chempionatdan tashqari Chempionlar Ligasi va Italiya kubogida qatnashayotgani, kelasi turlarda esa «Atalanta» mehmoni bo‘lishini inobatga olsak, «Yuventus»da bosim o‘tkazish uchun ayni muddao. Buning uchun bu o‘yinda g‘alaba qozonish shart.

«Atalanta» esa tekis joyda barchasini boy berib qo‘ymoqda. Aslida Gasperini shogirdlarida ayni damda Italiya chempionatida yakka peshqadam bo‘lib olish va Chempionlar Ligasi chorakfinalchisi bo‘lish uchun u qadar katta qahramonlik shart bo‘lmasdi. Avvaliga «Bryugge»ga qarshi pley-off o‘yinlari umuman kutilmagan natija bilan yakunlandi, keyin esa A Seriya doirasida «Kalyari» va «Venetsiya» bilan uy o‘yinlaridagi duranglar chempionlik uchun kurashayotgan jamoa uchun yarashmaydi. Gasperini va Lukman o‘rtasidagi kichik ziddiyat esa shundoq ham mas’uliyatli pallada xalaqit bergani shubhasiz.

Jamoalarning Italiya chempionati doirasidagi oxirgi 3 o‘yini durang bilan yakunlangan. Shuningdek, jamoalar o‘tgan mavsum oxirida kubok finalida ham to‘qnash kelishgan va o‘yin 1:0 hisobida turinliklarning g‘alabasi bilan tugagan. O‘zi umuman olganda ham, «Atalanta»ning «Yuventus»ga qarshi statistikasi juda yomon – A Seriyada oxirgi 27 o‘yindan atigi 2 marta mag‘lub eta olgan xolos. 11 o‘yin durang bilan tugagan. Yana bir qiziq fakt, «Yuventus» ushbu mavsumda o‘z maydonida yutqazmagan yagona jamoa sanaladi, ammo bu o‘yinlarning yarmi durang bilan tugaganini ham ta’kidlash kerak. «Atalanta» esa A Seriyada safar o‘yinlarida eng ko‘p ochko to‘plagan jamoadir.

Tarkiblarga to‘xtaladigan bo‘lsak, har ikki tomonda ham yo‘qotishlar ko‘p bo‘lsa-da, o‘yinga jiddiy ta’sir qiladigan asosiy futbolchilar emas. Qaysidir jihatdan Luis va Chiko Konseysauning yo‘qligi bilinishi mumkin, ha, ammo Gatti, Milik, Bremer kabi nomlar jarangdor yangrasa-da, «Yuventus» bu mavsumda ko‘p o‘yinlarni ularsiz o‘tkazmoqda. Mehmonlar safida Shtefan Poshning yo‘qligi ko‘proq bilinishi mumkin. Shuningdek, Maldini, Kussunu va Skalvinilar ham sheriklariga yordam bera olishmaydi.

BOShQA O‘YINLAR

8 mart. BAYYeR – Verder (19:30), BAVARIYa – Boxum (19:30), BORUSSIYa – Ausburg (19:30), LIVeRPUL – Sauthempton (20:00), Renn – PSJ (21:00) Lechche – MILAN (22:00), Brentford – ASTON VILLA (22:30), INTeR – Monsa (9 martga o‘tar kechasi, 00:45)

9 mart. Xetafe – ATLeTIKO (18:00), NAPOLI – Fiorentina (19:00), CheLSI – Lester (19:00), TOTTeNHEM – Bornmut (19:00), ReAL – Rayo Valekano (20:15).



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin

Published

on


Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.

«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.

Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.

Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.



Source link

Continue Reading

Sport

«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi

Published

on


Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.

London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.

O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. 

«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi. 



Source link

Continue Reading

Sport

Ronaldu Messining oilasidagi yo‘qotishga munosabat bildirdi

Published

on


Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu otasi vafot etgan argentinalik futbolchi Lionel Messini qo‘llab-quvvatladi. U Messining Instagram sahifasidagi posti ostida izoh qoldirdi.

«Bu qiyin damlarda siz va yaqinlaringizni mahkam quchgan holda chuqur hamdardlik bildiraman, Leo. Bardoshli bo‘ling», deb yozgan Ronaldu.

Avval Messi «Inter Mayami»dagi o‘yinchilik faoliyatini to‘xtatgani e’lon qilingan edi. U oilasi va do‘stlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Argentinada qoldi.

Xorxe Messi 8-avgust kuni 68 yoshida vafot etdi. U uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng olamdan o‘tdi. Ko‘p yillar davomida argentinalik futbolchining otasi o‘z o‘g‘lining faoliyatida muhim o‘rin tutardi. 



Source link

Continue Reading

Sport

Dunyoning eng boy odamlaridan biri «Liverpul»ni sotib oladi

Published

on


Amazon asoschisi Jeff Bezos professional sportga sarmoya kiritish niyatida. The Guardian nashrining xabar berishicha, tadbirkor boshqa investorlar bilan birgalikda Angliyaning «Liverpul» futbol klubining kamida 30 foiz ulushini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Kelishuv 1,35 milliard funt sterling yoki taxminan 1,8 milliard dollarga teng bo‘lishi mumkin.

«Liverpul» taxminan 6 milliard dollarga baholanadi va dunyodagi eng taniqli sport brendlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bezosning qiziqishi kengroq tendensiyaga mos keladi: badavlat amerikalik investorlar Angliya futbol klublarida faol ravishda ulushlarni sotib olmoqdalar. Amerikalik aksiyadorlar allaqachon «Chelsi», «Kristal Pelas», «Everton» va «Bornmut» kabi 20 ta Premer-liga jamoalaridan 13 tasiga egalik qilishadi.

Agar kelishuv amalga oshsa, Bezos ingliz futboliga faol ravishda sarmoya kiriyotgan amerikalik milliarderlar safiga qo‘shiladi.

Investorlar uchun ingliz futbolining jozibadorligi qisman sportning Qo‘shma Shtatlarda tobora ommalashib borayotgani bilan bog‘liq. Shu bilan birga, yetakchi Amerika sport franshizalari ko‘pincha yangi investorlar uchun juda qimmat yoki cheklangan, ingliz klubidagi ulush esa global auditoriyaga va eng tijorat jihatidan jozibador sport bozorlaridan biriga kirish imkonini beradi.

 



Source link

Continue Reading

Sport

Lionel Messining otasi vafot etdi

Published

on


Lionel Messining otasi Xorxe Messi 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Infobae xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Messining otasi juma kuni kechqurun Rosario shahrida olamdan o‘tgan.

Iyun oyida Xorxe Messi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi. 2026-yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng Lionel Messi otasini ko‘rish uchun Argentinaga yo‘l olgandi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.