Connect with us

Iqtisodiyot

Mustaqillikdan keyingi 34 yil. Markaziy Osiyo davlatlari qanday rivojlandi?

Published

on


Mustaqillikka erishilgan paytda Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 47 mlrd dollar atrofida edi. Oradan 34 yil o‘tib bu miqdor 10 barobardan ko‘proqqa o‘sib, 500 mlrd dollarga yaqinlashib qoldi. Milliy iqtisodiyotlar yuqori sur’atda o‘sayotgan bo‘lsa-da, mintaqada xomashyo eksporti va pul o‘tkazmalariga qaramlik saqlanib qolyapti.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

1991 yilda Markaziy Osiyo davlatlari birin-ketin SSSR tarkibidan chiqib, mustaqillikka erishdi. Istiqlolning dastlabki yillarida mintaqa mamlakatlarining barchasida og‘ir iqtisodiy muammolar kuzatilgan bo‘lsa-da, 90-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab milliy iqtisodiyotlar tiklana boshladi. O‘tgan davr mobaynida aholi daromadlari va turmush darajasi ham sezilarli yaxshilandi.

Xo‘sh, 1991 yildan keyingi davrda MO davlatlari qanday rivojlandi?

Aholi jon boshiga daromadlar

1991 yilning oxirida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi Qozog‘istonda 1442 dollarni, Turkmanistonda 832 dollarni, O‘zbekistonda 658 dollarni, Qirg‘izistonda 569 dollarni, Tojikistonda esa 458 dollarni tashkil etgan.

2023 yil yakuniga kelib, bu ko‘rsatkich davlatlar kesimida quyidagicha o‘zgargan:


Qozog‘iston – 12 919 dollar;
Turkmaniston – 8232 dollar:
O‘zbekiston – 2849 dollar:
Qirg‘iziston – 1970 dollar;
Tojikiston – 1160 dollar.

O‘tgan 22 yil ichida aholi jon boshiga daromadlar Qozog‘istonda 8,9 barobarga, Turkmanistonda 9,9 barobarga, O‘zbekistonda 4,3 barobarga, Qirg‘izistonda 3,4 barobarga, Tojikistonda 2,5 barobarga oshgan.

Yalpi ichki mahsulot hajmi

1991-2023 yillar oralig‘ida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 13,8 mlrd dollardan 101,6 mlrd dollarga yoki 7,3 barobarga ko‘paygan. Bu ko‘rsatkich qo‘shni mamlakatlarda quyidagicha bo‘lgan:


Qozog‘istonda – 24,9 mlrd dollardan 262,6 mlrd dollargacha (o‘sish – 10,5 barobar);
Turkmanistonda – 3,2 mlrd dollardan 60,6 mlrd dollargacha (o‘sish – 18,9 barobar);
Qirg‘izistonda – 2,54 mlrd dollardan 14 mlrd dollargacha (o‘sish – 5,5 barobar);
Tojikistonda – 2,54 mlrd dollardan 12 mlrd dollargacha (o‘sish – 4,7 barobar);

Qayd etish lozim, xalqaro tashkilotlar va nufuzli reyting agentliklari Turkmaniston yalpi ichki mahsulotining hajmi va o‘sishi haqidagi ma’lumotlar ishonchliligiga shubha bilan qarash kerakligini ta’kidlab keladi.

Aholi sonining o‘sishi

O‘zbekiston – mintaqada eng ko‘p aholiga ega davlat. 1991 yilda mamlakat aholisi 20,4 mln bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilning 1 yanvar holatiga 37,5 mln nafarga yetgan.

Qozog‘iston aholisi 1991 yilda 16,8 mln kishini tashkil etgan. Mustaqillikning dastlabki yillarida bu ko‘rsatkich deyarli o‘zgarmadi. 1994 yildan to 2002 yilgacha aholi soni sezilarli darajada qisqarib bordi va 2001 yil yakunlari bo‘yicha 14,8 mln nafarga tushib qoldi. Bu – asosan mamlakatdan ko‘p sonli ruslar, nemislar, chechenlar va boshqa millatlar ko‘chib ketgani bilan ham izohlanadi. Shundan so‘ng mamlakat aholisi kichik farq bilan bo‘lsa-da o‘sa boshladi va 2025 yilning 1 yanvar holatiga qariyb 20,3 mln nafarga yetdi.

Tojikiston possovet respublikalari orasida aholi soni o‘sishi bo‘yicha 1-o‘rinda turadi. Xususan, 1991 yilda Tojikiston aholisi 5,3 mln bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 10,5 millionga yaqinlashdi.

1991 yil SSSR tarqab ketishi arafasida Qirg‘iziston aholisi 4,4 millionni, Turkmaniston aholisi esa 3,7 mln kishini tashkil qilgan. Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari kabi Qirg‘iziston va Turkmanistonda ham aholi soni ko‘paygan: mos ravishda 7,2 mln va 6,3 milliondan oshgan.

Mustaqillikka erishilgan paytda Markaziy Osiyoning 5 ta mamlakatida umumiy hisobda 50 milliondan ko‘proq kishi yashagan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024 yilning oxiriga kelib 80 million kishidan oshdi. Eng katta o‘sish – Tojikiston (98 foiz) va O‘zbekistonda (84 foiz) kuzatilgan. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistonda ham aholi soni sezilarli darajada ko‘paygan.

Davlat qarzlari

Infratuzilma loyihalarini rivojlantirmay turib, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish imkonsiz. Shu boisdan bo‘lsa kerak, oxirgi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi qarzining o‘sish sur’ati sezilarli darajada tezlashdi.

Xususan, 2025 yilning 1 yanvar holatiga, O‘zbekistonning davlat qarzi 40,2 mlrd dollarga yetgan (bir yil oldingiga nisbatan 5,3 mlrd dollarga ko‘p). Qozog‘istonning davlat qarzi esa 60,8 mlrd dollarni tashkil etadi.

2024 yil 1 yanvar holatiga, Markaziy Osiyo davlatlarining davlat qarzi miqdori va uning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi quyidagicha bo‘lgan:


Qozog‘iston – 59,8 mlrd dollar, YaIM ($259,3 mlrd)ning 23 foizi;
O‘zbekiston – 34,9 mlrd dollar, YaIM ($101,6 mlrd)ning 34,4 foizi;
Qirg‘iziston – 6,2 mlrd dollar, YaIM ($13,7 mlrd)ning 45,2 foizi;
Tojikiston – 3,6 mlrd dollar, YaIM ($12,1 mlrd)ning 30,2 foizi;
Turkmaniston – taxminan 3,8 mlrd dollar, YaIM ($75,4 mlrd)ning 5 foizi.

Korporativ tashqi qarz ham qo‘shilganda, bu miqdor Qozog‘istonda – 165,6 mlrd dollarni, O‘zbekistonda 60,2 mlrd dollarni tashkil etadi.

Transchegaraviy pul o‘tkazmalariga bog‘liqlik

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarida mehnat migratsiyasi millionlab fuqarolar uchun asosiy daromad manbalaridan biri bo‘lib qolyapti. 2024 yil holatiga, mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari Tojikiston YaIMning 45 foizini tashkil etgan – bu nisbiy ma’noda dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Qirg‘izistonda pul o‘tkazmalarining YaIMdagi ulushi 24 foizga, O‘zbekistonda esa 14 foizga yetadi.

“Ushbu mamlakatlardan kelgan muhojirlar chet elda ishlash orqali o‘z daromadlarini ikki yoki uch baravar oshirishlari mumkin, bu esa ularning oilalari turmush darajasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Xususan, Qirg‘izistonda pul o‘tkazmalari oladigan uy xo‘jaliklari orasida kambag‘allik darajasi 10 foizdan kam, ularsiz esa 50 foizdan oshgan bo‘lardi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari bo‘lmaganda mamlakatdagi kambag‘allik darajasi 9,6 foizdan 16,8 foizga oshishi mumkin”, deyiladi Jahon banki hisobotida.

Iqtisodiyotlarning murakkablik darajasi

Sobiq sovet ittifoqi davrida respublikalar markazga xomashyo yetkazib beradigan baza vazifasini bajargan. Sanoat deyarli rivojlanmagan. Shu sababli Markaziy Osiyo mamlakatlarining “iqtisodiy murakkablik” (economic complexity) darajasi hamon past bo‘lib qolyapti. Chunki ularning iqtisodiyotlari asosan xomashyo (neft, gaz, mineral resurslar) va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga qattiq bog‘langan.

Masalan, 2024 yilda Qozog‘iston umumiy eksportining 53 foizini neft va neft mahsulotlari tashkil qilgan, O‘zbekiston eksportida oltinning ulushi qariyb 28 foiz bo‘lgan. Turkmaniston iqtisodiyoti esa butunlay tabiiy gaz eksportiga bog‘liq.

Albatta, resurslar islohotlarning boshlanishida ustunlik berishi mumkin, ammo keyinchalik davlat institutlari rivojlanishi va bu iqtisodiyotda ham o‘z aksini topishi kerak. Masalan, 2014 yilda neft narxining arzonlashishi Qozog‘iston iqtisodiyotida turg‘unlik boshlanishiga sabab bo‘lgan.

Economic complexity index – mamlakatning iqtisodiy bilim va qobiliyatlarini aks ettiradi. Yuqori ECI ko‘rsatkichiga ega mamlakatlar (masalan, Yaponiya, Germaniya) odatda ishlab chiqarish murakkab va kam uchraydigan mahsulotlarni eksport qiladi. Past ECI’ga ega mamlakatlar esa (masalan, neftga bog‘liq iqtisodiyotlar) kamroq turdagi mahsulot eksport qiladi. ECI ikkita asosiy o‘lchovga tayanadi:


Diversifikatsiya. Mamlakat eksport qiladigan mahsulotlarning soni, ya’ni eksport savatchasidagi mahsulotlarning xilma-xilligi.
Ubikvitet (umumiylik): Ushbu mahsulotlarni eksport qila oladigan boshqa mamlakatlar soni, ya’ni mahsulotning qanchalik “nodir” yoki “maxsus” ekani.

2023 yilda e’lon qilingan indeksda 132 mamlakat ichida O‘zbekiston 66-o‘rinni, Qirg‘iziston 72-o‘rinni, Qozog‘iston 86-o‘rinni, Turkmaniston 107-o‘rinni, Tojikiston 110-o‘rinni egallagan. Mintaqa mamlakatlarining birortasi reytingda musbat ball ololmagan.

Asosan xomashyo eksport qilishga bog‘langan iqtisodiyot aholining aksariyat qismini yetarli darajadagi daromad bilan ta’minlay olmaydi. Murakkablik darajasini oshirmay turib, aholi orasidagi tengsizlikni bartaraf etish juda qiyin.

Amalga oshmagan integratsiya

Markaziy Osiyo davlatlari integratsiya ustida o‘tgan asrning 90-yillaridan beri bosh qotirib keladi. Biroq qator ichki va tashqi omillar bu jarayonni to‘liq amalga oshirishga xalaqit qilyapti.

1994 yilda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati tuzilib, unga 1998 yilda Tojikiston ham a’zo bo‘lib kiradi. 2002 yilda hamjamiyat nomi Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT)ga o‘zgartirilib, tuzilmaga 2004 yilda mintaqa tashqarisidagi Rossiya qo‘shiladi va qutblar muvozanatini o‘zgartirib yuboradi.

MOHTga a’zo davlatlar parallel ravishda Moskva yetovidagi Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YeIH)ga ham a’zo edi. Bir yil o‘tib, 2005 yilda «ikkala tashkilot vazifalari takrorlanmoqda» degan vaj bilan, Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiyadan mustaqil bo‘lgan o‘zaro integratsiyasiga chek qo‘yiladi. Shundan beri mintaqada mustaqil integratsion tashkilot tuzilmadi.

Davlat rahbarlari o‘rtasidagi siyosiy nizolar esa o‘zaro savdo aloqalarining keskin yomonlashishiga olib kelgan. Masalan, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 2007 yildagi 300 million dollardan 2014 yilda 2,1 million dollargacha qisqargan.

Shuningdek, Afg‘onistondagi siyosiy inqiroz, Tojikistondagi fuqarolar urushi, Qirg‘izistondagi inqiloblar ham uzoq yillar Markaziy Osiyo mamlakatlarining investitsiyaviy jozibadorligiga jiddiy putur yetkazdi. Notinch vaziyat endigina mustaqillikka erishgan yosh davlatlarga harbiy sohaga katta mablag‘ ajratishni taqozo qiladi. Bu omillar mintaqa davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, MDH mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishida Rossiyaga yuqori bog‘liqlik saqlanib qolgan bo‘lib, agar Rossiyada krizis holati yuzaga kelsa, bu boshqalarga ham ta’sir qiladi. Shu jihatdan mintaqa mamlakatlariga rasmiy Moskva va dunyoning qolgan qismidagi davlatlar bilan aloqalarni muvozanatlash og‘ir muammo bo‘lib qolyapti.

Bundan tashqari, MO mamlakatlarida davlatning iqtisodiyotdagi hukmron mavqeyi saqlanib qolgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish hali tugallanmagan. Xomashyo eksportiga qaramlik ham davom etyapti.

Doston Ahrorov tayyorladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Andijonda Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.

– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim,– dedi davlatimiz rahbari.

Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.

Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.