Connect with us

Jamiyat

“Musobaqa yangi, yosh shaxmat yulduzlarini kashf etishning ajoyib usulidir” – Antoanetta Stefanova

Published

on


Sovrin jamg‘armasi 620 mln so‘m bo‘lgan IV “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri yakunlandi. Final g‘oliblari 20 mln so‘mdan 50 mln so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

23 oktyabr kuni O‘zbekistonda ko‘plab shaxmatchilarni kashf qilayotgan IV “Zakovat-Gambit” chempionati yakunlandi. Bu yilgi turnirda 2200 dan ortiq shaxmatchi qatnashgan bo‘lsa, ularning 91 nafari finalda kuch sinashdi. Unda yaxshi natija ko‘rsatganlar 20 mlndan 50 mln so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tantanali tadbirda Kun.uz muxbiri ham ishtirok etib, g‘olib bo‘lganlarning ayrimlariga mikrofon tutdi. Ulardan biri 18 yoshli Akjol Rahmatullayev, u E guruhida 1-o‘rinni egallab, 50 mln so‘mni qo‘lga kiritdi.

“Shaxmatni birinchi marta to‘rt yoshimda boshlaganman. Boshida bunga oddiy mashg‘ulot sifatida qaraganman, keyin bilsam, shaxmat juda qiziq o‘yin ekan. Turnir yaxshi o‘tdi va raqiblarim kuchli chiqishdi, shunga qaramasdan ularning hammasini yengdim”, – deydi Rahmatullayev.

Rahmatullayev so‘zi davomida Magnus Karlsenni dunyodagi eng yaxshi shaxmatchi deb bilishini, o‘yinlardagi har qanday vaziyatdan chiqib keta olishini qo‘shimcha qildi.

Farg‘onalik Muhammadrizo Umarov ham musobaqada 2-o‘rin sohibi bo‘ldi va 30 mln so‘mga ega chiqdi.

“Zakovat-Gambit musobaqasida D guruhda qatnashdim. 9 ta turda 5 ta g‘alaba, 3 ta durang hamda 1 ta mag‘lubiyat bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdim. Shunaqa natija qilganimdan juda xursandman.

Men shaxmat bilan 10 yildan beri shug‘ullanib kelaman. Albatta, boshida bunga biroz qiziqish bo‘lgan. Lekin ma’lum bir vaqtdan keyin jiddiy qiziqa boshladim, ya’ni yo‘nalish sifatida tanladim. Yaxshi kasb deb o‘ylayman”, – deydi Umarov.

Umarovning qayd etishicha, shaxmatda soniyalar rol o‘ynaydi.

“Bu musobaqa 3 ta bosqichda o‘tkazildi: onlayn, yarimfinal hamda final. Kuchli shaxmatchilar qatnashdi. Deyarli ko‘pchilikning darajasi bir-biriga yaqin. Shuning uchun ham musobaqa juda shiddatli o‘tdi. Bu yerda yaxshi mehnat, harakat, albatta, biroz omad ham kerak bo‘ladi. Musobaqa blits bo‘ldi, ya’ni tezkor shaxmat. 2-3 soniyada o‘yin taqdiri o‘zgarib ketish mumkin”, – deydi shaxmatchi.

Shuningdek, taqdirlash marosimida Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Nilufar Imomqo‘ziyeva, Zilola Aktamova, Mohijahon Rahmonova turnirning eng yaxshi ayol shaxmatchilari deb topilib, 20 mln so‘mga sazovor bo‘lishdi. Qolaversa, musobaqaning eng yosh ishtirokchisi Abdurahmon Rajabov (12 yosh) va eng keksa qatnashchisi, xalqaro grossmeyster Toir Vohidov (63 yosh) bo‘ldi. Ularning har biri 10 mln so‘m bilan taqdirlandi.

Kun.uz muxbiri mazkur turnir tashkilotchisi Hulkar Tohirjonova bilan suhbat qurdi. Uning ta’kidlashicha, keyingi musobaqada xalqaro reytingga ega bo‘lmagan havaskorlar uchun yangi kategoriya qo‘shilishi mumkin.

“Zakovat-Gambit” o‘z oldiga qo‘ygan barcha vazifalarni yaxshi bajarib kelmoqda. Sababi, shaxmatchilarning kuchiga qarab 5 ta guruhga bo‘lganmiz. Bu turnirdan keyin yana bitta kategoriya qo‘shmoqchimiz. Bu umuman xalqaro reytingga ega bo‘lmagan havaskorlar o‘rtasidagi kategoriya. Bundan tashqari, keyingi yilda ko‘proq oflayn formatga o‘tishni ham o‘ylab ko‘ryapmiz”, – deydi Tohirjonova.

Kun.uz muxbiri tadbirdan so‘ng, bolgariyalik mashhur shaxmatchi Antoanetta Stefanova bilan suhbatlashdi. U intervyu davomida musobaqaning ahamiyati, tajribalari haqida so‘zlab berdi.

“Bu ajoyib format, yarimfinal va finaldagi jonli o‘yinlarni kuzatdim. Bu musobaqa yangi, yosh shaxmat yulduzlarini kashf etishning ajoyib usulidir. Ba’zan yoshi kattaroq o‘yinchilar ham sizni hayratda qoldirishi mumkin. Bu yerda ajoyib muhit hukm surdi.

Bunday tadbirlarni o‘tkazish g‘oyat muhim, chunki bu o‘yinchilarni ham ruhlantiradi va shaxmatni tobora ommalashtiradi. Siz mendan shaxmat o‘yinmi, ishmi yoki hayot falsafasimi deb so‘radingiz, hammasi deyman. Chunki men besh yoshimdan shaxmat o‘ynay boshlaganman. Hozir murabbiyman, Yevropa Shaxmat Ittifoqining Ayollar shaxmati bo‘yicha komissiyasi raisiman. Shunday ekan, shaxmat mening sevimli o‘yinim. Bu do‘stlar orttirish, dunyo bo‘ylab sayohat qilish imkonini beruvchi hayot tarzidir. U hayotimga juda ko‘p quvonch olib keldi.

Menimcha, shaxmat men va boshqa ko‘plab shaxmatchilar uchun – o‘z xatti-harakatlarimiz uchun mas’uliyatni zimmamizga olishni o‘rganishdir. Chunki shaxmat tanqidiy fikrlash qobiliyatini, shuningdek, qaror qabul qilish jarayonini rivojlantiradi va siz qilgan har bir yurish, har bir qarorning oqibatlari bo‘ladi.

Men minglab raqiblarga qarshi dona surganman, har bir mag‘lubiyatga uchragan o‘yiningizdan g‘alaba qozongan o‘yinlaringizga qaraganda ko‘proq narsa o‘rganasiz. Shaxmatni rivojlantirishning yo‘li – har doim o‘yinlarni tahlil qilishdir. Garchi g‘alaba qozonib, chiroyli kombinatsiyalar qilgan o‘yinlarimizni tahlil qilish ancha yoqimliroq bo‘lsa-da, mag‘lub bo‘lgan yoki durang o‘ynagan partiyalarni o‘rganish undan zarurdir. Yakunda har doim mashaqqatli mehnat muhimroq, chunki iqtidor juda ko‘p narsani anglatadi. Qattiq mehnat qila olish qobiliyati ham iqtidordir. Albatta, yosh o‘yinchilar, ba’zilari ancha tez o‘rganadi, ular uchun tushunchalarni o‘zlashtirish va o‘z g‘oyalarini yaratish osonroq. Ammo shaxmatda mashaqqatli mehnatsiz, faqat iqtidor bilan chinakamiga o‘sish va jiddiy natijalarga erishib bo‘lmaydi”, – deydi Stefanova.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda har yili shaxmatni rivojlantirish uchun davlat budjetidan 50 mlrd so‘m ajratiladi.

Hozirgi kunda yurtimizda 500 ming nafardan ortiq kishi “UzChess” elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tib, shaxmatni o‘rganmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Buk-kafe ochgan tadbirkorlarga imtiyoz beriladi

Published

on


2026 yilda Farg‘ona viloyatidagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari tashkil etiladi. Buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi.

Axborot xurujlari avj olayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish har qachongidan ham dolzarb. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasidagi yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, shu maqsadda 2026 yilda viloyatdagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari tashkil etiladi, buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi.

Shavkat Mirziyoyev “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida har ikki yilda Xalqaro kitobxonlik festivalini o‘tkazish, ushbu tadbirga dunyoning mashhur yozuvchi va shoirlarini taklif qilish tashabbusini bildirdi.

Prezident o‘zbek adabiyoti tarixida Qo‘qon adabiy muhitining o‘rni beqiyos ekani, bu zaminda 300 dan ziyod shoir va adib yashab ijod qilganini ham qayd etdi.

Shunday adiblarni yetishtirgan Qo‘qon UNESCO’ning “Adabiyot shahri” maqomini olishga ham munosib. Lekin bunday boy meros haligacha tizimli o‘rganilmagani, ilmiy tadqiqotlar olib borilmagani qayd etildi

Shu bois, Qo‘qon adabiy muhiti antologiyasi va elektron platformasini yaratish, Adabiyot va ijod maktabini tashkil etish taklif qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi

Published

on


Hodisa Karmana tumanida sodir bo‘lgan. YTH oqibatida 16 yoshli yigit vafot etgan. Yana bir o‘quvchi shifoxonada qolmoqda.

Karmana tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 22 aprel kuni soat 21:00 lar atrofida tumanning Malik mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Ichida Hazora qishlog‘idagi 22-umumta’lim maktabining ikki o‘quvchisi bo‘lgan Cobalt yo‘ldan chiqib ketgan.

YTH oqibatida 9-sinf o‘quvchisi I.H. shifoxonada vafot etgan. 11-sinf o‘quvchisi esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Navoiy viloyati IIB YHXB maktabda yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazgan.

Kun.uz’ning aniqlik kiritishicha, mashina shifoxonadagi o‘quvchining otasiga tegishli bo‘lgan. Biroq u rulni sherigiga berganini aytmoqda. Mashinani kim boshqarganini aniqlash uchun ekspertiza tayinlanishi mumkin.

Avvalroq Navoiyda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda uch oyda 62 kishi ish joyidagi baxtsiz hodisalarda halok bo‘ldi

Published

on


Yanvar-mart oylarida mehnat faoliyati bilan bog‘liq 198 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Ularning 49 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan. Eng ko‘p baxtsiz hodisa sanoat va qurilish sohalarida qayd etilgan.

O‘zbekistonda 2026 yilning 1-choragida 62 kishi mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yanvar-mart oylarida respublikada mehnat faoliyati bilan bog‘liq 198 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Ularning 9 tasi guruhiy, 139 tasi og‘ir oqibatli, 49 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan.

Baxtsiz hodisalar oqibatida:


146 kishi og‘ir tan jarohati olgan;
15 kishi yengil jarohatlangan;
62 kishi vafot etgan.

Sohalar kesimida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar:


sanoat – 71 ta;
qurilish – 54 ta;
qishloq va suv xo‘jaligi – 9 nafar;
savdo va xizmat – 8 nafar;
transport – 8 ta;
ta’lim – 4 nafar;
sog‘liqni saqlash – 4 nafar.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatilgan – 44 ta baxtsiz hodisa. Keyingi o‘rinlarda Surxondaryo (36 ta), Toshkent (29 ta), Navoiy (18 ta), Buxoro (16 ta), Andijon (15 ta) viloyatlari qayd etilgan.

O‘zbekistonda 2025 yilda ishdagi baxtsiz hodisalarda 248 ta o‘lim kuzatilgandi.  



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda har ming oiladan 175tasi ajrashadi – tadqiqot

Published

on


Hududlar kesimida Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ajrimlar soni ko‘pligi kuzatilmoqda.

2025 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etdi. Bu 1000 ta nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri kelishini anglatadi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tahlillariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich xalqaro miqyosda past bo‘lib, O‘zbekistondagi ajrimlar darajasi ko‘plab boshqa davlatlarga nisbatan «ancha kam ekanini» ko‘rsatadi.

Xususan, nikoh barqarorligi koeffitsiyenti Moldovada – 642,7, Ozarbayjonda – 431,9, Qozog‘istonda – 328,2, Qirg‘izistonda esa – 289,6 promilleni tashkil etadi.

“Tahlillardan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda ajrimlar darajasi xalqaro ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha past bo‘lib, bu jamiyatda oilaviy qadriyatlar ustuvor ekanini va nikohlar barqarorligini ko‘rsatadi”, deyiladi xulosada.


Oila va gender instituti tayyorlagan nikoh barqarorligi haritasi

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida esa ajrimlar nisbatan yuqoriroq ekani kuzatilmoqda. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi bir qator infratuzilma loyihalari bilan tanishdi (foto)

Published

on


Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bir qator infratuzilma loyihalari hamda «Yangi O‘zbekiston» massivini rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.

Xususan, musiqa maktabi kabi yangilanishga muhtoj binolar ko‘zdan kechirildi. «Geologlar» mahallasidagi bog‘cha nafaqat kapital ta’mirlanadi, balki tubdan qayta quriladi. Rekonstruksiyadan so‘ng u Samarqanddagi eng yirik maktabgacha ta’lim muassasasiga aylanadi va 600 nafargacha bolani qabul qiladi.

Tashrif yakunida Samarqand viloyati va tumanlari rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, hududlardagi bunday o‘zgarishlar Prezident tomonidan olib borilayotgan tizimli islohotlarning bir qismidir. Bunday tashriflardan asosiy maqsad — topshiriqlar ijrosini qog‘ozdagi hisobotlarda emas, balki joyiga chiqqan holda real ko‘rish va amaliy ko‘mak berishdan iborat.

«Rahbarimiz topshiriqlarining joylardagi ijrosini ta’minlashga jamoam bilan birga ko‘maklashish, haqqoniy holatni qog‘ozlardagi hisobotlarda emas, balki o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun ham bu yerga tez-tez kelib turaman», — dedi Saida Mirziyoyeva.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.