Jamiyat
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo ham kuchaytiriladi
Davlat rahbari yig‘ilishda murojaatlar bilan ishlashda «mahalla yettiligi»ning mas’uliyati oshirilishini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi. Uni yuritishga yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi mas’ul bo‘ladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini o‘rganib, kunlik ma’lumotlarni hokimlarga taqdim qilib boradi.
Mutasaddilarga «Raqamli mahalla» tizimini Prezident Virtual qabulxonasiga to‘liq integratsiya qilish topshirildi.
Bundan buyon murojaatlarni asossiz ravishda quyi tizimlarga ko‘rib chiqish uchun yuborgan tashkilot rahbarlariga keskin chora ko‘rilishi belgilandi.
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo ham kuchaytiriladi.
Jamiyat
Jizzaxda tenderda g‘olib chiqishga yordam berish evaziga pul talab qilganlar ushlandi
Ular maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan xarid qilinayotgan elektron doskalar bo‘yicha o‘tkazilayotgan tenderda MChJlardan birining g‘olib bo‘lishi uchun sharoit yaratib berish evaziga 85 mln so‘m pul talab qilishgan.
14 mart kuni MChJlardan birining ish yurituvchisi D.Z. ariza bilan murojaat qilib, tanishi O.X. tomonidan Jizzax shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan xarid qilinayotgan elektron doskalar bo‘yicha o‘tkazilayotgan tenderda mazkur jamiyatning g‘olib bo‘lishi uchun sharoit yaratib berish evaziga 85 mln so‘m pul talab qilinayotganini ma’lum qilgan.
15 mart kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O.X. arizachidan 85 mln so‘m pulni olgan vaqtida ushlangan.
Ushbu mablag‘ning 30 mln so‘mi Departamentning Paxtakor tumani bo‘limi xodimi B.P.ga berilishi belgilangani aniqlangan va B.P. O.X.dan 30 mln so‘m pulni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Endi faoliyati bo‘yicha hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi shakllantiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun ijtimoiy-sotsiologik tadqiqot natijalari davlat siyosati va islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishi kerakligini ta’kidladi. Shu bois, sotsiologiya fan sifatida qayta tiklandi, oliygohlarda sotsiologlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida ijtimoiy-sotsiologik tadqiqotlar ko‘lami va sifati oshiriladi.
Endilikda bir martalik so‘rovlar emas, balki qayerda ishonch ortayotgani, qayerda zaiflashgani, qaysi qarorlar adolatli, qaysilari odamlarga manfaat keltirmayotgani bo‘yicha doimiy ravishda monitoring va tahlillar o‘tkaziladi.
Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi metodologiyasini ishlab chiqib, tahlillar asosida reytingni shakllantirish va muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish topshirildi.
Ijro intizomi masalalari ham ko‘rib chiqildi. Berilgan har bir topshiriqning real ijro holati bo‘yicha kundalik nazorat o‘rnatish, mas’uliyatni his qilmagan, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar bo‘yicha tanqidiy, ochiq va xolis axborot kiritib borish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Jamiyat
Toshkentda FVB xodimi 1,5 ming dollar bilan qo‘lga olindi
FVB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi kichik inspektori o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, mahalliy MChJ rahbaridan 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, FVB xodimi hamkasblari orqali, MChJ tomonidan mazkur tumanda faoliyat yurituvchi korxona hududiga o‘rnatilgan yong‘in xavfsizligi jihozlarini qabul qilish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,«qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avval Namangan va Surxondaryoda energetika xodimlari ushlangandi.
Jamiyat
Avtobusda gashish sotmoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi
Uning yonida hamda boshqaruvidagi avtobusda 11 o‘ramda 5 gr gashish giyohvandlik vositasi sotish maqsadida saqlab kelinganligi aniqlandi.
Foto: Toshkent viloyati IIBB
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli tezkor-profilaktika oyligi doirasida Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi.
Nurafshon shahrida jamoat transporti haydovchisi bo‘lib ishlovchi shaxs Bobur ko‘chasida boshqaruvidagi xizmat avtobusi ichida shartli xaridorga 2 dona polietilen o‘ramdagi gashish giyohvandlik vositasini 400 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Tadbir davomida uning yonida hamda boshqaruvidagi avtobusda yana 9 ta o‘ramda, jami 11 o‘ramda 5 gr gashish giyohvandlik vositasi sotish maqsadida saqlab kelinganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Angrenda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan guruhga hukm o‘qildi
Angren shahrida voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan bir guruh shaxslarga hukm e’lon qilindi.Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan yili yozda ushbu ish keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudida S. Q. (2006 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan), Z. U. (2004 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan), D. O‘. (2004 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) va A. U. (2003 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq S. Q., Z. U., D. O‘. va A. U. voyaga yetmagan S. Ya. (qiz bola, 2010 yilda tug‘ilgan)ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi, 119-moddasi 3-qismi “a” bandi, 28,118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,119-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topildi.
– S. Q. (jinoyat sodir etilgan vaqtda voyaga yetmagan)ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish)ga asosan 10 yil,
– Z. U.ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi, 119-moddasi 3-qismi “a” bandi, 28,118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 12 yil,
– D. O‘.ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 10 yil 6 oy,
– A. U. (II-guruh nogironi)ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyasiya/kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.
-
Jamiyat4 days agoNogironlar uchun onlayn platforma tenderida shubhali holatlar aniqlandi
-
Siyosat2 days agoPrezident Mirziyoyev fuqarolardan murojaatlar ko‘payib borayotgan bir paytda militsiya xodimlarining qo‘pol xatti-harakatlarini tanqid qildi
-
Jamiyat5 days agoRulda kamar taqmagan Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi
-
Dunyodan5 days ago
Ali Xomanaiyning o‘g‘li Eronning yangi oliy rahbari etib saylandi
-
Siyosat3 days agoIkki nafar O‘zbekiston fuqarosi firibgarlik va o‘g‘irlik hodisasidan so‘ng Bahrayn va AQShdan qaytib keldi
-
Sport5 days agoAvstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan biri fikrini o‘zgartirdi
-
Iqtisodiyot3 days ago
13-mart kuni ham dollar kursi pastlaydi
-
Jamiyat2 days ago
Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov lavozimidan ozod etildi
