Connect with us

Sport

Mundial umidi: ko‘plarni yig‘latgan orzu haqida

Published

on


O‘zbekiston milliy jamoasi nihoyat futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi. Quyida mundial yo‘llanmasi o‘zbek futboli uchun qanchalik muhim ekani, bu yo‘llanma futbolimiz tarixidagi barcha futbolchilarning umumiy g‘alabasi ekani haqida o‘z fikrimni bildirmoqchiman.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Kalaka qilingan futbolimiz…

Biz futbol jurnalistikasidan chiqqan yigitlarmiz. Biz uchun futbol o‘zgacha narsa. Avvalgi videolardan birida aytganimdek – hayotning yorug‘ tomoni. Boshqa avlod vakillariga hurmat saqlagan holda aytmoqchiman: bu yo‘llanma bahraynlik Mahmud Abdulrahmon yig‘latgan bizning avlod uchun ayniqsa juda qadrli. Axir biz «Futbolingni qo‘y, boks zo‘r», deydigan ur-yiqit tarafdorlari bilan ozmuncha talashdikmi.

Hech esimdan chiqmaydi, 2011 yilgi Osiyo kubogi vaqtida qishloqda doimgidek «svet» o‘chandi. Biz radioda sport kanalini yoqdik-da, uni qo‘limizga olib butun qishloq yig‘ilib o‘yinni ko‘rayotgan joyga qarab yugurdik. Yo‘lda O‘zbekiston madhiyasi boshlanib qoldi. Yo‘lma-yo‘l yugurib madhiya aytganimizni ko‘rgan odamlar kulgandi. O‘sha kuni Avstraliyaga 0:6 hisobida yutqazdik…

Maktab davrimiz futbolimiz kalaka qilinishini ko‘rish bilan o‘tdi. Axir chindan doim katta o‘yin vaqtida nimadir bo‘lib mag‘lub bo‘lardik. Milliy jamoamiz safida xorijliklarga pasport berib o‘ynatishganidek sharmandaliklarni ham ko‘rdik. Eldor boshchilik jamoamiz millionlab muxlislarni mana shunday xo‘rliklardan qutqarishdi, endi bizning ko‘kragimizga ham shamol tegdi.

Bu hammaning g‘alabasi

O‘zbekiston mundialga chiqishida saralash bosqichida qatnashgan barchaning xizmati katta bo‘ldi. Shaxsan men bu yo‘lda eng katta ishni Srechko Katanets qildi deb hisoblayman. U jamoaga xarakter olib kirdi, odatda oxirgi daqiqalarda gol qo‘yib yuboradigan O‘zbekiston endi oxirgi daqiqalarda gol uradigan bo‘ldi. Kapadze ham qiyin pallada tizginni qo‘ldan chiqarmadi. Eldorning yetakchiligi, Abbosning sermahsulligi, Alijonovning reydlari Otabek va Odilning sovuqqonligi, O‘tkirning super o‘yinlari bizni tarixiy mundialga olib chiqdi…

Lekin unutmang, bu g‘alabada o‘zbek futboli tarixidagi barchaning hissasi bor. Bu biz hamon futboldan ketib murabbiylikka o‘tganini qabul qilolmaydigan Mirjalolning, yuzini raqib butsasiga qo‘yishga qo‘rqmaydigan Baxtiyor Ashurmatovning, Rossiyada uni o‘zbek deb chaqirishlaridan faxrlanadigan Kolya Shirshovning, 1999 yil Mirjalolning uzatmasidan keyin BAAni o‘z uyida zor yig‘latgan Maksim Shatskixning g‘alabasi.

Bu yo‘llanma iroqlik futbolchining provakatsiyasiga chidolmay qizil kartochka olgan Asror Aliqulovniki, Eronni yenggan tarixiy o‘yinimizda hakamni quchoqlagan Aziz Haydarovniki, yoshi katta futbolchilar yugurmaslikda ayblagan, lekin maydonda doim hammadan ko‘p yugurgan Odil Ahmedovniki, biz uchun doim eng sevimli bo‘lib qoladigan Sasha Geynrixniki, doim to‘p darajada bo‘lgan Server Jeparovniki…

Bu yo‘llanmada Osiyo kubogiga 2-raqamda borib, bittagina o‘yinda qatnashib tarix yaratgan Ulug‘bek Baqoyevning, futbolimizning eng tezkor vakili Jasur Hasanovning, Yaponiyaga tarixiy golni urgan marhum Aleksandr Shadrinning, Koreya bilan o‘yindan keyin nohaq ayblangan Akmal Shorahmedovning, imkoniyatni yo‘qotganimizni jurnalistdan bilgani uchun noqulay ahvolga tushgan, bemaza muxlislar nohaq haqoratlagan, hamon futbol o‘ynayotgan Anzur Isloilovning ham hissasi bor.

Men hozir eslolmayotgandirman, lekin ishoning, bu yo‘llanma O‘zbekiston chempionatlarida zo‘r o‘ynagan, hatto to‘purar bo‘lgan, lekin milliy jamoaga chaqirilmagan juda ko‘p o‘yinchilarning ham g‘alabasi. Futbol oilasini doim kalaka qilib kelishdi, futbolingiz hech narsaga yaramaydi, deyishdi. Lekin o‘shanda ham futbolimiz darajasiga shubha qilmagan millionlab muxlislar bugun mukofotlanishdi. Haqli tarzda…

Bu – dunyo futboli uchun ham alohida natija. Chunki endi mundialda qonida futbol oqadigan yana bir millat vakillari debyut qiladi. Bu butun futbol olamizning – bizga sakkizta gol urgan yaponlar, yo‘llanmani qo‘limizdan tortib olgan Toshimitsu Yoshida, o‘sha paydagi OFK mulizimlari va Mahmud Abdulrahmondan boshqa hammaning bayrami. Afsuski, biz ularni kechira olmaymiz…

Va, azizlar, bu yo‘llanma o‘zbek jurnalistikasi arslonlari, eng og‘ir pallada ham so‘z erkinligi atalmish uchqun o‘chib qolishiga yo‘l qo‘ymagan futbol jurnalistlarining bayrami. Qanchadan-qancha ustozlarimiz bu kunlarni ko‘rolmay o‘tishdi, lekin ularning qilgan tanqidlari bugun o‘z saramasini berdi. Shunday ekan, do‘stlar, endi bayram qilaylik, xalqimiz bu yaxshi kunga hammadan ko‘proq munosib edi. Yashasin O‘zbekiston!

O‘tkir Jalolxonov tayyorladi

Tasvirchi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.

Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.

«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.

Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.

Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.

Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.

Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.

«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.

Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Sport

Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining uchta mintaqaviy filiali ochiladi

Published

on


Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.

FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand Chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.

Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi

Published

on


O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining bugungi kunini oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish bilan boshladi.

Shahriyor Mahkamov baydarkachilar o‘rtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik poygalarida marrani birinchi bo‘lib zabt etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Terma jamoamizning yana bir a’zosi Arina Tanatmisheva esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Hozirgacha o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jami 34 ta medal qo‘lga kiritildi: 8 ta — oltin, 17 ta — kumush, 9 ta — bronza.

Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda, Yaponiya — ikkinchi, Janubiy Koreya — uchinchi o‘rinda.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi

Published

on


O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi

Published

on


Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.

Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.

O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.

27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.