Jamiyat
Mirzo Ulug‘bek tumanida Nihol ko‘chasi bo‘ylab harakat vaqtincha cheklanadi
5 noyabr soat 23:00 dan 6 noyabr soat 23:00 gacha Nihol ko‘chasining Milliy bog‘ ko‘chasidan aylanma harakatli chorrahagacha bo‘lgan qismida yo‘l ta’mirlash ishlari sabab transport harakati vaqtincha cheklanadi.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Nihol ko‘chasida yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan, mazkur uchastkaning Milliy bog‘ ko‘chasidan aylanma harakatli chorrahagacha bo‘lgan qismi 5 noyabr soat 23:00 dan 6 noyabr soat 23:00 gacha yopiladi.
Haydovchilardan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raldi va aylanma yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi.