Connect with us

Siyosat

Mirziyoyev va Si Szinpin Ostona shahrida muzokara o‘tkazdi

Published

on


17-iyun, seshanba kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrifi doirasida XXR raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi.

Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbarlari keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.

Barcha darajalarda aloqalar va almashinuvlar sezilarli faollashgani qayd etildi.

Tashqi ishlar vazirlarining strategik muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Joriy yil iyun oyi boshida Samarqand shahrida ikkinchi Hududlar forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Savdo-iqtisodiy va moliyaviy-investitsion hamkorlik jadal rivojlanmoqda. 2024-yilda tovar ayirboshlash 14 milliard dollarga yetdi. Investitsiya loyihalari portfeli 60 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

Mamlakatimiz hududlarida qo‘shma texnoparklar va maxsus industrial zonalar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, «BYD» elektromobillarini ishlab chiqarish kengaymoqda.

«Yashil» energetika, neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, metallurgiya, tog‘-kon, to‘qimachilik, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida hamda logistika, «aqlli» qishloq xo‘jaligi, sun’iy intellekt va raqamlashtirish sohalarida istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Xitoyning yetakchi moliya institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. «Ipak yo‘li» jamg‘armasi bilan investitsiya platformasini kengaytirish rejalashtirilgan. Xitoy Eksimbanki ishtirokida poytaxtimizda Olimpiya shaharchasi qurilishi yakunlanmoqda. Toshkent shahrida ushbu bankning mintaqaviy filiali ochildi.

Kambag‘allikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yetakchilar «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» strategik temir yo‘li qurilishini jadallashtirish muhimligini ham qayd etdilar.

Ta’lim, fan, turizm va madaniyat, kadrlar tayyorlash va xitoy tilini o‘rganish sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

O‘zbekistonda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi universitetining filiali faoliyat ko‘rsatmoqda, Urganch universiteti negizida Pekin universiteti bilan hamkorlikda Xalqaro matematika markazi tashkil etilgan.

O‘tgan yili Konfutsiy instituti faoliyatining 20 yilligi nishonlandi, Xitoyning «Lu Ban ustaxonasi» professional ta’lim tizimi joriy etilmoqda.

Kelgusi yilda ikki mamlakatda madaniyat va san’at haftaliklarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. BMT, ShHT, «Markaziy Osiyo – Xitoy» formati va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi muvofiqlashuv va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Yakunda yetakchilar huzurida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani to‘g‘risida bayonnoma imzolangani e’lon qilindi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Prezident «aravasini torta olmayotgan» hokimlar bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishini aytdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda ayrim rahbarlar tadbirkorning masalasini hal qilishi o‘rniga o‘zini chetga olayotgani, muammo respublika darajasiga chiqsa, aybini berkitish uchun o‘zini oqlab yurgani tanqid qilindi.

Davlat rahbari Nurafshon shahar hokimi byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmagan tadbirkorga yordam berish o‘rniga qayerdan bu ma’lumot Prezident darajasigacha yetib borganini qidirish bilan ovora ekanligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l, Chinoz (Salixov) tumanlari hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasi uchun berilgan tayyor pulga haligacha loyiha boshlamagani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, biznes infratuzilmasini yaxshilash uchun ushbu tumanlarga bu yil respublikadan qo‘shimcha 262 milliard so‘m berilgan.

Yig‘ilishda tegishli viloyatlar hokimlariga nomi aytilgan tuman hokimlari «aravasini torta olmayotgan bo‘lsa», bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident bu yil 5 mlrd kilovatt elektr va 3,5 mlrd metr kub gaz tejalishi shartligini ta’kidladi

Published

on


Videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev energiya samaradorlik masalalariga alohida to‘xtaldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, elektr yo‘qotishi 20 foizdan ko‘p bo‘lgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi ahvol tanqid qilindi. Ularning xulosa qilmagan rahbarlarini bugunoq ishdan olish, o‘rniga yosh kadrlarni qo‘yib, yo‘qotishlarni 2 karra kamaytirish bo‘yicha KPI belgilab berish zarurligi aytib o‘tildi.

Bugungi kunda texnika oliygohlarida energetika yo‘nalishida 10 mingdan ziyod 3- va 4-kurs talabalari ta’lim olmoqda. Ularni texnika xavfsizligiga o‘qitib, dual ta’lim asosida tumanga tushirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.

«Marhamat, ustozlari shogirdini tumanga olib borsin, ishni o‘rgatsin, yo‘qotishni kamaytirish bo‘yicha yaxshi yechimlar taklif qilsa, tejalgan mablag‘ni ustoz va talabaga bonus qilib beraylik», – dedi Prezident.

Mazkur yig‘ilishda tarmoq rahbarlari va hokimlar bu yil 5 milliard kilovatt elektr va 3,5 milliard kub metr gazni tejashi shartligi qayd etildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident 13 ta tuman hokimiga intizomiy jazo chora ko‘rishni topshirdi

Published

on



Prezident 13 ta tuman hokimiga intizomiy jazo chora ko‘rishni topshirdi



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident eksport qilishda tadbirkorlarga yordam bermayotgan hokimlarni ogohlantirdi

Published

on


Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev eksport ko‘rsatkichlari pasaygan hududlar faoliyatini keskin tanqid qildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi olti oyda 908 ta tadbirkor 3 milliard 600 million dollarlik shartnomalar tuzgan. Biroq hamkor davlatlardagi vaziyat o‘zgargani sababli ular hali eksportni boshlay olmagan.

Shu bilan birga, ayrim hokimlar tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish o‘rniga vaziyatni o‘z holicha qoldirgani ta’kidlandi. Bu esa eksport ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Birinchi chorak yakunlari bo‘yicha bir qator hududlarda eksport keskin kamaygan. Xususan, Norin, Kasbi, Sherobod, Yozyovon va Denov tumanlarida eksport hajmi ikki barobardan ziyodga qisqargan.

Shuningdek, Shahrisabz, Uchquduq, Parkent, Toshkent tumani, Jizzax, Navoiy, Namangan, Angren, Bekobod va Nurafshon shaharlarida eksport rejalari 70 foizga ham yetmagan.

Prezident mazkur hududlar rahbarlarini ogohlantirib, birinchi yarim yillikda o‘sish ta’minlanmasa, qat’iy xulosa qilinishi bildirildi.

Davlat rahbari hozirgi sharoitda eksportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorlar yangi bozor topish, aylanma mablag‘, sertifikatlash va logistika kabi muammolarni mustaqil hal qila olmayapti.

Shu bois, ushbu yo‘nalishda yagona va samarali tizim yaratish zarurligi qayd etildi. Mas’ullarga eksportni rivojlantirish bo‘yicha natijaga yo‘naltirilgan kompleks yondashuv ishlab chiqish va tegishli takliflar kiritish topshirildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

O‘zbekiston Gvineya-Bisau bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Published

on


Siyosat | 17:53

214

1 daqiqa o’qish

22 aprel kuni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gvineya-Bisau doimiy vakili Samba Sane qo‘shma bayonotni imzoladi.

Foto: TIV

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Gvineya-Bisau O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 168-davlat bo‘ldi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.