Connect with us

Iqtisodiyot

«Mikrokreditbank» – tadbirkorlarning ishonchli hamkori (video)

Published

on


So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat iqtisodiy siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki tadbirkor va faol ishbilarmonlarning ishonchli hamkori sifatida faoliyat yuritmoqda.  Ma’lumki, «Mikrokreditbank»ning asosiy maqsadi kichik biznes sub’yektlariga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan. 

Buxoro viloyatida ham «Mikrokreditbank» tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarning biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda yuzlab loyihalar amalga oshirilgan. 

«Mikrokreditbank” ATB Axborot xizmati rahbar o‘rinbosari Yulduz Isakovaning «Xabar.uz» nashriga ma’lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida bank tomonidan 7,4 trillion so‘m kredit ajratilgan. Ushbu mablag‘ hisobidan 247 ta korxonaga 1,7 trillion so‘m miqdorida boshqa kredit liniyalari ajratilib, 6 300 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Shundan 558,3 milliard so‘m xorijiy kredit liniyalariga to‘g‘ri keladi. 

«Buxoro viloyati bo‘yicha 30 ta tadbirkorlik sub’yektiga 111 milliard so‘m miqdorida kredit liniyalari ajratilib, natijada 500 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Shu mablag‘larning 43,2 milliard so‘mi xorijiy kredit liniyalari hissasiga to‘g‘ri keladi» – dedi Yulduz Isakova. 

Tadbirkorlik loyihalarini keng jamoatchilikka tanitish maqsadida Buxoro viloyatida press-tur tashkil etildi. Jurnalistlar dastlab, Buxoro shahridagi «ALFA MEDICAL CENTER» xususiy klinikasi faoliyati bilan tanishdilar. 

Klinika ish boshqaruvchisi Shohruzjon Muxtorovning ta’kidlashicha, zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan klinika «Mikrokreditbank»dan 4,5 million AQSh dollari miqdorida kredit olgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan Yevropa davlatlaridan zamonaviy tibbiyot uskunalari xarid qilingan va ularning ishlash jarayoni xorijiy mutaxassislar tomonidan o‘rgatilgan. 

«Hozirgi kunda klinikamizda 24 nafar tibbiyot xodimining bandligi ta’minlangan. Faoliyatni yanada kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish niyatimiz bor. «Mikrokreditbank»dan olingan kredit, nafaqat, moliyaviy yordam, balki, ishonch ramzi bo‘ldi», – dedi Shohruzjon Muxtorov. 

Shuningdek, bank mablag‘lari yordamida Buxoro tumanidagi «Buxoro tekstil dizayn» MChJ yangi tikish jihozlarini xarid qilib, 50 dan ortiq ish o‘rni yaratgan. G‘ijduvon tumanida yosh fermer «Yoshlar tadbirkorligi» dasturi doirasida 150 million so‘m kredit olib, issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Vobkent tumanidagi «Buxoro suvenirlari» art-sexi esa bankning turizm sohasiga qaratilgan imtiyozli qarzidan foydalanib, milliy hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishni boshlagan. 

Bank tadbirkorlarga, nafaqat, moliyaviy yordam, balki, biznes reja tuzish, bozor tahlili va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha maslahatlar ham berib kelmoqda. 

Bank mablag‘lari asosida faoliyat yuritayotgan «GIJDUVAN ECO BOTTLERS» MChJ meva sharbatlari hamda salqin ichimliklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxona 4 milliard so‘m kredit asosida ish boshlab, keyinchalik yana 12 milliard so‘m kredit olib, qo‘shimcha uskunalar xarid qildi va 58 nafar aholi bandligini ta’minladi. 

«EKO» brendi ostidagi mahsulotlarimiz mahalliy bozorda gazli va gazsiz suvlarga bo‘lgan talabni qondirmoqda. Joriy yil yakuniga qadar meva sharbatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Xitoy bilan hamkorlik boshlandi. Korxona binolarini ta’mirlashdan tortib, uskunalar xaridigacha bo‘lgan barcha jarayonlar bank mablag‘lari hisobiga amalga oshirildi. Dastlab 20 nafar xodim bilan ish boshlagan bo‘lsak, hozirda bu ko‘rsatkich ikki barobardan ziyodga oshdi», – dedi korxona ish yurituvchisi Ruslan Haqnazarov. 

«Mikrokreditbank»ning Buxoro viloyatidagi faoliyati, nafaqat, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, balki, yangi ishbilarmonlar avlodini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga hissa qo‘shilmoqda. 

«Mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida Buxoro filiallarida onlayn ariza berish, elektron hisob-kitob tizimlari hamda mobil ilova orqali xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Bu tadbirkorlarga vaqtni tejab, o‘z biznesiga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini beradi, – dedi «Mikrokreditbank»ning Buxoro viloyati filiali Mahallabay ishlash va hududiy loyihalarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i Feruz Tursunov. 

Bugun «Mikrokreditbank», nafaqat, kreditlar bilan tadbirkorlarga qanot bag‘ishlayotgan, balki, ularning orzu-maqsadlariga yo‘l ochayotgan, ishonch va imkoniyat ko‘prigini qurib berayotgan bankka aylandi.  



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Ertaga dollar tushib, yevro biroz ko‘tariladi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 26-iyundan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 10,88 so‘mga tushib, 12 013,52 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 6,88 so‘mga oshdi va 13 649,76 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 841,03 so‘m bo‘ldi (-2,32).

Rossiya rubli 159,95 so‘m etib belgilandi (-0,46).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Moody’s xalqaro agentligi O‘zbekistonning kredit reytingini bir pog‘onaga ko‘tardi

Published

on


Moody’s xalqaro agentligi O‘zbekistonning kredit reytingini bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarib, barqaror prognozi bilan Ba2 darajasida belgiladi.

Bu Prezidentimiz rahbarligida mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash borasida olib borilayotgan tizimli harakatlar natijasidir, deya ma’lum qildi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

Mazkur ko‘rsatkich amalda nimani anglatadi? Bu — yanada qulay shartlardagi investitsiyalar, arzon moliyaviy resurslar, yangi korxonalar hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari demak.

Oldinda hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bosh maqsadimiz O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib kelajakni ta’minlovchi kuchli, ochiq hamda raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishdir, deya xulosa qiladi Saida Shavkatovna. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Soliq oliy maktabi rektori vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Published

on


Narziyev Yigitali Shodmonovich Soliq oliy maktabi rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U ayni vaqtda Soliq qo‘mitasi rais maslahatchisi lavozimida ham faoliyat olib boradi.

​Soliq oliy maktabi 2026/2027 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga hujjatlarni qabul qilmoqda. Hozirda quyidagi 2 ta yo‘nalish mavjud:

​Soliqlar va soliqqa tortish;

​Buxgalteriya hisobi.

​Kelgusida «Raqamli soliq ma’murchiligi» hamda «Soliq huquqi va moliyaviy nazorat» yo‘nalishlari ham ochilishi kutilmoqda.

​Joriy o‘quv yili uchun 50 ta davlat granti ajratilgan.

​Talabalar uchun zamonaviy o‘quv binolari, Axborot-resurs markazi, sport inshootlari va 1000 o‘rinli talabalar turar joyi ham mavjud.

​Oliy maktab davlat oliygohi bo‘lgani uchun hujjatlar my.uzbmb.uz platformasi orqali qabul qilinadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

123 mingdan ortiq fuqaro shubhali xaridorlar reyestriga kiritildi

Published

on


Ular soxta xarid chekini «Soliq» mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazganlikda gumon qilinmoqda.

May oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum bir haq evaziga uchinchi shaxslardan soxta xarid cheki olgan, haqiqatda kirim qilinmagan yoki xarid qilinmagan tovar uchun xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan 123 mingdan ortiq fuqaro shubhali xaridorlar reyestriga kiritildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bunday soxta xarid chekini «Soliq» mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish qonunga xilof hisoblanadi va javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Xabarga ko‘ra, agar tovar yoki xizmat sotib olingan tadbirkor soliq hisobotini taqdim etmasa yoki unda kamchiliklar mavjud bo‘lsa yoxud soliq qarzi to‘lanmagan bo‘lsa, keshbek shu kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin avtomatik ravishda tasdiqlanadi.

Keshbek quyidagi hollarda hisoblanmaydi:


agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;



avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalari, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun;



o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar xizmat ko‘rsatganda;



yakka tartibdagi tadbirkor hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan raqamli platforma (Xolis Paynet) orqali berilgan xarid chekiga;



jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan bo‘lsa.




Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Sanoat o‘sishida qaysi tarmoqlar yetakchilik qilmoqda?

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston sanoatida ishlab chiqarish hajmi o‘sishda davom etdi. Bu davrda sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri keldi.

Qayd etilishicha, ishlab chiqarish sanoati hajmi 338,5 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga o‘sgan. Bu ko‘rsatkich mamlakat sanoatidagi asosiy drayver aynan qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish sohalari bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasida ham ijobiy dinamika saqlanib qoldi. Tarmoq hajmi 27,5 trillion so‘mga yetgan va yillik o‘sish 6,4 foizni tashkil qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, elektr energiyasi, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida ishlab chiqarish hajmi 26,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Mazkur yo‘nalishdagi o‘sish sur’ati 3,3 foiz bo‘lgan.

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash sohasida esa 2,1 trillion so‘mlik xizmat va mahsulotlar ishlab chiqarildi. Bu tarmoqda ham 6,4 foizlik o‘sish qayd etildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.