Jamiyat
Migratsiya agentligi mansabdorlari va boshqalardan iborat yirik uyushgan guruh fosh etildi
Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi
Bosh prokuratura Departamenti tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bir guruh shaxslar, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat uyushgan jinoiy guruh Koreya davlatiga mehnat muhojiri sifatida ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema yaratib, 35 nafar fuqarodan jami 263,5 ming AQSh dollari noqonuniy olinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tergovda: Koreyaga ishga yuborish uchun jinoiy guruh tomonidan rasmiy to‘lovlardan tashqari firibgarlik yo‘li bilan 7-12 ming AQSh dollardan qariyb 90 mln AQSh dollari yig‘ilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda, Koreyaga ishga yuborilmagan 600 dan ziyod fuqarodan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, undirish choralari ko‘rilmoqda.
Bir guruh shaxslar, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalari 230 nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborishlari evaziga 580 ming AQSh dollari, Koreyaga yuborilgan 1 000 nafar fuqarodan noqonuniy ravishda 5,6 mln AQSh dollari jami 45 mln AQSh dollarini olganliklari ma’lum bo‘ldi.
«Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar, agarda Siz va yaqinlaringiz ushbu uyushgan jinoiy guruh faoliyatidan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, bu haqida zudlik bilan Bosh prokuratura Departamentining 71-233-10-07 raqamli ishonch telefoni orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz», deyiladi Prokuratura departamenti xabarida.
Jamiyat
Namanganda tadbirkorning gazdan 341 mln so‘mlik qarzi bekor qilindi
Raqobat qo‘mitasiga Namangan shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektidan murojaat kelib tushgan. Unda tadbirkor «Hududgazta’minot» AJ hamda uning «Hududgaz Namangan» filiali tomonidan qariyb 341 mln so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblanganini bildirgan.
Murojaatda tadbirkor mazkur holatni qonunchilik doirasida ko‘rib chiqish va noqonuniy hisoblangan qarzdorlikka huquqiy baho berishni so‘ragan.
Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida tadbirkorlik subyektiga nisbatan hisoblangan qarzdorlik asosli emasligi tasdiqlangan.
Ma’lum qilinishicha, tekshiruv jarayonida gaz ta’minoti bilan bog‘liq hisob-kitoblar, elektron tizim ma’lumotlari hamda qarzdorlikni shakllantirish asoslari tahlil qilingan.
O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, tadbirkor zimmasiga yuklangan qariyb 341 mln so‘mlik qarzdorlik asossiz ekani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng «Hududgazta’minot» AJning maxsus elektron dasturida mazkur qarzdorlikni hisobdan chiqarish ta’minlangan.
Jamiyat
«O‘zgidromet» sel-toshqinlar bo‘yicha ogohlantirdi
«O‘zgidromet» sel-toshqinlar bo‘yicha ogohlantirdi
Source link
Jamiyat
Hokimiyat shafeligida qurilgan uylar bitmay turib buziladigan bo‘ldi. Hokimga ishonganlar holi ne kechadi?
2019 yilda Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida hokim va investor o‘rtasidagi shartnomaga asosan ko‘p qavatli uylar qurilishi belgilangan edi. Quruvchi hujjatlarni puxta qilmagani uchun, tomi yopib bo‘lingan uylar sud qarori bilan buzilish arafasida turibdi.
“Investor” deyilgan odam Buxorodagi boshqa ishlari sabab 11 yilga qamalib ketgan.
Aynan Shota Rustavelidagi qurilish bo‘yicha ham Toshkent shahar prokuraturasida jinoyat ishi bor.
Hokimlikka ishonib, yashab turgan uylarini investorga topshirgan o‘nlab fuqarolar najot izlamoqda.
Davlat idoralariga shikoyatlaridan naf bo‘lmayotgan bir guruh fuqarolar Kun.uz’ga murojaat qildi.
Serialning boshlanishi
Toshkent shahrining o‘sha vaqtdagi hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 2019 yil 7 fevraldagi qarori bilan, “Best building company” MChJga ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish uchun Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli hamda Suqrot ko‘chasi kesishmasidan 1,2 gektar yer uchastkasi ajratilgan.
Hokim qarorida “Best building company” MChJga yer uchastkasidagi turar va noturar joy binolarini buzish va yetkazilgan zararlarni qoplash, arxitektura rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish, loyihalash va tegishli tashkilotlarga kelishish uchun kiritish majburiyati yuklatilgan.
Shahar hokimi va kompaniya direktori R.R.Yunusov o‘rtasida “investorning ijtimoiy majburiyatlari to‘g‘risida” 29-sonli shartnoma ham tuziladi.
Kompaniya eski uylarni buzish uchun mulkdorlar bilan kelisha boshlaydi: ayrimlar quruvchi bilan kelishib, pulini olib chiqib ketadi, lekin aksariyat mulkdorlar kompensatsiya sifatida shu yerning o‘zida kelajakda qurib bitiriladigan yangi turar joy majmuasidan kvartira ajratilishiga ko‘ndiriladi.
Qurish ishlari ham ko‘p kuttirmay boshlab yuboriladi.
Shundan beri oradan 7 yil o‘tdi. Va’da qilingan uy qad rostladi, ammo intiq kutayotgan egalariga topshirilmadi: qurilish chala qolgan, hujjat ishlari esa boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Hujjatsiz qurilish
Kun.uz o‘rgangan hujjatlarga ko‘ra, Shota Rustaveli va Suqrot ko‘chalari kesishmasida “A”, “B” va “V” blokdan iborat ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish loyihasiga asosan “A” blok 4 pod’yezdli 9 qavat mansarda qismidan iborat, 112 ta xonadonli bo‘lishi; “B” blok 2 pod’yezdli, 9 qavat mansarda qismidan iborat, 70 xonadonli bo‘lishi; “V” blok 6 pod’yezdli, 4 qavatdan iborat, 21 xonadonli bo‘lishi belgilangan.
Shunga qaramay, “Best building company” MChJ tasdiqlangan loyihadan chetga chiqib, shaharsozlik norma va qoidalariga zid ravishda “A” blokni 11 qavat 234 ta xonadonli hamda “V” blokni 6 qavat 32 xonadonli qilib qurgan.
Sud hujjatida keltirilishicha, Shota Rustaveli ko‘chasida tegishli reglament talablariga zid ravishda, qurilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilish ishlari olib borilgan.
Buning uchun 2024 yil 23 oktyabr kuni “Best building company” MChJ ogohlantirilgan, direktor o‘rinbosari S.Aliyev ma’muriy javobgarlikka ham tortilgan.
Binolar buziladimi?
Toshkent shahar qurilishda nazorat inspeksiyasi iqtisodiy sudga ariza kiritib, “Best building company” MChJdan nizoli manzilda qurilgan “A” va “B” bloklarda qurilish ishlarini to‘xtatish va buzishni talab qilgan.
Sud 2025 yil 9 dekabrda da’voni to‘la qanoatlantirib, obektlarni buzish to‘g‘risida qaror chiqargan.
Quruvchi kim va u hozir qayerda?
Murojaat qilgan fuqarolar “Best building company” MChJning ilk ta’sischisi Umidjon Nurullayev bo‘lganini aytadi. U ayni paytda qamoqda.
Kun.uz o‘rgangan sud hukmida aytilishicha, Umid Nurullayev jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2025 yil 9 apreldagi hukmi bilan 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlik va boshqa turdagi qator jinoyatlarda ayblangan.
Sud U.Nurullayev va uning jinoiy sheriklaridan 100 dan ortiq fuqaroga yetkazilgan zararni qoplash uchun bir necha milliard so‘mlik undiruv belgilagan.
Kimlar egalik qildi?
Keyinchalik “Best building company” MChJning ta’sischilari bir necha marta o‘zgargan. Umid Nurullayev ta’sis qilgan firma 2025 yil aprel holatida Axmedov Abdurauf Negmatovichga, 2025 yil avgust holatida Xamroyev Sherali Maxmudovichga tegishli bo‘lgan.
Hozirda ta’sischilar tarkibida Z.Tolibov, O.Shamsiyev, A.Negmatov bor.
Ammo ta’sischilar harqancha o‘zgarmasin, uylar va ularning haqdorlari taqdirida o‘zgarish sezilgan emas.
Murojaat qilgan fuqarolar bilan obektning o‘zida suhbatlashgan Kun.uz muxbiri qurilish firmasi vakillaridan izoh so‘radi. Ammo “alohida gaplashib olishi”ni aytgan shaxslardan shu bo‘yi hech qanday ma’lumot olib bo‘lmadi.
Qurilish rasman to‘xtatilgan
2025 yil 26 iyul kuni Toshkent shahar hokimligi hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta obektda qurilish ishlari to‘xtatilgani, obektlar elektr ta’minotidan uzib qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.
O‘shanda qurilishi to‘xtatilgan firmalar orasida “Best building company” nomi ham bo‘lgan.
Tergov ketmoqda
Toshkent shahar prokuraturasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, “Best building company”ga nisbatan JKning 192-11-moddasi (nodavlat tashkilotda mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Loyiha boshi berk ko‘chada qolgan
E’tiborlisi, qurilish tegishli hujjatlarsiz amalga oshirilgan bo‘lib, qurilishning borishini nazorat qilishi kerak bo‘lgan davlat tashkiloti “hujjatlari yo‘qligini” to uy qurib bo‘lingunicha kutib turgan va keyin buzish kerak deya sudga bergan.
Qurilish ustida turishi kerak bo‘lgan odam qamoqda, yaqin yillar ichida ozodlikka chiqishi ham dargumon.
O‘nlab fuqarolar bu quruvchiga ishonib, uysiz qolishgan ham.
Muammolar girdobidagi obektda senator nima qilib yuribdi?
Ushbu jurnalistik surishtiruvimiz chog‘ida e’tiborimizni tortgan bir holat sodir bo‘ldi. Ayni damda senator, Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, bir vaqtlar Navoiy viloyati hokimi bo‘lgan Qobil Tursunov 5-6 yildan beri muammolar girdobida bo‘lgan qurilish obektiga shaxsan kelib, xizmat avtomobilida ichkariga qadar kirib borgani ma’lum bo‘ldi.
Senatdagi rasmiylarning aytishicha, senatorni “ushbu qurilish kompaniyasi bilan bog‘lab turuvchi xech qanday aloqa yo‘q, u faqat singlisining o‘g‘li uchun kvartira xarid qilish maqsadida bu yerda borgan”.
Qiziq, rostdan ham shundaymikin? Toshkentda yuzlab yangi turar-joy majmualarida sotuvlar bo‘lib yotgan bir paytda, Qobul Tursunovdek siyosiy xushyor odam – sotuv ofislari ishlamaydigan, tovonidan qulog‘igacha muammoga botgan, boz ustiga buzilib ketish arafasida turgan “dom”dan kvartira qarab yurishi g‘alati emasmi?
Hokimlik tomoshabin bo‘lib qolaveradimi?
Voqealar avvaliga qaytsak, barcha ishlar hokimning qarori, hokim va investor o‘rtasidagi ijtimoiy majburiyatlarga oid shartnomadan keyin boshlangan edi. Odamlar hokimga, hokimiyatga ishongan edi. Endi-chi?
Endi odamlarga bitmas-tuganmas tashvish olib kelgan “hokim va investor kelishuvi” uchun kim javob beradi? O‘nlab odamlar qachongacha sarson bo‘lib, bexalovat yashashadi?
Hozircha bu savollarga javob yo‘q. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Jamiyat
O‘zbekistonning 35 ta shahar va tumanida soliq inspeksiyalari rahbarlari o‘zgardi
Soliq qo‘mitasi raisi buyrug‘i bilan mamlakat bo‘ylab 35 nafar rahbar kadr davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i lavozimlariga tayinlandi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, tizimga zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega, tashabbuskor va hududlarda soliq ma’muriyatchiligini yangi bosqichga olib chiqishga qodir rahbar kadrlarni saralash va tayinlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yangi tayinlovlar orasida ayol rahbar kadrlar ham o‘rin olgani soliq organlarida gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga keng jalb etish borasidagi ishlar yangi bosqichga chiqqanini ko‘rsatadi.
Tayinlovlar ro‘yxati:
Andijon viloyati
Bo‘ston tumani SI boshlig‘i — Shamsutdinov Alibek Rashid o‘g‘li;
Marhamat tumani SI boshlig‘i — Erkaboyev Fazliddin Sharobidinovich;
Paxtaobod tumani SI boshlig‘i — Mamatov Kamoliddin Rahimjonovich.
Jizzax viloyati
Forish tumani SI boshlig‘i — Islamov Jasurbek Nematovich;
Yangiobod tumani SI boshlig‘i — Mustafaqulov Kobiljon Nabijanovich.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahar SI boshlig‘i — Xomidov A’zam Tashkanovich;
Ko‘kdala tumani SI boshlig‘i — Sobirov Shohboz Soibqiron o‘g‘li;
Muborak tumani SI boshlig‘i — Niyozova Sugdiyona Mehmonovna;
Shahrisabz tumani SI boshlig‘i — Sadullayev Iskandar Asadovich.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kegeyli tumani SI boshlig‘i — Risnazarov Ruslan Mambetbayevich;
Nukus shahar SI boshlig‘i — Seitov Aydos Iskenderovich;
Chimboy tumani SI boshlig‘i — Artikov Sultan Jarilqaganovich.
Navoiy viloyati
G‘ozg‘on shahar SI boshlig‘i — Umarova Zaxro Furqat qizi;
Qiziltepa tumani SI boshlig‘i — Pirmatov Umidjon Karimovich.
Namangan viloyati
Chortoq tumani SI boshlig‘i — Turgunov Sardor Maxmudovich.
Samarqand viloyati
Jomboy tumani SI boshlig‘i — G‘afurov Firuz Qurbonboyevich;
Kattaqo‘rg‘on tumani SI boshlig‘i — Otamurodov Murodali Yusupovich.
Sirdaryo viloyati
Shirin shahar SI boshlig‘i — Abduqayyumova Munira Safarovna.
Surxondaryo viloyati
Angor tumani SI boshlig‘i — Xudoyqulov Ilhom Yo‘ldoshovich;
Termiz tumani SI boshlig‘i — Shoturayeva Maftuna Elturayevna.
Uzun tumani SI boshlig‘i — Xushvaqtov Abdurahmon Shukurovich;
Sho‘rchi tumani SI boshlig‘i — Nazarov Akmaliddin Salohiddinovich.
Toshkent viloyati
Ohangaron tumani SI boshlig‘i — Muminov Anvar Umirzoq o‘g‘li;
Qibray tumani SI boshlig‘i — Boboyev Rovshan Odilovich;
Yangiyo‘l shahar SI boshlig‘i — Shamshiyev Sherzod Sultanovich.
Farg‘ona viloyati
Bag‘dod tumani SI boshlig‘i — Maxsudov Axrorjon Baxodirovich;
Beshariq tumani SI boshlig‘i — Fozilov Ulug‘bek Egamberdiyevich;
Quva tumani SI boshlig‘i — Bekmirzayev Quyoshbek Xolmatovich;
Qo‘qon shahar SI boshlig‘i — Xamrakulov Akmaljon Aliyevich;
Oltiariq tumani SI boshlig‘i — Tojiusmonov Behzod Furqat o‘g‘li;
So‘x tumani SI boshlig‘i — Mamajonov Rashidjon Mamajonovich;
Farg‘ona tumani SI boshlig‘i — Sultonov Ixtiyorjon Murodjonovich;
Farg‘ona shahar SI boshlig‘i — Polvonov Nazarjon Djumanazarovich.
Xorazm viloyati
Bog‘ot tumani SI boshlig‘i — Axmedov Sanjarbek Sabirovich;
Gurlan tumani SI boshlig‘i — Ro‘zimov Sarvar Axmadjonovich.
Jamiyat
Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani ingliz tilida chop etildi
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani ingliz tilida jahon kitobxonlariga taqdim etildi.
Ushbu nashr – 2026 yilda adib tavalludining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan yubiley tadbirlari oldidan madaniy tuhfa bo‘ldi, deya xabar berdi “O‘zA”.
2025 yilda adibning 100 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tashabbus doirasida yozuvchining rafiqasi – “Do‘stlik” ordeni sohibasi Maryam aya Shariatullayeva (Yoqubova) tomonidan berilgan oq fotiha va rozilik asosida “Ulug‘bek xazinasi” romanini ingliz tiliga tarjima qilish loyihasi boshlangan edi.
Mazkur ilmiy-adabiy jarayon Andijon davlat chet tillar universiteti doktoranti Abdullajon Ro‘ziyev rahbarligida amalga oshirildi.
Keyinchalik loyiha universitet rahbariyatining qo‘llab-quvvatlashi bilan xalqaro hamkorlik darajasiga ko‘tarildi. Tarjima jarayonida amerikalik muharrirlar – Shimoliy Karolina universiteti bitiruvchisi Matyu Piyerro (Mattew Pierro) va Alon Shneydman (Alon Schenidman) faol ishtirok etdi.
Ularning hamkorligi natijasida roman ingliz tiliga tarjima qilinib, Amazon platformasida va O‘zbekistonda nashr etildi.
Mirzo Ulug‘bek hayoti, uning ilmiy-ma’rifiy merosi va tarixiy shaxs sifatidagi o‘rni tasvirlangan ushbu roman endilikda xalqaro kitobxonlarga O‘zbekiston tarixining muhim sahifalarini, milliy madaniyat va adabiy merosni yanada yaqinroq tanitish imkonini beradi.
Kitob zamonaviy nashr standartlariga muvofiq ravishda qattiq muqova (hardcover), yumshoq muqova (paperback) hamda elektron (ebook) formatlarda chop etildi va keng kitobxonlar ommasi uchun Amazon platformasi orqali dunyo bo‘ylab taqdim etildi.
Ma’lumot uchun, “Ulug‘bek xazinasi” romani dunyoning ellikka yaqin tillariga tarjima qilingan.
Kelgusi yilda Odil Yoqubovning “Qo‘hna dunyo” romanini ingliz tiliga tarjima qilib nashr etish ko‘zda tutilgan.
-
Jamiyat4 days agoНавоийда бир неча кун қизғин давом этган «Медиа ҳафталик» якунланди
-
Dunyodan3 days ago
Prezident Tramp 13-15 may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi.
-
Sport4 days agoO‘zbekiston o‘smirlar futbol terma jamoasi JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
-
Sport5 days ago“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
-
Sport4 days agoDenovdagi kurash musobaqasi qotillik bilan yakunlandi: Taniqli polvon pichoqlab o‘ldirildi
-
Sport5 days ago“Barselona” ilk bor “Real”ni yengib, Ispaniya chempioni bo‘ldi
-
Jamiyat5 days ago
Bugun ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir va shamol kuzatiladi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondagi konlarni o‘zlashtirishni boshladi
