Iqtisodiyot
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi
O‘zbekistonda furnitura, aksessuar, bo‘yoq, kley, DSP kabi 14 turdagi xomashyo uchun bojlar 3 yil muddatga 1 foiz etib belgilanadi.
O‘zbekistonda furnitura, aksessuar, bo‘yoq, kley, DSP kabi xomashyoga bojlar stavkalari kamaytiriladi. Bu haqda mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mebel tannarxida import xomashyo ulushi 50-60 foizni tashkil qilmoqda. Ishlab chiqaruvchilar tannarxni pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, bo‘yoq, kley, DSP kabi xomashyoga bojni kamaytirishni so‘ragan.
“Milliy mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo‘lishi uchun bunga rozilik beraman”, – dedi prezident.
Mutasaddilarga 14 turdagi xomashyo, furnitura, aksessuar uchun 3 yil muddatga import bojini 1 foiz etib belgilash bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Mebel uchun yog‘och va yog‘och materiallarini markazlashgan holda olib kelish yo‘lga qo‘yiladi.