Connect with us

Iqtisodiyot

Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam

Published

on


2026 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda gaz qazib olish 15 foizga, neft qazib olish 1,8 foizga qisqardi. O‘z navbatida, benzin ishlab chiqarish 2,9 foizga, dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish qariyb 54 foizga oshdi. Shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish ham ko‘paydi. Bunda yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmi 7,5 foizga kamaygan bo‘lsa, kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 49 foizga oshdi. Avtomobil ishlab chiqarishda ham o‘sish kuzatildi.

Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yilning yanvar-mart oyidagi sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha hisobotni e’lon qildi.

Joriy yilning birinchi choragida gaz qazib olish hajmi 9,6 mlrd kub metrni tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 1,7 mlrd kub metrga yoki 15 foizga, 2024 yilning mos davriga nisbatan esa 2 mlrd kub metrga yoki 17,2 foizga qisqargan. Xususan, mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 mlrd kub yoki 30,8 foizga kam.

Oxirgi yillarda O‘zbekistonda gaz qazib olish dinamikasi quyidagicha o‘zgardi:

Ma’lumot uchun, yanvar-mart oylarida gaz eksporti 36,7 mln dollarni (-61 foiz) tashkil etgan, import hajmi esa qariyb 360,5 mln dollar bo‘lgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobar yuqori ko‘rsatkich.

«O‘zbekiston-2030» strategiyasiga ko‘ra, joriy yilda 40,2 mlrd kub metr gaz qazib olinishi kutilyapti. Bu 2025 yilga nisbatan 3,6 foizga yoki 1,5 mlrd kub metrga kam.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, keyingi 4 yil davomida gaz qazib olish ko‘rsatkichlari quyidagicha o‘zgaradi:


2027 yil – 42,9 mlrd kub (+6,7 foiz);
2028 yil – 44,5 mlrd kub (+3,7 foiz);
2029 yil – 45,5 mlrd kub (+2,2 foiz);
2030 yil – 48,5 mlrd kub (+6,6 foiz).

 Hisobot davrida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan neft qazib olish 160,8 ming tonnadan 157,3 ming tonnaga (-1,8 foiz), gaz kondensati ishlab chiqarish 296,6 ming tonnadan 242,3 ming tonnaga (-18,3 foiz) qisqargan. 

O‘z navbatida dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish 182 ming tonnadan 280,9 ming tonnaga (+54,3 foiz), benzin ishlab chiqarish 304,3 ming tonnadan 313,2 ming tonnaga (+2,9 foiz) oshgan.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish ham umumiy hisobda oshgan. Xususan, 2025 yilning I choragida 21,9 mrld kWh elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning mos davrida 22,9 mlrd kWh’ni tashkil etgan. Bunda yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiya hajmi 7,5 foizga kamaygan bo‘lsa, kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 49 foizga oshgan.

2026 yilning 3 oyida O‘zbekistonda 108 ming 769 dona yengil mashina ishlab chiqarilgan. Bu 2025 yilning yanvar-mart oyidagi ko‘rsatkichdan 11 ming 495 donaga yoki 11,8 foizga ko‘p. Ishlab chiqarishning o‘sishi Damas, Onix, Cherry’dan tashqari barcha avtomobil modellari bilan kuzatilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi

Published

on


Mamlakatda yangi energetika obektlari ishga tushirilishi kutilmoqda.

Foto: Pavel Mixeyev / Shutterstock

Qozog‘iston 2027 yildan boshlab Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatmoqchi. TASS xabariga ko‘ra, bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Sungat Yesimxanov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Agar shu yil oxiri – kelasi yil boshida barcha rejalashtirilgan [energetika] obektlarimizni ishga tushirsak, 2027 yilda biz umuman [Rossiyadan elektr energiyasini sotib olmaymiz] deb o‘ylayman».

Yesimxanov so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda Qozog‘istonga 1-1,2 milliard kVt·soat elektr energiyasi sotib olish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, 2024 yilda elektr energiyasi taqchilligi 2,1 milliard kVt·soatni, 2025 yilda esa taxminan 1,5 milliard kVt·soatni tashkil etgan.

Aprel oyi oxirida «Inter RAO» (Rossiyadagi elektr energiyasi eksporti va importining yagona operatori) joriy yil yanvar-mart oylarida elektr energiyasi eksportini 5,8 foizga oshirib, 2,12 milliard kVt·soatga yetkazganini ma’lum qildi.

Yanvar oyida Qozog‘istonning Ulysmedia nashri Xitoy 2025 yilda Rossiya elektr energiyasini sotib olishni qisqartirganidan so‘ng, Qozog‘iston uning eng yirik importchisiga aylangani haqida xabar bergan edi. Natijada Rossiya eksportining qariyb 60 foizi (deyarli 4,5 milliard kVt·soat) ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keldi. Pekin 2026 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan elektr energiyasi importini butunlay to‘xtatdi.

«Kommersant» nashrining yozishicha, qarorning asosiy sababi yanvar oyidan beri elektr energiyasi yetkazib berishning eksport narxi Xitoyning ichki bozoridagi elektr energiyasi narxidan oshib ketganidir.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Eng ko‘p soliq to‘lagan qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi

Published

on


2026-yilning I choragida O‘zbekistonda qurilish sohasida faoliyat yurituvchi 31 687 ta yuridik shaxs tomonidan davlat budjetiga 2,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘landi.

Jami tushumning 494,9 mlrd so‘mi, ya’ni 18,6 foizi 20 ta yirik korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu korxonalarning umumiy tovar aylanmasi 6,7 trln so‘mdan oshgan. Shuningdek, mazkur kompaniyalar tomonidan 9,2 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llanilgani qayd etilgan.

Eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar orasida «DISCOVER INVEST» MChJ yetakchilik qildi. U tomonidan 103,9 mlrd so‘m soliq to‘langan. Ikkinchi o‘rinni «UET CONSTRUCTION» MChJ egallab, 52,6 mlrd so‘m to‘lov amalga oshirgan.

Keyingi o‘rinlarda «KOC CONSTRUCTION MEKANIK ELEKTRIK» MChJ XK — 33,6 mlrd so‘m va «O‘ZSHAHAR QURILISH INVEST» MChJ — 33,2 mlrd so‘m bilan qayd etildi. Beshinchi o‘rinda «COLD STEP INVEST» MChJ bo‘lib, u 30,9 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Yirik qurilish kompaniyalari tomonidan to‘langan soliqlar tarkibida qo‘shilgan qiymat solig‘i ustunlik qildi. Ushbu tur bo‘yicha tushum 220,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Foyda solig‘i 106,4 mlrd so‘m, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 78,1 mlrd so‘m bo‘ldi. Shuningdek, ijtimoiy soliq 77,6 mlrd so‘m, boshqa soliqlar 12 mlrd so‘mni tashkil etgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

5-maydan O‘zbekistonda dollar ko‘tariladi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 5-maydan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 40,80 so‘mga oshib, 11 993,53 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 32,27 so‘mga oshdi va 14 054,02 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 262,03 so‘m bo‘ldi (+13,49).

Rossiya rubli 158,52 so‘m etib belgilandi (-0,96).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Jismoniy shaxslar turli banklarda ochilgan kartalari o‘rtasida komissiyasiz pul o‘tkaza oladi

Published

on


O‘zbekistonda jismoniy shaxslar o‘ziga tegishli bank kartalari o‘rtasida – bu kartalar turlicha banklarda ochilgan bo‘lsa ham – bepul (komissiyasiz) pul o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Kafe-restoranlar hamda benzin va gaz quyish shoxobchalari bergan cheklar bo‘yicha keshbek tezkor tarzda qaytariladi. Prezident huzuridagi taqdimotda shunday takliflar ilgari surildi.

O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab bir qator tovar va xizmatlar uchun faqat naqdsiz shaklda to‘lov qilishga o‘tilgan edi. 5 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishda shu yangi tartibga bog‘liq ravishda qator takliflar ilgari surildi.

Jismoniy shaxslarning o‘z bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini komissiyasiz amalga oshirish, naqdsiz to‘lovlarning aholi uchun qulay shakllarini ko‘paytirish, umumiy ovqatlanish, alkogol, tamaki va yoqilg‘i sotish sohalarida xarid cheki bo‘yicha hisoblangan keshbekni tezkor qaytarish imkoniyatini yaratish taklif etildi.

Bank kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida joriy etilgan antifrod SMS-xabarnomalar bo‘yicha xarajatlarni qayta ko‘rib chiqish, mobil ilovalardagi xabarnomalar yoki biometrik identifikatsiya kabi muqobil yechimlardan foydalanish taklif qilindi.

“Davlatimiz rahbari raqamlashtirish jarayonlarini biznesga qo‘shimcha yuk emas, qulaylik yaratadigan vositaga aylantirish zarurligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Tadbirkorlarni qiynayotgan soliqqa oid ayrim muammolar bo‘yicha prezidentga takliflar kiritildi

Published

on


QQS guvohnomasini to‘xtatib qo‘yish tartibini takomillashtirish, kafe-restoranlar uchun QQS keshbekini olishni osonlashtirish, soliq qarzi bo‘yicha hisoblanayotgan penya asosiy qarz summasidan oshib ketmasligi bo‘yicha normani joriy etish va boshqa takliflar shular jumlasidan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Rasmiy relizga ko‘ra, taqdimotda jumladan quyidagi takliflar ilgari surilgan:


umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibini soddalashtirish;
ayrim savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obektlari uchun ekologik ekspertiza hamda kompensatsiya to‘lovlari bilan bog‘liq tartiblarni yengillashtirish;
mehnat munosabatlarida ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi ayrim tartib-taomillarni aniqlashtirish;
soliq imtiyozlarini qo‘llashda yuzaga kelayotgan nizoli holatlarni bartaraf etish;
soliq qarzdorligi bo‘yicha hisoblanayotgan penya asosiy qarz summasidan oshib ketmasligi bo‘yicha normani joriy etish;
chek bermaslik holati yuzasidan xabar yuborish tizimini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish;
QQS guvohnomasini to‘xtatish tartibini takomillashtirish.

Rasmiy xabarda yuqoridagi takliflarning detallari keltirilmagan. Davlat rahbari tadbirkorlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish yuzasidan topshiriqlar bergani aytilgan.

Avvalroq Kun.uz bilan suhbatda soliq maslahatchilari Murod Muhammadjonov va Nodirbek Xo‘jabekov tadbirkorlarni qiynayotgan soliqqa oid qator muammolarni sanab o‘tgan edi. Ular, jumladan, ko‘plab holatlarda QQS guvohnomasi asossiz to‘xtatib qo‘yilishi, hatto guvohnomani tiklash bo‘yicha sud qarori chiqqanidan keyin ham uning ijrosi cho‘zilishini aytgan edi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.