Connect with us

Jamiyat

Markaziy osiyoliklar Rossiyada kutilayotgan notinchliklarning faol ishtirokchisi sifatida ko‘rilyapti – Alisher Qodirov

Published

on


«Milliy tiklanish» partiyasi lideri Alisher Qodirov Rossiya Federatsiyasida o‘zbekistonlik mehnat muhojirining kuch ishlatar tizim xodimlari tomonidan kaltaklab o‘ldirilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, shimolda mehnat muhojirlari uchun «vaziyat oy sayin faqat yomonlashishi»ni aytmoqda.

«Rus maxsus xizmatlari Markaziy Osiyoliklarni Rossiyada kutilayotgan notinchliklarning faol ishtirokchisi sifatida taxmin qilmoqda, shu sababli ulardan keladigan foydadan allaqachon kechib bo‘lingan», – deb yozadi Qodirov.

Partiya rahbari, o‘z navbatida, Rossiyada ishlab kelayotgan mehnat muhojirlarini mamlakatdan tezroq ketishga chaqirib, «hech qanday daromad ota-onalar va farzandlarning ko‘z yoshiga arzimasligi»ni aytadi.

Eslatib o‘tamiz,  bir muddat oldin 2025-yil 12-dekabr kuni Rossiyaning Xabarovsk shahrida OMON xodimlari O‘zbekiston fuqarolarini kaltaklagani, ulardan ikki nafari komaga tushgani va keyinroq ulardan biri vafot etgani xabar qilingan edi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Zo‘ravonlik qurbonlariga qo‘shimcha huquqiy kafolatlar berildi

Published

on


O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimi yanada kuchaytirildi. Yangi qonun bilan jabrlanuvchilarning huquqlarini sudda himoya qilish, ularga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda bolalarning eng ustun manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qator o‘zgartishlar kiritildi.

2026 yil 1 iyulda qabul qilingan O‘RQ–1156-sonli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonunga muvofiq, milliy qonunchilikka «bolaning eng ustun manfaatlari» tushunchasi hamda uni ta’minlash kafolatlari kiritildi. Ushbu tushuncha bolaning oila muhitida tarbiyalanishi, xavfsizligi, sog‘lig‘i, ta’lim olishi, har tomonlama kamol topishi, shaxsiy daxlsizligi, sha’ni va qadr-qimmati, shuningdek, uning fikrini inobatga olgan holda belgilanadigan boshqa manfaatlarni qamrab oladi.

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlar, jumladan, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar manfaatlarini ko‘zlab davlat boji to‘lamasdan sudlarga da’vo arizalari kiritish hamda sud majlislarida ularning vakili sifatida ishtirok etish vakolati berildi.

Qonun bilan yana bir muhim yangilik joriy etildi. Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda, bu holat unga bir oygacha bo‘lgan muddatga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Davlat arxiv hujjatlari elektron shaklda saqlanadi

Published

on


O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlarining arxiv hujjatlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimida elektron shaklda saqlash va yuritish tartibi belgilandi. Tegishli nizom hukumat qarori bilan tasdiqlandi.

Hukumatning 2026 yil 30 iyundagi 352-son qarori bilan «Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv hujjatlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimida elektron shaklda saqlash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa davlat tashkilotlarining arxiv hujjatlarini elektron shaklda shakllantirish, yuritish va saqlash, shuningdek, Yagona milliy arxiv axborot tizimidan foydalanish tartibini belgilaydi.

Nizomga muvofiq, arxiv axborot tizimidan davlat organlari va tashkilotlari hamda operator o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida foydalaniladi.

Tizimga ulanish uchun davlat organlari va tashkilotlari maxsus elektron oyna orqali operatorga ariza yuboradi. Operator ariza kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida uni ko‘rib chiqadi.

Agar ariza nizom talablariga muvofiq deb topilsa, operator davlat organi yoki tashkilotga elektron shaklda shartnoma yuboradi.

Shartnoma imzolanib, unda nazarda tutilgan to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin operator foydalanuvchini ikki ish kuni ichida Yagona milliy arxiv axborot tizimiga ulash choralarini ko‘radi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

1,4 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan guruh fosh etildi

Published

on


Jamiyat | 08:49

3296

1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida tijorat banki mas’ullari, mahalladagi hokim yordamchilari va boshqa shaxslar o‘zaro til biriktirib, 37 nafar fuqaro nomidan 1,4 milliard so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining bank xizmatlari markazi mas’ul shaxslari, 7 ta mahalladagi hokim yordamchilari hamda boshqa shaxslar jinoiy til biriktirgan holda harakat qilgani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruv davomida ular 37 nafar fuqaro nomiga ajratilgan imtiyozli mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan jami 1,4 milliard so‘mni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda Malibu qahvaxonaga borib urildi

Published

on


Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Malibu rusumli yengil avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qahvaxona binosiga borib urildi. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 2 iyul kuni soat 05:40 larda Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Malibu rusumli transport vositasi haydovchisi katta tezlikda harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda avtomobil Caffelito qahvaxonasi binosiga borib urilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarni belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilishga hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Published

on


Buxoro viloyatida fuqarolarni Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan qariyb 20 ming AQSh dollari hamda 2 million so‘m olganlikda gumonlanayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.R. uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini ko‘p yillardan buyon Germaniyada ishlab kelayotgan shaxs sifatida tanishtirgani aniqlandi.

U, go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolarni Germaniyaga ishga yuborishini va’da qilib, ulardan 19 ming 800 AQSh dollari hamda 2 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.