Connect with us

Siyosat

Markaziy Osiyo va Italiya rahbarlari Ostonada hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishib olishdi

Published

on


30 may kuni Ostona shahrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Italiya rahbarlarining birinchi «Markaziy Osiyo – Italiya» sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit yakunlarida qabul qilingan qo‘shma deklaratsiya tomonlar o‘rtasidagi siyosiy irodani, umumiy maqsadlar va barqaror rivojlanishga bo‘lgan intilishni ifodalaydigan muhim siyosiy hujjat sifatida tarixda qayd etildi.

Deklaratsiyada so‘nggi o‘ttiz yil mobaynida shakllangan do‘stona munosabatlar, ikki tomonlama hamkorlikning kengayishi va Yevropa hamjamiyati bilan integratsiya jarayonlari yuqori baholandi. Italiya hukumati tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro hamjihatlik, mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyot sari qaratilgan harakatlari qo‘llab-quvvatlandi. Sammit davomida jahon siyosati kun tartibini belgilab borayotgan bir qator global muammolar – iqlim o‘zgarishi, suv resurslari, ekologik muvozanat, xavfsizlik va barqaror infratuzilmani ta’minlash masalalari bo‘yicha yondashuvlar hamohangligi alohida ta’kidlandi.

Deklaratsiyada O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘lgan yo‘nalishlar ham o‘z aksini topdi. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, Orol dengizi inqirozi va muzliklarni muhofaza qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy loyihalarni ilgari surish, transqit’aviy transport va logistika tizimlarini takomillashtirish, inson kapitalini rivojlantirish, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va yoshlar siyosatida hamkorlikni chuqurlashtirish – bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surib kelinayotgan strategik tashabbuslar bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ldi. Sammitda qabul qilingan qo‘shma bayonot bu tashabbuslarni xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi.

Italiyaning mintaqadagi faol ishtiroki, uning texnologik innovatsiyalar va sanoat salohiyatini Markaziy Osiyo bozoriga jalb etishga bo‘lgan qiziqishi, transport logistika tizimlarida ishtirok etish niyati, ta’lim va kasbiy tayyorgarlik sohasidagi loyihalarda sherik sifatida qatnashishga tayyorligi – bularning barchasi ushbu sammit orqali amaliy yo‘l xaritasiga aylandi. Shuningdek, xavfsizlik, kiberxavflar, migratsiya, ekstremizm va giyohvand moddalar muomalasiga qarshi kurashish sohalarida axborot va tajriba almashinuvi, kadrlar tayyorlash va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Deklaratsiyada Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o‘rtasidagi aloqalarni muntazam muloqot va platformalar asosida davom ettirish, 2026 yilda Italiyada tashqi ishlar vazirlari majlisini, 2027 yilda Qirg‘izistonda ikkinchi sammitni o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuv ham qayd etildi. Bu esa, mintaqadagi hamkorlikni institutsionallashtirish va uni doimiy formatda rivojlantirishga yo‘l ochadi.

Ushbu sammit va unda qabul qilingan deklaratsiya O‘zbekistonning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar tashqi siyosati hamda global hamkorlikdagi faol ishtirokini yana bir bor namoyon qildi. Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ekologik, transport, ta’lim va iqtisodiy islohotlarni xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlash tendensiyasi izchil ravishda davom etmoqda.

“Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti nafaqat davlatlararo munosabatlarini mustahkamladi, balki uni kelajakdagi barqaror rivojlanish, o‘zaro ishonch va strategik sheriklik yo‘lidagi muhim bosqichga aylantirdi.

 

 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Published

on


Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.

«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.

Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.

Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.

Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi

Published

on


Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.

Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.

Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.

AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. 

Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.