Jamiyat
Mahalliy hokimlik xodimlariga haq to‘lashda yangi tizim ishga tushadi
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–129-son, 07.08.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tizimi joriy etiladi. Bunda xodimlarning lavozim maoshi yagona tamoyil asosida mehnatga haq to‘lashning yangilangan tarif setkasi hamda ko‘p yillik xizmati va lavozimini inobatga olgan holda tabaqalashgan tarif koeffitsiyentlari asosida shakllantiriladi.
Rag‘batlantirish to‘lovlari boshqaruv xodimlari tomonidan erishilgan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida har oylik ustama, malaka (martaba) darajalari uchun va hisobot davri yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirish (bonus) to‘lovlari shaklida to‘lanadi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq to‘lash faqat mazkur Farmonda belgilangan shartlarda amalga oshirilib, Farmonda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha ustamalar, mukofotlar va boshqa to‘lovlar to‘lash taqiqlanadi.
2025 yil 1 avgustdan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
▪️ lavozim maoshi;
▪️ eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishganligi uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;
▪️ malaka (martaba) darajalari uchun to‘lovlar;
▪️ mukofotlash hamda bonus to‘lovlari.
Jamiyat
yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda
«Media haftalik»: mamlakatimizda yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda.
Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda respublikamizda yilning eng yirik va muhim ta’limiy-amaliy loyihasi — jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashtiruvchi «Media haftalik» o‘z ishini boshladi.
Kontent markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur loyiha butun respublikadan qariyb 12,5 ming ishtirokchini qamrab oladi. Joriy yilning 30 martidan 26 iyuniga qadar har bir hududda 5 kunlik intensiv o‘quv-seminarlar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Dasturda nazariya va amaliyot birlashadi: asosiy urg‘u haqiqiy tajriba orttirishga qaratiladi. Mamlakatimizning eng yetakchi media-ekspertlari, muharrir va prodyuserlari ishtirokida kontent yaratish, faktcheking, raqamli gigiyena, SMM va strategik kommunikatsiyalar kabi muhim mavzular bo‘yicha treninglar olib boriladi.
Mashg‘ulotlar telejurnalistlar, bosma nashrlar, blogerlar va davlat idoralari matbuot kotiblari uchun alohida yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Bilimlarini oshirgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanuvchi mazkur media-estafetaning ilk bosqichi 30 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanadi. Darslar davomida ishtirokchilar real keyslar asosida ishlash, xatolarni tahlil qilish, yangi yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Spikerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy media rivojining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Haftalik yakunida hududdagi soha vakillarini qamrab oluvchi yirik Media forum tashkil etiladi.
Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Media haftalik quyidagi sanalarda hududlar kesimida tashkil etiladi:
• 30 mart – 03 aprel: Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 6 aprel – 10 aprel: Xorazm viloyatida;
• 13 aprel – 17 aprel: Surxondaryo viloyatida;
• 20 aprel – 24 aprel: Qashqadaryo viloyatida;
• 27 aprel – 1 may: Samarqand viloyatida;
• 4 may – 8 may: Navoiy viloyatida;
• 11 may – 15 may: Buxoro viloyatida;
• 18 may – 22 may: Farg‘ona viloyatida;
• 25 may – 29 may: Namangan viloyatida;
• 1 iyun – 5 iyun: Andijon viloyatida;
• 8 iyun – 12 iyun: Jizzax viloyatida;
• 15 iyun – 19 iyun: Sirdaryo viloyatida;
• 22 iyun – 26 iyun: Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.
Jamiyat
Namanganlik otaxonga 86 yoshida tug‘ilganlik guvohnomasi berildi
Namanganlik Alixon ota 86 yoshida huquqiy hujjatga ega bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati adliya boshqarmasi xabar berdi.
To‘raqo‘rg‘on tumanida inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan yana bir masala ijobiy hal etildi. 1937-yilda tug‘ilgan fuqaro Alixon ota Zaripovning tug‘ilganlik dalolatnoma yozuvi mavjud emasligi sababli u uzoq yillar davomida tegishli hujjatsiz yashab kelgan.
Mazkur holat fuqaroga bir qator ijtimoiy va huquqiy xizmatlardan to‘liq foydalanishda qiyinchiliklar tug‘dirib kelgan. Muammo tegishli tartibda o‘rganilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudiga murojaat qilindi.
Sud tomonidan ish atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqaroning tug‘ilganlik holatini tasdiqlovchi dalillar asosida tug‘ilganlik qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan Alixon ota Zaripovning tug‘ilishi belgilangan tartibda qayta tiklanib, unga tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Ushbu amaliy yordam natijasida fuqaroning huquqiy maqomi tiklanib, endilikda u davlat xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Jamiyat
Soliqdan qarzdor fuqaroning qimmatbaho avtomashinasi xatlandi
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga sud va boshqa organlar qarorlariga asosan qarzdor «S.-M» MChJdan davlat foydasiga jami 6,24 mlrd so‘m davlat boji va soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan hamda ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan yuqoridagi qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli barcha mol-mulklarga taqiq o‘rnatilgan hamda belgilangan tartibda qidiruv e’lon qilingan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli «LI XIANG L9» rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.
Hozirda mazkur xatlangan avtotransport vositasi baholanib, auksion orqali qarzdorlik hisobidan sotish choralari ko‘rilmoqda.
Qarzdor tomonidan ushbu jarayon davomida qarzdorlik to‘liq qoplangan taqdirda, avtotransport vositasi mulk egasiga qaytariladi.
Jamiyat
Toshkentda 1,1 mlrd so‘mlik tibbiy buyumlarning noqonuniy saqlanganlik holati fosh etildi
«Toshkent-AERO» IBK Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizda sifati kafolatlanmagan tibbiy buyumlarning noqonuniy realizatsiyasiga qarshi navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbirda oldindan shubha ostiga olingan shaxsning Yangihayot tumanidagi xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda 38 nomdagi 3613 turli tibbiy buyumlar noqonuniy ravishda saqlanayotgani fosh bo‘ldi.
Ushbu holatda olib qo‘yilgan tibbiy buyumlar murakkab jarrohlik amaliyotlarida qo‘llaniladigan stent, kateter va yana boshqa turdagi buyumlar inson hayoti uchun juda muhim va shu bilan bir qator yuqori xavf guruhiga kiruvchi buyumlar hisoblanadi.
Masalan, sifati kafolatlanmagan stentning qon tomiri ichida to‘g‘ri ishlamasligi xastalikni kuchaytirishi, bemor organizmiga mos kelmasligi, allergik reaksiyalar, tromb hosil bo‘lishi yoki hatto infarktga olib kelishi mumkin.
Qolaversa, maxsus sharoitlarda tashilishi va saqlanishi talab etiladigan tibbiy buyumlarning oddiy xonadonda saqlanishini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur holatda olib qo‘yilgan tibbiy buyumlarning jami qiymati 1 mlrd 100 mln so‘mdan oshmoqda.
Holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bojxona organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida aniqlangan 484 ta holatda qiymati 18 mlrd. so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasigan chek qo‘yilgan.
Jamiyat
O‘zbekistonliklar yanvar oyida «import choy» 3,8 mln dollar sarflagan
2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonga 14 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 570 tonna choy import qilingan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mahsulotning mamlakatga import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 421 tonnaga kamaygan.
2026-yilning ilk oyida O‘zbekistonga eng ko‘p choy yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 2 122 tonna;
Qozog‘iston – 123 tonna;
Eron – 113,4 tonna;
Keniya – 97,6 tonna;
Indoneziya – 41,8 tonna;
Boshqa davlatlar – 72,3 tonna.
-
Dunyodan5 days ago
Prezident Tramp Eronga Hormuz boʻgʻozini ochish uchun 48 soat vaqt berdi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p safar qilmoqda (top-10)
-
Turk dunyosi4 days agoPrezident Trampning Eron urushini toʻxtatib qoʻyishida haqiqatda kim vositachilik qilgan? Misr, Pokiston va Turkiyaning sokin diplomatiyasi diqqat markazida
-
Dunyodan3 days ago
Maskat va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyiladi.
-
Dunyodan4 days ago
Eron tarixidagi eng katta banknotalar muomalaga chiqariladi
-
Jamiyat3 days ago
«Ташаббусли бюджет» ғолиблари эълон қилинди
-
Iqtisodiyot4 days agoO‘zbekistonda kichik AES qurilishi Rossiya kompaniyalarini 24,7 mlrd dollargacha buyurtmalar bilan ta’minlaydi – Lixachyov
-
Dunyodan5 days ago
Eronning hujumi AQShga qancha zarar yetkazdi? BBC sharhi
