Jamiyat
Madaniyat va san’at sohasidagi iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi
Ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda «ERP madaniyat» yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi.
«Ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, madaniyat va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:
– ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda «ERP madaniyat» yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi;
– madaniyat sohasida sun’iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha «Ijodiy texnolaboratoriya» tashkil etiladi;
– umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida «Ijodkor yoshlar klubi» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
– «Madaniyat volontyorlari» ijtimoiy harakati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassisi va taniqli san’atkori o‘quv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.
Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi «Start-Up» loyihalari uchun BHM 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratiladi.
2026 yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.