Sport
«Liverpul» «Real»ga imkon qoldirmadi, «Arsenal» va «Bavariya»ni to‘xtatib bo‘lmayapti
Turning markaziy uchrashuvida Dias qizil kartochka oldi, Hakimi og‘ir jarohat olib, maydonni yig‘lab tark etdi. Seshanba oqshomida YeChLning 3-turi doirasida bo‘lib o‘tgan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.
«Liverpul» – «Real» 1:0
Gol: Makallister, 61 (1:0)
«Liverpul»: Mamardashvili, van Deyk, Konate, Roberson (Kerkez, 88), Bredli, Gravenberh, Makallister (Jons, 79), Soboslai, Virs (Kiyeza, 88), Saloh, Ekitike (Gakpo, 79)
«Real»: Kurtua, Eder Militau, Hausen, Karreras, Valverde (Dias, 90), Kamavinga (Rodrigu, 69), Tshuameni, Vinisius Junior, Arda Guler (Aleksandr-Arnold, 81), Bellinghem, Mbappe
Ogohlantirishlar: Makallister, 52 – Vinisius Junior, 23. Hausen, 45. Bellinghem, 60. Karreras, 90
«Real» Chempionlar ligasidagi g‘alabali seriyasini to‘xtatib, «Enfild»da mag‘lubiyatga uchradi. «Liverpul»ga qarshi o‘yinda mehmonlar deyarli xavfli vaziyat yarata olishmadi. Mezbonlar kuchli pressing uyushtirib, birinchi bo‘limning o‘zida bir qancha xavfli hujumlar uyushtirishdi – faqat Tibo Kurtuaning qahramonligi jamoani gollardan qutqarib turdi. 32-daqiqada esa «Liverpul» penalti tepishi mumkin edi: Dominik Soboslaining zarbasidan keyin to‘p Orelen Tchuamenining qo‘liga tegdi.
Hakam Ishtvan Kovach esa to‘p bilan kontakt jarima maydoni tashqarisida bo‘lgan deb topdi va jarima zarbasi belgilashga qaror qildi, videotakrorda esa to‘p chiziqdan ichkarida bo‘lganini ko‘rish mumkin edi.
Lekin bu holatda madridliklar futbolchisining qo‘li tabiiy holatda bo‘lgan deb topildi va xavfli jarima zarbasi ham bekor bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda o‘yin kartinasi o‘zgarmadi. «Liverpul» ustunlik qildi va bu 61-daqiqada golga aylandi: jarima zarbasidan keyin Aleksis Mak Allister hisobni ochdi. Xabi Alonso futbolchilarni almashtirishga kechikdi. Holbuki Vinisius va Kilian Mbappe umuman maydonda ko‘zga tashlanmayotgandi. O‘yin oxirida esa mezbonlar ikkinchi golni urishga yaqin kelishdi, bu safar Kurtua Eder Militao bilan birgalikda xavfni bartaraf etdi. Mezbonlar jami zarbalar soni bo‘yicha yaqqol ustunlikka erishdi – 17:8.
Inqirozdan chiqa boshlagan «Liverpul» anchadan buyon ilk bor qatorasiga ikki o‘yinda g‘alaba qildi: o‘tgan hafta oxirida APLda «Aston Villa» 2:0 hisobida mag‘lub etilgandi. Undan oldingi yetti o‘yinda olti mag‘lubiyat qayd etilgandi. Slot shogirdlarining YeChLdagi ishlari yomon emas: to‘rt turdan keyin to‘qqiz ochko jamg‘arilgan.
«Real» esa qatorasiga olti g‘alabadan keyin ilk mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Bu oraliqda «Yuve» va «Barsa» kabi kuchli raqiblar ustidan qozonilgan g‘alabalar bo‘lgandi (umumiy to‘plar nisbati 16:2). Bu madridliklarning mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi: «Atletiko»ga qarshi o‘yinda 2:5, «Liverpul»dan 0:1. Xabi Alonso hozircha top-jamoalarga qarshi chora topa olmayapti.
Keyingi turda «Liverpul» PSVni qabul qiladi, «Real» «Olimpiakos» maydoniga safar qiladi.
Diasda dubl va qizil
«PSJ» – «Bavariya» 1:2
Gollar: Dias, 4 (0:1). Dias, 32 (0:2). Joau Nevesh, 74 (1:2)
«PSJ»: Shevale, Markinios, Pacho, Nunu Mendesh, Hakimi (Mayulu, 45+7), Vitinya, Ruis (Joau Nevesh, 66), Zair-Emeri, Barkolya (Ramush, 66), Kvaratsxeliya, Dembele (Li Kan In, 25)
«Bavariya»: Noyyer, Upamekano, Ta, Stanishich, Laymer, Kimmih, Pavlovich, Gnabri (Bishof, 46), Dias, Olise (Kim Min Je, 81), Keyn (Goretska, 88)
Ogohlantirishlar: Nunu Mendesh, 84 – Bishof, 47. Noyyer, 49. Stanishich, 84
Chetlatish: Dias, 45
«Bavariya» «PSJ» maydonida ikkinchi bo‘limda bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi, lekin g‘alabani saqlab qodi – 2:1.
Birinchi bo‘lim oxirida Luis Dias jamoadoshlarini qiyin ahvolda qoldirib ketdi. Shu bilan birga, aynan uning sa’y-harakatlari evaziga myunxenliklar hisobni qulay ko‘rinishga keltirib olgandi: kolumbiyalik hujumchi 4-daqiqada hisobni ochgandi – bu hujumda Maykl Olise Nunu Mendeshning xatosidan foydalanib, zarba berdi, darvozabondan qaytgan to‘pni Dias to‘rga kiritib yubordi. «PSJ» 22-daqiqada javob qaytardi, ammo Usmon Dembelening goli ofsayd tufayli bekor qilindi.
Keyin esa parijliklarda muammolar davom etdi: birinchidan, Usmonni zaxiraga olishga to‘g‘ri keldi. «Oltin to‘p» sohibi jarohatidan to‘liq sog‘aymasdan maydonga tushgandi va bu qimmatga tushdi.
O‘n daqiqa o‘tib «Bavariya» yana bir gol urdi: bu safar Dias Markinosning sustkashligidan foydalandi. «PSJ» birinchi bo‘limning o‘zida uchinchi to‘pni olib chiqishi mumkin edi, ammo mehmonlar bir necha vaziyatda ularni kechirishdi. Tanaffus arafasida esa Dias antiqahramonga aylandi, u Ashraf Hakimiga qarshi o‘ta qo‘pol o‘ynadi va qizil kartochka oldi.
Marokashlik himoyachi ham ko‘zda yosh bilan maydonni tark etdi.
Ikkinchi bo‘limda «PSJ» son jihatdan ustunlik evaziga to‘pga egalik qildi va bosim uyushtirdi. Ammo bu faqat bir gol uchun yetarli bo‘ldi – Joau Nevesh 74-daqiqada hisobni qisqartirdi. «Bavariya» ozchilik bo‘lib hujumlarga dosh berdi va yakunda g‘alabali hisobni saqlab qoldi. Vensan Kompani shogirdlari bu mavsumda ilk bor himoyaga yotdi va buni uddaladi.
«Bavariya» joriy mavsumda barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonmoqda: durang ham, mag‘lubiyat ham yo‘q. Barcha turnirlar doirasida 16 o‘yinda g‘alaba. Bu oraliqdagi umumiy hisob – 59:11.
«PSJ» esa sentabrdan buyon ilk bor yutqazdi: o‘shanda jamoa «Marsel»ga safarda 0:1 hisobida yutqazgan, shundan keyin sakkiz o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandi. Shu bilan birga, bu oraliqda uchta o‘yinda durang bo‘lgan: «Lill» va «Loryan» bilan o‘yinlarda 1:1, «Strasbur»ga qarshi 3:3.
Keyingi turda «Bavariya» Londonda «Arsenal» mehmoni bo‘ladi, «PSJ» «Tottenhem»ni qabul qiladi.
«Kanonirlar»da «quruq» o‘yinlar seriyasi
«Slaviya» – «Arsenal» 0:3
Gollar: Saka, 32 – penalti (0:1). Merino, 46 (0:2). Merino, 68 (0:3)
«Slaviya»: Markovich, Xaloupek, Zima, Vlchek (Cham, 70), Zafeyris (Dudera, 70), Sadilek, Mbodji, Mozes (Xasioka, 74), Sanyang (Kushey, 74), Provod, Xori (Xitil, 48)
«Arsenal»: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns, Inkapiye (Uayt, 73), Timber (Lyuis-Skelli, 73), Norgar, Rays (Harriman-Annous, 81), Nvaneri (Eze, 65), Trossar (Douman, 73), Saka, Merino
Ogohlantirishlar: Zafeyris, 70. Dudera, 83. Mbodji, 90 – Nvaneri, 24. Merino, 37. Nergor, 75. Lyuis-Skelli, 79
Tarkibdagi jarohatlar tufayli Pragadagi o‘yinda aralash tarkibni tushirgan Mikel Arteta bu safar ham standart vaziyatlardan foydalanib, natijaga erishdi. Bu safar burchak zarbasidan gol urilmadi, ammo aynan kornerdan keyin «kanonirlar» penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi va Saka hisobni ochdi. U londonliklarning YeChLda qatorasiga to‘rt safar o‘yinida gol urgan ilk futbolchisiga aylandi.
Ikkinchi bo‘limda esa yana markaziy hujumchi pozitsiyasida harakat qilgan Mikel Merino o‘yin taqdirini hal qildi. Dastlab qarshi hujumda mezbon himoyachilar uni jarima maydonida yolg‘iz qoldirishdi va ispaniyalik yarimhimoyachi Trossarning uzatmasini osonlik bilan golga aylantirdi. Bo‘lim davomida yana bir standart vaziyat londonliklarga gol olib keldi. Raysning uzatmasidan keyin Merino to‘p uchun kurashda darvozabondan ustun keldi va boshi bilan darvoza to‘rini ishg‘ol etdi. Shundan keyin Arteta tarixiy o‘zgarishni amalga oshirdi. Nvaneri o‘rniga maydonga tushgan Douman (15 yoshu 308 kunlik) YeChL tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.
O‘yin oxirlarida hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi, ammo VAR aralashuvidan keyin qoidabuzarlik yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa, «kanonirlar» quruq seriyasini davom ettiradigan bo‘ldi – jamoa barcha turnirlar doirasida sakkiz o‘yindan buyon gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozonib kelmoqda. Klub bu orqali o‘z tarixidagi yangi rekordni o‘rnatdi (olis 1903 yilda ham jamoa ketma-ket sakkiz uchrashuvda gol o‘tkazmagan, ammo hozirgidan farqli ravishda bu o‘yinlarning barchasida ham g‘alaba qozonilmagan).
Umuman olganda, «Arsenal» bu mavsumda himoyada o‘ta ishonchli o‘ynamoqda – 33:3. YeChLning keyingi turida yoki «Bavariya» ilk bor ochko yo‘qotadi, yoki «Arsenal» quruq seriyasini to‘xtatadi.
«Tottenhem» – «Kopenhagen» 4:0
Gollar: Jonson, 19 (1:0). Odober, 51 (2:0). van de Ven, 64 (3:0). Palinya, 67 (4:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Risharlison, 90’
«Tottenhem»: Vikario, Romero (Danso, 73), van de Ven, Udodji (Spens, 73), Porro, Sarr, Bentankur, Simons (Palinya, 61), Odober (Skarlett, 80), Jonson, Kolo Muani (Risharlison, 73)
«Kopenhagen»: Kotarski, Gabriel Pereyra (Garananga, 72), Xatzidiakos, Lopes, Sudzuki, Lerager, Klem, Ashuri (Robert, 76), Larsson (Dadason, 46), Mukoko (Klasson, 72), El-Yunussi (Kornelius, 72)
Ogohlantirishlar: Kolo Muani, 39 – Gabriel Pereyra, 15. Sudzuki, 62. Lerager, 90
Chetlatish: Jonson, 55
Londondagi o‘yin «Kopenhagen» darvozaboni Kotarski uchun dahshatli tushga aylandi, uning ikki qo‘pol xatosi amalda o‘yin taqdirini hal qildi. Avvaliga xorvatiyalik posbon o‘ziga qattiq ishonib yuborib, jarima maydoni tashqarisiga yugurib chiqdi va Jonson bo‘sh darvozani ishg‘ol etdi. Keyin esa Kolo Muanining bosimi ostida to‘pni yo‘qotdi va to‘pga ega chiqqan Odober ikkinchi golni urdi. Ikkinchi bo‘limda Jonson maydondan chetlatilishi ham daniyaliklarni yirik hisobdan qutqarib qololmadi va «shporlar» bir kishi kam holatida yana ikkita gol urishdi. Avvaliga himoyachi Mikki van de Ven deyarli butun maydonni to‘p bilan bosib o‘tib, darvozabonni ham dog‘da qoldirdi va turning eng chiroyli golini urdi.
Endilikda u olti gol bilan Tomas Frank jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Uch daqiqa o‘tib Palinya hisobdagi farqni oshirdi. O‘yin oxirida mezbonlar beshinchi golni ham urishi mumkin edi, ammo Risharlison penaltidan foydalana olmadi, uning kuchli zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘siniga bordi.
«Napoli» – «Ayntraxt» 0:0
«Napoli»: Milinkovich-Savich, Buondjorno, Rraxmani, Guterres, Di Lorenso, Lobotka (Lang, 74), Maktominay, Zambo Angissa, Elmas, Politano (Neres, 65), Hoylund
«Ayntraxt» F: Tsetterer, Kox, Teat, Kollinz, Shaibi (Amenda, 90+3), Larsson (Sxiri, 79), Braun (Daud, 90+3), Kristensen, Baoyya (Knauff, 65), Gyotse, Burkardt
Ogohlantirishlar: Rraxmani, 50. Guterres, 90
Bu safar «Ayntraxt» o‘ziga xos bo‘lmagan pragmatik o‘yin namoyish etdi. Oldingi turlarda «Atletiko» va «Liverpul»dan 5 tadan gol o‘tkazib yuborgan hamda 3 turdan keyin «Ayaks» bilan birga eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan (11) ikki jamoadan biri bo‘lib turgan «burgutlar» jamoasi uch markaziy himoyachi bilan maydonga tushdi va maqsadiga erishdi. Mehmonlar o‘yin yakunida g‘alabani ilib ketishi ham mumkin edi, ammo Knauff yaqin masofadan yo‘llagan zarba to‘g‘ri darvozabon Vanya Milinkovich-Savich tomon bordi. Shu bilan birga, nemislar darvozaboni Zetterer o‘yinning qo‘shimcha daqiqalarida Hoylundning xavfli zarbasini bartaraf etib, jamoasi uchun durang hisobni saqlab qoldi.
«Yuventus» – «Sporting» 1:1
Gollar: Arauxo, 12 (0:1). Vlahovich, 34 (1:1)
«Yuventus»: Di Gregorio, Gatti, Kopmeyners, Kalyulyu, Lokatelli (Adjich, 83), Tyuram (Kostich, 72), Makkenni, Kambiyaso, Konseysau (Jyegrova, 72), Kenan Yildiz (David, 87), Vlahovich (Miretti, 83)
«Sporting»: Ruy Silva, Gonsalu Inasiu, Diomande, Arauxo, Vayannidis (Kuarejma, 67), Yulmann, Simoyes (Santos, 82), Trinkan, Gonsalvesh (Morita, 82), Kenda (Katamu, 67), Ioannidis (Suares, 72)
Ogohlantirishlar: Tyuram, 24. Kambiyaso, 27 – Gonsalvesh, 33. Arauxo, 61. Yulmann, 73
O‘yin startida «Yuventus» Maksimiliano Arauxodan tezkor gol o‘tkazib yubordi, bir necha daqiqa o‘tib turinliklarni darvoza ustuni ikkinchi goldan qutqarib qoldi. Luchano Spalletti shogirdlari faqat shundan keyin uyg‘onishdi: mezbonlar raqib darvozasi tomon 18 bor zarba berishdi, portugallar darvozaboni Ruy Silva 7 bor seyv ijro etib, tur qahramonlaridan biriga aylandi. U faqat Vlahovichning zarbasini o‘tkazib yubordi, shu bilan birga jamoasi uchun durang hisobni saqlab qoldi. Bu durangdan keyin lissabonliklar o‘ninchi o‘rinni saqlab qoldi, «Keksa Siniora»da esa hali ham g‘alaba yo‘q (=3-1) va uchta durangdan keyin jamoa hozircha 23-o‘rinda. Ammo bunday start jamoa uchun yangilik emas — «Yuve» 1998 va 2013 yillarda ham YeChLni qatorasiga to‘rt g‘alabasiz seriya bilan boshlagandi.
«Atletiko» – «Yunion» 3:1
Gollar: Alvares, 39 (1:0). Gallaher, 72 (2:0). Sayks, 80 (2:1). Liorente, 90+6 (3:1)
«Atletiko»: Oblak, Gansko, Le Norman (Ximenes, 26), Rudjyeri, Molina, Koke (Gallaher, 62), Barrios, Baena (Almada, 62), Simeone (Liorente, 88), Grizmann (Serlot, 62), Alvares
«Yunion»: Sxerpen, Makallister, Berdjyess, Sayks, Xalaili (Patris, 85), van de Perre (Rasmussen, 74), Sxofs (Devid, 60), Zorgan, Ait El-Hoji (Jiger, 74), Nyang, Rodriges (Bufal, 74)
Ogohlantirishlar: Molina, 68 – van de Perre, 45. Nyang, 66. Makallister, 81
0:4 hisoblaridagi ikki mag‘lubiyatdan keyin «Yunion» Madridda nisbatan munosib o‘yin namoyish etdi, ammo baribir yutqazdi. Birinchi bo‘lim oxirlarida Juliano Simeone belgiyaliklar mudofaasini yorib o‘tib, bir harakat bilan himoyachini yo‘ldan oldi va Alvaresni zarba berish nuqtasiga chiqardi. Bu Xulianning YeChLda «Atletiko» safida 13 o‘yindagi to‘qqizinchi goli bo‘ldi va u allaqachon «Manchester Siti» safidagi ko‘rsatkichini (17 o‘yinda 8 gol) yaxshiladi. Ikkinchi bo‘limda Gallaher hisobdagi farqni oshirdi, mehmonlar ko‘p o‘tmay hisobni qisqartirgandi, ammo qo‘shimcha daqiqalarda Liorente intrigani o‘ldirdi. Turnirdagi ikkinchi g‘alabadan keyin «matraschilar» top-8 uchun kurashga qaytdi.
«Olimpiakos» – «PSV» 1:1
Gollar: Martinsh, 17 (1:0). Pepi, 90+5 (1:1)
«Olimpiakos»: Tzolakis, Pirola, Retsos, Ortega, Rodiney, Dani Garsiya (Diogu Nasimentu, 63), Muzakitis, Shikinyu (Taremi, 73), Podense (Koshtinya, 83), Martinsh, El-Kaabi (Skipioni, 83)
«PSV»: Kovarj, Gaserovski, Sxauten, Salax-Eddin (Vanner, 67), Dest, Mauro Junior, Verman, Saybari (Boadu, 84), Perishich (Bayraktarevich, 68), Man (Pepi, 58), Til (Driosh, 58)
Ogohlantirishlar: Skipioni, 89 – Perishich, 63
«Olimpiakos» barcha parametrlar bo‘yicha niderlandlardan ustun keldi, mehmonlar 78-daqiqaga qadar darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan birorta zarba bera olmagandi. Ammo o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar yakunlanayotganida Pepi jarima zarbasidan oshirilgan to‘pni darvozaga yo‘lladi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Amerikalik ushbu hujumchi YeChLda uchinchi bor qo‘shimcha daqiqalarda gol urdi va turnirning bu boradagi rekordchilari Krishtianu Ronaldu va Serxio Aguero bilan tenglashib oldi. «PSV» ochkolari sonini 5 taga yetkazib, hozircha umumiy jadvalda 17-o‘rinda bormoqda, «Olimpiakos» o‘tish o‘yinlariga yo‘llanma beradigan top-24 uchun kurashishi mumkin, ammo hozircha 2 ochko bilan 31-o‘rinda joylashgan.
«Bude-Glimt» – «Monako» 0:1
Gol: Balogun, 43 (0:1)
«Bude-Glimt»: Xaykin, Bertuft, Moe (Gundersen, 46), Berkan (Nilsen, 86), Sevold, Berg, Fet (Blomberg, 73), Even, Xauge (Myayattya, 86), Euklenn, Xeg (Xelmersen, 73)
«Monako»: Ken, Salisu, Kayyu Enrike, Kerer, Golovin, Kulibali, Uttara, Teze, Akliush (Biyeret, 72), Minamino (Kabral, 63), Balogun
Ogohlantirishlar: Euklenn, 4 – Kerer, 24. Salisu, 42. Uttara, 88
Chetlatish: Gundersen, 81
O‘tgan turlarda «Manchester Siti» (2:2) va «Tottenhem»dan (0:0) ochko olishga erishgan «Monako» bu safar turnirdagi ilk g‘alabasiga erishdi. Norvegiyadagi o‘yinda Balogunning birinchi bo‘lim oxiridagi yagona goli barchasini hal qildi. Monegaskliklar bungacha YeChLda qatorasiga olti o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayotgandi, qolaversa, jamoa o‘n bir yildan buyon ilk bor YeChLda qatorasiga ikki o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Umumiy turnir jadvali