Connect with us

Jamiyat

Ko‘zlarim yo‘lingda… (hajviya)

Published

on


Uch kun o‘tdi. Uch kundan beri uni kutaman, yo‘llariga intizorman…

Mana uning tabarruk ostonasi. Ko‘zlarim mo‘ltillab 20 daqiqadan beri kutib o‘tiribman: eshik yopiq.

* * *

Bir kun avval shu tabarruk eshik ochilib, ostonada U paydo bo‘ldi. Ko‘zlarim nurdan qamashgudek yoshlandi. Muborak nigohilarini menga qadadi (Ooo, ne baxt!), zero qabulxonasida mendan boshqa hech zog‘ yo‘q edi.

«Sizga nima kerak?» – dedi osmonlardan ko‘z qirini tashlab.

Salkam bir soatdan beri o‘tirgan stulimga yopishib qolgan ekanmanmi, yo bunday e’tibordan boshim aylandimi, bilolmadim, o‘rnimdan turishga imkon qilolmadim. Qo‘limdagi arizani unga ko‘rsatdim.

«Imzogami?» – so‘radi u arizaga ko‘z qirini tashlab. Men arang «Ha», deyoldim. U bir parcha zormanda qog‘ozimni olib, qabulxona stoliga tashladi:

«Qoldiring! Meni kutmang!»

Bu so‘zlar yuragimga xanjardek sanchildi. Oh, naqadar beshafqatlik! Uning namoyishkorona xonani tark etishi meni yana-da yerparchin qildi.

…Kun o‘tib bordim. U yo‘q. O‘sha tabarruk eshik ortida «tiq» etgan ovoz eshitilmaydi. Surishtirsam, ketibdi. Bir kunlik ish safariga. Ertalabdan sezgan yuragimdagi og‘riqning sabab ayon bo‘ldi: u uzoqda. Mendan uzoqda…

Yana kun o‘tib bordim. Bugun ancha vaqtim bemalol. Ne baxtki, uni liftda ko‘rdim. «Arizam nima bo‘ldi?» deb so‘ramoqchi bo‘lib, og‘iz juftlagancha qoldim. U tushlikka ketayotgan ekan.

«Bemalolmanku, kutaman», dedim o‘zimga-o‘zim. Xonasiga chiqdim. Yana o‘sha qabulxona. Kutdim, ko‘p emas… 1 soatdan sal oshganda U kirib keldi. Stulga yopishib qolmaslik uchun bu safar o‘tirmadim, tik turdim. Unga peshvoz chiqdim. U esa hanuz menga beparvo:

«Imzogami? Tashlab ketavering!»

Men esa zo‘rg‘a «Kecha… eee, yo‘g‘ey, kecha yo‘q ekansiz, o‘tgan kun olib qoluvdingiz… O‘shani olib ketgani kelgandim… » U menga qarashni ham o‘ziga ep ko‘rmay: «Hali ko‘rmadim», dedi va stoldagi bir talay arizalarga ishora qildi.

Men muhim ishning muddati o‘tayotganini aytmoqchi bo‘ldim. Lekin stoldagi arizalarni ko‘rib, bu fikrimdan qaytdim: qanchadan-qancha muhim ishlar oldida bu boshliqning ishlari muhimroq ekanini «yurak-yurakdan his etdim». U tag‘in takabburona yurish qilib, xozir kirib kelgan eshikka yurdi:

«Men Kengashga kirib ketyapman!»

Men esa uning ortidan xuddi armiyaga ketayotgan yigitini kuzatayotgan mahbubadek intilib, «men kutaman», deyishga ulgurdim. U ensasi qotib, menga boshdan oyoq razm soldi-yu, odimlab ketdi.

Men bo‘shashib, stulga o‘tirdim. Kutaman. Kengash 2-3 soatsiz tugamaydi. Axir va’da berdim-ku, kutaman deb.

Faqat men endi bir narsadan hijolat bo‘lyapman: u majlisdan keyin «barmoqlarim charchadi, imzo qo‘ya olmayman» desa nima qilaman?..

Sen qanchalar buyuksan, suyuklisan, keraklisan – BYuROKRATIYa!

Muhayyo Saidova,
jurnalist



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi

Published

on


Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.

Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik bo‘ldi.

Buning oqibatida Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish hamda iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi

Published

on


Avvalroq Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida fuqarolar qolib ketganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan va hozirda barcha fuqarolar charxpalakdan xavfsiz joyga tushirib olingan.

“Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q”, deyiladi FVV xabarida.

Avvalroq Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish sodir bo‘lgani xabar qilingandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi

Published

on


Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi

Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik yuz berishi oqibatida poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kelib chiqqani xabar qilingandi.

FVV xabariga ko‘ra, “svet” o‘chishi oqibatida Chilonzor tumanida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida qolib ketgan fuqarolar xavfsiz joyga tushirib olingan.

Xabar qilinishicha, ayni paytda Energetika vazirligi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati podstansiyada bo‘lib, ular tomonidan nosozlikni tiklash ishlari nazoratga olingan.

Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

Published

on


Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat sababli oila mamlakatni tark eta olmagan. Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun ular jarimaga tortilgan.

BAAda og‘ir vaziyatga tushib qolgan oila O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi ko‘magida vatanga qaytarildi.

Qayd etilishicha, P.G. va uning farzandi A.Z. 2025 yilda mavsumiy ishlash maqsadida BAAning Dubay shahriga borgan.

Biroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2026 yil yanvarida O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar xarid qilgan. Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat tufayli ular mamlakatni tark eta olmagan.

Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun oila vakillari jarimaga tortilgan.

O‘zbekistonning BAAdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Dubay immigratsiya xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ularning mamlakatni jarimasiz tark etishiga ruxsat olindi.

Ushbu oila a’zolari uchun 26 iyun kuni “Dubay–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilindi hamda ularning O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi.

 

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi

Published

on


Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent davlat agrar universitetida yong‘in sodir bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, soat 15:17 da «112» tizimidan Toshkent viloyati FVBBga Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksi binosining tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:59 da qurshab olingan hamda soat 16:15 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.