Dunyodan
Korruptsiya Iroqni vayron qilmoqda: 2 trillion dollar zarar
2003-yildan beri Iroq byudjeti korrupsiya tufayli 2 trillion dollardan ko‘proq zarar ko‘rdi.Bu haqda mamlakat bosh vazirining maslahatchisi Munir Haddod ma’lum qildi.
O‘tgan yakshanba kuni korruptsiyada gumon qilingan 47 kishi hibsga olindi. Bunga hukumat amaldorlari va parlament a’zolari kiradi.
“Qo’lga olinganlardan birining rafiqasi 50 million dollarga kvartira sotib olgan. Ularning yoki qarindoshlarining nomiga 50 dan ortiq kvartiraga ega bo’lgan bir necha amaldorning ham qo’liga kishan solingan”, – dedi Munir Haddod INA agentligiga bergan intervyusida.
Korrupsiyaga qarshi operatsiyalar har kuni to‘liq maxfiylikda olib borilayotgani sababli hibsga olinganlar soni ortib borayotgani aytiladi.
Xalqaro valyuta jamg’armasi ma’lumotlariga ko’ra, 2026 yilda Iroq iqtisodiyotining hajmi 264,8 milliard dollarni tashkil qiladi. Korruptsiya tufayli talon-taroj qilingan 2 trillion dollar bu mamlakatning sakkiz yillik iqtisodiy mahsulotiga teng.