Connect with us

Jamiyat

Koreyada mavsumiy ishchilar dasturi qayta tiklandi

Published

on


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasining Geongsangnam-do (Geongsangnam-do) provinsiyasi gubernatori Pak Vansu bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Migratsiya agentligi

Uchrashuvda tomonlar E-8 mavsumiy ishchi vizasi asosida Toshkent viloyati aholisidan ishchilarni tanlab olish va ularni provinsiyaning Hapchon, Chongnyang okruglari hamda Miryang shahrida 8 oy (5+3) muddatga qishloq xo‘jaligi sohasida ishga jalb etish bo‘yicha kelishib oldi.

Migratsiya agentligi va Geongsangnam-do provinsiyasi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida mavsumiy ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Koreya Adliya vazirligi o‘rtasida o‘tgan muzokaralarda fuqarolarni E-8 mavsumiy mehnat dasturiga qayta jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Bugun imzolangan hujjat esa ushbu kelishuvning amaliy bosqichidir.

Koreya Adliya vazirligi talabiga ko‘ra, bunday kelishuvlarda ishchi kuchini yuboruvchi va qabul qiluvchi hududlar aniq belgilanishi shart.

Joriy yil 23–25 sentabr kunlari Geongsangnam-do provinsiyasi gubernatorining Toshkent viloyatiga amaliy tashrifi doirasida ikki hudud o‘rtasida do‘stlik memorandumi imzolangan edi.

14 oktyabrda Migratsiya agentligi bilan imzolangan hamkorlik kelishuvida yuqorida qayd etilgan hududlardagi mavsumiy ishlarga aynan Toshkent viloyati aholisidan ishchilarni tanlash belgilangan.

Pilot tarzda provinsiyaning 3 ta hududidan ishchi kuchiga bo‘lgan talabnoma olish va 2026 yildan boshlab o‘zbekistonlik ishchilarning intizomi va samaradorligiga qarab, hamkorlikni boshqa hududlarga ham kengaytirish rejalashtirilgan.

Ma’lumki, 2021 yilda O‘zbekiston Koreyaga E-8 vizasi orqali ishchi yuborgan ilk davlat bo‘lgan va 420 nafar fuqaro pilot loyiha asosida ishlagan edi. Biroq, ayrim ishchilar 5 oylik shartnoma muddati yakunlangach ham vatanga qaytmagani sababli, ushbu viza dasturi Koreya tomonidan to‘xtatilgan edi.

Ko‘p sonli fuqarolarning murojaatlariga ko‘ra, ikki davlat mas’ul tashkilotlarning bir necha yildan buyon olib borgan muzokaralari natijasida Koreya hukumati mazkur imkoniyatni yana qayta ochishga qaror qildi.

Fuqarolardan mehnat shartnomasi va Koreya qonunchiligiga qat’iy amal qilish, belgilangan muddatda vatanga qaytish so‘raldi. Bu – kelgusida boshqa fuqarolar uchun ham ishlash imkoniyatlarini kengaytirish yoki aksincha, cheklash bilan bog‘liq muhim omil hisoblanadi.

Joriy yil noyabr–dekabr oylarida Koreyaning ish beruvchi okrug hokimliklaridan bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan talabnoma va nomzodlarni olishga kelishildi. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Olimlar kimlar tezroq qarishini aniqlashdi

Published

on


Turli mamlakatlar olimlari inson organizmini vaqtidan oldin qaritadigan asosiy sabablarni aniqlashdi.

Kambag‘allik, past daromad va sifatli ta’lim olish imkoniyatining yo‘qligi inson tanasidagi biologik qarishni tezlashtirishi isbotlandi. Eng yomoni, bu salbiy jarayon ko‘pincha bolalikdanoq boshlanadi.

Xulosa chiqarish uchun mutaxassislar dunyoning 23 ta davlatidan 66 mingdan ortiq odam ishtirok etgan 140 ta ilmiy tadqiqot natijalarini o‘rganib chiqishdi. Unda chaqaloqlardan to 86 yoshgacha bo‘lgan odamlar ishtirok etdi. Olimlar odamlarning qarish tezligini maxsus «epigenetik soatlar» (organizmning ichki holatini ko‘rsatuvchi tizim) yordamida tekshirishdi. Bu haqda «Nature Human Behavior» nashri ma’lum qildi.

Tadqiqot natijalariga  ko‘ra agar biologik qarish sekinlashsa inson o‘z yoshiga nisbatan tetik, yosh va sog‘lom bo‘lib yuradi. Uning tashqi ko‘rinishi ham, ichki sog‘lig‘i ham xuddi pasportdagi yoshidek (yoki undan ham yoshroq) saqlanib qoladi.

Agar qarish jarayoni tezlashayotgan bo‘lsa odatda keksalikka xos bo‘lgan kasalliklar insonda vaqtidan ancha oldin paydo bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ta’minoti past va kambag‘al oilalarda o‘sayotgan bolalarning ichki organizmi (biologik yoshi) o‘ziga to‘q oilalardagi tengdoshlariga qaraganda ancha katta, ya’ni ertaroq qariyotgani ma’lum bo‘ldi. Xuddi shunday holat katta yoshli insonlar orasida ham kuzatilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi

Published

on


U Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan kirib, viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolib ketganligi sababli hibsga olingan.

Yaponiya immigratsiya xizmati agentligi mamlakatda noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi.

Deportatsiya qilingan shaxs Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan kirib, viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolib ketganligi sababli rasmiylar tomonidan hibsga olingan.

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qilishicha, agar mamlakatda noqonuniy yashash yoki noqonuniy ishlash holatlari aniqlansa, politsiya tomonidan hibsga olish va ushlab turish, immigratsiya muassasalarida qamoqqa olish yoki deportatsiya qilish kabi choralar ko‘riladi.

Shuningdek, bildirilishicha, Yaponiyada qochqin maqomini olish uchun ariza berilsa, “uzoq muddat qolish mumkin” yoki “ishlash mumkin” degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalgan bo‘lib, shu kabi maqsadlar bilan qochqin maqomini olish uchun ariza berishga ruxsat etilmaydi.

Agar qochqin maqomi rad etilsa, immigratsiya muassasasiga joylashtirish yoki deportatsiya qilish kabi choralar qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, soxta ma’lumot berish yoki noqonuniy usullar bilan qochqin maqomini olish uchun murojaat qilish jiddiy huquqiy choralarni keltirib chiqarishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi

Published

on


Ikki fuqaro 5 000 AQSh dollarini, kadastrlar palatasi Pop tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i 1 500 AQSh dollari va 6 mln so‘mni olgan vaqtida qo‘lga olingan. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbirda fuqarolar U.A. va M.B. kadastrlar palatasida ishlovchi tanishlari orqali 381 000 AQSh dollari evaziga fermer xo‘jaligi balansidagi 50 sotix yer maydonining hujjatlarini fuqaro A.S.ning nomiga noturar joy sifatida rasmiylashtirib berishlarini aytib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, kadastrlar palatasi Pop tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i S.A. 1 500 AQSh dollari va 6 mln so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi

Published

on


Viloyat FVB xabariga ko‘ra, yorilish natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan, hech kim tan jarohati olmagan.

27 iyun kuni soat 19:00 larda Farg‘ona shahridagi AGTKSh hududida avtobus tom qismiga o‘rnatilgan gaz ballonlariga gaz to‘ldirish vaqtida gaz ballonlaridan birida yorilish paydo bo‘lgan.

Viloyat FVBning xabariga ko‘ra, yorilish natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan, tan jarohati olganlar yo‘q.

Voqea joyiga viloyat FVB boshlig‘i va huquqni muhofaza qilish organlari hamda tegishli xizmat vakillari chiqqan.

Yorilish sababi vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniqlanmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

“Hokimiyatdan kelgan topshiriqni deb, bolamga kuyib o‘tiribman” – o‘lim bilan tugagan “Andijon polkasi” tafsilotlari

Published

on


23 iyun kuni “Andijon polkasi” Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi: viloyat markaziy stadionida 20 ming odam bir vaqtda raqsga tushdi.

Raqsga tushganlar orasida Asaka tumanidagi 14-maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 15 yoshli Farrux Ne’matov ham bor edi.

U o‘sha kuni tadbirdan qaytishda o‘zi o‘qiydigan maktab direktori boshqaruvidagi Damas’da avtohalokatga uchrab, shifoxonada vafot etdi.

Tafsilotlar – Kun.uz muxbiri reportajida.

Surishtiruvdan ma’lum bo‘lishicha, “Andijon polkasi”ni Ginnes rekordlar kitobiga kirishi uchun stadionda katta tadbir uyushtirilgan va bunga maktab o‘quvchilari jalb qilingan. 23 iyun kuni boshqa maktablar qatori Asaka tumanidagi 14-maktabning o‘quvchilari ham tadbirda qatnashgan. O‘sha kuni YTH oqibatida vafot etgan 8-sinf o‘quvchisi Ne’matov Farrux ham maxsus avtobuslarda stadionga borgan. Tadbir tugagach u 5 nafar sinfdoshlari bilan maktab direktorining “Damas” avtomashinasiga o‘tirib uyga qaytayotgan bo‘lgan.


YTH sodir bo‘lgan chorraha

Maktab o‘quvchilari mingan mashina asosiy yo‘ldan kelib chapga qayrilmoqchi bo‘lgan paytda qarama qarshi tomondan kelayotgan “ZIL” yuk mashinasi “Damas”ning orqasiga kelib urilgan. Oqibatda “Damas” ag‘darilib ketgan.

“Sog‘lom o‘g‘limni o‘ldirib berishdi”…

“Bir kun avval o‘g‘limning sinf rahbari telefon qilib ertaga “Andijon polkasi” tadbiriga Farruxni jo‘nating iltimos deb qayta-qayta tayinladi. Xo‘p dedim. 15 yoshga kirib pul topadigan bo‘lib qolgandi o‘g‘lim. Chiroyli qilib kiyintirib maktabiga jo‘natdik. Chorsilarni beliga tugib xursand bo‘lib do‘sti bilan uydan chiqib ketdi.


marhum Farrux Ne’matov

Bir payt qo‘shnim yugurib kirdi. Durdonaxon, bolalarimiz “avariyaga” uchrabdi, qolgan bolalar yaxshi ekan, bitta sizning bolangizni boshi yorilibdi, tikishyapti ekan dedi. Viloyat shifoxonasiga qarab ketdik. Farruxbek besh-olti soatda chiqdi operatsiyadan. Amaliyot juda uzoq cho‘zildi.

O‘qituvchilarning o‘zi qon berdi o‘g‘limga. Ichki a’zolari majaqlanib ketgan ekan. O‘ziga kelmadi o‘sha kuni kechasi bilan ham. Ertasi kuni 24 iyunda joni uzildi-da bolamni. Farruxbek o‘g‘lim katta farzandim edi. Uydan soppa-sog‘ chiqib ketgan edi.

Aslida tadbirni tashkillagan tashkilotlar, hokimiyat o‘quvchilarni maxsus avtobusda olib borib, olib kelib qo‘yishlari kerak edi. O‘zboshimchalik bilan avtobusga chiqmay “Damas”ga chiqqan deb, endi aybni o‘g‘limga ag‘darib qo‘yishyapti. Aybdorlar qonun oldida javob bersin. Guldek o‘g‘limdan ayrildim”, deydi marhum Farrux Ne’matovning onasi Durdona Qosimova.


Durdona Qosimova, marhumning onasi

Avtobus ketib qolgach, direktorning “Damas”iga chiqishgan ekan…

“Jiyanim do‘stlari bilan tadbirga avtobusda borgan. Tadbirdan keyin bolalar ust-boshlarini almashtirib chiqqunicha, avtobus ketib qolgan ekan. Ko‘chada qolgan bolalar bizni olib ketinglar deb, domlasiga telefon qilgan. Shundan keyin maktab direktori o‘zining “Damas” mashinasida bolalarni olib ketayotgan bo‘lgan. Chorrahaga yetganlarida baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda.

Jiyanim Muhammadrizo Qambarovning holati og‘ir edi, endi hozir “operatsiyadan” keyin ancha o‘ziga kelib qoldi. “Damas”da 2011 yilda tug‘ilgan 6 nafar sinfdosh do‘stlar bo‘lgan”, deydi YTH oqibatida shifoxonaga tushib qolgan Muhammadrizo Qambarovning tog‘asi Oybek Ibragimov.


Oybek Ibragimov

2 o‘quvchi shifoxonada, qolganiga ruxsat berdik…

“23 iyun kuni Andijon-Asaka avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga olti nafar jabrlangan o‘quvchi olib kelindi. Olti nafardan biri o‘ta og‘ir holatda kelgan. Ertasi kuni o‘sha og‘ir bemor vafot etgan. Qolgan besh nafar bemor turli jarohatlar bilan davolangan. Ulardan uch nafariga holati yaxshilanganidan keyin uyiga ruxsat berildi. Hozirda ikki nafari shifoxonada davolanyapti” – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali direktori o‘rinbosari Abdumutalib Akbaraliyev.


Abdumutalib Akbaraliyev

Kun.uz muxbiri bo‘lib o‘tgan voqea bo‘yicha tegishli idoralardan izoh olmoqchi bo‘ldi. Ammo biror bir tashkilot xodimi holatga munosabat bildirishni istamadi.

Ayni paytda YTH yuzasidan Asaka tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Ma’lumot o‘rnida, 24 iyun kuni Andijon viloyati markazidagi stadionda «Andijon polkasi» raqsiga tushish orqali rekord o‘rnatildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.