Connect with us

Jamiyat

kiyimlar – oq ayiqlar, afrikalik bolalar va arzon ishchilar

Published

on


Esimda yo‘q, bir hikoya o‘qigandim, unda katta shaharning o‘rtasida odamlar kiyimsiz qoladi. Bu kutilmaganda sodir bo‘ladi… Odamlar ustidagi kiyim to‘satdan parchalanib, erib ketadi. Chunki ular bir martalik kiyimlar edi. Uzoq vaqtga chidaydigan kiyimlarni faqat o‘ta boy insonlargina sotib oladi. O‘sha hikoyani o‘qiganimda bir martalik idishlar ishlab chiqilishi mumkinligini tasavvur qila olmaydigan vaqt edi…

Zamonaviy jamiyat rivojlanishning navbatdagi bosqichiga – ortiqcha iste’mol jamiyatiga kirdi, deb bong urmoqda tadqiqotchilar: haddan tashqari iste’mol – bu normal ehtiyojlardan oshib ketadigan iste’mol, zararli bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish va  narsalar qiymatining keskin pasayishiga olib keladi. Ortiqcha iste’mol jamiyatida sodir bo‘ladigan jarayonlar ma’nosiz, chunki mahsulotlarni uloqtirish uchun ishlab chiqariladi, qoniqmaganlik uchun ehtiyojiga qarab emas, ermakka, nafsiga qarab iste’mol qilinadi. Xarid qilish shunchaki sevimli mashg‘ulotga aylanadi.

Me’yordan ortiq iste’mol qadim zamonlardan beri ma’lum bo‘lgan hodisa, ammo ilgari faqat tor doiradagi odamlar ortiqcha iste’mol qila olgan, bugungi kunda bu keng jamoatchilik uchun odatiy holga aylandi. Haddan tashqari iste’mol qilish zamonaviy davrning yana bir muammosi.

Ishlab chiqarish odamlarning ehtiyojlari uchun emas, balki iste’mol qilinmay, to‘liq iste’mol qilinmay, to‘liq ishlatilmay tashlangan narsalar bilan to‘lib-toshgan chiqindi qutilari uchun ishlaydi. Ya’ni iste’mol qilinganidan ko‘ra ko‘proq narsa qayta ishlanadi.

Keling, biz tez-tez sotib oladiganimiz – kiyimlar misolida tahlil qilamiz. Moda industriyasi shu qadar avj oldiki, tezkor moda degan yangi so‘z kirib keldi…

Tezkor moda nima?

Tezkor moda (fast fashion) – bu zamonaviy modaning bir qismi bo‘lib, u jadal ravishda yangilanadigan va arzon narxlarda taklif etiladigan kiyimlarga asoslangan. U reklamalar, turli chaqiriqlar, aksiyalar, sovg‘alar bilan sizni domiga tortib ketadigan choh, kattagina girdobki, nafaqat xaridorni, balki Yer sayyorasini ham yutib yuborishga tayyor…

Avvalo, mahsulotlarni arzonlashtirishga intilayotgan kompaniyalar sifatdan voz kechishadi. Natijada kiyim-kechaklar tezroq eskiradi, bu esa sizni tezroq yangilarini sotib olishga majbur qiladi. Endi biz yigirma yil oldingiga qaraganda 400 foiz ko‘proq kiyim sotib olamiz. Ular 15 yil oldinga nisbatan 36 foiz kamroq kiyiladi, ya’ni uning umri ustingizda juda tez tugaydi, tugamasa ham o‘zingiz uloqtirasiz – 85 foiz odamlar  kiyimni eskirmasdan axlat qutisiga tashlashni tanlaydi. Masalan, Rossiyada har yili 2 million tonnaga yaqin kiyim-kechak tashlanadi. Rossiyalik ekoko‘ngillilarning tashvishicha, ulardan ba’zilari mutlaqo yangi, sotilmagan, hatto egalariga yetib bormagan narsalardir. Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Savdo Komissiyasi xabariga ko‘ra, Amerika 2020 yilda to‘qimachilik va kiyim-kechak importiga qariyb 127 milliard dollar sarflagan, bu o‘rtacha iste’molchi har yili 81,5 funt (37 kilogramm) kiyimni axlatga uloqtirdi degani, ya’ni har yili barcha to‘qimachilik mahsulotlarining 85 foizi, taxminan 11,3 million tonna to‘qimachilik chiqindilari chiqindixonaga tushadi – butun mamlakat bo‘ylab odamlar sekundiga 2150 dona kiyimni uloqtirishmoqda.

Sayyoramizdagi har bir odam yiliga o‘rtacha 13 kilogramm kiyim sotib oladi. Ammo bu raqam mamlakatga qarab juda farq qiladi, misol uchun britaniyaliklarning kiyim javoni har yili 27 kilogrammga to‘ldiriladi.

Eng mashhur H&M, Zara, Forever kabi tezkor moda brendlari o‘z kolleksiyalarini haftada bir marta yangilaydi! Demak barqaror bo‘lmagan moda uzluksiz yangilanadi, to‘xtovsiz mahsulot ishlab chiqariladi. Ushbu tendensiyaning dastlabki bosqichlarida bu do‘konlar kiyim-kechaklarni arzon narxlarda taklif qilish bilan mashhur edi. Endi esa iste’molchilar Shein va Temu kabi onlayn-do‘konlarga ko‘proq e’tibor qaratishmoqda – shu kunlarda kuzatayapmizki, bu onlayn do‘konlar tufayli kiyim iste’moli o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi.

E’tibor qiling-a, moda sanoati har yili ishlab chiqaradigan 100 milliard kiyim-kechakning 92 million tonnasi to‘qimachilik chiqindilarini hosil qiladi, afsuski har mavsumda ishlab chiqarilgan kiyimlarning taxminan 30 foizi hatto sotilmaydi. Agar tendensiya davom etsa, o‘n yil ichida moda chiqindilari yiliga 134 million tonnagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Resurslar isrofi va ekologiya

To‘qimachilik sanoati havoni ifloslantiruvchi moddalar bo‘yicha aviatsiya va neftdan keyingi o‘rinlarni egallaydi. Ya’ni bugungi kunda moda sanoati barcha karbonat angidrid chiqindilarining 10 foizini ishlab chiqaradi – yiliga 1,7 milliard tonna. Sanoatning suv ob’yektlarini ifloslantirishda  20 foiz ulushi bor. Bu matolarni qayta ishlash va bo‘yash natijasidir. Yana bir muhim ko‘rsatkich – jahon okeanining mikroplastmassalar bilan ifloslanishi 35 foizni tashkil qiladi. Har yili to‘qimachilikdan 200 000 dan 500 000 tonnagacha mikroplastmassa suvga tushadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, mikroplastmassalar tom ma’noda hamma joyda: Everestdan tortib Mariana botig‘ida, tuz va suvda, hatto inson qonida, o‘pkasida mavjud.

Suvning ikkinchi yirik iste’molchisi kiyim ishlab chiqarish sanoatidir – yiliga 1,5 trillion tonna. Tassavur qiling – bitta paxta ko‘ylak ishlab chiqarishga 3000, bir dona futbolkaga 2700, bir juft jinsi shimga 7000 litr suv ketadi. Ma’lumot uchun, har yili dunyo bo‘ylab 2,2 milliard juft jinsi shimlar sotiladi. Kiyim uchun xom ashyo hisoblangan bir kilogramm paxta yetishtirishga 10 000 litr suv kerak. Bir dona futbolkaga ketadigan suvni esa bir inson 900 kun ichishi mumkin. Bitta paxta futbolka va bir juft jinsi shim ishlab chiqarishga ketadigan suv miqdorini ichish uchun insonga 13 yil kerak bo‘ladi. Ya’ni bir yarim ming nafar afrikalikning bir kunlik ichadigan suvi evaziga siz bitta futbolka kiyasiz – arzon futbolkaning ekologik narxi yorliqdagi ko‘rganingizdan ancha yuqori.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, paxta yetishtiriladigan O‘zbekistonda pestitsidlar yer osti suvlarida 150 metrgacha chuqurlikda uchraydi. Pestitsidlar tuproqdagi zararkunandalardan tashqari foydali mikroorganizmlar, bakteriyalarni ham o‘ldiradi, bu esa tuproqning degradatsiyasiga va paxta yetishtirishning pestitsidlarga yanada tobe bo‘lishiga olib keladi. Qolaversa mas’uliyatli brendlarning tabiiy paxtaga bo‘lgan talabi allaqachon ishlab chiqaruvchilar taklifidan oshib ketgan.

Tolaning o‘zi, albatta, na futbolkaga, na ko‘ylakka, na jinsi shimga aylanib qolmaydi. Buning uchun uni zavodga yuborish kerak. Fransiyaning Atrof-muhit va energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, jinsi shim paxta dalasi va do‘kon o‘rtasida 65 ming kilometr masofani bosib o‘tadi. Bu xuddi Yer atrofida bir yarim marta aylangandek. Demak, jinsingiz sizdan ko‘ra ko‘proq sayohat qilgan bo‘lishi mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, kiyim-kechaklarni tashish paytida 3dan 10 foizgacha atrofga issiqxona gazlari chiqariladi.Bu sayyoramiz va insoniyat uchun eng katta tahdidlardan biri bo‘lib qolayotgan iqlim o‘zgarishiga qo‘shilayotgan salmoqli hissadir.

Yana bir achinarli fakt: kiyim-kechaklarni kam kiyib tez tashlab yuborish va qayta ishlanmasligi tufayli har yili 500 milliard dollar yo‘qotiladi.

Kiyim uchun ishlatiladigan yana bir xom ashyo sintetika dunyodagi eng mashhur to‘qimachilik tolasi hisoblanadi. Bizdagi tushunchalar: poliester, poliamid, akril va boshqa sintetik polimerlarni o‘z ichiga olgan kiyimlar hech qanday sun’iy materiallardan iborat emas. Ular tabiiy qazilma xom ashyo – neftga asoslangan. Har yili moda sanoati uchun 48 million tonnaga yaqin neft ishlab chiqariladi.

Neft qazib olish va qayta ishlash atmosferaga katta hajmdagi zararligazlarni,  chiqaradi. Afsuski tuproq, okeanlar va o‘rmonlar uni tezda qayta ishlay olmaydi, gazlar atmosferada to‘planadi, sayyorani isitadi va iqlim inqirozini keltirib chiqaradi. Qolaversa, neft qayta tiklanmaydigan resurs bo‘lib, hisob-kitoblarga ko‘ra, ma’lum manbalardan olingan neft zaxiralari atigi 47 yilga yetadi.

Qayta ishlashdan foyda yo‘q…

Kiyimlarni qayta ishlash texnologik jihatdan murakkab jarayon. Dunyo miqyosida yig‘ilgan kiyim-kechaklarning 12 foizi o‘yinchoqlarning ichini, mebelni to‘ldirish, tozalash matolari uchun qayta ishlanadi. Yangi kiyim ishlab chiqarish uchun atigi 1 foizdan kamrog‘idan foydalaniladi. Chunki kiyimlar turli xil materiallar aralashmalari – tugmalar, yorliqlardan iborat bo‘lgani sababli, materiallarni ajratish va ularni birma-bir qayta ishlash qiyin.

Choklar ostidagi beqadrlik

Biz kiyadigan yoki uloqtiradigan kiyim, tezkor moda qanchadan-qancha odamlarning qora mehnati va juda kam maosh to‘lanishi hisobiga rivojlanayotganini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Arzon kiyim-kechaklar nega hamyonbop ekanligini-chi? Uning haqiqiy narxini tikuvchilar o‘z umri va toptalgan haq-huquqlari hisobiga to‘layotganini-chi, bilarmidingiz?

Bangladeshda ishchilar 2018 yil ma’lumotlariga ko‘ra, soatiga taxminan 33 sent, Hindistonda esa o‘rtacha ish haqi 58 sentni tashkil qiladi.

2013 yilda Bangladeshdagi Rana Plaza’da ro‘y bergan falokat tikuvchilik sanoati tarixidagi eng halokatli sanoat hodisasi yuz berdi – 1134 kishi halok bo‘ldi va minglab odamlar jarohat oldi. Bu hodisa dunyoni larzaga soldi va ko‘plab tikuv fabrikalarida halokatli sharoitlarni ta’kidladi. Fabrikalardagi tizimli muammolar, masalan, zaif mehnat muhofazalari muammolari hamon keng quloch yoygan.

Tezkor moda ortidan odamlar to‘xtovsiz kiyim sotib oladi, ishlab chiqaruvchilar boyigandan boyiydi, ammo masalan bangladeshlik tikuvchilarning 91 foizi o‘zlari va oilalari uchun yetarli oziq-ovqat sotib olishga qiynalmoqda, 25 foizi esa turli zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda. O‘sha mashhur Shein brendi ishchilari o‘tgan yili ma’lumotlarga qaraganda har bir kiyim uchunto‘rt sentgacha mehnat haqi olishgan.

Kiyim-kechak sanoatidagi ayrim tikuv ishchilari uchun +96 soatlik ish haftasi odatiy holdir. Ular ko‘pincha kuniga 10-12 soat (va hatto 16-18) haftada 7 kun ishlaydi. Bu fabrikalar ularga qo‘shimcha ish soatlari uchun haq to‘lamaydi.

Tezkor moda ish sharoitlari ko‘pincha kimyoviy jarayonlarga tayanadi. Masalan, ishchilar (kamdan-kam hollarda tegishli himoya bilan ta’minlangan) zaharli kimyoviy moddalar, bo‘yoqlar bilan ishlaydi. Ular qusish, saraton kasalligining yuqori xavfi yoki immunitet, endokrin va asab tizimining buzilishi kabi barcha turdagi sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Shamollatish yo‘qligi va xavfli binolar kabi muammolar tufayli tezkor moda tikuvchi ishchilari ko‘pincha yong‘in va jiddiy jarohatlar, shu jumladan o‘lim xavfi ostida bo‘lishadi.

Siz balki «Nega tikuvchilar o‘sha dahshatli va g‘ayriinsoniy fabrikalarini tark etishmaydi?», deb o‘ylayotgan bo‘lishingiz mumkin.

Shunchaki, chunki … ularda boshqa tanlov yo‘q!

Tezkor modaning rivojlanishida bolalar mehnatidan ham foydalaniladi. Afsuski, siz kiygan kiyim ortida bola bo‘lishi mumkin. Uzoqqa bormaylik, maktab o‘quvchilari yaqin-yaqingacha paxta dalalarining asosiy ishchisi hisoblangan.

Xo‘p, siz bilan biz bu tezkor moda va u tufayli yuzaga kelayotgan muammolar barham topishiga qanday hissa qo‘shishimiz mumkin: kiyim sotib olishni kamaytirish tufayli. Odamlar arzon mahsulotlardan voz kecha boshlashsa, kiyimlar sifati oshadi. Sifatli kiyim ishlab chiqarish uchun yaxshi haq to‘lanadi. Sifatli kiyim-kechak qimmatligi uchun uning qadri bo‘ladi – kamroq chiqindiga tashlanadi…

Keyingi safar tezkor moda do‘koniga borganingizda, oq ayiqlar haqida o‘ylang! Har kuni ular iqlim inqirozi va muzliklarning erishi tufayli yashash joylarini yo‘qotmoqda. Afrikalik suvga zor bolalarni ko‘z oldingizga keltiring – jinsi shim kiyishingiz uchun bir kunda uch mingdan ortiq inson suvsiz qoladi…

Bugun siz Temu’dan arzon va ko‘zni quvontiradigan bir dunyo kiyim buyurtma qildingiz, insoniy huquqlari toptalgan qaysidir fabrika ishchisi esa yaxshi mehnat sharoitlari bor joyni orzu qilmoqda…

                                                                             Barno Sultonova



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Prezident 7 milliy dastur haqida e’lon qildi

Published

on


Prezident o‘z nutqida 7 milliy dastur haqida e’lon qildi. 

Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi.

Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrov qisqa muddatda 100 foizga olib chiqiladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi.

Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.

Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlarini joriy etiladi. Ularda yoshlarimizni yuqori daromadli kasblarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yib, qamrovni 1 millionga yetkaziladi. Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi.

Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shu maqsadda aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlarini kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi.

Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi

Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi.

Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish.

Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’atini saqlagan holda, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi, sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi.

Yoshlarimizning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi.

Shuningdek, kichik biznes – o‘rta biznesga, o‘rta korxonalar esa yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizimni yo‘lga qo‘yamiz. Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi.

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib bormoqda.

Shu bois, to‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.

Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalar qamrovini 100 foizga olib chiqiladi. Bu – umummilliy marraga aylanadi.

Adolat qaror topgan joyda iqtisodiy o‘sish ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi.

Bu borada beshinchi milliy dastur – sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlashni umumiy qadriyatga aylantirishdan iborat.

“Buning uchun huquqiy tarbiyani maktabdan boshlab aniq tizim asosida yo‘lga qo‘yamiz. Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz. Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish bo‘yicha choralarni yanada kuchaytiramiz.

“Yashirin iqtisodiyot”, uyushgan jinoyatchilik, ayollar va bolalar huquqini kamsitishga qarshi kurashni yangi bosqichga ko‘taramiz.

Odamlarimizning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi, tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘ladi.

Shuning uchun oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.

Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi. Tuman budjeti, investitsiya dasturi hamda infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi. Bunda fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi – eng asosiy mezon sifatida belgilanadi”, dedi Prezident.  

Yettinchi milliy dastur – O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng o‘lka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirishdan iborat.

Bizning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar siyosatimiz uzoq muddatli taraqqiyotimizni ta’minlashga qaratilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!

Published

on


Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga foydalanuvchilardan juda katta, samimiy va kuchli reaksiya bo‘ldi.

Izohlarni o‘qib, bir narsa yaqqol ko‘rinadi: odamlar bayramni shunchaki tomosha qilmagan — his qilgan.

“Juda zo‘r!”, “Boshqacha bo‘ldi!”, “Ta’sirli!”, “Gap yo‘q!”, “Sahnadagi energiya va jonli ijro odamni lol qoldirdi, haqiqiy bayram kayfiyati!”, “Harbiylarning safdagi kelishgan va qat’iy qadamlari qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi”, “Juda go‘zal bayram, betakror bayram”… — ijtimoiy tarmoqlardagi minglab fikrlarda bir xil kayfiyat.

Ayniqsa, Prezident nutqidagi fikrlar alohida muhokama qilindi. Vatan tarixi, bugungi islohotlar va kelajakka ishonch uyg‘unlashgan nutq ko‘pchilikda kuchli taassurot qoldirdi.

Bu yilgi Mustaqillik bayrami sahnada o‘zgacha bo‘ldi — ijtimoiy tarmoqlardagi reaksiya esa bundan ham kuchli!

Bu shunchaki izohlar emas. Bu — xalqning bayramga bo‘lgan kayfiyati.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif

Published

on


BYD Central Asia mahalliy ishlab chiqarilayotgan BYD CHAZOR UzPride modelining rasmiy sotuvi boshlanganini e’lon qiladi. Mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgani tufayli 55 KM Luxe jamlanmasi 255 900 000 so‘m narxda taklif etilmoqda.

Modelning nomi uning mazmun-mohiyatini aks ettiradi: brend mahalliy bozorda izchil rivojlanib, texnik mutaxassislarni tayyorlash va mamlakat avtomobilsozlik sanoatini zamonaviylashtirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni aholining tobora keng qatlamlari uchun qulay va hamyonbop qilmoqda. Shu sababli yangi talqin O‘zbekiston va uning xalqiga chuqur hurmat ramzi sifatida UzPride nomini oldi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xaridorlar uchun maxsus moliyalashtirish dasturi tayyorlandi:

– boshlang‘ich to‘lov – 35%;

– bo‘lib to‘lash muddati – 35 oy;

– foiz stavkasi – 0%;

– moliyalashtirishni rasmiylashtirish – faqat OFB hamkor banki orqali.

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi shartlari 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha amal qiladi.

Dastur shartlari qutlug‘ sana bilan ramziy tarzda uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, yangi supergibrid sedanni O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlar uchun yanada qulayroq shartlarda sotib olish imkonini beradi.

BYD CHAZOR UzPride haqida

BYD CHAZOR UzPride DM-i supergibrid tizimi bilan jihozlangan. Unda elektr yuritmaning afzalliklari 1,5 litr hajmli yuqori samarali benzin dvigatelining imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan.

132 kVt quvvatga ega elektr dvigatelining eng yuqori burovchi kuchi 316 N·m ni tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi. NEDC o‘lchov tartibi bo‘yicha faqat elektr quvvatida yurish masofasi 55 kilometrgacha yetadi. Akkumulyator quvvati past bo‘lganda yoqilg‘i sarfining eng kam ko‘rsatkichi 100 kilometrga 3,8 litrni tashkil etadi.

55 KM Luxe jamlanmasiga aylantiriladigan 12,8 dyuymli multimedia ekrani, 8,8 dyuymli displeyga ega raqamli ko‘rsatkichlar paneli, o‘zbek tilidagi aqlli ovozli boshqaruv tizimi, 4G va Bluetooth ulanishi, shuningdek, OTA orqali masofadan yangilash imkoniyati kiradi.

Haydovchiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida avtomobil kalitsiz kirish tizimi, NFC-karta, masofadan ishga tushirish, o‘rindiqni elektr yordamida sozlash, elektr yuritmali tom tuynugi hamda orqa o‘rindiq yo‘lovchilari uchun havo yo‘naltirgichlarga ega iqlim tizimi bilan jihozlangan.

360° atrofni ko‘rsatuvchi panoramali HD-kamera hamda old va orqa to‘xtash datchiklari avtomobilni boshqarish va tor joylarda harakatlanishni osonlashtiradi.

Xavfsizlik tizimlari qatoriga tezlikni bir maromda saqlash tizimi, yo‘nalish barqarorligini nazorat qilish, g‘ildiraklarning sirpanishiga qarshi tizim, shinalardagi bosimni kuzatish, qiyalikda harakatni boshlashga ko‘maklashish, avtomobilni avtomatik ushlab turish, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, shuningdek, parda turidagi xavfsizlik yostiqchalari kiradi.

BYD CHAZOR UzPride modelining mahalliy ishlab chiqarilishi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi zamonaviy avtomobillar tanlovini kengaytiradi hamda mamlakat avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

BYD Central Asia kompaniyasining mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan dasturi – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil boshqaruvida kutib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

*Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, 1 sentyabr kuni ham, amal qiladi. Dastur doirasidagi moliyalashtirish faqat OFB hamkor banki orqali rasmiylashtiriladi. Dastur bo‘yicha taklif etiladigan avtomobillar soni cheklangan. Texnik ko‘rsatkichlar ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, yo‘l va ob-havo sharoiti, avtomobilning yuklanish darajasi hamda haydash uslubiga qarab farq qilishi mumkin. Avtomobilni sotib olish shartlari va jamlanmasi haqidagi batafsil ma’lumotni BYD kompaniyasining rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.

BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi aloqa ma’lumotlari

Rasmiy ishonch telefoni: 1811

Rasmiy veb-sayt: bydauto.uz

Instagram: @bydauto.uz

Telegram: t.me/bydautouz





Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yangi o‘quv yilida 806 mingdan ziyod 6 yoshli bola maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi

Published

on


E-qaror tizimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorlash va bolalarni qabul qilish jarayonini samarali tashkil etishga oid buyrug‘i e’lon qilindi. Hujjatning ilovalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 18-avgustdagi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.  

Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘yicha 811 ming 586 nafar 6 yoshli bola hisobga olingan. Ularning 806 ming 290 nafarini maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olish rejalashtirilgan. Natijada qamrov darajasi 99,3 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Maktabga tayyorlov guruhlari bilan qamrab olinmagan 6 yoshli bolalar uchun 485 ta bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhi tashkil etiladi. Ularda jami 13 ming 104 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.

Shundan:

— umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 413 ta guruh tashkil etilib, 11 ming 163 nafar bola;

— davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 65 ta guruh ochilib, 1 ming 766 nafar bola;

— boshqa mos binolarda 7 ta guruh tashkil qilinib, 175 nafar bola qamrab olinadi.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, avval hududlardagi 6 yoshli bolalar xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijasida tayyorlov bilan qamrab olinmagan bolalar mavjud bo‘sh guruh va o‘rinlarga joylashtiriladi.

Shundan keyin ham qamrovdan tashqarida qolgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, «Kelajak markazlari» va boshqa obyektlarning bo‘sh xonalarida yangi tayyorlov guruhlari tashkil etiladi. Ularni sentyabr–oktyabr oylarida ishga tushirish belgilangan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi

Published

on


Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.

Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.

Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.