Iqtisodiyot
Keshbek eng ko‘p to‘langan hududlar ma’lum bo‘ldi (infografika)
O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar oyida iste’molchilarga 118,5 millionta chek uchun 92,6 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘landi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
To‘langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
Toshkent shahri — 37,1 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati — 9,2 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati — 8,5 mlrd so‘m;
Farg‘ona viloyati — 5,9 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 4,5 mlrd so‘m.
Infografika: Soliq qo‘mitasi
Iqtisodiyot
Bozor topa olmagani uchun 6 ta korxona to‘xtab qolgan – Prezident
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, bu yil 50 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish bo‘yicha reja qilingan.
Prezidentimiz yangi loyihalar, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga, xomashyo va energiya resurslaridan samarali foydalanishga, yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratib, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilishi kerakligini yana bir bor qayd etdi.
Lekin ayrim rahbarlar investitsiya hisobidan eksportni ko‘paytirishni o‘ylashning o‘rniga ichki bozor to‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni taklif qilayotgani qayd etildi.
Masalan, Uchqo‘rg‘on tumanida 40 million dollarlik 2 ta ip-kalava ishlab chiqarish zavodini qurish taklif etilgan. Vaholanki, Namangandagi 110 ming tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan 24 ta korxona bor. Bu viloyatda olinadigan paxta tolasidan 1,5 barobar ko‘p.
Yoki Ohangaron tumanida 35 ming tonna bazalt plitalari ishlab chiqarish reja qilinmoqda. Biroq respublikada 12 ta bunday korxona bor. Bozor topa olmagani uchun 6 tasi to‘xtab qolgan, 1 ta korxona sotuvga qo‘yilgan.
Sirdaryoda 10 dollar investitsiya atigi 1 dollarlik qo‘shilgan qiymat bermoqda. Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryodagi loyihalarda ham shu holat kuzatilgan.
Mutasaddilar, tarmoq rahbarlari va hokimlarga 2026-yilgi investitsiya dasturiga kiritish taklif etilayotgan loyihalarning bozori, eksporti, yaratadigan qo‘shilgan qiymati va ish o‘rnini to‘liq tahlil qilish topshirildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston importida Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekiston importi 47,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Import hajmi 2024 yilga nisbatan 18,5 foizga oshgan bo‘lib, eng katta ulush Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qayd etilishicha, 2025 yil davomida O‘zbekiston 180 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.
Import hajmi bo‘yicha yetakchi davlatlar:
Xitoy — 14,8 mlrd dollar;
Rossiya — 8,6 mlrd dollar;
Qozog‘iston — 3,4 mlrd dollar.
Shuningdek, Turkiya (1,9 mlrd), Koreya Respublikasi (1,7 mlrd), Germaniya (1,3 mlrd), Hindiston (1,2 mlrd), Turkmaniston (1,1 mlrd), Belarus (778,5 mln) va AQSh (712,3 mln) ham O‘zbekistonning yirik import hamkorlari qatoriga kiradi.
Mutaxassislar fikricha, import hajmining o‘sishi ichki bozor talabining ortishi, sanoat kooperatsiyasining kengayishi hamda tashqi iqtisodiy aloqalarning faollashuvi bilan izohlanadi.
Iqtisodiyot
Prezidentga “Premier” korxonasining rejalari ma’lum qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron tumaniga tashrifi davomida “Premier” maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Natijada tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish kengaydi.
Xususan, Ohangarondagi mazkur loyiha ham Birlashgan Arab Amirliklarining “Fajr Al Mustaqbal General Trading” korxonasi bilan hamkorlikda 10 gektar maydonda amalga oshirilayotgan bo‘lib, umumiy qiymati 30 million dollarni tashkil qiladi.
Loyiha doirasida 250 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, 4 million dollar eksport amalga oshiriladi. Ayni vaqtda qurilish ishlari 95 foizga bajarilib, 11,3 million dollar investitsiya o‘zlashtirilgan.
Mazkur korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinadi.
Ayni paytda bu kabi korxona O‘zbekistonda ikkita, Markaziy Osiyoda esa to‘rtta bo‘lib, ularning orasida mazkur loyiha mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.
Kelgusida majmua to‘liq ishga tushishining hisobiga 87 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarilishi kutilyapti.
Davlatimiz rahbari korxonaning ish jarayoni, mahsulotlari sifatini ko‘zdan kechirdi. Mutaxassislar va ishchilar bilan suhbatlashdi.
Shu yerning o‘zida korxonaning 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi taqdimot qilindi. Mamlakatimizdagi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ko‘rgazmasi bilan tanishildi.
Iqtisodiyot
Prezident raisligidagi yig‘ilish boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
O‘tgan yili mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,7 foizga o‘sib, 147 milliard dollardan oshdi.
Iqtisodiyotga ilg‘or, energiya tejamkor texnologiya olib kirilayotgani, yuqori qo‘shilgan qiymat beradigan loyihalar ko‘paytirilayotgani natijasida bir yil ichida bir dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratishga sarflangan energiya xarajatlari 15 foizga kamaydi, iqtisodiy o‘sishning yarmidan ko‘pi xizmatlar hisobidan ta’minlandi. Qishloq xo‘jaligida gektaridan o‘rtacha daromad 4,5 mingdan 5 ming dollarga ko‘paydi. Mehnat unumdorligi 4,7 foizga oshdi.
“Bularning barchasi iqtisodiyotimiz yangi sifat bosqichiga o‘tayotganidan dalolat.
Biz 2026 yilda 6,6 foizli iqtisodiy o‘sish qilib, yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard dollarga yetkazishni prognoz qilgan edik. Bu geosiyosiy vaziyat va iqtisodiy tebranishlar hisobga olib qilingan ehtiyotkor prognoz”, – dedi Prezidentimiz.
Iqtisodiyot
kimlar daromad solig‘ini kam to‘laydi?
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ayrim toifadagi fuqarolar uchun daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar belgilangan. Jumladan, 2 va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar ish haqidan undiriladigan daromad solig‘ini kamroq to‘laydi.
Bunday yolg‘iz onalarning har oylik daromadining mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorigacha bo‘lgan qismi daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Hozirgi hisob-kitobga ko‘ra, bu 1 792 110 so‘m miqdorni tashkil etadi. Ya’ni, ushbu summa doirasidagi daromaddan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i undirilmaydi.
Mazkur soliq yengilligi avtomatik ravishda emas, balki hujjat asosida qo‘llanadi.
Buning uchun:
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma taqdim etiladi;
ma’lumotnoma ish beruvchiga topshiriladi;
shundan so‘ng buxgalteriya tomonidan soliq hisob-kitobida imtiyoz qo‘llanadi.
Ushbu yengillik ko‘p farzandli yolg‘iz onalarning moliyaviy yukini kamaytirish, oilaviy budjetini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Soliqdan qisman ozodlik oylik daromadning ko‘proq qismi oila ehtiyojlari uchun qolishiga xizmat qiladi.
Qonunchilikda belgilangan bunday imkoniyatlardan xabardor bo‘lish va o‘z vaqtida foydalanish fuqarolar uchun muhim ahamiyatga ega.
-
Dunyodan4 days agoDubayda rossiyalik generalga suiqasd uyushtirgan shaxs hibsga olindi
-
Iqtisodiyot3 days agoMahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
-
Dunyodan4 days agoExit-poll natijalariga ko’ra, kim g’alaba qozonganini bilamiz.
-
Iqtisodiyot4 days ago10-fevraldan dollar yana oshadi
-
Jamiyat2 days ago20 ta mikroavtobus yo‘nalishga chiqarildi
-
Iqtisodiyot4 days agoUsta dehqonlarga 75 mln so‘mgacha subsidiya beriladi
-
Jamiyat1 day agoQamchiq dovonida qiyin ahvolga tushib qolganlarga yordam ko‘rsatildi
-
Iqtisodiyot4 days agoDavlat xaridlarida elektron-skoring tizimi joriy etiladi
