Jamiyat
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Katta Chimyon tog‘iga sayrga chiqqan fuqarolardan biri oyog‘idan jarohat olib, mustaqil harakatlana olmay qoldi. Hodisa joyiga yetib borgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari unga amaliy yordam ko‘rsatib, xavfsiz hududga olib chiqdi.
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqidagi xabar kuni kecha soat 16:35 da 112 yagona dispetcherlik xizmati orqali Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga kelib tushgan.
Ma’lum qilinishicha, Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘iga sayr qilish uchun chiqqan uch nafar fuqarodan birining oyog‘i lat yegani oqibatida u mustaqil harakatlana olmay qolgan va qutqaruvchilar yordamiga muhtoj bo‘lgan.
Xabar olinishi bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.
Qutqaruvchilar jarohatlangan fuqaroga zarur amaliy yordam ko‘rsatib, uni xavfsiz hududga evakuatsiya qilgan.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda fuqaroning ahvoli yaxshi.
Jamiyat
1 kilogramm palov qanchaga tushadi?
Jamiyat | 10:36
2016
2 daqiqa o‘qiladi
Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar qiymatini hisoblab chiqdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng yuqori qiymat Toshkent shahrida, eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan.
Foto: arbuz.com
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 1 kilogramm palov tayyorlash uchun mahsulotlar qiymati hududlar kesimida quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 105 215 so‘m;
Andijon viloyati — 114 625 so‘m;
Buxoro viloyati — 116 578 so‘m;
Jizzax viloyati — 116 675 so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 118 582 so‘m;
Navoiy viloyati — 117 750 so‘m;
Namangan viloyati — 116 536 so‘m;
Samarqand viloyati — 120 721 so‘m;
Surxondaryo viloyati — 118 624 so‘m;
Sirdaryo viloyati — 112 222 so‘m;
Toshkent viloyati — 120 548 so‘m;
Farg‘ona viloyati — 123 759 so‘m;
Xorazm viloyati — 116 010 so‘m;
Toshkent shahri — 126 807 so‘m.
Hisob-kitoblar quyidagi mahsulotlar asosida amalga oshirilgan:
kungaboqar yog‘i — 0,3 litr;
piyoz — 300 gramm;
mol go‘shti — 700 gramm;
sabzi — 1 kilogramm;
lazer guruchi — 1 kilogramm;
no‘xat — 100 gramm;
zira — 10 gramm;
osh tuzi — 20 gramm.
Milliy statistika qo‘mitasi ta’kidlashicha, mazkur qiymatlar palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar narxi asosida hisoblangan. Ular hududlarda tayyor holda sotilayotgan 1 kilogramm palovning bozor narxini ifoda etmaydi.
Jamiyat
Bugun O‘zbekistonning aksariyat qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35°.
Toshkentda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-32° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.
Jamiyat
Qaysi holatlarda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi?
Jamiyat | 12:14
1863
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar va old o‘rindiqdagi yo‘lovchilar harakatni boshlashdan avval xavfsizlik kamarini taqishi shart. Shu bilan birga, ayrim toifadagi shaxslar uchun mazkur talabdan istisnolar belgilangan.
Foto: Getty Images
Qonunchilikka muvofiq, xavfsizlik kamarini taqmaslikka quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:
avtomobilning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga;
o‘quv-mashq transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktoriga;
homilador ayollarga hamda sog‘lig‘i tufayli xavfsizlik kamarini taqishi mumkin bo‘lmagan bemorlarga;
xizmat vazifasini bajarayotgan, ko‘k yoki qizil (yoki ikkalasi birgalikdagi) yaltiroq mayoqcha bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemasi va yozuvlarga ega transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilariga.
Qolgan barcha holatlarda haydovchi va old o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun xavfsizlik kamarini taqish majburiy hisoblanadi. Bu talab yo‘l-transport hodisalari oqibatida jarohatlanish va halok bo‘lish xavfini kamaytirishga qaratilgan.
Jamiyat
Shayxontohurda ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa tezkorlik bilan bartaraf etildi, oqibatda jabrlanganlar qayd etilmadi.
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 5 iyul kuni soat 21:15 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beshqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan ikki qavatli do‘konning ikkinchi qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 21:24 da yetib borgan va yong‘in soat 21:34 da to‘liq o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida do‘konning ikkinchi qavati ichki qismidagi 30 kvadrat metr maydon yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
Jamiyat
Andijonda soxta «keshbek» sxemasi fosh etildi
Andijon viloyatida 38,3 milliard so‘m budjet mablag‘larini «keshbek» to‘lovlari orqali noqonuniy o‘zlashtirish sxemasi fosh etildi. Tergovga qadar tekshiruvda bir guruh shaxslar soxta elektron hisob-fakturalar va xarid cheklaridan foydalanib, davlat mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Yo.Q. va boshqalar o‘zaro til biriktirib harakat qilgani ma’lum bo‘ldi.
Tekshiruvga ko‘ra, ular 5 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) nomiga boshqa MChJ tomonidan go‘yoki 2,2 trillion so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirgan.
Shundan so‘ng, mahsulotlar savdosidan tushgan mablag‘lar nazorat-kassa mashinalari orqali kirim qilingani va tovarlar fuqarolarga sotilgani haqida soxta xarid cheklari shakllantirilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu cheklar asosida 94 921 nafar fuqaro hamda Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar nomiga Soliq Mobile mobil ilovasi orqali «keshbek» to‘lovlari rasmiylashtirilgan.
Oqibatda 38,3 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
-
Dunyodan4 days ago
NATO davlatlari Rossiyadan xavotirda…
-
Siyosat3 days agoO‘zbekiston va Gruziya strategik sheriklik deklaratsiyasini imzoladi
-
Jamiyat4 days agoToshkentda Malibu qahvaxonaga borib urildi
-
Dunyodan5 days ago
Tojikistonning Togri-Badaxshon muxtor viloyati raisining jasadi topildi.
-
Jamiyat3 days agoO‘zbekistonda ayollar umr ko‘rish bo‘yicha erkaklardan oldinda
-
Siyosat3 days agoShavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy milliy mukofoti bilan taqdirlandi
-
Iqtisodiyot3 days ago
Dollar kursida keskin pasayish yuz berdi
-
Iqtisodiyot3 days ago
Iyunda eskrou orqali 34 mingdan ortiq bitim rasmiylashtirildi
