Connect with us

Iqtisodiyot

“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi”

Published

on


O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri general-polkovnik Rustam Ahmedov 1990-yillarda valuta konvertatsiyasi yopilganini esga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Islom Karimov bankirlarni “qo‘rqitib qo‘yish uchun” bank-moliya sohasi va kuch tuzilmalari rahbarlarini tor doirada yig‘gan. Chunki xalqqa deb ajratilgan xorij valutasini “o‘zinikilarga”ga tarqatish boshlangan.

Alter Ego loyihasi e’lon qilgan video-intervyudan skrinshot

O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, 1991–1997 yillarda Mudofaa vazirligini boshqargan general-polkovnik Rustam Ahmedov Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida 1990-yillarda valuta konvertatsiyasining yopilishi haqidagi savolga javob berdi.

Ahmedovning so‘zlariga ko‘ra, birinchi prezident Islom Karimov bozor iqtisodiyotidan chetga chiqib ketgan.

“Karimovda tartibga solinadigan iqtisodiyot bo‘lishi kerak degan strategiya bor edi. Lekin iqtisodiyotni kuchli bilan nazorat qilib bo‘lmaydi. Bozor munosabatlarimi – demak, hamma narsa qo‘yib yuborilishi kerak. Lekin u qo‘yib yubormadi. Shuning uchun ham konvertatsiyani ushlab turdik”, – dedi u.

Iste’fodagi general konvertatsiyaning yopiqligida korrupsiya omili ham bo‘lganini aytdi.

“Korrupsiya elementi ham bor. Esimda, tor doirada yig‘ilish bo‘lgandi, Karimov bizni, kuch tuzilmalarini bankirlarni qo‘rqitib qo‘yish uchun chaqirgan edi. Prokuratura, MXX [va boshqa kuch tuzilmalari]dan tashqari, moliya vaziri, Markaziy bank, Milliy bank rahbarlari ham bor edi.


Yakunda shunday bo‘ldi: har kuni banklarning ayirboshlash shoxobchalariga odamlarga sotish uchun valuta berilardi. Pasportingizni berib, valuta ayirboshlaysiz. Lekin ular nima qilishdi? Pulni o‘zlarining odamlariga tarqatishdi. Xalqqa emas, o‘zinikilarga.


Prezident esa, yodimda, Azimovga (1991-1998 yillarda Milliy bank raisi, 1998 yildan moliya vaziri – tahr.), Markaziy bankka jiddiy tanbeh bera boshladi. “Nimalar qilyapsizlar? Meni nima qilayotganlaringni ko‘rmaydigan ko‘r deb o‘ylayapsizlarmi? Kimlarga konvertatsiya qilib beryapsizlar? O‘zlaringnikiga, xalqqa emas”, derdi.


Shuning uchun ham, xalq norozi edi. Bizda mana shunday paytlar bo‘lgan. Valuta yetishmasligi shu kabi har xil rezonanslarga olib kelgan”, – dedi Rustam Ahmedov.

Ma’lumot uchun, 82 yoshli Rustam Ahmedov 1991 yil 6 sentabrdan 1997 yil 29 sentabrgacha O‘zbekiston mudofaa vaziri, 1997–2000 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lib ishlagan.

Avvalroq, 1990-1999 yillarda O‘zbekiston prezidenti devonida ishlagan yozuvchi Murod Muhammad Do‘st konvertatsiyaning yopilishi birinchi prezident davrida qilingan “eng katta xato” bo‘lganini aytgandi. “Shuning atrofida yuzta oila boy bo‘lib oldi, milliarderlar paydo bo‘ldi”, degandi u.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Dollar va yevro qiymatlari oshdi

Published

on


Markaziy bank 2025-yil 10-dekabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 13,09 so‘mga oshib, 12 003,18 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 12,86 so‘mga oshdi va 13 987,31 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 020,64 so‘m (+18,67).

Rossiya rubli 156,68 so‘m etib belgilandi (-1,27).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi

Published

on


Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.

Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.

Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi

Published

on


O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:

Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m

Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m

Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m

Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m

Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m

Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m

Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m

Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m

Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m

Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda

Published

on


Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi. 

Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.

Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi

Published

on


O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.