Sport

Kannavaro O‘zbekistonda yiliga 4 million yevro ishlab topadi – OAV

Published

on


52 yoshli mutaxassisning maoshi murabbiylar shtabi xarajatlari bilan qo‘shib hisoblaganda 4 million yevro atrofida bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida yiliga 3,5-4 million yevro ishlab topadi. Bu haqda bitimga yaqin bo‘lgan italiyalik manbaga tayanib «Sport-Ekspress» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 52 yoshli mutaxassisning maoshi murabbiylar shtabi xarajatlari bilan qo‘shib hisoblaganda 4 million yevro atrofida bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, Kannavaro Italiya yoki Yevropaning boshqa davlatidan taklif kutgan, shu bois O‘zbekistonda ishlashga darhol rozi bo‘lmagan. 2006 yilgi jahon chempioniga Qozog‘iston milliy jamoasi ham qiziqish bildirgan.

Xabarga ko‘ra, yakunda Kannavaro O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) shartlarini qabul qilib, bir yillik shartnoma imzolagan. Milliy jamoa jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etsa, Fabio Yevropaga qaytishni yoki O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirishni kutmoqda.

Italiyada Kannavaro shtabiga 2024 yil noyabr oyida S Seriya vakili «Pro Verchelli» klubidan iste’foga chiqqan 44 yoshli akasi Paolo ham qo‘shilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq, O‘FA Fabio Kannavaro bilan muzokara olib borilayotganini ma’lum qilib, boshqa tafsilotlarni keltirmagan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version