Iqtisodiyot
Kambag‘allikni qisqartirishga oid forumda qiymati 495 mln dollarlik kelishuv va memorandumlar imzolandi – IMV
Forum doirasida imzolangan kelishuvlar qatorida A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 581-673 km qismini rekonstruksiya qilish, “Bir qishloq — bir mahsulot” loyihasini boshlash, maktablarda suv, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash va O‘zbekistonda “ESKO” bozorini rivojlantirish kabilar bor.
2025 yilning 17-18 sentabr kunlari Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish III xalqaro forumi o‘z ishini yakunladi.
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, forum doirasida qiymati 495 mln dollarlik 10 dan ortiq kelishuv va memorandumlar imzolandi.
Forum doirasida 12 ta panel sessiyalar tashkil etildi. Ularda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish borasida yig‘ilgan tajribalar yuzasidan fikr almashildi hamda aholi farovonligini yanada oshirish, inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan istiqboldagi rejalar va yangi tashabbuslarga e’tibor qaratildi.
“O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kambag‘allik taqdir emas, uni dadil rahbarlik, intizomli ijro va innovatsion hamkorlik bilan yengish mumkin. Islom taraqqiyot banki nomidan O‘zbekiston va barcha a’zo davlatlarimiz bilan birga bu yo‘ldan borishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlayman”, – deya ta’kidladi Islom taraqqiyot banki guruhi raisi Muhammad Al-Jasser
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Qanday kelishuvlarga erishildi?
Forum doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda xalqaro hamkorlar tomonidan quyidagi muhim bitimlar tasdiqlandi:
“A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 581-673 km (92 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi bo‘yicha bitim;
O‘zbekistonda “Bir qishloq — bir mahsulot” loyihasining dastlabki bosqichini boshlash yuzasidan bayonnoma;
Surxondaryo viloyatida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish loyihasi bo‘yicha grant bayonnomasi;
“Uzbekistan Vision – 2030” Ishonch jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida “Maktablarda suv, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash hamda iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish” loyihasi;
O‘zbekiston maktablari va shifoxonalarining energiya samaradorligini oshirish loyihasi yuzasidan hamkorlik bayonnomasi;
Korxonalarning energiya samaradorligini moliyalashtirish loyihasi yuzasidan hamkorlik bayonnomasi;
Demografik barqarorlik, gender tengligi, xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan anglashuv memorandumi;
Mahalliy rivojlanishni mustahkamlash va bandlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan anglashuv memorandumi;
Mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yuzasidan hamkorlik bitimi;
O‘zbekistonda “ESKO” bozorini rivojlantirish loyihasi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan anglashuv memorandumi.
Forumda nimalar muhokama qilindi?
Forumda bozor talablariga mos ko‘nikmalarning kambag‘allikni qisqartirishdagi o‘rni sessiyasi tashkil etildi. Unda “xarajat-daromadlar” tahlilidan kelib chiqib, zamonaviy kasblarning an’anaviy kasblarga nisbatan 2-3 barobarga ko‘proq daromad keltirishi hamda nisbatan kam investitsiya talab etilishini inobatga olib, kambag‘al oila a’zolarini mazkur kasblarga o‘qitish kambag‘allikni qisqartirish sur’atini tezlashtirishi mumkinligi aytib o‘tildi.
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi
«Kambag‘allikni qisqartirishda islom moliyasining yangi imkoniyatlari» sessiyasida zakot, vaqf va foizsiz moliyalashtirish kabi islom moliyasi vositalari orqali mamlakatda moliyaviy inklyuzivlikni oshirish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istagan kambag‘al oilalarning o‘z bizneslarini boshlashi uchun qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlar yaratishi haqida fikr almashildi.
O‘tish davrida ijtimoiy himoya tizimi – inklyuzivlikni oshirish bo‘yicha global tajribalar sessiyasida esa “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida 110 turdagi yordam va xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani, 2021–2025-yillarda qariyb 48 trillion so‘m miqdorida yordam ko‘rsatilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Inson kapitaliga sarmoya – demografik dividend imkoniyatlaridan kambag‘allikka qarshi kurashda foydalanish sessiyasida O‘zbekistonda demografik o‘rtacha yillik o‘sish 2 foizni tashkil etgani hamda mamlakat aholisining 54,3 foizi yoshlardan iboratligi aytildi.
Bundan tashqari, forumda mamlakatning 140 ta tuman va shaharlarining iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, 227 ta urbanizatsiya, turizm, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish hamda hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p sotib oluvchi mamlakatlar ma’lum bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 19,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar (top-10):
Rossiya — 2,8 mlrd AQSh dollari;
Xitoy — 1,7 mlrd;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd;
Qozog‘iston — 868 mln;
Fransiya — 854,9 mln;
Gonkong (Xitoy maxsus ma’muriy hududi) — 716 mln;
Turkiya — 596,2 mln;
Qirg‘iziston — 575,8 mln;
Tojikiston — 437,5 mln;
BAA — 420,8 mln.
Iqtisodiyot
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Source link
Iqtisodiyot
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).
Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin
O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.
O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
-
Jamiyat4 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Sport4 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Jamiyat4 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Jamiyat3 days ago
Hokim yordamchilarining 9 ta asosiy vazifasi belgilab berildi
-
Siyosat4 days ago
Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga yetib bordi
-
Iqtisodiyot4 days agoDollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
-
Sport4 days ago
«Paxtakor» futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov Fransiya jamoasiga o‘tadi
