Connect with us

Jamiyat

JShShIRni qanday aniqlash mumkin?

Published

on


Bu raqamlar to‘plami bank, poliklinikada, ishga yoki o‘qishga kirishda, aviachipta sotib olish yoki soliq to‘lashda kerak bo‘lishi mumkin. Xullas, shaxsingizni tasdiqlash talab etiladigan har qanday joyda. Quyida uni qanday aniqlash mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

ID-kartadagi JShShIR

Bu raqam ID-kartaning orqa tarafida nomer naxoditsya na oborotnoy storone v dvux mestax:


Shaxsiy raqami/Personal number degan yozuv ostida
O‘ngdagi birinchi satrdagi 14ta raqam

JShShIR — Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami. U pasport ma’lumotlaringizni olish va kimligingizni tasdiqlash uchun kerak. U tug‘ilgan paytdan beriladi va butun umr davomida o‘zgartirilmaydi.


ID-kartaning orqa tarafidagi JShShIR

Pasportdagi JShShIR

Pasportda bu raqamni asosiy ma’lumotlar joylashgan ikkinchi sahifada topasiz. U o‘ng pastki burchakda joylashgan 14 ta raqam bo‘lib, satrdagi oxirgi ikki raqam JShShIRga kirmaydi.


Pasportdagi JShShIR

JShShIRni onlayn aniqlash

my.soliq saytida «JShShIRingizni aniqlang» xizmati tanlanib, pasport/ID-karta seriya va raqami hamda tug‘ilgan sana kiritiladi. Akkauntga kirish shart emas.


my.soliq saytida «JShShIRingizni aniqlang» xizmati

JShShIRni onlayn tarzda yana qanday aniqlash mumkin

JShShIRni davlat xizmatlari saytlarida shaxsiy kabinetda, ayrim bank va to‘lov ilovalarida aniqlash mumkin. Birinchi marta kirilganida pasport yoki ID-karta ma’lumotlari, JShShIR ko‘rsatiladi yoki raqamli imzodan foydalanish mumkin.

Ilovalarda bu ma’lumotlarni saqlab qo‘yish va PIN-kod yoki barmoq izi orqali ochish mumkin.

Bu servislarda JShShIRni foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘limidan topasiz.


OneID — onlayn davlat xizmatlarida shaxsingizni tasdiqlash xizmati.


OneID dagi JShShIR


MyID — onlayn davlat xizmatlarida shaxsingizni tasdiqlash uchun ilova.


MyID ilovasidagi JShShIR


To‘lov ilovalari. Ayrim bank va to‘lov ilovalarida ham JShShIRni ko‘rish mumkin.


OFB banki ilovasidagi JShShIR


Click ilovasidagi JShShIR


my.gov interaktiv davlat xizmatlari portali.


my.gov portalidagi JShShIR


my.soliq.uz – soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali


my.soliq portalidagi JShShIR

JShShIR to‘g‘risidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin

Ma’lumotnomani my.gov portalida «Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami haqida ma’lumotnoma olish» bo‘limida olish mumkin.


my.gov portalida «Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami haqida ma’lumotnoma olish» xizmati

Bolaning JShShIRini qanday bilish mumkin

Bolaning va boshqa oila a’zolarining JShShIRini my.gov portalidagi Mening oilam bo‘limida bilish mumkin.


my.gov portalining Mening oilam bo‘limidagi bolaning JShShIR

Farzand tug‘ilish guvohnomasi 2022 yildan keyin berilgan bo‘lsa, JShShIRni ushbu hujjatda ham ko‘rish mumkin.

Agar JShShIRni yuqoridagi usullar orqali aniqlay olmasangiz, pasport stoli yoki davlat xizmatlari markaziga murojaat qiling.

Xulosa


JShShIR ID-karta va pasportda albatta ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bu raqam sizning shaxsingizni tasdiqlaydi.
Agar yoningizda pasport yoki ID-karta bo‘lmasa, JShShIRni onlayn aniqlash mumkin.
Oila a’zolaringiz JShShIRini my.gov portalining Oila bo‘limida bilishingiz mumkin.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

​Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.

​Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

​Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari

Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori

Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori

Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri 

Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari 

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Published

on


Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.

Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.

Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Published

on


Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.

Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.

Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?

Published

on


Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.

Ma’lum qilinishicha, muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator hisoblanadi. Ular iste’molchiga tovar yoki xizmatni muddatli to‘lov asosida olish imkoniyatini vositachi sifatida taqdim etadi.

Qarorning 3-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli vositachi operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish imkoniyati nazarda tutilmagan.

Biroq bu qoida uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotishni umumiy tarzda taqiqlamaydi.

Qarorning 3-bandi «a» kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.

Shunga ko‘ra, quruvchi o‘zining qurgan uy-joyini xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi mumkin. Ya’ni yangi tartib quruvchi va xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni taqiqlamayapti.

Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «endi uyni rassrochkaga olib bo‘lmaydi» degan talqin to‘liq to‘g‘ri emas. Cheklov aynan muddatli to‘lov operatorlari orqali ko‘chmas mulkni moliyalashtirishga taalluqli.

Yangi tartibga ko‘ra, muddatli to‘lov operatorlari maxsus reyestrga kiritiladi va ularning faoliyati Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, operatorlar bilan tuziladigan shartnomalar, ustama va komissiyalarga nisbatan aniq talablar belgilanadi.

Shunday qilib, 2027-yildan operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish cheklanadi, ammo quruvchining xaridorga uyni bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi saqlanib qoladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.