Connect with us

Jamiyat

Jizzaxda kuchli yomg‘irdan keyin sel kuzatildi

Published

on


Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel suvlari kuzatildi. Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida talafotlar qayd etilmagan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 aprel kuni soat 21:15 atrofida G‘allaorol tumani “Quytosh” ShFY hududida joylashgan tog‘ va adirliklarda kuchli yomg‘ir yog‘gan. Shuning oqibatida sel suvlari yuzaga kelib, tabiiy yo‘nalish bo‘ylab xavfsiz oqib o‘tgan.

Mutasaddilarga ko‘ra, sel suvlari aholi yashash hududlariga zarar yetkazmagan. Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Mutaxassislar bahor oylarida, ayniqsa tog‘li va adirlik hududlarda kuchli yomg‘irlar natijasida sel hodisalari tez-tez kuzatilishini ta’kidlaydi. Shu bois aholiga ehtiyotkor bo‘lish, ob-havo ogohlantirishlariga amal qilish tavsiya etiladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

«Bu byurokratiya-ku!» – parlamentda qabul qilingan qonun e’tiroz tug‘dirdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «Davlat boji to‘g‘risida» gi qonunning 8-moddasiga o‘zgartirish kiritishga doir qonun loyihasi qabul qilindi.

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov bu haqda ma’lum qilar ekan, yangi tartib-qoida xorijda «El-yurt umidi» fondi ko‘magida doktorlik dissertatsiyasini (PhD) yozayotgan tadqiqotchilarga byurokratik to‘siq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

«(Yangi qonun bilan)«El-yurt umidi» fondi belgilangan muddatda ilmiy ishini himoya qilolmagan doktorantini sudga berish va qilingan xarajatlarni foizlari bilan qaytarib olish uchun imtiyozli murojaat huquqiga ega bo‘lmoqda! Fond suddagi g‘alabasi bilan o‘zi tanlab olgan doktorantni ilmiy intilishi yarmida sindirilgan, davlatdan o‘n minglab dollar qarzdor, norozi, birinchi imkoniyatdayoq xorijga chiqib ketish yo‘lini izlaydigan «umidsiz» ga aylantirib beradi», – deb yozdi «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari.

O‘zi ham pedagogika fanlari yo‘nalishida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan Alisher Qodirovning fikricha, xalqaro tajriba davlatlar ilmiy tadqiqot masalasida olimlarni rag‘batlantirishdan manfaat ko‘rishini tasdiqlaydi.

«To‘g‘ri, muddat albatta bo‘ladi, lekin olim yangilik yaratish yo‘lida qo‘shimcha imkoniyat kerak ekanligini asoslab bersa, nega uni jazolash kerak? Menimcha, Fond davlat pulini qaytarish bilan, ilmiy tadqiqotga investitsiya qilish maqsadlarini adashtirib yubormoqda. Bu adashish «Umid»da bo‘lganidek xalqimiz kutayotgan umidlarini xorijdan izlab yurishimizga olib kelmasa bo‘ldi. Qolaversa, bu oddiy talaba emas, olimni yo‘qotish bo‘ladi va zarari pul bilan o‘lchanmaydi», – deydi siyosatchi.

Qonunchilik palatasi majlisidagi muhokamada «El-yurt umidi» jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismoilova «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari tanqid qilgan yangi tartibni oqlagan.

Xorijda turli yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot olib borayotgan yurtdoshlarimiz ham «El-yurt umidi» fondining belgilangan muddatda ilmiy ishini himoya qilolmagan doktorantni sudga berish va xarajatlarni qaytarib olish amaliyotiga e’tiroz bildirmoqda.

«Qonunchilikda tartib va hisobdorlik kerak. Lekin PhD’ni oddiy o‘quv dasturi kabi tushunish – juda katta xato. Doktorantura bu tayyor bilimni o‘zlashtirish emas, yangi bilim yaratish jarayoni. Yangi bilim esa kalendarga qarab paydo bo‘lmaydi. Uch yil ko‘p holatda yetarli emas. Britaniya va Avstraliya kabi tizimlarda ham PhD amalda ko‘pincha 4-5 yilga cho‘ziladi, AQShda esa bu jarayon odatda yanada uzoq – 5-6 yil, ba’zan undan ham ko‘proq davom etadi. Shuning uchun «belgilangan muddatda tugatmadi = samarasiz» degan mantiq ilm tabiatiga to‘g‘ri kelmaydi», – deb yozdi Avstraliya milliy universitetida siyosiy fanlar yo‘nalishida PhD dissertatsiyasi ustida ishlayotgan tadqiqotchi Otabek Akromov.

Unga ko‘ra, bunday yondashuv tadqiqot sifatini pasaytiradi. Olim yaxshi ish qilishni emas, tezroq ishni «yopish» ni o‘ylaydi. Natijada chuqur, puxta va original izlanish o‘rniga, shoshilinch, xavfsiz, minimal talabni qondiradigan ishlar ko‘payadi.

«Ilmga bosimni moliyaviy jazo orqali berish – sifat emas, qo‘rquvni keltirib chiqaradi. Qo‘rquv natijasida esa yaxshi dissertatsiya yozilmaydi; u faqat odamni muddat quvishga majbur qiladi. Bu yerda davlat pulini himoya qilish bilan ilmga sarmoya kiritish o‘rtasidagi farq yo‘qolib qolyapti. Ilmiy tadqiqotga ajratilgan mablag‘ har doim ham kafolatli va tez qaytadigan investitsiya emas. Uning tabiati boshqacha: ba’zi tadqiqotlar sekin «pishadi», ba’zilari esa yo‘nalishini o‘zgartiradi. Lekin aynan shu jarayonning o‘zi ilmning normal mantig‘i. Agar davlat olimga «yo o‘z vaqtida tugatasan, yoki foizi bilan qarzdor bo‘lasan» desa, u holda davlat olim yetishtirmayapti, balki ma’muriy qo‘rquv ostida diplom ishlab chiqarish tizimini quradi», – deb ta’kidladi O.Akromov.

«PhD’ni 3 yilda tamomlash asli juda qiyin masala. Faqatgina bir necha davlatlarda bunga ruxsat beradi. Amerikada PhD o‘rtacha 4-6 yil. Ko‘plari o‘rtacha 6-7 yil deganda tamomlaydi. Oksfordda esa 3-5 yil beradi. Aksariyat odam 4-5 yil orasida tugatadi», – deya muddat emas, sifat birlamchi ekanini urg‘uladi Oksford universitetida sun’iy intellekt yo‘nalishida PhD dissertatsiya ustida izlanish olib borayotgan yurtdoshimiz Iqboljon Sobirov.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi

Published

on


Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida fermer xo‘jaligi rahbari 3,7 gektar yer maydonini go‘yoki 7 gektar deb ko‘rsatib, uni xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga katta miqdorda pul talab qilgan vaqtda qo‘lga olindi.

Qo‘shtepa tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalik rahbari xaridorni mazkur xo‘jalikning 3,7 gektar yer maydonini 7 gektar deb ishontirgan. U yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 20 ming AQSh dollari va 100 mln so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u kelishilgan pul mablag‘ining 15 ming dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

YPX xodimiga qo‘l ko‘targan shaxsning akasi IIBdan bo‘shatildi

Published

on


YPX xodimiga qo‘l ko‘targan shaxsning akasi IIV tizimidan bo‘shatildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB xabarida ma’lum qilindi. 

IIV tizimida qonuniylik va xizmat intizomini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish vazir o‘rinbosari polkovnik Diyorbek Sattarov rahbarligida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilib, unda sohada to‘planib qolgan kamchilik va muammolar tanqidiy-huquqiy jihatdan tahlil etilgan.

Joriy yil 2-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hamda jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan holat — Sirdaryo viloyati IIB rahbar xodimi va uning yaqin qarindoshi ishtirokidagi huquqbuzarlik keskin muhokama qilindi. Ushbu holat xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va mansab mavqeidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanish ehtimolini ko‘rsatuvchi salbiy holat sifatida huquqiy baholandi.

Vazir o‘rinbosari Diyorbek Sattarov tomonidan huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan podpolkovnik Sherzod Pardayevning vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan lavozimidan ozod etilgani misolida, xizmat intizomini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligi prinsipi amalda ta’minlanishi shartligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, mansab va lavozimdan qat’i nazar, xizmat intizomini buzgan har qanday xodimga nisbatan murosasiz choralar ko‘rilishi davom ettirilishi qayd etildi, deyiladi xabarda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Published

on


«O‘zgidromet» xabar berishicha, bugun kunduzi O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22° bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-19° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda «katta ekspert» 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Published

on


Poytaxtdagi nufuzli aksiyadorlik tijorat banklaridan birining katta eksperti MChJ rahbariga o‘ziga xos usulda «ko‘mak» bermoqchi bo‘ldi. U tanishlari orqali Samarqanddagi banklardan biridan 1 mlrd 250 mln so‘m kredit olib berishni va’da qilib, «xizmati» evaziga 10 ming AQSh dollari so‘ragan.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bank xodimi so‘ralgan pulni tamagirlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.