Connect with us

Jamiyat

Jennifer Lopes Chorsuda osh yedimi?

Published

on


Mashhur qo‘shiqchi konsertining ertasi kuni yo‘lim Chorsu bozori tomonga tushdi, tushlik qilib olish uchun kichik bir oshxonaga kirib, yarimta osh aytdim. Beixtiyor Jennifer Lopesga osh berishdimikan, degan savol xayolimdan o‘tdi.

Xo‘sh, mabodo taklif qilinsa, Jennifer Eski Jo‘va bozoriga kelishi mumkin edi, ammo u kelmaydi. Sababi — uning ish tartibi barcha yulduzlardek qat’iy rejalashtirilgan. Kelganida ham oshdan tatib ko‘rib, nari borsa meva-chevalarimiz zo‘rligini maqtab qo‘yardi ehtimol. Oshni ko‘nglimiz uchun bir martaga zo‘r taom ekan deya alqab qo‘yishi, 70 yoki 80 ga kirganida intervyularida so‘rab qolishsa, O‘zbekistonga borganman deb eslab qolishi mumkin.

Konsert tashkilotchilari qo‘shiqchini palovxonto‘ra bilan siylaganlari haqiqatga yaqinroq. Qo‘shiqchi va aktrisaning Toshkentga tashrifi shov-shuv bo‘ldi, gapirgan ham, gapirmagan ham gapirdi.  Lopesning  konserti haqidagi gaplar, ayniqsa, bozorda avjiga chiqqan bo‘lishi mumkin, deb o‘ylagandim. Men kirgan tamaddixonada o‘ttiz-qirq chog‘li odam tushlik qilib o‘tirar, ammo gap mavzusi amerikalik qo‘shiqchi emas edi. Xo‘randalar bu jaziramada qanday salqinlash haqida hamda kundalik hayot tashvishlaridan gurunglashishardi.

Oralarida xorijliklar ham bor ekan, xitoylik musulmon oila va Tojikistonning Panjikentidan kelgan ota-bola bilan bir-ikki og‘iz suhbatlashdik. Panjikentlik mehmonlar davolanishga kelishibdi, chegaradan tez o‘tishganiyu, avtomobillar ko‘pligi, Samarqand orqali Toshkentga kelishgani, bozor gavjumligi haqida gapirishdi. Azaliy bordi-keldilar qayta tiklanganidan ular mamnun edi.

Xitoylik mehmonlar bilan birga metroga tushdim. Yangi metro poyezdlari salqingina edi, tashqaridagi issiq birpasda unut bo‘ldi. Metroga tushgunimizcha ham ko‘p xorijliklar duch keldi. Turk qardoshlar, inglizu ruslar, qozoq bovurlarimiz bozorni aylanib yurishibdi. So‘nggi olti-yetti yilda yurtimizga keluvchi sayyohlar ko‘paygani sezilmoqda. Har kuni ko‘cha-ko‘yda, bozoru bog‘larda, tibbiyot maskanlarida ularni uchratish mumkin.

Turizm salohiyatimizni ishga solayotganimizga ko‘p bo‘lmadi hali, endigina katta istiqbolli yo‘l boshida turibmiz.

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan yili Turkiyaga 62 milliondan ziyod sayyoh kelgan, mamlakat bundan 65 milliard dollar daromad topgan, 2025 yilning birinchi yarmida esa Turkiyaga 26 million 388 ming 831 nafar ziyoratchi tashrif buyurgan, turizmdan tushgan daromad 25,8 millard dollarga yetgan. Mazkur mamlakat aynan biz mustaqillikka erishganimizda turizm salohiyatini oshirishni boshlagan. Turkiya Jumhurboshqoni Turg‘ut O‘zol 1992 yilda Antaliyada bir guruh tadbirkorlarni yig‘ib, «Alloh bizga mana shunday imkoniyatlarni bergan, bu sharoitdan foydalanib, daromad topishimiz yo pulimizni ko‘kka sovurishimiz mumkin», deya masala mohiyatni tushuntirgan.  Tadbirkorlar esa bir yoqadan bosh chiqarib, turizm orqali daromad topish uchun barcha infratuzilmani yaratishga kirishgan. Natija esa yuqoridagi faktlarda bor bo‘yi-basti bilan ko‘rinib turibdi.

Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib faoliyat yuritgan paytida Olgan Bekar nashrimizga bergan intervyusida «Turizm yo‘nalishida mamlakatingiz katta salohiyatga ega, Xiva, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kabi turizm maskanlaringiz bor, imkoniyatlardan samarali foydalanilsa, O‘zbekiston ham dunyoning eng jozibador turizm mamlakatiga aylanadi», degan edi. Yuqorida aytganimizdek, mamlakatimizga kelayotgan sayyohlar oqimi ko‘paysa ko‘paymoqdaki, aslo kamaygani yo‘q. Chegaralarimiz ochilgani, yaqin va uzoq mamlakatlar bilan tobora do‘stona hamkorligimiz shiddat bilan rivojlanayotgani, investitsiya kiritaman, degan xorijlik tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar haqiqatda yurtimiz sayyohlik jozibadorligini oshirmoqda.

Inson unutuvchan. Eslaysizmi, to‘qqiz yillar oldin plastigimizga tushgan pulni naqd qilolmay sarson bo‘lardik, qaysidir «hojatbaror»ga yalinardik, pensionerlar ovora bo‘lganini aytmay qo‘yaveraylik. Bankda ham, bankomatda ham naqd pul olish mushkul edi. Xorijiy valyuta olish esa o‘n chandon qiyin edi. Farzandlarimiz 9-sinfni bitirgach o‘zi xohlamagan kollej yoki litseyga borishga majbur edi. Oliy o‘quv yurtiga kirish esa… «bunkerlar»… Test kuni mobil telefonlarni o‘chirib qo‘yish yana bir qiziq holat edi.  Avtomashina xarid qilib olish ham bir tarix edi, bitta mashina ishlab chiquvchi zavod esa xohlaganini qilardi. Davolanishga, sayyohatga, yaqin qarindoshni ko‘rib kelishga borish mashaqqatlari, hatto qo‘shni davlatda otasi yo onasi ta’ziyasiga  bora olmaganlarning armonlari bir olam  edi…

Shukrki, bu edi-edilar barham topdi. Hozir fuqarolik olgan, dunyoning istalgan davlatiga sayru sayohatga otlangan yurtdoshlarimiz ko‘p. Yoshlarimiz o‘zlari xohlagan o‘quv yurtlariga kirib o‘qiyapti, xorijning mana-man degan universitetlarida tahsil olmoqda. Endilikda avtomashinani tanqis qilgan zavod pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga rozi bo‘lib, yurtdoshlarimizga taklif bermoqda, Va dunyoning mashhur mashinalari o‘zimizda yig‘ilib, sotilmoqda. Bo‘lar ekan-ku!!! Aytmoqchi, mamlakatimiz ichida yana «alohida mamlakat» bo‘lib olgan Toshkent uchun propiska bekor qilingani, viloyatdan viloyatga o‘tishdagi postlarning olib tashlanganini yodga olmay qo‘ydik, unutdik. Bularning o‘zi osonlikcha bo‘lgani ham yo‘q. Davlatning siyosiy irodasi, sa’y-harakatini ham doimo yodda tutgan afzal.

Endi yana Jennifer Lopesga qaytsak. Musiqa megayulduzining dunyo bo‘ylab turnesi bo‘lib o‘tmoqda. Toshkentga kelishidan avval Armaniston poytaxti Yerevanda 3 avgust kuni konsert bergan. «Ozodlik» radiosining arman xizmati Lopesning konserti Armaniston davlat budjetiga 6 million dollarga tushishi, bu mablag‘ nimalarga sarflanishi haqida batafsil ma’lumot bergan. Qo‘shiqchining gonorari 2,5 million dollar bo‘lishini qayd etgan. Konsertdan avval, 2 iyul kuni Yerevan meri o‘rinbosari Armen Pambukchyan Jennifer Lopes shousi uchun hukumat 7 million dolar ajratgani, tomoshaga 15 ming xorijlik kelishi kutilayotgani, ularning har biri kamida 500 dollardan sarflasa xarajatlar bemalol qoplanishini ma’lum qilgan. Pambukchyan megayulduzning konserti mamlakatni dunyo miqyosida tanitishga xizmat qilishni alohida ta’kidlagan.

Yon qo‘shnimiz Qozog‘iston poytaxti Ostonaga megayulduzning kelishi ham shov-shuvga aylandi. Nashrlar konsert bilan bog‘liq materillarni paydar-pay e’lon qilishdi, turlicha fikrlar bildirildi. Tengrilife nashri joriy yilning 8 aprel kuni «Astana konsert» kompaniyasi prodyuseri Malik Hasenovning 1 avgust kuni Jennifer Lopes ishtirokida bo‘lib o‘tadigan shou haqida ma’lumotlarini ulashdi.

Malik Hasenov mazkur konsert davlat budjetini 400 million tengega boyitadi, chet eldan 15 ming tomoshabin keladi, dedi. Aslida konsertga 30 ta davlatdan 10 ming tomoshabin kelgan. Mehmonlar orasida yurtdoshlarimiz va qo‘shni tojikistonlik muxlislar ham bo‘lgan.

Lopesning Toshkentdagi konsertiga 25 mingta chipta sotilgan va shundan 67 foizi, ya’ni 15 mingtasini chet elliklar xarid qilgan. Ta’kidlanishicha, shu tomoshabinlar 4-6 kunlik turpaketlar sotib olib, yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishni maqsad qilgan.

Konsert bahona ana shunday hisob-kitoblar ochiqlanib, ijtimoiy tarmoqlarda minglab izohlar yozilishiga ham sabab bo‘ldi. Bu konsert uyushtirilishini kimlardir ma’qulladi, kimlar esa aksincha. Nazarimizda, turizmni rivjlantirish orqali mamlakatimizni dunyoga tanitish uchun ham bunday konsertlar kerak. Turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘yish orqali ko‘plab ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholining doimiy bandligini ta’minlash va barqaror daromad topishiga imkon yaratish mumkin.

Endi kommentlar, ya’ni izohlar yozish haqida bir og‘iz: bu izohlar egasining kimligini, saviyasiyu darajasini bildiradi va u umumiy kayfiyata ta’sir qiladi. Qariyb 150 yil davomida dastlab chor Rossiyasi, keyinchalik sovet tuzumining mustamlaka siyosati oqibatida ilg‘or fikrlililar qirg‘in qilindi, dunyoga olimu fuzalolar yetishtirib bergan millatimiz ongi yuvildi. Mustamlakachilarning maqsadi — bu bu xalq fikrlamasligi, istiqlol talab qilmasligi, kelgusida bosh ko‘tarmasligi, boy tarixini chuqur anglab, quvvat olmasligi kerak edi. Ma’lum ma’noda ular bunga erishdi ham. Hozir ham turli kuchlar, ayniqsa, o‘z mustaqil fikri, dunyoqarashi bo‘lmgan yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqarishga, davlatimiz yuritayotgan islohotlarga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otishga, millat sifatida birlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka intiladi. Izoh yozayotganlarga ustalik bilan ta’sir ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Shuning uchun ham ularning nayranglari qurboni bo‘lmaslik kerak.

Millatni millat qiladigan, davlatni yuksaltiradigan, xalqning farovon va hur yashashiga katta imkon beradigan ikkita tizim bor: ta’lim va tibbiyot. Ularning rivojisiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Shu sababli ham davlatimiz bu yo‘nalishlarda qat’iy islohotlar yuritmoqda. Shu yurt fuqarosi sifatida bu xayrli ishlarga biz ham kamarbasta bo‘lishimiz lozim.

Lopesdek yulduzlar esa kelib-ketaveradi, ular o‘zlari haqidagi izohlardan mutlaqo bexabar, buning ularga qizig‘i ham yo‘q. Ularning tabiati, tutumi umuman boshqacha. Bildirilgan izohlar bilan ular o‘zgarib ham qolmaydi. Xalqimizning «O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir», degan g‘oyat purhikmat maqoli bor. Eng muhimi, shuni unutmaslik.

Abdug‘ani Abdurahmonov





Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda

Published

on


Poytaxtdagi yana bir yashil hududdagi daraxtlar va bolalar maydonchasi xavf ostida qolgan. Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy mahallasi aholisi 3,5 yildan beri ularni saqlab qolish uchun kurashmoqda. Bu yerda maishiy kompleks qurilishi rejalashtirilgan.

Yakkasaroydagi Yunus Rajabiy mahallasi aholisi 3,5 yildan beri bolalar sport maydonchasi va 18 ta daraxtni saqlab qolish uchun kurashmoqda, ammo tadbirkorning ham qurilishdan voz kechish niyati yo‘q. 2022 yilda auksionda tadbirkor Doniyor Yusupov tomonidan 1 milliard 300 million so‘m evaziga ofis binosi qurish sharti bilan qo‘lga kiritilgan, biroq keyinchalik loyiha o‘zgartirilib ofis, avtoturargoh, ko‘ngilochar majmua qurilishi reja qilingan.

Aholi bu qarorga qarshi sudga murojaat qilgan, bir necha bosqichli sud jarayonlaridan so‘ng 2024 yil oxirida ular foydasiga qaror chiqarilgan. Shahar ma’muriy sudining taftish instansiyasida bu holat Shaharsozlik kodeksiga zid ekani aytilgan. Chunki shaharsozlik normalari va qoidalariga ko‘ra, bunday obektlar maktab-bog‘chalardan 50 metrdan kam bo‘lmagan masofada uzoq bo‘lishi kerak. Ammo qurilishi reja qilingan bino bilan tumandagi 323-bolalar bog‘chasining oralig‘i bor-yo‘g‘i 3 metr masofada loyiha qilingan.

“Bu yerda bolalar bog‘chasi bor, jajji bolachalarimiz o‘sib-ulg‘ayishiga tadbirkor quradigan bino salbiy ta’sir qilishi aniq. Bu xalqning noroziligiga sabab bo‘lyapti. Nima sababdan 1 yil-u 2 oy o‘tib shahar prokurori o‘rinbosari protest beryapti? Chunki biz sudlarda yutib chiqdik, isbotlandi bu yerda qurilish mumkin emasligi”, – deydi MFY raisi o‘rinbosari Xolida Murodova.

Biroq 2026 yil fevral oyida Bosh prokuratura ushbu qaror yuzasidan protest kiritdi. Unda aytilishicha, hududdagi 18 ta daraxt qurilish ostiga tushgan va shundan 8 ta daraxtni kesish, 2 tasini ko‘chirish 5 mln 100 ming so‘m to‘lov evaziga amalga oshirilishi mumkin. Bunga Ekologiya qo‘mitasining ruxsati berilgan. Ammo Botanika bog‘i mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, bunday kattalikdagi daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish deyarli imkonsiz. Bu ularning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Hududdagi barcha daraxtlar «Yashil makon» dasturiga kiritilgan.

Ish 3 aprel kuni qayta ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. Aholi Prezident administratsiyasiga ham murojaat yo‘llagan.

«Bu hududda issiq suv quvurlari tepadan o‘tkazilgan, chunki bu mahalla qurilgan paytda ularni pastdan yotqizishning iloji bo‘lmagan. Bu yerdagi barcha uylar taxminan 60 yil avval qurilgan uylar. Agar qurilish jarayonida qazishni boshlashsa va biron bir quvurga tegishsa, butun mahalla gaz, suv yoki kanalizatsiyasiz qoladi. Hatto telefon aloqasini ham uzib qo‘yishi mumkin», – deya ta’kidladi yana bir fuqaro.

«Bu masalada 2023 yildan beri murojaat kelib tushadi. Shunga asosan hududdagi daraxtlar xatlovga olingan. Fuqarolar ham xabardor, tadbirkorga ham ogohlantirish berilgan – daraxtlarni noqonuniy kesmaslik, ko‘chirmaslik va shikast yetkazmaslik yuzasidan. 2023 yildan beri hali hech qanaqa ekologik qonunbuzilish holatlari yo‘q. Daraxtlar kesilmagan, shikastlantirilmagan, ko‘chirilmagan. Daraxtlarni kesish yuzasidan hali murojaat kelib tushmagan. Tushgan taqdirda ham aholining fikri o‘rganiladi. Daraxtlarni saqlab qolish choralari ko‘riladi», – deya izoh berdi Ekologiya qo‘mitasi mas’uli Mirkomil Abduvohidov.

Tahririyat ikkinchi tomon fikrini eshitish maqsadida tadbirkor Doniyor Yusupov bilan bog‘landi. U ekranda ko‘rinishni istamadi, u bilan telefon suhbati yozilgan audioyozuvlardan foydalanmaslikni so‘radi. Tadbirkor qurilish futbol maydonchasi uning uchastkasi chegaralariga faqat qisman tushishini, futbol maydonchasini buzishni rejalashtirmayotganini aytib, bu hududni qonuniy xarid qilgani va soliqlar to‘lab kelayotgani, voz kechish niyati yo‘qligini ta’kidladi.

Hududda faqat ekologik xavf emas, sport kelajagi uchun ham xavotir yuzaga kelgan. Chunki daraxtlarga qo‘shilib bolalar sport maydonchasining ham qo‘ldan boy berilishi futbolni rivojlantirish haqidagi qonunlarga ham zid. Prezident qarori bilan har bir mahallada futbol maydoni joriy qilish, davlatga qarashli stadionlar va futbol maydonlarining foydalanish maqsadini o‘zgartirish va sotish taqiqlangan.

Hozircha yakuniy qarorni sud hal qilishi kutilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasi rejimiga o‘tkazildi

Published

on


Tibbiy xizmatlar uzluksizligini ta’minlash maqsadida bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash tartibi joriy etiladi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

2026 yil 1 apreldan O‘zbekistondagi davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga o‘tdi. Bu prezidentning 2025 yil 9 noyabrdagi «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.

SSV matbuot xizmati qayd etishicha, bunda shifo maskanlari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu hujjat ijrosi doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasini tashkil etishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra 2026 yil 1 apreldan:


tibbiyot xodimlari uchun haftalik ish vaqti 36 soatdan oshmaydi;
zararli va xavfli sharoitlarda ishlovchilar uchun qisqartirilgan ish vaqti qo‘llanadi;
yuqori ruhiy va aqliy zo‘riqishli ishlar uchun ham 36 soatdan oshmaydi;
tibbiyot xodimlari bo‘lmaganlar uchun ish vaqti 40 soatni tashkil etadi. 

Poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarida ish vaqti:


dushanba–juma: 08:00–20:00; 
shanba: 08:00–14:00 (navbatchilik).

Sog‘liqni saqlashning yangi modeli joriy etilgan hududlarda: 


asosiy ish vaqti: 08:00–16:00; 
qo‘shimcha navbatchilik: 16:00–20:00. 

Navbatchilik vazirlikning 254-son buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. Ish haqi saqlanadi, kamaytirilmaydi. Ichki hujjatlar va mehnat shartnomalari qayta rasmiylashtiriladi.

Statsionarlarda navbatchilik doimiy tashkil etiladi. Smena va navbatchilik adolatli taqsimlanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Published

on


Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko‘ra, hodisa 2 aprel kuni Urgut tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabida yuz bergan.

Ta’kidlanishicha, janjal maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sinf o‘quvchisi o‘rtasida sodir bo‘lgan. 

Hozirda holatni huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rganmoqda.

Voqeaga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

Boshqarma o‘quvchilarga nisbatan har qanday qo‘pol munosabatni keskin qoralashini bildirgan.

Shuningdek, holat yuzasidan boshqarma tomonidan ishchi guruh tuzilib o‘rganilishi va uning natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi va’da qilingan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Fuqarolarning nomiga yashirincha kredit rasmiylashtirgan bankirlar aniqlandi

Published

on


Farg‘ona viloyatida fuqarolarning nomiga mikroqarz rasmiylashtirib o‘zlashtirish holati fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda hududiy tijorat banki Toshloq filiali xodimlari fuqaro R.I. va boshqalarning xabarisiz fuqarolik pasporti va boshqa hujjatlarini qo‘lga kiritib, ularning nomidan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs sifatida mikroqarz shartnomalari rasmiylashtirgan. Natijada jami 170 mln so‘mni axborot tizimidan foydalangan holda qo‘lga kiritganliklari aniqlangan

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Iste’molchilar chiqindini olib ketmagan korxonani antiqa yo‘l bilan jazoladi

Published

on


Yangi Namangan tumani Yangi zamin mahallasida chiqindilar bir necha oydan beri olib ketilmayotgan edi. Chorasiz qolgan aholi vakillari ularni mashinaga yuklab, “Musaffo iqlim” MChJ qarshisiga tashlab ketdi. “Bu birinchisi emas, o‘tgan yili dekabrda ham ko‘chada oylab qolib ketgan chiqindilarni ofislari qarshisiga tashlab ketgan edik. Shu voqeadan keyin natija bo‘lgandi”, deydi Kun.uz bilan suhbatda mahalla oqsoqoli.

Yangi zamin mahallasida yashovchi Ilhom Mamasoliyevga ko‘ra, chiqindi oylar davomida olib ketilmagani ortidan atrofda chiqindi uyumlari hosil bo‘lgan.

“25 mart kuni safardan qaytdim. Kelsam, eshigimning tagi chiqindixonada bo‘lib ketibdi… Asabim buzildi. Bir necha oylardan beri mahallamizdan chiqindi olib ketilmagan edi.

Nima qilishni bilmay, 90 yoshga borib qolgan qo‘shnim Hakimjon otani chaqirdim. Uning “Moskvich” mashinasiga bir nechta qopdagi chiqindilarni yuklab, “Musaffo iqlim” MChJ idorasi qarshisiga borib to‘kdik. Keyin bu lavhani Instagram va Facebook’dagi shaxsiy profilimga joyladim.

Chiqindilarni ag‘darishdan avval idorasiga kirib, dardimizni aytdik ham. Lekin ular murojaatimizga e’tibor ham berishmadi. Ilojsizlikdan shu ishni qildik-da. Buning ortidan natija bo‘ldi, albatta. Mana bo‘lar ekan-ku.

Mahallamiz “Musaffo iqlim” MChJ bilan shartnoma qilgan. Xizmat ko‘rsatiladimi-yo‘qmi, farqi yo‘q, to‘lov qilmasak qarzdorlik yoziladi.

Chiqindilarni olib ketinglar deb, salkam 6-7 oydan beri murojaat qilamiz. Tarqagan lavhadan keyin: “Biz aholiga xizmat ko‘rsatganmiz, xizmat ko‘rsatilgan paytda shu ikki fuqaro xonadonda bo‘lmagan”, deya yolg‘on munosabat berishdi. Mayli, endi nima ham deymiz? Ayb bizda ekan-da. Aybni o‘zimizga ag‘darishdi”, – deydi Ilhom Mamasoliyev.


“Musaffo iqlim” MChJ binosi qarshisiga chiqindi ag‘dargan Ilhom Mamasoliyev qo‘shnisi Hakimjon ota Ahmedov bilan

“Kombi”mashinasiga chiqindi yuklagan Hakimjon ota Ahmedov 2025 yilning dekabr oyida ham chiqindilarni yig‘ib, idora eshigi yoniga tashlab ketganini aytadi.

“Chiqindi xizmati uchun shartnoma qilganmiz. Bir oyda to‘rt marta chiqindini olib ketishlari kerak. Lekin ular har xil bahonalar bilan bir oyda ikki marta kelamiz deyishdi. Unga ham rozi bo‘ldik.

2025 yilda ham chiqindi to‘planib ketib, hammayoq badbo‘y hidga to‘lgan edi. O‘shanda ham mana shu “Kombi”mashinamga yuklab, idora yoniga tashlab kelgan edik. Bu safargisida imkon bo‘lmadi, bormagan joyimiz qolmadi. Ichki ishlarga murojaat qilmadik xolos. Hokimiyatgacha chiqdik.

Aslida pulni avtomatik ravishda olishaveradi, lekin xizmat ko‘rsatishmaydi. Oxirgi marta yanvar oyida kelishgan. Shu bo‘yicha to‘xtagan. Fevral o‘tdi kelmadi, mart o‘tdi kelmadi. Hamma joyni chiqindi bosib ketdi. O‘sha kuni qo‘shnim Ilhomjon bilan tarmoqlarda tarqagan ishni qildik. Boshqa ilojimiz qolmagandi.

To‘kishdan avval idorasiga kirib, dardimizni aytsak, hech kim pisad qilmadi-da bizni. Chiqindi mashinasi kelmasa, mana “Moskvich”im xizmat qiladi. Chiqindini olib ketishmasa, yana olib borib to‘kib kelamiz”, – deydi Hakimjon ota Ahmedov.

Holatga izoh olish uchun “Musaffo iqlim” MChJning hududiy rahbari Abdulboqiy Maqsudov va maishiy chiqindilarni tashish xizmati nazoratchisi Qobil Saidov bilan telefon orqali muloqot qildik. Ular qishdagi metan muammosi va maxsus mashinalar ta’mirda bo‘lib qolgani kabi sabablar tufayli xizmat ko‘rsatishda uzilishlar bo‘lganini bildirdi.

Namangan viloyati hokimligi 1 mart kuni bergan xabarida, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov “Musaffo iqlim” MChJ faoliyati bilan tanishgani, tizimga yangi investor jalb etilgani aytilgan.


Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Xabarda aytilishicha, “Musaffo iqlim” MChJ – Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida istiqomat qiluvchi 964 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi. Xizmat hududida 17 812 nafar yuridik shaxs faoliyat yuritadi, shundan 4 516 tasi aynan ushbu tashkilot bilan chiqindilarni olib ketish bo‘yicha shartnoma tuzgan.

Tasvirga olish jarayonida Yangi Namangan tumanining Islomobod mahallasida yashovchi fuqarolar ham bir necha oydan beri chiqindi olib ketilmayotganidan shikoyat qilishdi. Ularning aytishicha, chiqindi xizmati uchun to‘lov oyma-oy qilinadi, lekin shunda ham xizmat ko‘rsatilmaydi.

“Chiqindi xizmati uchun to‘lovni vaqtida amalga oshiramiz, yana ko‘chada to‘planib uyum bo‘lib yotgan qoplarni olib ketish uchun ham alohida pul yig‘ib, mashina yollab ularni bir joylarga tashlab kelamiz”, deydi mahalla aholisi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.