Sport

JCh-2026 chiptalari rekord darajada qimmat bo‘ladi

Published

on


“Metlayf-stedium”da o‘tkaziladigan final bahsi uchun eng qimmat chipta 6730, eng arzoni esa 2030 dollardan sotiladi.

Futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan navbatdagi jahon chempionati tarixdagi eng qimmat chempionat bo‘ladi, deb yozadi The Athletic.

Xabar qilinishicha, AQShda o‘tkaziladigan guruh bosqichi o‘yinlari uchun 3-toifadagi chiptalarning minimal narxi 140 dollar, Los-Anjyeles, San-Fransisko va Nyu-Jyersi arenalaridagi eng yaxshi joylar uchun esa 620 dollarni tashkil etadi.

Chorakfinal chiptalari 275 – 1690 dollar, yarimfinal uchun 420 – 2780 dollar, 3-o‘rin uchun bahsga chiptalar 165 – 1000 dollar bo‘lishi aytilmoqda.

Final bahsi chiptalari esa rekord darajada qimmat bo‘ladi. “Metlayf-stedium”da o‘tkaziladigan finalga 1-toifadagi chiptalar 6730, 2-toifadagi chiptalar 4210, 3-toifadagi chiptalar 2790 va 4-toifadagi chiptalar 2030 dollardan sotiladi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati ilk bor birdaniga uch mamlakat — AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Unda 48 mamlakat milliy jamoalari ishtirok etadi. Chempionat 11 iyunda boshlanadi va 19 iyulgacha davom etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version