Iqtisodiyot
Issiqxona sohasini rivojlantirish bo‘yicha prezident farmoni qabul qilindi
“Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad etib meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini ko‘paytirish, issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish belgilandi.
2025–2027 yillarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
🔹 meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini 2026 yilda – 3,5 milliard AQSh dollari, 2027 yilda 4 milliard AQSh dollariga yetkazish;
🔹 issiqxona xo‘jaliklarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlagan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmini 2026 yilda – 620 ming tonnaga, 2027 yilda 670 ming tonnaga yetkazish, ushbu mahsulotlarning eksporti hajmini 30 foizdan 70 foizga oshirish;
🔹 2026 yilda qo‘shimcha aniqlangan 20 ming gektar, 2027 yilda 15 ming gektar dala chetiga mevali ko‘chat va sabzavotlar ekishni tashkil etish.
Issiqxona xo‘jaliklari uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ularga quyidagi imtiyozlar berildi:
▪️ 2026 yil 1 yanvardan boshlab 2028 yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib;
▪️ 2025 yil 1 oktyabr holatiga mavjud soliq qarzi yuzasidan to‘lov muddati foizlarni hisoblamagan holda 2028 yil yakuniga qadar uzaytiriladi.
Iqtisodiyot
2026 yilda inflatsiya darajasini 7 foizgacha tushirish reja qilinmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyevga inflatsiyani jilovlash va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2026 yilga mo‘ljallangan vazifalar to‘g‘risida axborot berildi.
Ta’kidlanishicha, 2025 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, yillik inflatsiya darajasi o‘tgan yilgi 10,2 foizdan 7,8 foizgacha pasaygan. 2026 yilda bu ko‘rsatkichni 7 foizgacha tushirish, 2027 yilda esa 5 foiz doirasida ushlab turish rejalashtirilmoqda.
Shu maqsadda ichki bozorda tovar va xizmatlar taklifini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, 2026 yilda banklar agrar tarmoq, oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirishni kengaytiradi.
Yig‘ilishda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Yuqori o‘sish sur’atlari va aholi bandligini ta’minlash maqsadida kelgusi yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratiladigan kreditlar hajmi 450 trillion so‘mga yetkaziladi.
Davlat rahbariga mikro, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha berilgan topshiriqlarning ijrosi haqida axborot berildi. Yil boshidan buyon tadbirkorlik sub’yektlariga 116 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,4 barobar ko‘pdir.
Mahallabay ishlash doirasida 89 ming fuqaroning biznes tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularga 1,1 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi. Yil yakuniga qadar mazkur ko‘rsatkich 100 ming nafarga yetkaziladi.
2026 yilda ham kambag‘allikni qisqartirish, aholini tadbirkorlikka faol jalb etish bo‘yicha ishlarni davom ettirish rejalashtirilgan. Mikro, kichik va o‘rta biznesni kreditlash hajmini 140 trillion so‘mga yetkazish, yana 100 ming fuqaroning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mo‘ljallangan.
Prezident aholi va biznes uchun barqaror moliyaviy muhit yaratish, bank tizimiga ishonchni mustahkamlash hamda moliya bozorida sog‘lom raqobatni rivojlantirish bundan buyon ham bank-moliya siyosatining bosh vazifasi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga inflatsiyani jilovlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimiz makroiqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
Iqtisodiyot
Yil boshidan buyon tadbirkorlar 116 trln so‘m kredit ajratildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga inflyasiyani jilovlash va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2026 yilga mo‘ljallangan vazifalar to‘g‘risida axborot berildi.
Ichki bozorni to‘yintirish va inflyasiya omillarini jilovlash bo‘yicha izchil ishlar tufayli barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlanayotgani, inflyasiyani pasaytirish va milliy valyutani mustahkamlashda ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi.
2025-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, yillik inflyasiya darajasi o‘tgan yilgi 10,2 foizdan 7,8 foizgacha pasaygan. 2026-yilda bu ko‘rsatkichni 7 foizgacha tushirish, 2027-yilda esa 5 foiz doirasida ushlab turish rejalashtirilmoqda.
Shu maqsadda ichki bozorda tovar va xizmatlar taklifini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, 2026-yilda banklar agrar tarmoq, oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirishni kengaytiradi.
Yig‘ilishda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Yuqori o‘sish sur’atlari va aholi bandligini ta’minlash maqsadida kelgusi yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratiladigan kreditlar hajmi 450 trillion so‘mga yetkaziladi.
Davlatimiz rahbariga mikro, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha berilgan topshiriqlarning ijrosi haqida axborot berildi. Yil boshidan buyon tadbirkorlik sub’yektlariga 116 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,4 barobar ko‘pdir.
Mahallabay ishlash doirasida 89 ming fuqaroning biznes tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularga 1,1 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi. Yil yakuniga qadar mazkur ko‘rsatkich 100 ming nafarga yetkaziladi.
2026 yilda ham kambag‘allikni qisqartirish, aholini tadbirkorlikka faol jalb etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish rejalashtirilgan. Mikro, kichik va o‘rta biznesni kreditlash hajmini 140 trillion so‘mga yetkazish, yana 100 ming fuqaroning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mo‘ljallangan.
Prezidentimiz aholi va biznes uchun barqaror moliyaviy muhit yaratish, bank tizimiga ishonchni mustahkamlash hamda moliya bozorida sog‘lom raqobatni rivojlantirish bundan buyon ham bank-moliya siyosatining bosh vazifasi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga inflyasiyani jilovlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimiz makroiqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
Iqtisodiyot
OTB O‘zbekistonga mikromoliyalashtirishni rivojlantirish uchun 300 mln dollar ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik korxonalar uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 300 mln dollar kredit ajratadi. Tasdiqlangan mablag‘ning 100 mln dollari imtiyozli shartlarda beriladi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik korxonalar uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 300 mln dollar kredit ajratadi.
Tasdiqlangan kreditning 100 mln dollari imtiyozli shartlarda beriladi. Pul mablag‘lari kichik va o‘rta korxonalar, xususan, ayollar tomonidan boshqariladigan korxonalar uchun moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatning mikromoliyalash sektorini mustahkamlash uchun yo‘naltiriladi.
Rejalashtirilgan chora-tadbirlar orasida mikrokreditlarning maksimal miqdorini oshirish, mikromoliyalash sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish, Tadbirkor ayollarni moliyalashtirish xalqaro kodeksiga qo‘shilish, shuningdek, islomiy mikromoliyalash uchun normativ bazani ishlab chiqish kabilar bor.
Ushbu qadamlar aholining zaif qatlamlari uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish va sohaning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
«OTB O‘zbekistonning inklyuziv va bozorga yo‘naltirilgan moliya tizimiga o‘tishini qo‘llab-quvvatlayotganidan faxrlanadi. Dasturning amalga oshirilishi o‘zini o‘zi band qilganlar va mikrotadbirkorlar uchun moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatini ochadi, gender tengligini rag‘batlantirishga yordam beradi va moliya sektorida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytiradi», — dedi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya.
Ma’lumot uchun, 1995 yilda O‘zbekiston OTBga a’zo bo‘lgan va shundan beri bank mamlakatga umumiy qiymati 14,6 milliard dollarga teng bo‘lgan qarzlar, grantlar va davlat sektoriga texnik yordam ko‘rsatgan.
Iqtisodiyot
Ertaga ham dollar qiymati pasayadi
Ertaga ham dollar qiymati pasayadi
Source link
Iqtisodiyot
Ichki aviareyslar, go‘sht, nikoh uzugi. Yillik hisobda eng ko‘p qimmatlashgan mahsulotlar va xizmatlar
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yillik nisbatda eng ko‘p narxi oshgan oziq-ovqat mahsulotlari: suyaksiz mol go‘shti (+25,3 foiz), karam (+24,7 foiz) va suyakli mol go‘shti (+24,2 foiz). Nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida nikoh uzugi (+33,4 foiz), metan (+30,5 foiz) va gazeta (+15,3 foiz) narxlarida keskin qimmatlashish kuzatilgan. Xizmatlar sektorida esa ichki aviareyslar (+52,3 foiz), tarmoq gaz (+39,2 foiz), sovuq suv (+35,1 foiz) narxlarida katta o‘sish qayd etilgan.
Markaziy bank 2025 yilning oktabr oyi holatiga inflatsiya ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.
Umumiy yillik inflatsiya 2022 yilda 12,3 foiz bo‘lgan, 2023 yilda pasayib, 8,8 foiz, 2024 yilda biroz oshib, 9,8 foiz, 2025 yil oktyabr holatida 7,8 foizga tushgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari
Infografikaga ko‘ra, ba’zi oziq-ovqatlar narxi sezilarli darajada pasaygan, boshqalari esa keskin oshgan:
Yillik hisobda shaftoli (-28,7 foiz), tarvuz (-21,8 foiz), bulg‘or qalampiri (-19,7 foiz), uzun boshoqli guruch (-18,3 foiz), yumaloq boshoqli guruch (-18,2 foiz), bodring (-17 foiz), banan (-15,1 foiz) va sarimsoq(-14,7 foiz) narxlari sezilarli darajada pasaydi.
Hisobot davrida quyidagi mahsulotlar narxlari sezilarli qimmatlagan:
Suyaksiz mol go‘shti (+25,3 foiz);
Karam (+24,7 foiz);
Suyakli mol go‘shti (+24,2 foiz);
Kungaboqar moyi (+22,6 foiz);
Piyoz (+18,9 foiz);
Kartoshka (+17,9 foiz);
Mol va qo‘y jigari (+17,2 foiz);
Qiyma (17 foiz).
Iste’mol narxlari indeksi savatidagi umumiy 170 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan 150 tasining (88 foiz) yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘ldi.
Nooziq-ovqat tovarlar
Nooziq-ovqat mahsulotlaridan propan (-18 foiz), A4 qog‘oz (-3,9 foiz), yirik oshxona jihozlari (-3,5 foiz), konditsioner (-1,3 foiz), ovqat tayyorlash uchun priborlar (-1 foiz) va televizor (-0,3 foiz) arzonlagan.
Oltin narxlari global bozorda rekord darajada qimmatlashi zargarlik buyumlarida ham aks etgan – nikoh uzugi 33,4 foizga qimmatlagan.
Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida metan (+30,5 foiz), gazeta (+15,3 foiz), benzin (+11,7 foiz), dezodorant (+10,3 foiz), tabiiy gullar (9,8 foiz) narxlarida keskin qimmatlashish kuzatilgan.
Iste’mol narxlari indeksidagi 250 turdagi nooziq-ovqat mahsulotlarining 243 tasi (97 foiz) bo‘yicha yillik narx o‘sishi 10 foizdan kam bo‘lgan.
Xizmatlar
Yillik hisobda pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash narxlari 4,8 foizga, mikromoliyaviy xizmatlar 0,2 foizga arzonladi.
Narxi eng ko‘p qimmatlagan xizmat ichki aviareyslar bo‘ldi – hisobot davrida bu xizmat narxi 52,3 foizga oshgan. Shuningdek, tarmoq gaz (+39,2 foiz), sovuq suv (+35,1 foiz), muzey xizmatlari (+32,3 foiz), chiqindi tashlash (+28,6 foiz), suyultirilgan gaz (+25 foiz), shahar avtobusida yo‘l haqi (+22,3 foiz), davlat bog‘chasi (+21 foiz), markaziy isitish (+20,9 foiz), elektr energiyasi (+18,8 foiz) narxlarida ham keskin qimmatlashish kuzatilgan.
Iste’mol narxlari indeksidagi 90 turdagi xizmatlarning 59 tasi (66 foiz) bo‘yicha yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘lgan.
-
Dunyodan3 days agoSenatorlar AQSh tarixidagi eng uzoq muddatli yopilishni tugatishi mumkin bo’lgan bitimga erishishga kirishadilar
-
Sport3 days agoTimur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi murabbiylar shtabini tark etdi
-
Jamiyat3 days agoPrezident bir guruh shifokorlarni taqdirladi
-
Dunyodan3 days agoIsroil Bosh vazir Netanyaxu 2014 yilda o’ldirilgan askarlarni qaytarishga va’da berganidan keyin G’azodan jasadlarni qabul qilmoqda
-
Jamiyat4 days agoSurxondaryoda ishdan olingan maktab direktori o‘zini yoqmoqchi bo‘ldi
-
Jamiyat6 hours agoToshkent uchun yana 56 dona zamonaviy metro vagonlari xarid qilinadi
-
Mahalliy3 days ago«Aka, sizni so‘nggi yo‘lga kuzatolmadim»
-
Dunyodan3 days agoBBCning yuqori qismida yoriqlarni ko’rsatadigan seysmik lahzalar
