Connect with us

Iqtisodiyot

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel laureatlari: ular nimani isbotlashgan?

Published

on


So‘nggi ikki asrda insoniyat tarixida bemisl iqtisodiy o‘sish kuzatildi. Bu o‘sish milliardlab odamlarni qashshoqlikdan chiqardi va farovon hayot uchun poydevor yaratdi. Iqtisodiyot bo‘yicha bu yilgi Nobel laureatlari Joel Mokir, Filipp Agon va Piter Xauit innovatsiyalar taraqqiyotning asosiy dvigateli ekanini ko‘rsatib berishgan.

Joel Mokir, Filipp Agon va Piter Xauit 2025 yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Ular texnologik yangiliklar, “bunyodkor buzg‘unchilik” (creative destruction) va ilmiy taraqqiyot doimiy iqtisodiy o‘sishni qanday ta’minlashi mumkinligini ilmiy asoslab berishgan.

Texnologiya tez sur’atlarda rivojlanadi: yangi mahsulotlar va ishlab chiqarish usullari eski tizimlarning o‘rnini egallaydi. Bu insoniyatga yaxshiroq turmush darajasi, sog‘liq va hayot sifatini olib keladi.

Ammo tarixning katta qismda bunday bo‘lmagan – o‘sish emas, turg‘unlik hukm surgan. Yangi kashfiyotlar bo‘lib turgan bo‘lsa-da, ularning ta’siri vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketgan.

Innovatsiyalar uchun fundament kerak

Bu yilgi mukofotning umumiy summasi – 11 million shved kronasi (taxminan 1,2 million AQSh dollari). Uning yarmi Joel Mokirga, qolgan yarmi esa Filipp Agon va Piter Xauitga beriladi.

Mokir tarixiy manbalar orqali nima sababdan sanoat inqilobidan keyin o‘sish odatiy holga aylanganini o‘rgangan. U innovatsiyalar zanjiri o‘z-o‘zidan davom etishi uchun “nimadir ishlaydi” degan bilimning o‘zi yetarli emas, nima uchun ishlashini tushuntirib beradigan ilmiy asos zarur, degan xulosaga kelgan.

Shu bilan birga, Mokir jamiyatning yangi g‘oyalarga ochiqligi va o‘zgarishlarni qabul qilishga tayyorligi ham o‘sishning muhim sharti ekanini ta’kidlaydi.

Agon va Xauitning “bunyodkor buzg‘unchilik” nazariyasi

Fransiyalik Filipp Agon va kanadalik Piter Xauit 1992 yilda chop etilgan maqolalarida “bunyodkor buzg‘unchilik” modelini ilgari surgan. Bu modelga ko‘ra, yangi va samaraliroq mahsulot paydo bo‘lganda eski mahsulotlarni ishlab chiqargan kompaniyalar bozordan chiqib ketadi. Innovatsiya “bunyodkorlik” xususiyatga ega, chunki u taraqqiyot olib keladi, lekin ayni vaqtda “vayronkor” ham, chunki u eski texnologiyalar intihosini anglatadi.

Bu jarayon doimiy o‘sishni ta’minlaydi, biroq u bilan birga, manfaatlar to‘qnashuvi ham yuz beradi. Olimlarning fikricha, agar bu to‘qnashuvlar oqilona boshqarilmasa, yirik kompaniyalar va manfaatdor guruhlar innovatsiyalarga to‘siq bo‘lishi mumkin.

“Laureatlarning ishlari iqtisodiy o‘sishning o‘z-o‘zidan yuz beradigan narsa emasligini ko‘rsatadi. Biz “bunyodkor buzg‘unchilik”ni qo‘llab-quvvatlaydigan mexanizmlarni saqlab qolishimiz kerak, aks holda insoniyat yana turg‘unlik davriga qaytishi mumkin”, deydi mukofot qo‘mitasi raisi Jon Xassler.

“AQSh o‘z ilmiy sohasiga o‘zi to‘siq qo‘yyapti”

Reuters’ning yozishicha, laureatlar o‘z chiqishlarida AQSh prezidenti Donald Trampning savdo siyosatini tanqid qilib keladi. Ular, shuningdek, Amerika hukumatining oliy ta’lim sohasidagi siyosatini akademik erkinlikka zarba sifatida tanqid qiladi.

Professor Joel Mokir AQShning ilm-fan va innovatsiyaga bo‘lgan e’tibori pasayib borayotganidan ogohlantirgan. Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar o‘z ilmiy sohasiga o‘zi to‘siq qo‘yyapti.

Ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiy o‘sishni farovonlikning asosiy drayveri deb biladi, biroq barchasi ham uni mutlaqo ijobiy holat sifatida ko‘rmaydi. 2024 yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Daron Ajyemog‘lu, Saymon Jonson va Jyeyms Robinsonga tengsizlik bo‘yicha tadqiqotlari uchun berilgan edi. Ayniqsa, Jonson texnologik yangiliklar ko‘proq kuchli elitalarga foyda keltirayotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, inson faoliyati tufayli yuzaga kelayotgan iqlim o‘zgarishi va ekologik buzilish sharoitida o‘sishning qaysi darajasi barqaror ekani haqida bahslar davom etmoqda.

Laureatlar haqida qisqacha:

Joel Mokir — 1946 yilda Niderlandiyada tug‘ilgan. Yale universitetida PhD (1974). Hozir Northwestern universiteti (AQSh) va Tel-Aviv universitetida (Isroil) professor.

Filipp Agon — 1956 yilda Parijda tug‘ilgan. Harvard universitetida PhD (1987). Collège de France, INSEAD (Parij) va London iqtisodiyot va siyosatshunoslik maktabi (LSE)’da professor.

Piter Xauit — 1946 yilda Kanadada tug‘ilgan. Northwestern universitetida PhD (1973). Brown universiteti (AQSh) professori.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.