Iqtisodiyot
Investitsiya kompaniyalari nima uchun kerak: tajribasiz sarmoya kiritish yo‘li
Bugungi kunda ko‘plab insonlar o‘z mablag‘ini ko‘paytirishga intiladi — kimdir mashina olishni, kimdir farzandlari ta’limi uchun jamg‘arma yig‘ishni yoki uy-joy xarid qilishni maqsad qiladi. Rivojlanayotgan bozor sharoitida yangi investitsiya imkoniyatlari paydo bo‘lmoqda va tabiiy savol tug‘iladi: qayerga mablag‘ni xavfsiz joylashtirish mumkin? Qanday qilib kapitalni ko‘paytirsa bo‘ladi va kimga ishonib topshirish kerak? Agar sizda bu borada tajriba bo‘lmasa, investitsiya kompaniyasi eng maqbul yechim bo‘lishi mumkin. U sizga murakkab moliyaviy vositalarni o‘rganishga hojat qoldirmasdan, professional mutaxassislar orqali xavfsiz investitsiya qilish va barqaror daromad olish imkonini beradi.
Investitsiya kompaniyasi nima?
Investitsiya kompaniyasi — bu mijozlarning mablag‘larini boshqaradigan va turli loyihalarga sarmoya kiritadigan tashkilot. Asosiy maqsadi — investorlar uchun barqaror daromadni ta’minlash. Kompaniyada moliyaviy tahlilchilar, menejerlar va boshqa mutaxassislar ishlaydi, ular mijozlar foydasi uchun asoslangan qarorlar qabul qiladi.
Bunday kompaniya orqali investor biznesning hamkoriga aylanishi, investitsiyadan dividend olishi, oddiy fuqarolarga yopiq bo‘lgan moliyaviy vositalardan foydalanishi mumkin. Eng muhimi, aktivlarni professional boshqarish orqali investor kompaniya tajribasi va bilimiga tayana oladi. Investitsiya kompaniyasi avvalo o‘z investorlariga yuqori daromad keltirishga intiladi. Chunki bu nafaqat kompaniyaning o‘z daromadiga, balki uning investitsiya bozoridagi obro‘siga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli kompaniya o‘z daromadliligini oshirish va ishonch bildirgan investorlar sonini ko‘paytirish maqsadida mablag‘larni imkon qadar samarali boshqaradi. Natijada bu investor foydasining o‘sishiga ham bevosita ijobiy ta’sir qiladi.
Yangi avlod investitsiya kompaniyalari
O‘zbekistonda ham zamonaviy investitsiya kompaniyalari faol rivojlanmoqda. Ular soddalashtirilgan shartlarni taklif etadi: belgilangan muddatga sarmoya kiritish, oldindan hisoblab chiqilgan daromadlilik va aniq to‘lov jadvali.
Bunday investitsion modelni mamlakatda birinchilardan bo‘lib Way II kompaniyasi taqdim etdi.
Way II investitsion modeli qanday ishlaydi?
Way II investitsiya jarayonini qulay va tushunarli qilgan:
– Investor Vay Invest mobil ilovasini yuklab oladi va kartadan onlayn tarzda yoki kompaniya ofisida naqd pul orqali hisobini to‘ldiradi.
– Mablag‘lar real sektor – Akfa Aluminium Group kompaniyasiga yo‘naltiriladi. Bu 20 ta zavodga ega, mahsulotlarini 30 dan ortiq davlatga eksport qiluvchi yirik sanoat guruhi.
– Kompaniya olgan foyda investorlarga dividend sifatida taqsimlanadi. Prognoz qilingan daromadlilik — yiliga 10–15% (AQSh dollari ekvivalentida).
– Investor o‘z ulushi ustidan to‘liq huquqqa ega: dividendlarni naqd qilib olish, qayta investitsiya qilish, hadya qilish yoki istalgancha foydalanishi mumkin.
Eng qulay jihati, investitsiya kiritish uchun minimal miqdor 14,3 mln. so‘m bo‘lib, bu keng omma uchun imkoniyat yaratadi.
Valyuta xavflaridan himoyalangan bo‘lib, mablag‘lar so‘mda kiritilgach, ular darhol dollar qiymatiga bog‘lanadi. Daromadlilik ham 10–15% dollarda belgilanadi.
Way II investitsiya vositalari islomiy moliya talablariga mosligi Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, taqiqlangan va noqonuniy sohalarga sarmoya kiritilmaydi.
Telefon: (+998) 78−555−55−55
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1-uy
Sayt: waygroup.uz
Facebook: fb.com/WayIIGroup
Instagram: @way_ll_group
Telegram: t.me/wayllgroup
LinkedIn: linkedin.com/wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
Twitter (X): x.com/way_ll_group
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda «E-bozor» yagona raqamli bozor platformasi joriy etiladi
«Bozorlar va savdo komplekslarida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish hamda maishiy korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 oktyabrgacha «E-bozor» yagona raqamli bozor platformasi sinov tarzida, 2027 yil 1 martgacha to‘liq amaliyotga joriy etiladi.
Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
bozorlar va savdo komplekslari pasporti, manzili, bo‘sh savdo shoxobchalari va savdo o‘rinlari ochiq e’lon qilib borilishi;
aholini bozorlar va savdo komplekslari faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishtirish, bozor ma’muriyatiga elektron murojaat yo‘llash va javob olish imkoniyatlari.
«E-bozor» platformasi «Soliq» axborot tizimlari kompleksi tarkibida joriy etiladi.
Har bir bozor va savdo kompleksiga soliq xodimlari biriktiriladi va ularning faoliyati samaradorligi kunlik tahlil qilib boriladi.
Bozorlar hududida va ularga tutash hududlarda joylashgan avtotransportlarni vaqtincha saqlash joylarida to‘lovlarni yagona QR kod orqali to‘lash imkoniyati yaratiladi.
2026 yil 1 avgustdan transportlarni saqlash joylaridan chiqarib yuborish bo‘yicha ruxsatnoma faqat ma’muriy ishni ko‘rib chiquvchi organ va ijro organi tomonidan «Jarima maydonchasi» axborot tizimida QR-kod bilan tasdiqlanadi va elektron tarzda yuboriladi.
Iqtisodiyot
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva buni joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri va so‘nggi o‘n yilda amalga oshirilgan tizimli islohotlarning mantiqiy natijasi deb baholadi.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xabar berdi.
«Bu joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri hamda qariyb o‘n yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan tizimli islohotlarimizning mantiqiy natijasidir. Endi Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish rasman Konstitutsiyaviy qonun darajasida mustahkamlandi. Markaz Angliya huquqi asosida, alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan hudud sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, o‘zining maxsus tartibga solish tizimi, mustaqil tijorat sudi hamda ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan huquqiy muhitiga ega bo‘ladi. Global investorlar, banklar, investitsiya fondlari va xalqaro moliya kompaniyalari aynan mana shunday shaffof mexanizmlar bilan ishlashga o‘rgangan. Mazkur yangi regulyatorlik ekotizimi xalqaro kapital, zamonaviy moliya xizmatlari va yirik transmilliy loyihalar uchun mamlakatimizning jozibadorligini oshirishi kutilmoqda. Mohiyatan olganda, ushbu qonun jahon bozorining eng qimmatli aktivi — ishonchga investitsiyadir. Toshkent investorlar uchun tushunarli qoidalarni hamda kapitalning eng yuqori darajadagi himoyasini kafolatlagan holda, jahon moliya tizimining uzviy qismiga va butun mintaqa iqtisodiy rivojining yetakchi drayveriga aylanish sari dadil qadam tashlamoqda», deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 18 iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilgan edi.
«Yaqinda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro investitsiyalar va ko‘p millatli korxonalar to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga qo‘shilishi e’lon qilindi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishi kutilmoqda. Bularning barchasi g‘oyalaringiz amaliyotda izchil tatbiq etilayotganining yorqin dalilidir», dedi prezident.
Iqtisodiyot
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
Rossiya «O‘rta Osiyo – Markaz» magistral gaz quvurlari tizimi orqali Qozog‘iston hududidan O‘zbekistonga eksportni oshirishda davom etmoqda.
Foto: Aleksandr Demyanchuk / TASS
2026 yilda Rossiya quvur gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi 40 foizdan ko‘proqqa — 7 mlrd kub metrdan 10 mlrd kub metrdan oshiqroqqa yetishi mumkin. Bu haqda Xalqaro energetika agentligining (XEA) jahon gaz bozoriga bag‘ishlangan choraklik sharhida so‘z boradi.
Rossiya «O‘rta Osiyo — Markaz» magistral gaz quvurlari tizimi orqali Qozog‘iston hududidan O‘zbekistonga eksportni oshirishda davom etmoqda, deb qayd etiladi hisobotda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Rossiya va Turkmanistondan import qilingan gaz qiymati 1,2 foizga arzonlab, 1,66 mlrd dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, Rossiya gazini yetkazib berishning fizik hajmi 14,9 foizga — 5,64 mlrd kub metrdan 6,48 mlrd kub metrga oshgan.
Importning o‘sishi mamlakatda gaz qazib olish hajmining pasayib borayotgani fonida kuzatilmoqda. XEA ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–may oylarida O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga yoki 2,6 mlrd kub metrga kamaygan.
Agentlik bu pasayishni mavjud konlarning avvalgi qazib olish hajmlarini saqlab qolish imkoniyatlari yomonlashgani bilan izohlamoqda.
Taqqoslash uchun, Turkmanistonda bu davrda gaz qazib olish hajmi deyarli o‘zgarmagan. Qozog‘istonda esa taxminan 8 foizga yoki 1 mlrd kub metrdan ko‘proqqa kamaygan.
Umuman olganda, Yevroosiyoda gaz qazib olish 2025 yil yakunlari bo‘yicha 3 foizlik pasayishdan so‘ng birinchi yarim yillikda tiklana boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich asosan Rossiya hisobiga qariyb 2,5 foizga o‘sgan. 2026 yil yakunlari bo‘yicha XEA mintaqada qazib olish hajmi 2 foizga oshishini kutmoqda.
Yevroosiyoda (Armaniston, Ozarboyjon, Gurjiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) gazga bo‘lgan talab qariyb 3 foizga o‘sishi mumkin. Bunga yil boshidagi qish oylarining sovuqroq kelgani ham sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, mintaqada qazib olish hajmi hamon 2021 yilgi darajadan 9 foizga pastligicha qolmoqda.
Iqtisodiyot
Jahon banki O‘zbekiston uchun eng istiqbolli uch sohani sanadi
Jahon bankining yangi tahliliy hisobotiga ko‘ra, logistika, turizm va farmatsevtika O‘zbekiston iqtisodiyotining eng yuqori salohiyatga ega tarmoqlari hisoblanadi. Ushbu sohalarda maqsadli islohotlar amalga oshirilsa, mamlakatda 300 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish va milliardlab dollar xususiy investitsiyalarni jalb qilish imkoni paydo bo‘ladi.
Jahon banki tahlilchilari fikricha, mazkur uch tarmoq xususiy kapitalni jalb etish, bandlikni oshirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish nuqtai nazaridan eng istiqbolli yo‘nalishlar sanaladi. Bu sohalarni rivojlantirish raqobatbardosh va xususiy sektor yetakchilik qiladigan iqtisodiyotni shakllantirishga xizmat qiladi.
Hisobotda qayd etilishicha, 2017 yildan buyon O‘zbekistonda amalga oshirilgan bozor islohotlari ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va aholi daromadlarini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish uchun raqobatni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, malakali kadrlar tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va tartibga solish tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlangan.
Logistika sohasida avtomobil yuk tashuvlari va ombor infratuzilmasini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida baholangan. Yer ajratish va qurilish jarayonlarini soddalashtirish, xalqaro yuk tashish ruxsatnomalarini raqamlashtirish orqali 950 million dollardan 1,05 milliard dollargacha xususiy investitsiyalarni jalb qilish hamda 108 mingtagacha yangi ish o‘rni yaratish mumkinligi qayd etilgan.
Turizm sohasida esa madaniy va ekologik turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlangan. Yer ijarasi mexanizmlarini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash va turistik obektlarni samarali boshqarish hisobiga 3,1 milliard dollardan 4,2 milliard dollargacha xususiy investitsiyalarni jalb qilish mumkin. Bu esa 120–180 ming yangi ish o‘rni yaratish, turistik oqimlarni diversifikatsiya qilish va sohaning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Hisobotda farmatsevtika ham yuqori o‘sish salohiyatiga ega strategik tarmoq sifatida qayd etilgan. Jahon banki ushbu sohada ham xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga xizmat qilishini ta’kidlagan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari ma’lum bo‘ldi
2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston 185 ta davlat bilan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda mamlakatning eng yirik savdo hamkori Xitoy bo‘lib qoldi. Undan keyin Rossiya va Qozog‘iston joylashgan.
Milliy statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, yilning dastlabki besh oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:
Xitoy — 7,7 mlrd AQSh dollari;
Rossiya — 5,8 mlrd AQSh dollari;
Qozog‘iston — 2,3 mlrd AQSh dollari;
Turkiya — 1,2 mlrd AQSh dollari;
Afg‘oniston — 915,8 mln AQSh dollari;
Fransiya — 771,9 mln AQSh dollari;
Koreya Respublikasi — 747,8 mln AQSh dollari;
Birlashgan Arab Amirliklari — 746,6 mln AQSh dollari;
Germaniya — 501,9 mln AQSh dollari;
Qirg‘iziston — 469 mln AQSh dollari.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy va Rossiya O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida yetakchi o‘rinlarni saqlab qolmoqda. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan ham savdo aloqalari faol rivojlanishda davom etmoqda.
Statistikaga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston jahonning jami 185 ta mamlakati bilan tashqi savdo munosabatlarini amalga oshirgan.
-
Iqtisodiyot3 days agoNeft mahsulotlari zaxiramiz 2−3 oy uchun yetarli – Energetika vazirligi
-
Turk dunyosi4 days agoPrezident Tramp Turkiyadagi NATO sammiti oldidan Ukraina urushining yakunlanishi haqida optimistik fikr bildirdi
-
Turk dunyosi3 days agoPrezident Tramp Anqarada NATO sammiti boshlanishi munosabati bilan Turkiyaga F-35 samolyotlariga ega boʻlishiga ruxsat berishni koʻrib chiqmoqda
-
Dunyodan2 days ago
Ramzan Qodirov yana Checheniston rahbariyatiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan
-
Jamiyat3 days ago«Tashabbusli budjet»ning 11-mavsumi 15 iyuldan start oladi
-
Turk dunyosi4 days agoPrezident Tramp, Anqaradagi NATO sammitiga Prezident Erdog’an tufayli qatnashayotganini aytdi
-
Sport5 days agoRonaldu JCh-2026 faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionati ekanligini aytdi
-
Turk dunyosi3 days agoPrezident Tramp NATO aʼzolarini Grenlandiya va mudofaa xarajatlari yuzasidan tanqid qilmoqda
