Jamiyat
Intellektual olimpiada o‘yinlari g‘oliblari taqdirlandi
Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi 15–18 dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Jamoalar 6 ta yo‘nalishda – “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Erudit-kvartet”, “Shaxsiy o‘yin”, shaxmat va shashka o‘yinlari bo‘yicha bellashuv olib bordi.
Toshkentda 18 dekabr kuni oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Intellektual olimpiada o‘yinlari yakunlandi. Tadbir Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat intellektual klubi” NNT, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
21 noyabr kuni barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiadaning hududiy saralash bosqichi o‘tkazilgan edi. Unda 132 ta OTM jamoalari hamda 1056 nafar talaba ishtirok etib, ulardan eng kuchli 50 ta OTM hamda 550 nafar talaba turnirning final bosqichiga yo‘l oldi.
Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi 15–18 dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Jamoalar 6 ta yo‘nalishda – “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Erudit-kvartet”, “Shaxsiy o‘yin”, shaxmat va shashka o‘yinlari bo‘yicha bellashuv olib bordi.
Turnirning sovrin jamg‘armasi 5 mlrd 400 million so‘mni tashkil etdi. Shundan 4,5 mlrd so‘m prezident sovg‘asi sifatida quyidagi oliy ta’lim muassasalariga topshirildi:
1-o‘rin – O‘zbekiston milliy universiteti (2 mlrd so‘m);
2-o‘rin – Toshkent davlat tibbiyot universiteti (1,5 mlrd so‘m);
3-o‘rin – Fan va texnologiyalar universiteti (1 mlrd so‘m).
Intellektual olimpiada doirasidagi barcha yo‘nalish g‘oliblari:
Breyn-ring o‘yinida:
1-o‘rin: Toshkent davlat tibbiyot universiteti (100 mln so‘m);
2-o‘rin: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali (60 mln so‘m);
3-o‘rin: O‘zbekiston milliy universiteti (40 mln so‘m).
“Zakovat” o‘yinida:
1-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti (100 mln so‘m);
2-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti (60 mln so‘m);
3-o‘rin: Qoraqalpoq davlat universiteti (40 mln so‘m).
Erudit-kvartet o‘yinida:
1-o‘rin: Buxoro davlat tibbiyot instituti (100 mln so‘m);
2-o‘rin: Fan va texnologiyalar universiteti (60 mln so‘m);
3-o‘rin: Urganch davlat universiteti (40 mln so‘m).
Shaxsiy o‘yinda:
1-o‘rin: Diyorbek Mahmudjonov (International school of finance technology and science) – 30 mln so‘m;
2-o‘rin: Sardor Abdusodiqov (O‘zbekiston Milliy universiteti) – 20 mln so‘m;
3-o‘rin: Shohrux Bo‘riyev (Buxoro davlat universiteti) – 10 mln so‘m.
Shaxmat (o‘g‘il bolalar):
1-o‘rin: Uchqun Umirov (Samarqand davlat pedagogika instituti) – 30 mln so‘m
2-o‘rin: Sherzod Samandarov (Toshkent davlat tibbiyot universiteti) – 20 mln so‘m
3-o‘rin: Abdulaziz Kurbanov (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) – 10 mln so‘m.
Shaxmat (qiz bolalar):
1-o‘rin: Sitora Saparova (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) – 30 mln so‘m
2-o‘rin: Yuliya Xegay (Toshkent davlat tibbiyot universiteti)
3-o‘rin: Zuxra Alaxonova (O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali).
Shashka (o‘g‘il bolalar):
1-o‘rin: Behruz Yo‘ldoshev (Fan va texnologiyalar universiteti) – 30 mln so‘m;
2-o‘rin: Javohir To‘xtayev (Jizzax davlat pedagogika universiteti) – 20 mln so‘m;
3-o‘rin: Ahmad Rahimov (Buxoro davlat tibbiyot instituti).
Shashka (qiz bolalar):
1-o‘rin: Ferangiz Hasanova (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti);
2-o‘rin: Asal Botirova (Yangi O‘zbekiston universiteti);
3-o‘rin: Maftuna Umarova (Fan va texnologiyalar universiteti) – 10 mln so‘m.
Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi doirasidagi “Zakovat” o‘yini g‘olibi bo‘lgan ishtirokchilar ta’limning keyingi bosqichi – magistraturaga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.
Bundan tashqari, “Zakovat” o‘yini g‘olibi bo‘lgan jamoalarning har bir a’zosiga bir o‘quv yili davomida har oy quyidagi miqdorda “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi. (1-o‘ringa 2 mln 60 ming so‘m, 2-o‘ringa 1 mln 648 ming so‘m, 3-o‘ringa 1 mln 236 ming so‘m).
Shu bilan birga, g‘olib va sovrindorlariga quyidagi imkoniyatlar ham beriladi:
– chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash yoki magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga yuboriladi;
– Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Intellektual olimpiada g‘olib va sovrindorlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga oladi.
Jamiyat
Mirziyoyev Namanganda raqamlashtirish, bandlik va investitsiya bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatidagi vaziyatlar markazida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda Namanganda tashkil etilgan «aqlli» vaziyatlar markazi va Yangi Namangan mahallasidagi «Mahalla axborot va xizmat markazi» loyihasi taqdim etildi. Markaz orqali 8 ta mahallada yashovchi 27 mingdan ortiq aholiga qariyb 980 turdagi xizmatlarni «yagona darcha» tamoyili asosida ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda viloyat sanoati hajmi 4,6 trillion so‘mdan 40 trillion so‘mga yetgan. Joriy yilda yalpi hududiy mahsulotni 9,2 foizga oshirish vazifasi belgilangan.
Prezident hududlarni rivojlantirishda ilmiy yondashuvni kuchaytirish maqsadida 14 ta «aql markazi»ni yangi ish uslubiga o‘tkazishni topshirdi. Ular har bir tuman va shaharning iqtisodiy salohiyatini o‘rganib, qo‘shimcha o‘sish manbalarini aniqlaydi.
Yig‘ilishda bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil yakuniga qadar viloyatda 80 ming aholini doimiy ish bilan ta’minlash, 21 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi qo‘yilgan.
Investitsiya sohasida Namanganga bu yil 5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish va eksport hajmini 1,2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida viloyat bo‘yicha 3 milliard dollarlik 43 ta kelishuvga erishilgani qayd etildi.
Shuningdek, jamoat transportini rivojlantirish uchun 1-sentyabrgacha 90 ta avtobus, 50 ta elektrobus va 30 ta mikroavtobus olib kelish, ichimlik suvi hamda kanalizatsiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, eksport infratuzilmasini rivojlantirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va jinoyatchilik profilaktikasi masalalari ham muhokama qilindi.
Jamiyat
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.
Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik bo‘ldi.
Buning oqibatida Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish hamda iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Jamiyat
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
Avvalroq Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida fuqarolar qolib ketganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan va hozirda barcha fuqarolar charxpalakdan xavfsiz joyga tushirib olingan.
“Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q”, deyiladi FVV xabarida.
Avvalroq Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Jamiyat
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.
Foto: Energetika vazirligi
Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik yuz berishi oqibatida poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kelib chiqqani xabar qilingandi.
FVV xabariga ko‘ra, “svet” o‘chishi oqibatida Chilonzor tumanida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida qolib ketgan fuqarolar xavfsiz joyga tushirib olingan.
Xabar qilinishicha, ayni paytda Energetika vazirligi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati podstansiyada bo‘lib, ular tomonidan nosozlikni tiklash ishlari nazoratga olingan.
Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat sababli oila mamlakatni tark eta olmagan. Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun ular jarimaga tortilgan.
BAAda og‘ir vaziyatga tushib qolgan oila O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi ko‘magida vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, P.G. va uning farzandi A.Z. 2025 yilda mavsumiy ishlash maqsadida BAAning Dubay shahriga borgan.
Biroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2026 yil yanvarida O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar xarid qilgan. Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat tufayli ular mamlakatni tark eta olmagan.
Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun oila vakillari jarimaga tortilgan.
O‘zbekistonning BAAdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Dubay immigratsiya xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ularning mamlakatni jarimasiz tark etishiga ruxsat olindi.
Ushbu oila a’zolari uchun 26 iyun kuni “Dubay–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilindi hamda ularning O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi.
-
Jamiyat4 days ago«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
-
Sport3 days agoYaponiya futbolining buyuk sabog‘i: mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish
-
Dunyodan2 days agoQirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarani delimitatsiya qilish doirasida hudud almashadilar
-
Dunyodan5 days ago
BAAda 15 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlangan
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekiston banklari aktivlari 962,8 trln so‘mga yetdi
-
Dunyodan4 days agoQirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
-
Siyosat5 days agoAshraf Xo‘jayev O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi.
-
Iqtisodiyot4 days ago
Dollar bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi
