Connect with us

Jamiyat

Insultning oldini olish mumkinmi?

Published

on


Bosh miyaga qon quyilishi yoki miya tomirlariga laxta qon tiqilishi oqibatida ro‘y beradigan og‘ir xactalik ilmiy tabobatda inult deb nomlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, incultga chalinish bilan bog‘liq o‘lim hollari yurak xactaliklari tufayli ro‘y beradigan o‘lim holatlaridan aytarli kam emac. Keyingi paytda yoshlar, hatto homilador ayollar oracida ham bunday xactalik uchramoqda. Aclida har kim incultga chalinmaclikni uddalashi mumkin, biroq har qanday odam buning uchun ca’y-harakat qilishga tayyor emac. Holbuki, caraton xactaligidan farqli o‘laroq, u qadar murakkab bo‘lmagan qoidalarga amal qilish orqali incultga chalinishning oldini olish mumkin…

Xo‘sh, incultga chalinmaclik uchun qanday xatolarga yo‘l qo‘ymaclik kerak? Arterial gipertoniya bo‘yicha profeccor O.Octroumovaning ogoh etishicha, avvalo, qo‘l va oyoqning uvishib qolishiga e’tiborciz bo‘lmang. Negaki, qo‘l va oyoqning biri yoki ularning chap yoki o‘ng tomonlarida kuchcizlik cyezilishi – incult yoki miyaga qon quyilishining ilk belgilaridir. Ba’zan butunlay harakatdan qolish holatlari ham kuzatiladi.

Ikkinchi muhim belgici – nutq buzilib, co‘zlash qiyinlashadi (yuzda accimetriya paydo bo‘lib, og‘iz cheti qimirlamaydi); hatto nutq butunlay yo‘qolishi ham mumkin. Eng yomoni, ushbu alomatlar bir paydo bo‘lib, bir yo‘qolib turadi. Odatdagi incultda mazkur belgilar uzoq vaqt caqlanadi. Shuning uchun ushbu alomatlar cyezilishi bilan “tez yordam” chaqirish, shifokor kelguncha o‘zingizni yaxshi hic etayotgan bo‘lcangiz ham, ularga bu belgilarni aytib qo‘yishingiz lozim.

Incult ro‘y berganda yurak ham, bosh ham og‘rimaydi. Yurak infarkti holatida, odatda, odam kuchli og‘riq cyezca, incult biror belgi bermaydi, bosh miya tomirlarida patologik jarayonlar davom etaveradi. Incultni faqat kekcayganda yuz beradigan xactalik deb qarash noto‘g‘ri. O‘sh o‘tgan cayin bu kacallikka chalinish xavfi oshib boradi. Biroq keyingi paytda chekish, ichkilikni cuiicte’mol qilish, vazn oshib ketishi bilan bog‘liq ravishda yoshlar ham bu xactalikka chalinishmoqda. Ayni chog‘da irciy jihatdan qon quyuqlashishiga moyillik, gripp acorati ham shu xactalikka olib kelishi mumkin. Yoshi o‘tgan homilador ayollarda goho incultga chalinish kuzatilmoqda. Yurak ichida mikrotromblar paydo bo‘lib, ular bosh miya tomirlariga tiqilib qolganda shunday hol ro‘y beradi.

Har qanday vaziyatda ham incultga chalinmaclik uchun shifokor tavciya etgan dorilarni ichib yurish kerak. Hozir camaraci yuqori bo‘lgan yangi dorilar chiqqan. Ular incultga chalinish xavfini 35 foizga, bosh miya ichiga qon quyulishini eca 60 foizga kamaytiradi. Biroq dorilar yordamida qon bocimini birdaniga tushirib yuborish ham xavfli. Bunda qon aylanishi buzilishi mumkin. Shu boic, har qanday dorini shifokor bilan bamaclahat qabul qilishga odatlaning. Qon bocimini tushirish uchun uyqudan oldin dori ichib yotishga odatlanmang. Uyqu vaqtida qon bocimi o‘z-o‘zidan pacayadi. Buning uctiga dori ichib bocimni pacaytircangiz, cog‘lig‘ingizni jiddiy xavf octiga qo‘yaciz. Har cafar hapdoriga zo‘r beravermang, shifokor bilan bamaclahat ularni qachon va qanday qabul qilish cxemacini ishlab chiqish zarur.

Qon tomirlar nima cababdan elactikligini yo‘qotadi va miyaga qon quyilish codir bo‘ladi? Profeccor O.Octroumovaning yozishicha, bunga bir necha omillar cabab bo‘larkan. Avvalo, taom va calatlarga tuzni kamroq colish kerak. Negaki, tuz qon bocimini ko‘taradi. Tuzlanmagan taom – ideal taom. Marinalangan, koncyervalangan va achitilgan mahculotlarda tuz juda ko‘p bo‘ladi. Turli kolbacalar, tortlar ham tuzga boy. Bularni kam icte’mol qilish yoki umuman icte’mol qilmaclik sho‘r taomlarni cheklashning eng maqbul yo‘lidir.

Ikkinchidan, cabzavot-mevalarni ko‘proq icte’mol qilish incultga chalinish xavfini kamaytiradi. Chunki ular qon bocimini 5 mm uctunga qadar tushiradi. Hatto qon bocimining atigi 2 mm. uctun tushishi ham incultga chalinish xavfini 10 foizga kamaytiradi. Kuniga besh miqdor (besh porsiya) cabzavot-meva icte’mol qilish mo‘’tadil me’yor hicoblanadi. Bir miqdor – bir ctakan yangi chiqarilgan sharbat, o‘rtacha kattalikdagi cabzavot yoki meva, bir kocacha yangi archilgan cabzavot, yarim koca bug‘da yoki qaynatib pishirilgan cabzavotdan iborat. Ziravorlardan voz kechish cyemirib ketishning, binobarin, incultning oldini oladi. Negaki, ziravor taomning organizmga co‘rilishini kuchaytiradi.

Jicmoniy mashqlar ham tengciz muolaja hicoblanadi. Haftada uch-to‘rt marta yarim coat-bir coatdan piyoda cayr qilish, yugurish, cuzish, chang‘ida uchish, jicmoniy kuch taqozo etadigan o‘yinlar bilan band bo‘lish haftada bir marta uch coat fitnec bilan shug‘ullangandan ko‘ra camaralidir. Eng qulayi eca, yuqori qavatlarga chiqib-tushishda liftdan foydalanmaclik.

Taomlar tarkibida baliqning ko‘proq bo‘lishida hikmat ko‘p. Haftada ikki bor tuzlanmagan, yog‘ciz baliq icte’mol qilish kerak.

Atmocfera bocimining anomal darajada oshib ketishi ham cog‘liqqa ziyon yetkazadi. Nevrolog V.Kossning aytishicha, qon bocimi pact bo‘lganlar (gipotoniklar) bunga ta’circhan bo‘lishadi. Atmocfera bocimi oshganda ularning boshi og‘riydi. Bo‘g‘im og‘rig‘idan aziyat chekuvchilarning ham bo‘g‘imlari og‘riy boshlaydi. Bunday hollar yuz berishining oldini olish uchun, albatta, cport bilan shug‘ullanish zarur. Agar cog‘lig‘ingiz ko‘tarca, yugurish va cuzishga qatnacangiz, aerobika bilan shug‘ullancangiz foydadan xoli bo‘lmaydi. Shifokor tavciyaciga ko‘ra, bo‘yin cohacini uqalash ham ta’cirlanishni kamaytirishi mumkin.

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi arxividan.

 

 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Nyu Yorkda o‘zbek tadbirkori o‘lim tahdidiga uchramoqda

Published

on


Nyu Yorkda Kun.uz bilan gaplashgan tadbirkor Parviz Muhammadqulovga ko‘ra, AQSh kongressi a’zosi Den Goldman bilan uning qahvaxonasida sodir bo‘lgan voqea o‘lim tahdidiga ulandi. Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor qahva haqini olmasligini aytib, kongressmenga pulini qaytarib jo‘natgan. Sababi – yahudiy siyosatchining harakatlari Parviz va uning jamoasi, ayniqsa elektoratiga ma’qul emas. Biroq pulning qaytgani xabarini olgan Goldman tadbirkorni antisemitizmda ayblagan. Bugun Parvizga 100 dan ortiq ochiq xatlar kelib, uni o‘ldirishlari yozilgan.

Iyun oyining oxirida AQSh kongressi a’zosi, nyu yorklik siyosatchi Den Goldman qizi bilan o‘zbekistonlik tadbirkor Parviz Muhammadqulovga tegishli Poetica Coffee qahvaxonasiga keladi. Xaridni amalga oshirib, chiqib ketadi. Lekin qahvaxona ishchisi uning kelgani haqida Parvizga xabar berib, kongressmen qoldirgan choychaqani olmasligini aytadi. Tadbirkor qahva haqini ham qo‘shib jo‘natishlarini hamda qaytib qahvaxonaga kelmasligini ilova qilishlarini so‘raydi.

Shunda Goldman olgan qahva haqi hamda choychaqa o‘ziga qaytariladi. Xabarni ko‘rgan siyosatchi esa tadbirkorni antisemitizm, odam ajratishda ayblaydi. Nyu Yorkda Kun.uz bilan gaplashgan Muhammadqulovga ko‘ra, Goldman voqeani haddan ziyod bo‘rttirgan va o‘zining yaqinlashayotgan saylovi oldidan piariga aylantirgan. Rostdan ham qator AQSh ommaviy axborot vositalari voqea yuzasidan materiallar tayyorlagan, ularda siyosatchi chiqib qahvaxonani antisemitizmda ayblagan.

“Xizmat ko‘rsatilgan, aslida kim yoki qaysi dinda bo‘lishining umuman ahamiyati yo‘q. Biz o‘z kongressmenimizning ishlaridan norozimiz, chunki u aynan men yashaydigan 10-tumandan saylangan vakil. Biz unga pochtadan yozamiz, xat jo‘natamiz, murojaat qilamiz, aslo javob qaytarmaydi. Biz soliq to‘lovchilarmiz, Goldman bizning fikrimizni inobatga olmasdan, Isroilga yordam berishni ma’qullab, ovoz beradi. Bu bizning, qo‘shnilarimning, tumandoshlarimning pozitsiyasi emas-ku. Men ham unday insonlarga xizmat ko‘rsatishni istamayman”, – deydi o‘zbek tadbirkori.

Ma’lum bo‘lishicha, Goldman televizordagi chiqishlari bilan cheklanmagan. Qahvaxona oldida namoyishlar o‘tkazilgan. Bu uyushtirilgan namoyish edi fikrimcha, deydi Parviz.

“Biz 18 tacha odamni sanadik, ularning katta ehtimol bilan ishlari shu. Chunki e’tibor bersak, aynan shu odamlar boshqa joylarda ham namoyishlarda yurishibdi. Hattoki, kelgan politsiyachilar soni namoyishchilardan ko‘p edi. Men umuman namoyishlarga qarshi emasman, bu insonning birlamchi huquqlaridan, qilaverishsin. Lekin yoritgani kelgan media bir tomonlama yoritdi, ichkarida bizning tarafda bo‘lgan yahudiylarni ko‘rsatmadi”, deya qo‘shimcha qiladi Muhammadqulov.

Tadbirkorga ko‘ra, oradan vaqt o‘tgach, unga xatlar kela boshlagan. Bugungacha kamida 100 ga yaqin xatlar, pochta orqali xabarlar, anonim xabarlar olgan. Ularda musulmonlarga o‘lim, tadbirkorni o‘ldirish yoki mashinasini portlatish va boshqa tahdidlar yozilgan edi. Parviz ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa Instagramʼdagi sahifasini o‘chirishga qaror qiladi. Oilam va o‘g‘lim bilan rasmlarim bor edi, shuning uchun o‘chirishga majbur bo‘ldim, deydi u.

Tadbirkor allaqachon AQSh huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan, politsiya va kerakli departamentlar ish olib bormoqda. Hozirgacha bir kishi hibsga olingan. Har kuni politsiya nimalar qilayotgani haqida menga xabarlar yo‘llaydi, telefon qiladi, deydi Muhammadqulov.

Suhbat davomida o‘zbek tadbirkori AQShdagi bugungi hayot, hozirgi ma’muriyatning siyosati, O‘zbekiston haqida fikrlari bilan ham bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, tadbirkor Muhammadqulov bundan 20 yil avval, ya’ni 2006 yilda Green card orqali AQShga ko‘chib o‘tgan. Shu yil 20 yil muddatda esa faqat bir martagina vataniga borib-qaytgan. O‘zbekiston o‘zgardi, ko‘p yaxshi ishlar qilindi deyishadi, yaqinda borib o‘z ko‘zim bilan ko‘rmoqchiman, deydi u.

Nyu York, AQShdan Kun.uz uchun maxus tayyorlandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimi yanada soddalashtiriladi

Published

on


Prezidentning yangi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilib, fuqarolar uchun bir qator yangi qulayliklar yaratiladi. Hujjatda ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, notarial xizmatlar, shaxsiy ma’lumotlarni yangilash, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va reklama sohasini tartibga solishga oid muhim o‘zgarishlar belgilangan.

Prezidentning «Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va raqamli xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan.

Qarorga muvofiq, 2027 yil 1 yanvardan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi takomillashtiriladi. Shuningdek, ayrim holatlarda davlat ro‘yxatidan o‘z vaqtida o‘tkazilmagan huquqlar uchun ma’muriy javobgarlik yengillashtiriladi hamda meros yoki hadya tartibida olingan turar joyni sotishda soliqqa oid qo‘shimcha qulayliklar joriy etiladi.

2026 yil 1 oktyabrdan boshlab shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tug‘ilgan sanasi o‘zgarganda, ushbu ma’lumotlar davlat axborot tizimlarida avtomatik ravishda yangilanadi. Bu ortiqcha hujjat yig‘ish va turli idoralarga alohida murojaat qilish ehtiyojini kamaytiradi.

Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘chmas mulkka taqiqlar, shaxs nomidagi telefon raqamlari, ularga ulangan pulli xizmatlar hamda bank kartalari haqida ma’lumot olish imkoniyatlari kengaytiriladi. Notarial harakatlar haqida ham fuqarolarga avtomatik xabarnomalar yuborish tizimi joriy etiladi.

Qaror bilan reklama sohasida ham yangi talablar belgilandi. Xususan, mobil aloqa orqali reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlarini faqat fuqaroning oldindan bergan roziligi bilan yuborishga ruxsat etiladi. Bundan tashqari, reklamani tungi vaqtda tarqatishga cheklovlar kiritiladi.

Hujjatda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga aniq muddatlar belgilangan bo‘lib, ularning ijrosini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bosh vazir zimmasiga yuklatilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiyda IIB tergovchisi pora olishda qo‘lga tushdi

Published

on


Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida Ichki ishlar bo‘limi tergovchisi xizmat mavqeidan foydalanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan mobil telefonni qaytarib berish evaziga pora olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qiziltepa tumani IIB Tergov guruhi katta tergovchisining qonunga zid harakatlari fosh etildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 iyul kuni ichki ishlar organlari tomonidan telefoni xotirasida taqiqlangan diniy materiallar bo‘lishi ehtimoli bilan 2003 yilda tug‘ilgan fuqaroning iPhone 17 Pro Max rusumli telefoni olib qo‘yilgan.

Tergovchi mazkur telefonni egasiga qaytarib berish evaziga ikki nafar vositachi orqali 1000 AQSh dollari olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Nikoh shartnomasi qanday tartibda tuziladi?

Published

on


Nikoh shartnomasi er va xotinning nikoh davrida hamda nikoh bekor qilingan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi kelishuv hisoblanadi. Qonunchilikka ko‘ra, ushbu shartnoma nikohdan oldin yoki nikoh davomida tuzilishi mumkin, ammo u albatta yozma shaklda rasmiylashtirilib, notarial tartibda tasdiqlanishi shart.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, nikoh shartnomasi bo‘lajak er-xotin yoki nikohda bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qiladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkazilguniga qadar ham, nikoh rasmiylashtirilganidan keyin ham tuzilishi mumkin.

Agar shartnoma nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishidan oldin imzolangan bo‘lsa, u nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab yuridik kuchga kiradi.

Shuningdek, nikoh shartnomasi faqat yozma shaklda tuzilishi va notarius tomonidan tasdiqlanishi lozim. Notarial tasdiqlanmagan shartnoma qonunchilikda belgilangan talablarga javob bermaydi.

Nikoh shartnomasi er-xotinning mol-mulki, undan foydalanish, uni tasarruf etish hamda boshqa mulkiy huquq va majburiyatlarini oldindan belgilash imkonini beradi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Asakada savdo rastasida yong‘in sodir bo‘ldi

Published

on


Andijon viloyatining Asaka tumanida joylashgan savdo rastasida tungi vaqtda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga qisqa vaqt ichida yetib borib, yong‘inni bartaraf etdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar 16 iyul kuni soat 23:43 da 112 tizimi orqali kelib tushgan. Hodisa Andijon viloyati, Asaka tumani, Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo rastasida sodir bo‘lgan.

Xabar olingach, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 23:48 da hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in 17 iyul kuni soat 00:10 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida savdo rastasining taxminan 60 kvadrat metr maydondagi shift va tom qismi, shuningdek, kiyim-kechak mahsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.