Jamiyat
Ikkinchi sinf o‘quvchisi mashina boshqarib, sinfdoshlarini sayr qildirdi
Buxoro shahrida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan “Damas” avtomobilini ikkinchi sinf o‘quvchisi boshqarib ketayotgani aniqlandi. Hodisa vaqtida transport vositasida uning sinfdoshlari ham bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, “Damas” transport vositasi tekshiruv paytida to‘xtatilgan. Haydovchi o‘rnidan yosh bola tushgani inspektorlarni hayratga solgan.
Bola so‘roq jarayonida o‘zini ikkinchi sinfda o‘qishini aytgan va bunday holat boshqa takrorlanmasligini so‘ragan. Shuningdek, avtomobilning orqa o‘rindiqlarida uning sinfdosh qizlari ham bo‘lgani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. YHXB bolalarni nazoratsiz qoldirmaslikka, ularning xavfsizligi va tarbiyasiga e’tibor berishga chaqirgan.