Mahalliy
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlanganini e’lon qildi.
2025/2026-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi ta’lim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Bunda nomzodlar platformada:
o‘zining pasport ma’lumotlari, JShShIR ma’lumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlaydilar.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun: ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Mahalliy
Toshkentning 10 ta tuman hokimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi
Toshkent shahar hokimi poytaxtning 10 ta tuman hokimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.
Xizmat tekshiruvi Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod va Yashnobod tumanlari hokimlariga nisbatan o‘tkaziladi.
Farmoyishga muvofiq, xizmat tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasi tuzilgan. Komissiyaga taqdimnomada ko‘rsatilgan holatlarni xolis va sifatli o‘rganish, tekshiruv natijalari yuzasidan tegishli xulosalarni rasmiylashtirish hamda zarurat tug‘ilganda boshqa tashkilot va idoralardan mutaxassislarni jalb etish vazifasi yuklatilgan.
Mahalliy
Uzrli sabab tufayli milliy sertifikat imtihonida qatnasholmaganlarga to‘lov qaytariladi
Chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok eta olmagan talabgorlar uchun to‘lovni saqlab qolish mexanizmi joriy qilinadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ul xodimi Javlonbek Nurmatov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, agar talabgor imtihonda uzrli sabab bilan qatnashmagan bo‘lsa, keyingi imtihonga qo‘shimcha to‘lovsiz kiritiladi yoki to‘langan mablag‘ qaytarib beriladi.
Bunda kasallik, xizmat safari yoki oila a’zosining vafoti kabi holatlar uzrli sabab sifatida tan olinadi. Biroq buning uchun tegishli tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi shart.
Imtihonga kechikkan, hech qanday uzrsiz kelmagan yoki imtihon qoidalarini buzgani uchun auditoriyadan chetlashtirilgan shaxslarga mazkur imtiyoz berilmaydi.
Mahalliy
O‘zbekistonda doktoranturaga qabullar soni ortmoqda
2025-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda tayanch doktoranturaga ega tashkilotlar soni 165 taga yetdi. Bu 2024-yilga nisbatan 19 taga yoki 13 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, tayanch doktoranturaga qabul qilinganlar soni 4 ming 159 nafarni tashkil etib, bir yilda 324 nafarga oshdi.
Yil oxiriga kelib tayanch doktoranturada tahsil olayotganlar soni 8 ming 326 nafarga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 334 nafarga yoki 4,2 foizga ko‘pdir. Tayanch doktoranturani bitirganlar soni ham o‘sib, 2 ming 256 nafarni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 22 nafarga yuqori bo‘ldi.
Hududlar kesimida tayanch doktoranturaga ega tashkilotlar eng ko‘p Toshkent shahrida — 84 ta, Toshkent viloyatida — 17 ta va Samarqand viloyatida — 14 ta qayd etildi. Eng kam ko‘rsatkich Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida kuzatildi.
Tayanch doktoranturaga qabul bo‘yicha ham Toshkent shahri yetakchilik qildi. Poytaxtda 1 ming 682 nafar doktorant qabul qilingan bo‘lsa, Samarqand viloyatida bu ko‘rsatkich 386 nafarni, Namangan viloyatida esa 330 nafarni tashkil etdi.
Yil yakuniga ko‘ra, tayanch doktoranturada tahsil olayotganlar soni bo‘yicha Toshkent shahri 2 ming 842 nafar bilan birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda Buxoro viloyati — 831 nafar va Samarqand viloyati — 825 nafar bilan qayd etildi.
Tayanch doktoranturani bitirganlar soni bo‘yicha ham Toshkent shahri yetakchi bo‘lib, 772 nafar bitiruvchiga ega bo‘ldi. Samarqand viloyatida 295 nafar, Namanganda esa 217 nafar doktorant o‘qishni yakunladi.
2025-yilda doktoranturaga ega tashkilotlar soni 124 taga yetdi. Bu bir yilda 24 foizga oshgan. Doktoranturaga qabul qilinganlar soni 604 nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 23,3 foizga ko‘paydi. Yil yakuniga kelib doktorantlar soni 1 ming 309 nafarga yetgan bo‘lsa, bitiruvchilar soni aksincha 252 nafarni tashkil etib, 3,8 foizga kamaydi.
Mahalliy
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun sertifikat imtihoni tartibi belgilandi
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori (411-son, 29.07.2026-y.) bilan «Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab V+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga:
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli ta’lim tiliga mos ravishda barcha fanlar bo‘yicha lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lab boriladi.
Nizomga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.
Malaka imtihonida ishtirok etishi uchun talabgordan ro‘yxatdan o‘tishda, ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:
– 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
– 65 – 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
– 60 – 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
– 55 – 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
– 50 – 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
– 46 – 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
Talabgorning boshlang‘ich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, o‘qitish metodikasi va pedagogik mahorati test sinovlari orqali baholanadi.
Talabgor sertifikat olish maqsadida malaka imtihonida qatnashish uchun YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ariza berib, ro‘yxatdan o‘tadi.
Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga 1 ish kuni ichida QR-kodli sertifikatning elektron shakli YaIDXP (my.gov.uz) orqali yuboriladi.
Talabgor malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida YaIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organga apellyasiya shikoyati berish huquqiga ega.
Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tartibi joriy etilishi belgilandi.
Mahalliy
Qashqadaryoda 63 yoshli ayol universitetni muvaffaqiyatli tamomladi
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida yashovchi 63 yoshli Gulsum Xurramova Qarshi davlat universitetini muvaffaqiyatli tamomlab, bakalavr diplomini qo‘lga kiritdi.
U universitetning Tarix fakulteti Ijtimoiy ish yo‘nalishida tahsil olgan. Gulsum Xurramova 2020 yilda, 58 yoshida talabalikka qabul qilingan.
Uning aytishicha, oliy ma’lumot olish bolalikdan orzusi bo‘lgan. Shu sababdan mahalla tizimi xodimlariga yaratilgan imtiyozlardan foydalanib, o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
«Eng quvonarlisi shundaki, men universitetga farzandim bilan emas, nevaram bilan birga talabalikka qabul qilinganman», — deydi Gulsum Xurramova.
Qahramonimiz uzoq yillar mahalla tizimida faoliyat yuritgan. U 2004 yildan mazkur Abdulla Qodiriy mahallasi raisi sifatida ishlagan, keyinchalik Kimyogar mahallasiga rahbarlik qilgan. Hozirda esa Abdulla Qodiriy mahallasida ijtimoiy xodim sifatida faoliyat olib bormoqda.
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi qariyb 665 trln so‘mga yetdi
-
Mahalliy5 days agoO‘zbekistonda doktoranturaga qabullar soni ortmoqda
-
Iqtisodiyot5 days ago
O‘zbekiston Quvayt va Suriyaga yangi yo‘nalishlar orqali mahsulot yetkazmoqda — nimalar eksport qilinyapti?
-
Sport2 days ago
Osiyo Kubogidagi g‘oliblik real imkoniyatmi yoki orzu?
-
Jamiyat3 days ago
O‘zbekistonda bugun ham 43 darajagacha issiq saqlanib qoladi
-
Jamiyat4 days ago
Andijonda yerni noqonuniy sotishga uringan bankir va mashinist ushlandi
-
Siyosat15 hours agoShavkat Mirziyoyev ilgari surgan rezolyusiya BMTda ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi
-
Jamiyat5 days ago
IIV sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi sudga oshirildi: tafsilotlar
