Jamiyat
Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan o‘zbek askarining xoki Belarusdan olib kelindi
Ikkinchi jahon urushi vaqtida halok bo‘lgan Abdullajon Dadaboyevning xoki Belarusdan O‘zbekistonga olib kelindi.
Abdullajon Dadaboyev 1918 yilda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Belarusni dushmanlardan himoya qilish vaqtida halok bo‘lgan. Uning xoki O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va mamlakat elchixonasi vakillariga topshirildi.
Xotira tadbirida Buda-Koshelevo tumani ijroiya qo‘mitasi rahbariyati, keng jamoatchilik, faxriylar va yoshlar qatnashdi.
Tuman Ijroiya qo‘mitasi raisi Valentin Undrul o‘z nutqida oradan shuncha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, o‘sha dahshatli urush hamon yangi-yangi faktlar, voqealar, tarixlar bilan o‘zini eslatib turganini va aniqlanayotgan har bir dalil inson hayotidagi katta fojia ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, joriy yilda olib borilgan qidiruv ishlari davomida Farg‘ona viloyatida 1918 yilda tug‘ilgan jangchi Abdullajon Dadaboyevning tana qoldiqlari hamda unga tegishli jihozlar va o‘q-dorilar Rogin qishlog‘i hududida olib borilgan qidiruv ishlari davomida topilgan.
Tuman rahbari qidiruv ishlarini olib borgan Belarus Mudofaa vazirligining 52-ixtisoslashtirilgan qidiruv bataloni va Gomel kadetlar bilim yurtining “Qizil pogonlar” qidiruv klubiga minnatdorlik bildirdi.
O‘zbek xalqining farzandi Abdullajon Dadaboyevning xoki 27 sentabr kuni Minsk shahridan O‘zbekistonga olib kelindi.
Jamiyat
Korrupsiyaga qarshi kurashdagi oqsashlar tanqid qilindi
O‘zbekiston prezidenti 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashda keskin va qat’iy pozitsiyani e’lon qilib, 2026-yil korrupsiyaga qarshi kurashda «favqulodda holat» yili sifatida belgilanishini ta’kidlagan edi. Shundan kelib chiqib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida o‘tgan tanqidiy tahliliy yig‘ilishda komplayens nazorati tizimining bugungi holati va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi.
2030-yilgacha bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra, uning omillarini barvaqt aniqlash va preventiv mexanizmlar orqali tizimli korrupsiyaning oldini olish zarurligi qayd etildi, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, yangi komplayens nazorati tizimi yordamida jinoyat ishlari doirasida 4,2 trln so‘m, yashirin iqtisodiyotni jilovlash hisobiga esa 8,5 trln so‘m mablag‘ undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 1,3 trln so‘mlik ortiqcha budjet xarajatlarining oldi olingan.
Shu bilan birga, ayrim bo‘linmalar faoliyatida hanuzgacha ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmayotgani keskin tanqid qilindi va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ochiq muhokama qilindi.
Birinchidan, komplayens bo‘linmalarining asosiy vazifasi korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan tizimli preventiv choralarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘lsa-da, aksariyat davlat organlari va tashkilotlari tomonidan faoliyati talab darajasida ish tashkil etilmagan.
Shuningdek, ayrim davlat organlarida komplayens bo‘linmalari qonunchilikda belgilangan minimal mezonlar asosida tashkil etilmagan. O‘rganilgan 50 ta tashkilotning 23 tasida bu talablar bajarilmagan.
Ikkinchidan, ayrim vazirlik va hokimliklarda nazorat tadbirlari umuman o‘tkazilmagan. Ba’zi tashkilotlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda esa moliyaviy qonunbuzilishlar umuman aniqlanmagan, bu esa nazorat samaradorligiga shubha uyg‘otadi.
Uchinchidan, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha ishlar yetarlicha samara bermayapti. Xususan, joriy yilning o‘zida manfaatlar to‘qnashuvi yo‘l qo‘yganlik bo‘yicha 105 ta ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan.
To‘rtinchidan, ayrim davlat organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar rasmiy veb-saytlarda o‘z vaqtida va to‘liq joylashtirilmayapti.
Beshinchidan, komplayens tizimida kadr va tashkiliy muammolar saqlanib qolmoqda, ayrim lavozimlar uzoq vaqt vakant holatda qolmoqda.
Oltinchidan, davlat xaridlari sohasida korrupsiya xavfining yuqoriligi saqlanib qolmoqda. So‘nggi yillarda 800 nafardan ortiq shaxs ushbu yo‘nalishda jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati vazirlik va idoralar rahbarlariga shaxsiy mas’uliyatini oshirish hamda tizimni natijador mexanizmga aylantirish bo‘yicha qat’iy vazifalarni belgilab berdi. Bundan buyon komplayens bo‘linmalari faoliyati korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va preventiv choralarni samarali amalga oshirish darajasiga qarab baholanadi. Shuningdek, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi, deyiladi xabarda.
Jamiyat
«Haj» ziyorati uchun 18 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
Andijon viloyatida «Haj» ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro M.Ch. 18 000 AQSh dollar evaziga fuqarolar A.I. va B.X.ni «Haj» ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahridagi tuman elektr tarmoqlari korxonasining ikki nafar muhandisi pora bilan ushlangandi.
Jamiyat
Toshkentda narkolaboratoriya ochgan yirik jinoiy guruh fosh etildi
Toshkentda narkolaboratoriya ochgan yirik jinoiy guruh fosh etildi.
IIV Tezkor qidiruv departamenti, Toshkent shahar IIBB hamda DXX tomonidan giyohvandlik moddalari va kuchli ta’sir qiluvchi vositalarning savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olinib, yirik narkolaboratoriyalar fosh etildi.
Ushbu jinoiy guruh a’zolari jinoiy faoliyat olib borish maqsadida vazifalarni o‘zaro taqsimlab olishgan.
Jumladan, 2000-yilda tug‘ilgan Sh.U.«ombor mudiri», 2000-yilda tug‘ilgan O.M., 2000-y.t. O.T.lar «laborant», 2004-yilda tug‘ilgan Sh.O‘. «qadoqlovchi» vazifalarini bajarishgan.
Tayyorlangan kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni aholi orasida, ta’lim muassasalari oldida tarqatish maqsadida «tarqatuvchi»larni («zakladchiklar») yollashgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq platformasida onlayn narkodo‘kon ochishgan.
Narkolaboratoriya tashkil qilish maqsadida jinoiy guruh a’zolari ikkita xonadonni ijaraga olgan. Ushbu xonadonlarda kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni qadoqlash uchun zarar bo‘lgan asbob-anjomlar, kapsulalar, kukun ko‘rinishidagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, prekursorlarni saqlashgan.
Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbirlar davomida «tarqatuvchi» vazifasini bajargan shaxslar: 1993-yilda tug‘ilgan V.A., 2003-yilda tug‘ilgan D.Yu., 2004- yilda tug‘ilgan I.R.lar ushlangan. Xolislar ishtirokida tekshirilganda ularning yonidan jami 1 050 dona kuchli ta’sir qiluvchi vositalar, telefon apparatlari aniqlangan va dalolatnoma asosida rasmiylashtirib olingan.
Toshkent viloyatida davom ettirilgan tezkor tadbirda Sh.O‘., Sh.U., O.M.lar ijarada yashab kelgan xonadonda tintuv tergov harakati o‘tkazilgan. Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan ushbu xonadonda 9 kg «Pregabalin», 500 gramm )«Tropikamid» moddalari, 600 dona kapsuladagi «Pregabalin» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, qadoqlash uchun zarur asbob-anjomlar daliliy ashyolar tariqasida olingan.
Shuningdek, Olmaliq shahrida O.T. ijarada yashayotgan xonadon xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 6 kg «Pregabalin», 500 gramm «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda qadoqlash uchun zarur asbob-anjomlar aniqlanib, bayonnoma asosida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-prim.1-moddasi («Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoiy guruh a’zolariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining sa’y-harakatlari bilan 360 mingdan ortiq bir marotabalik dozaga teng bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi vositalarining aholi orasida tarqalishi oldi olindi.
Jamiyat
Yaponiyada «turizm» yoki «talaba» vizasi bilan ishlash man etiladi – elchixona
Joriy yil 24-aprel kuni Yaponiya immigratsiya xizmatlari agentligi Yaponiyada noqonuniy ravishda yashab turgan O‘zbekistonning ikki fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolardan biri Yaponiyaga «talaba» vizasi bilan kirgan, ammo keyinchalik o‘qishdan haydalganiga qaramay, mamlakatda noqonuniy ravishda qolib ketgan va vakolatli rasmiylar tomonidan hibsga olingan.
Ikkinchi fuqaro Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan kirib, ruxsat berilgan qolish muddati tugashiga qaramay mamlakatdan chiqib ketmagan.
Diplomatik vakolatxonaning eslatishicha,«turizm», «yaqinlarni ko‘rish», «biznes (konferensiya, madaniy almashinuv kabi)» maqsadidagi qisqa muddatli viza bilan Yaponiyada ishlash qat’iyan man etiladi. O‘zbekistonda qarz (kredit) olib bo‘lsa ham Yaponiyaga o‘qishga borgan, ammo yapon tilini o‘rgana olmay o‘qishdan chetlatilgan fuqaroning Yaponiyada yashash maqomi bekor qilinadi.
«Yaponiyaga «turizm» yoki «talaba» maqomidagi viza bilan kirib,«uzoq muddat qolish mumkin» yoki «ishlash mumkin» degan chaqiruvlar butunlay yolg‘on. Shu kabi yolg‘on maqsadlar bilan Yaponiyaga kirishga yo‘l qo‘yilmaydi.«Talaba» vizasi ishlash uchun emas, balki faqatgina mamlakatda o‘qish uchungina beriladi», – deyiladi elchixona xabarida.
Ta’kidlanishicha, Yaponiyada noqonuniy ravishda yashayotgan shaxslar aniqlansa, ular politsiya tomonidan hibsga olinadi va bunday shaxslarga nisbatan immigratsiya muassasasida ushlab turish yoki deportatsiya qilish kabi qat’iy choralar ko‘riladi.
«Bundan tashqari, Yaponiya hukumati shu kabi shaxslar haqida O‘zbekiston hukumatiga ma’lumotlarni berib borayotganligi sababli, O‘zbekistonga qaytgandan keyin ham ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi mumkin. Shu sababli,«Yaponiyada ishlash mumkin» deb da’vo qiluvchi vositachilarning va’dalariga osonlik bilan ishonib qolmang, ogoh bo‘ling!» – deb ogohlantiradi Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi.
Jamiyat
Piskentdagi suv ta’minoti obektida 14 km quvur talon-toroj qilindi
Mansabdorlar 14 800 metr quvurni qazib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Toshkent viloyati, Piskent tumanida 14 km quvur suv ta’minoti korxonasi mansabdorlari tomonidan talon-toroj qilindi. Yetkazilgan zarar qariyb 4 milliard so‘m, deb xabar berdi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.
Qayd qilinishicha, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Piskent tumani filiali rahbari B.K., “A.” AJ mansabdor shaxslari va boshqalar bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda, umumiy qiymati 3 mlrd 931,2 mln so‘mlik suv quvurlarining 3 mlrd 78,4 mln so‘mlik qismi, ya’ni jami 14 800 metrini qazib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Qayd etilgan holatlar yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan jinoyat kodeksining 167-moddasi uchinchi qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdorlar BHM 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
-
Iqtisodiyot4 days ago
Markaziy bank: 24-aprelda dollar pasayadi
-
Iqtisodiyot4 days ago“QQSni oson qaytarib olish ta’minlanmasa, stavkani 6 foizga tushirishni taklif qilamiz” – Davron Vahobov
-
Dunyodan4 days ago
Buyuk Britaniyada “chekmaydigan avlod” dunyoga keldi
-
Iqtisodiyot4 days agoQirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
-
Dunyodan4 days ago
Eron oliy rahbari yuzi va oyog‘idan jiddiy jarohat oldi
-
Siyosat4 days ago
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligiga tashrif buyurdi
-
Siyosat3 days agoYevropa Ittifoqi Rossiya mudofaa sanoatiga xomashyo yetkazib bergan ikki O‘zbekiston shirkatiga sanksiyalar kiritdi
-
Iqtisodiyot4 days ago
Ikki oyda xorijga 466,6 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari sotildi
