Connect with us

Jamiyat

IIV tizimida bir guruh ayol xodimalar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi

Published

on


Ichki ishlar vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Jumladan, vazirlik tizimida:


Podpolkovnik Jumayeva Kamilla Muratovna Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti yetakchi mutaxassisi lavozimida xizmat qilgan.


Podpolkovnik Muxamedaliyeva Nigora Musurmonovna IIV Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — davolash-profilaktika ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar IIV Tibbiyot boshqarmasi davolash-profilaktika ishlarini tashkil etish bo‘limi bosh inspektori lavozimida ishlagan.


Podpolkovnik Qilicheva Sayyoraxon Baxtiyarovna IIV Markaziy poliklinika boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar IIV Markaziy poliklinika boshlig‘ining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.


Mayor Maxmudova Gulnoza Usmonaliyevna IIV Markaziy gospital bo‘linma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar IIV Tibbiyot boshqarmasi katta mutaxassisi lavozimida ishlagan.

Buxoro viloyati boshqarmasida:


Kapitan Rajabova Gulruh Baxtiyorovna Buxoro viloyati IIB Davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot bo‘limi gospital boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Buxoro viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB katta tezkor vakili lavozimida ishlagan. 


Katta leytenant Xafizova Parvina Narmuratovna Buxoro viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Buxoro viloyati IIB Davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot bo‘limi gospital boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Toshkent shahar bosh boshqarmasida:


Podpolkovnik Azizova Yulduz Izatilayevna Toshkent shahar IIBB Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB Migratsiya va personallashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Toshkent shahar IIBB Tezkor-qidiruv xizmati katta tezkor vakili lavozimida xizmat qilgan.


Podpolkovnik Chutboyeva Nasiba Uralovna Toshkent shahar IIBB Migratsiya va personallashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – ichki migratsiya va fuqarolik bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Toshkent shahar IIBB Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi moliyaviy ta’minot xizmati pensiya ta’minoti bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida xizmat qilgan.

Namangan viloyati boshqarmasida:


Podpolkovnik Karimova Zuxra Shamsiddin qizi Namangan viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Namangan shahar IIBning Namangan davlat universitetiga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektori  lavozimida xizmat qilgan.

Jizzax viloyati boshqarmasida:


Mayor Saidova Malikaxon G‘ayratovna Jizzax viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Jizzax viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida ishlagan.


Kapitan Jumanova Dilnoza Ravshanovna Jizzax viloyati IIB Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati huquqiy statistika markazi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati huquqiy statistika markazi arxiv ma’lumotlar guruhi katta inspektori lavozimida ishlagan.

Samarqand viloyati boshqarmasida:


Podpolkovnik Yunusova Moxina Mavzudinovna Samarqand viloyati IIB huzuridagi Migratsiya va personallashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida xizmat qilgan.

Qashqadaryo viloyati boshqarmasida:


Podpolkovnik Abdullayeva Shoxista Abdurashitovna Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati  bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati xodimasi lavozimida xizmat qilgan.


Podpolkovnik Nazarova Mahliyo Jo‘raboyevna Qashqadaryo viloyat IIB Migratsiya va personallashtirish boshqarmasi chet el fuqarolari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda giyohvand moddalar tayyorlagan jinoiy guruh ushlandi

Published

on


Sergeli tumanida ko‘p qavatli uylardan birida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh etildi, katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar musodara qilindi.

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoiy faoliyatga chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan shaxs Sergeli tumanidagi xonadonni ijaraga olib, u yerda narkolaboratoriya tashkil etgan.

Tezkor tadbir davomida ushbu manzildan umumiy qiymati 4,5 milliard so‘mga teng bo‘lgan 3,5 kilogramm “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi, 20 litr suyuq va 25 kilogramm kukun ko‘rinishidagi prekursorlar, shuningdek, ularni tayyorlash va qadoqlashda foydalanilgan anjomlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, laboratoriyada kimyogar sifatida faoliyat yuritgan yana bir fuqaro ham ushlandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar avval Telegram messenjeri orqali ishlovchi narkodo‘konda “kladmen” sifatida giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik esa jinoiy guruh ishonchini qozonib, bevosita moddalarni tayyorlash jarayoniga jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mas’ul idoralar fuqarolardan shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslikni, bunday holatlarga duch kelganda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishni so‘ramoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Nurafshondan Toshkentga tezyurar avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi

Published

on


Nurafshon shahridan Bektemir tumanigacha tezyurar avtobus qatnovlari uchun «Bus rapid trans» (BRT) tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 24-martdagi qarorida keltirilgan.

Ushbu qarorga ko‘ra, «Toshkent–Nurafshon» avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish orqali ekspress avtobus tizimini (BRT) tashkil etish loyihasi tashabbuskori sifatida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, mazkur tezyurar avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasida maxsus yo‘laklar ajratiladi. 9 ta yopiq va iqlim nazorati tizimiga ega bekat bo‘lishi ham reja qilingan. Bekatlar oralig‘i o‘rtacha 2,9 kilometrni tashkil etadi.

Qarorga ko‘ra, ushbu loyihaning umumiy qiymati 119 mln 642,7 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha Xalqaro moliya institutlari va Davlat budjeti tomonidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, «Avtoyo‘linvest» agentligi bevosita buyurtmachi funksiyasini bajaradi. Loyiha 2028-yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushishi ko‘zda tutilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Aholini masjidlar orqali ogohlantirish tizimi joriy etildi

Published

on


BMT Taraqqiyot dasturi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda aholini erta ogohlantirish tizimini kengaytirishga qaratilgan yangi tizim joriy qildi. Loyiha doirasida masjidlarga maxsus uskunalar o‘rnatilib, tezkor xabarlar tashqi ovoz kuchaytirgichlar orqali uzatiladi.

Ma’lum qilinishicha, hozirga qadar Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi 272 ta masjid ushbu tizim bilan jihozlangan. Ogohlantirish radiusi 500 metrdan 2000 metrgacha yetadi.

Yangi tizimning muhim jihati shundaki, u aloqa va elektr uzilishlari sharoitida ham ishlay oladi. Bu esa favqulodda holatlarda axborot uzilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Loyihaga ko‘ra, ushbu usul orqali 6,5 million nafarga yaqin aholini qamrab olish mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

1 apreldan haydovchilarga jarima ballari kamera orqali ham hisoblanadi

Published

on


2026 yil 1 apreldan yo‘l qoidabuzarliklari uchun jarima ballari kamera orqali ham hisoblanadi. Endilikda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar ham haydovchilarning jarima ballari hisobida inobatga olinadi.

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari faqat YHX xodimlari tomonidan emas, balki yo‘llarda o‘rnatilgan kameralar orqali qayd etilgan taqdirda ham jarima ballari hisoblanadi. Bu esa haydovchilar mas’uliyatini oshirish va qoidabuzarliklarni kamaytirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, yangi tartibga asosan jarima ballarini taqsimlash mexanizmi ham joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, agar transport vositasini uning mulkdori emas, balki boshqa shaxs ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasi asosida boshqargan bo‘lsa, jarima ballari aynan qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchiga yuklanishi mumkin.

Mazkur o‘zgarishlar yo‘llarda intizomni mustahkamlash, adolatli javobgarlikni ta’minlash va qoidabuzarliklar sonini qisqartirishga xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelyapti

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 26-27 mart kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lajak tadbirlar kun tartibidanO‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

Siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi hamdatransport sohasida o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, suv va energetika xavfsizligini ta’minlash hamda keng ko‘lamli madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda ko‘p tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashadilar.

Shuningdek, bir qator yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.