Jamiyat
Ichki ishlar mansabdori niqobidagi advokat ushlandi
Ichki ishlar mansabdori niqobi ostidagi advokat va uning sherigi qo‘lga olindi.
DXX Call-markaziga kelib tushgan murojaat asosida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Toshkent shahrida yashovchi, 1980-y.t., muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro o‘zining sherigi bo‘lgan – poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokatini go‘yoki Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, u orqali 2024 yilda sud hukmi bilan 8 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, hozirda Buxoro viloyatidagi 1-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumni Toshkent viloyatidagi 7-sonli JIEMga ko‘chirib berish evaziga arizachidan 5 ming AQSh dollari talab qiladi.
Ammo, mazkur shaxslar so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi
Jamiyat
Jazoni o‘tayotgan ayollarga ham oliygohlarga kirish imkoniyati yaratiladi
Tadbirda davlat rahbari ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash borasida ham to‘xtalib o‘tdi.
«Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhit yaratish – biz uchun strategik vazifa.
Shu haftada yana bir muhim farmonni imzoladim. Endi xotin-qizlar va bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik va tazyiq holatlariga qarshi qat’iy tizim asosida kurash olib boramiz», – dedi Prezidentimiz.
Turli sabablarga ko‘ra bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urgan ayollar ham shu yurtning fuqarolari ekani ta’kidlandi. Ularni ijtimoiy hayotga qaytarish, jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylantirish to‘g‘risida ham jiddiy o‘ylash kerakligi qayd etildi.
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan ayollarning ko‘pchiligi o‘rta ma’lumotli, kasbi yoki hunari yo‘q. Ayrimlari oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan.
Shu bois, bunday xotin-qizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha «Yangi hayot» dasturi boshlanadi. Ular 3-6 oy kasb dasturlarida o‘qitilib, sertifikat oladi.
Shuningdek, mahkumalarga muassasalarning o‘zida imtihon topshirib, oliygohlarga kirish va masofaviy o‘qish imkoniyati yaratib beriladi. Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga jazoni o‘tab, ishga joylashgandan keyin qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.
Jamiyat
Ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 4 mingga yetkaziladi
Bugun respublika bo‘ylab oliygohda o‘qiyotgan qizlarning soni 904 mingdan oshib, jami talabalarning 54 foizini tashkil etmoqda. O‘tgan yili 60 nafar qiz dunyodagi eng nufuzli oliygohlarga o‘qishga kirgan.
Stajyor-tadqiqotchilar va doktoranturada tahsil olayotganlarning 8,5 ming nafari, ya’ni 61 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani ham e’tiborlidir.
Prezidentimiz Kegeyli tumanidan Indira Satniyazova, buxorolik Vazira Fayzullayeva, navoiylik Mashhura Qudratovaning xalqaro fan olimpiadalarida erishgan yutuqlari, bir qator xalqaro startap tanlovlari g‘olibi buvaydalik Dilafruz Jo‘raboyevaning nufuzli «Microsoft» kompaniyasining O‘zbekistondagi elchisi sifatida tan olinganini alohida e’tirof etdi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 karra oshirilib, 4 mingga yetkazilishi belgilandi.
Top 300 talikdagi oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim asosida magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talaba-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi.
Endilikda har yili xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kamida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha startap tanlovlari o‘tkaziladi. Bunda har bir yo‘nalish g‘olibiga Innovatsiya jamg‘armasidan 500 million so‘mgacha grant beriladi.
Maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga kirgan qizlarni kasbga o‘qitish to‘liq davlat granti asosida bo‘ladi.
Jamiyat
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumaniga Andijondan kelin bo‘lib tushgan Nasibaxon Ibrohimovaning sepi ijtimoiy tarmoqlarda olqishlarga sazovor bo‘lmoqda. U kelinlik uyiga 800 ta kitob bilan borgan.
Foto: Oilaning shaxsiy arxividan
Turmush o‘rtog‘i Mirjalol Mahmarayimovning Kun.uz’ga aytishicha, bo‘lajak rafiqasi bilan bir necha yil birgalikda kitob yig‘ishgan, to‘ydan keyin esa juftlikning qo‘shma kutubxonasidagi kitoblar soni 1,5 mingtaga yetgan.
“3 yil sevishdik, birga kitob o‘qidik, birga kitob yig‘dik. Onlayn tarzda kitob sotuvini ham yo‘lga qo‘ydik. Shaxsiy kitob javonimiz bitta bo‘lishi orzumiz edi. 2025 yil avgustida turmush qurdik. To‘ydan oldin birga yig‘gan va o‘zida bor kitoblarni mening uyimga olib keldi. Keyin bitta javon yasab, shaxsiy kutubxona qurdik”, deydi Mirjalol.
Oilaning shaxsiy kutubxonasi Mirjalolning Ko‘kdala tumani Sho‘rquduq mahallasidagi uyida joylashgan. Kelin-kuyov esa hozirda Toshkent shahrida ijarada yashashadi – Mirjalolning ishi shu yerda, u Chorsudagi kitob do‘konlaridan birida ishlaydi.
“Kutubxonamizning rasmi tasodifan tarqalib ketdi. Zulfiya mukofoti uchun hujjat qilish paytida ilova qilingan rasm edi, bir bloger tarqatib yuboribdi”, – deydi u.
Nasibaxonga Zulfiya mukofoti bu yil nasib qilmadi, oila keyingi yil yana urinib ko‘rishni rejalashtirgan.
Jamiyat
Ayrim mahkumlar uchun jazoni o‘tash tartibi o‘zgaradi
Prezident farmoni bilan jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan qator takliflar ma’qullandi. Unga ko‘ra, ayrim toifadagi mahkumlar uchun jazoni o‘tash tartibiga o‘zgartishlar kiritiladi.
Hujjatga muvofiq, Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etganlik uchun sudlangan shaxslar endi manzil-koloniyalarga o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, mazkur jinoyatlar uchun jazo o‘tayotgan mahkumlarni psixologik tuzatish dasturidan o‘tmasdan turib, ularga saqlash sharoitlarini yengillashtirish amaliyotiga chek qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, ushbu o‘zgarishlar jinoyat-ijroiya tizimini takomillashtirish hamda jinoyatlar profilaktikasini kuchaytirishga qaratilgan.
Jamiyat
Гидрометеорология хизмати қор кўчиш хавфидан огоҳлантирди
Гидрометеорология хизмати қор кўчиш хавфидан огоҳлантирди.
2026 йил 9-11-март кунлари кутилаётган ёғингарчилик ҳамда ҳаво ҳароратининг ўзгаришлари сабабли республиканинг тоғли ҳудудларида шу жумладан:
Қашқадарё вилояти: Деҳқонобод, Китоб, Қамаши, Шаҳрисабз туманларида;
Сурхондарё вилояти: Бойсун, Қумқўрғон, Сариосиё, Узун туманларида;
Самарқанд вилояти: Нуробод, Қўшработ, Самарқанд, Ургут туманларида;
Жиззах вилояти: Бахмал, Зомин туманларида;
Тошкент вилояти: Бўстонлиқ, Паркент, Оҳангарон туманлари (Чотқол тизмаси тоғлари);
Наманган вилояти: Поп туманида қор кўчиш хавфи элон қилинади.
Тоғли худудларда истиқомат қилувчи фуқаролар, дам олувчилар ҳамда тоғли худудларда ҳаракатланувчи ҳайдовчилардан, эҳтиёткорлик чораларини кўришларини сўралган.
Аввалроқ жорий йилнинг 9-12 март кунлари Ўзбекистон ҳудудига совуқ ва нам ҳаво массалари кириб келиши хабар берилганди.
-
Iqtisodiyot4 days agoAQSh Eronga zarbalarni qo‘llab-quvvatlamagan Ispaniya bilan savdoni to‘xtatadi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekiston–Yaponiya: startaplar yo‘nalishida hamkorlik imkoniyati mavjud
-
Iqtisodiyot4 days agoYevropada gaz narxi so‘nggi uch yildagi eng yuqori darajaga yetdi
-
Dunyodan2 days ago
Sochida bir kunda ikki marta zilzila sodir bo‘ldi
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev pedofillarga umrbod qamoq jazosini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
-
Jamiyat11 hours ago
Гидрометеорология хизмати қор кўчиш хавфидан огоҳлантирди
-
Siyosat4 days agoO‘zbekiston mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
-
Iqtisodiyot2 days agoSodiqlik kartasini skanerlash va xarid uchun to‘lov qilish — endi payme’da barchasi bir urinishda!
