Jamiyat

Hududlarda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holatlari aniqlandi

Published

on


Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chiroqchi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.


Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Unda, fuqaro Sh.B. “A.Temur” MFY hududidagi xonadonida qonunga xilof ravishda qo‘lbola usulda yasalgan juvoz uskunasida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgani aniqlanib, undan 55 litr yog‘simon mahsulot, 392 kg chigit va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Sho‘rchi tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “B.” MChJ rahbari F.S. “Olatemir” MFY hududidagi xonadonida yog‘ ishlab chiqarayotgani aniqlanib, undan 937 kg chigit va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version