Iqtisodiyot
Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish: Andijon birinchi o‘rinda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 43,1 trln so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 21,7 foizga oshgan.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 19,7 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu mamlakat umumiy hajmining salmoqli qismini tashkil etadi.
Keyingi o‘rinlarda:
Namangan viloyati – 3,9 trln so‘m;
Toshkent viloyati – 3,6 trln so‘m;
Toshkent shahri – 2,9 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati – 2,8 trln so‘m;
Navoiy viloyati – 2,1 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 1,8 trln so‘m;
Buxoro viloyati – 1,8 trln so‘m;
Samarqand viloyati – 1,3 trln so‘m.
Qolgan hududlarda ham ishlab chiqarish hajmi yuz milliardlab so‘mni tashkil etgan. Jumladan, Surxondaryo viloyatida 634,9 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 576,3 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida 565,9 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 560,3 mlrd so‘m va Sirdaryo viloyatida 442,2 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatidagi o‘sish eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududiy sanoat rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiyot
21 mlrd so‘mlik xaridlarda qonun buzilgan —Raqobat qo‘mitasi
21 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar bergan.
Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan «QUYUV-MEXANIKA ZAVODI» AJ tomonidan o‘tkazilgan eng yaxshi takliflarni tanlash (tender) savdolari «Raqobat to‘g‘risida» gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida,«O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI» AJ tizim tashkiloti «QUYUV-MEXANIKA ZAVODI» AJ tomonidan o‘tkazilgan jami 21 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 8 ta tanlov savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Yuqoridagilarga muvofiq, Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Iqtisodiyot
Avtosug‘urta narxlari bir yilda qariyb 3 barobarga oshdi — Markaziy bank
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil mart oyidagi xizmatlar narxi yillik o‘zgarishiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, eng katta narx o‘sishi 281,8 foiz bilan shaxsiy transport vositalarini sug‘urtalashda qayd etildi.
Trolleybusda yo‘l haqi bir yilda 100 foizga, tarmoq gaz 39,2 foizga, sovuq suv 35,1 foizga qimmatladi. Haydovchilik kurslari narxi ham 35,8 foizga oshdi.
Shuningdek, chiqindi tashlash xizmati 28,7 foiz, suyultirilgan gaz 25 foiz, tramvayda yo‘l haqi 23,3 foiz, muzey xizmatlari esa 21,1 foizga qimmatladi.
Arzonlashgan xizmatlar ro‘yxatida ichki yo‘lovchi havo transporti birinchi o‘rinda — yillik 10,9 foizga tushdi. Pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash 6,7 foizga, xalqaro yo‘lovchi havo transporti 5,5 foizga arzonladi.
Shu jumladan, nodavlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qish narxi 0,5 foizga, mikromoliyaviy xizmatlar esa 0,02 foizga pasaydi. Metroda yo‘l haqi, mobil internet, davlat maktabgacha ta’lim va davlat OTMlarida o‘qish narxlari o‘zgarmadi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, iste’mol narxlari indeksi savatidagi jami 98 turdagi xizmatdan 68 tasining, ya’ni 69 foizining yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘ldi.
Iqtisodiyot
16-apreldan dollar sezilarli ravishda oshadi
Markaziy bank 2026-yil 16-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 49,05 so‘mga oshib, 12 190,43 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 49,29 so‘mga oshdi va 14 362,76 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 526,57 so‘m bo‘ldi (+83,5).
Rossiya rubli 162,09 so‘m etib belgilandi (+1,83).
Iqtisodiyot
O‘zbekistonga kofe importi keskin kamaydi
2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga 20 ta xorijiy davlatdan 136,2 tonna kofe import qilindi. Uning umumiy qiymati 1,6 mln AQSh dollarini tashkil etgan, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 65,4 tonnaga yoki 32,4 foizga kamaygan. Shu tariqa, mamlakatga kofe yetkazib berish hajmida sezilarli pasayish qayd etilgan.
2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga eng ko‘p kofe yetkazib bergan davlat 46,3 tonna bilan Italiya bo‘ldi.
Shuningdek, Efiopiya 26,7 tonna, Vetnam 15 tonna, Germaniya 14,8 tonna va Rossiya 14,2 tonna hajmda kofe eksport qilgan.
Qolgan 19,2 tonna kofe esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu esa import bozorida bir nechta asosiy yetkazib beruvchilar ustunligini ko‘rsatadi.
Iqtisodiyot
18:01 O‘zbekistonga smartfon va noutbuklar importining yangicha kanali ochiladi
18:01
O‘zbekistonga smartfon va noutbuklar importining yangicha kanali ochiladi
Source link
-
Dunyodan4 days ago
Eron rahbarlari AQSh va Isroildan tovon puli talab qilmoqda
-
Sport5 days ago
«Real Madrid» chempionlik uchun kurashlardan chiqdimi?
-
Iqtisodiyot3 days ago
Centrum Air mavsumning asosiy yo‘nalishlaridan birini ishga tushiradi – Antalyaga kunlik reyslar
-
Jamiyat5 days ago«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
-
Dunyodan5 days ago
Rossiya mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
-
Siyosat3 days ago
Buxoroda O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
-
Mahalliy3 days ago
Xorijlik abituriyentlar uchun «Yangi O‘zbekiston stipendiyasi» grant dasturi joriy etiladi
-
Dunyodan3 days ago
Eronning sobiq tashqi ishlar vaziri havo hujumida halok bo‘ldi
