Jamiyat
Harbiylar va huquqni muhofaza qilish sohasi vakillari mukofotlandi (ro‘yxat)
O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Jumladan:
I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan
Qodirov G‘ayrat Toirovich – Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
“Mardlik” ordeni bilan
Qurbonov Dostonbek Zafarjon o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi
Ismoilov Abduvoxid Salomovich – Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
Tursunov Ikromjon Normurodovich – Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
Yusupov Sanjar Abdukarimovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarmasi boshlig‘i
“Do‘stlik” ordeni bilan
Axmedjanov Timur Fatixovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bo‘lim boshlig‘i
Gordiyenko Oksana Mixaylovna – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori
Tashkulov Akbar Djurabayevich – O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri
Fazilov Botir Naimovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni boshqarma boshlig‘i
“Jasorat” medali bilan
Bo‘ronov Jasurbek Botir o‘g‘li – Surxondaryo viloyati “Ayritom” chegara bojxona posti katta inspektori
Davronov Lazizbek Raxmonovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaz guruh komandiri-yo‘riqchi
Djalilov Rasul Abduganiyevich – Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Bekobod shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta yo‘riqchi-qutqaruvchisi
Ismaylov Jenisbay Aminbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism seksiya mutaxassisi
Mirzaxmedov Akmal Nasridinovich (marhum) – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi
Ne’matov Jasur Rustamovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh komandiri
Siddikova Mohigul Maxmudovna – Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi patrul-post xizmati inspektori
Yakubov Sobitjon Muminjon o‘g‘li – Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Abduraxmanov Xasanboy Alisherovich – Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Norin tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi smena boshlig‘i
Babayev Akmal Abdukarimovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi o‘quv markazi boshlig‘i
Baynova Yamilya Salimyanovna – Xorazm viloyati Davlat arxivi bosh arxivchisi
Botirov Nodir Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati bo‘lim bosh serjanti yordamchisi
Ziyatov Asamiddin Xolmuminovich – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
Qoryog‘diyev Laziz Norqulovich – Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
Mirzaraximov Shavkatjon Joldoshovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari
Muhammadiyev Sherali Safarovich – Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti
Nosirov Abduxalil Rustamovich – Buxoro viloyati Jondor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
Sabirov Ajibay Maxametsaliyevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i
Sulaymanov Ulmas Nazarovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar bo‘limi boshlig‘i
Tadjiyev Ibragim Isakovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
Tleubayev Allayar Baxtiyarovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bosh serjanti
Usanov Otabek Eshqobulovich – Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani prokurori
Xalilov Umar Muxammadovich – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus boshqarmasi guruh yo‘riqchi-qutqaruvchisi
Shodiyev Erkin Samiyevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
Ermatov Bunyodjon Sirochidinovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism mutaxassisi
Yuldashev Jonibek Zaripbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh yo‘riqchi-serjanti
“Sog‘lom turmush” medali bilan
Xudaynazarov Mansurbek Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy gospitali boshlig‘i
“Shuhrat” medali bilan
Aliyev Mirazim Akmalovich – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi bo‘lim boshlig‘i
Ataxanov Dastan Kadirbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Nukus shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi yo‘riqchi-qutqaruvchisi
Ashirmatova Barno Saataliyevna – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni boshqarmasi katta ofitseri
Mavlonov Mardon Abduxamid o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi
Mansurova Zulfiya Saidmurodovna – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi
Murzayev Rustam Kamilovich – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi boshlig‘i o‘rinbosari
Murodov Zoir Zokirovich – Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi G‘ijduvon tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari
Narjigitov O‘tkir Arzikulovich – Toshkent viloyati Chinoz tumani ichki ishlar bo‘limi katta tergovchisi
Nurjanov Ziyodbek Erkinovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh komandiri
Rustamov Sardorbek Axmatjonovich – Andijon viloyati Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi
Rustamov Tursunboy Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi boshlig‘i
Suvanov Alisher Karimovich – Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchi-yong‘in o‘chiruvchisi
Xazratqulov Zahriddin Sobirjanovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i
Xaydarov Muzaffar Raxmonaliyevich – Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
Xudayberdiyeva Roxila Axmadovna – Navoiy viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi
Xudoyberdiyev Baxodir Abdurayimovich – Surxondaryo viloyati Angor tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori.
Jamiyat
Samarqandda ikki qizga zo‘ravonlik qilgan vaqtinchalik vasiy ayolga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ortidan Samarqandda ikki nafar qizga nisbatan zo‘ravonlik holati fosh etildi. Voqea Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi.
Samarqand viloyatining Toyloq tumanida voyaga yetmagan ikki nafar qizga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik holati aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 21-aprel kuni fuqaro M.S. o‘zining vaqtincha vasiyligida bo‘lgan 2019-yilda tug‘ilgan B.D. va 2017-yilda tug‘ilgan B.M.ga nisbatan turli shaklda tazyiq o‘tkazgan. U bolalarning xorijda bo‘lgan onasi D.M.dan pul undirish maqsadida zo‘ravonlik qilgani va bu holatni videoga olgani qayd etilgan.
Holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakil joyiga chiqib, vaziyatni o‘rgandi va bolalarni himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tuman vasiylik organi — «Inson» markazi mas’ullari tomonidan M.S. vasiylik vazifasidan chetlatildi. Bu qaror bolalar manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilingan.
Shuningdek, bolalarga yetkazilgan tan jarohatlari darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bu jarayonda barcha holatlarga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.
Zo‘ravonlikdan jabrlangan qizlarning ruhiy holatini barqarorlashtirish maqsadida psixolog jalb qilingan. Hozirda ular tumandagi oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi. Shu bilan birga, yashash hududiga yaqin maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga rasmiylashtirilib, ta’lim olish huquqlari tiklandi.
Ayni paytda xorijda bo‘lgan onaning o‘z ota-onalik majburiyatlarini qay darajada bajarayotgani ham o‘rganilmoqda. Bolalar ombudsmani mazkur ish bo‘yicha kuzatuvni davom ettirmoqda.
Jamiyat
«maqsadli omonat» tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta’minlashni rag‘batlantirish maqsadida ipoteka bozorida yangi mexanizm — «maqsadli ipoteka omonati» amaliyotini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Ushbu tashabbus Prezidentning 2026-yil 24-fevraldagi PF–29-son farmoni ijrosi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2026-yil 1-iyuldan boshlab tajriba-sinov tarzida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi tizimning asosiy g‘oyasi — aholining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini uy-joy xaridiga yo‘naltirish. Fuqarolar ipoteka krediti olishdan oldin maxsus omonat hisobvarag‘ida mablag‘ jamg‘aradi. Bu mablag‘lar keyinchalik dastlabki badalni shakllantirishda ishlatiladi.
Bunda:
– tijorat banklarida maxsus omonat hisoblari ochiladi;
– omonatlarga bozor stavkalarida foiz hisoblanadi;
– davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi;
– jamg‘arilgan mablag‘lar ipoteka krediti uchun maqsadli yo‘naltiriladi.
Yangi mexanizm ikki tomonlama samara beradi. Birinchidan, fuqarolar uchun uy-joy sotib olish imkoniyati kengayadi – chunki ular oldindan mablag‘ jamg‘arib, kredit yukini kamaytiradi. Ikkinchidan, banklar uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslar bazasi shakllanadi.
Dastlabki badalning bir qismi davlat subsidiyasi hisobidan qoplab berilishi, ipoteka foizlarining ma’lum qismiga ham kompensatsiya berilishi (5 yilgacha) hamda fuqaro uy olmasa, omonat mablag‘lari foizlari bilan qaytarilishi kabi shartlar qo‘shimcha imkoniyatlar sifatida taqdim qilinmoqda.
«Maqsadli ipoteka omonati» tizimi ipoteka bozorida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. U nafaqat aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi, balki ichki moliyaviy resurslarni iqtisodiyotga jalb qilish orqali umumiy iqtisodiy barqarorlikni ham mustahkamlaydi.
Jamiyat
Samarqandda 490 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning turmush o‘rtog‘iga issiqxona tashkil qilish uchun ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini sotishni rejalashtirgan.
Samarqand shahrida yer uchastkasini noqonuniy sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, u Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro bilan til biriktirib, uning turmush o‘rtog‘iga issiqxona tashkil qilish uchun ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini sotishni rejalashtirgan.
Shaxs xaridorga ushbu yerni 490 ming AQSh dollariga sotishini, shuningdek mansabdor tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 50 ming dollar talab qilgan.
U Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 50 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
U kelishilgan 18 ming dollar puldan 9 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, fuqaro M.Ch. 18 000 AQSh dollari evaziga fuqarolar A.I. va B.X.ni haj ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan.
U kelishilgan puldan 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi hajga borishda firibgarlarga aldanib qolmaslikka chaqirgandi.
Jamiyat
Texnik talablarga javob bermaydigan konditsionerlar sotilayotgani aniqlandi
Hisense va Aux konditsionerlarida kamchiliklar aniqlandi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar bo‘limi tomonidan poytaxtdagi savdo nuqtalarida sotilayotgan Xitoyda ishlab chiqarilgan Aux hamda Hisense rusumli konditsionerlarga nisbatan nazorat xaridi o‘tkazildi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Aux konditsionerlari «Texnik vositalarning elektromagnit mosligi to‘g‘risida»gi texnik reglament talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
Shuningdek, Hisense rusumli konditsionerlar ham belgilangan standartlarga to‘liq javob bermasligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, qurilmaning iste’mol qilinadigan nominal quvvati belgilangan me’yorlardan yuqori ekani qayd etildi.
Ushbu holatlar mazkur mahsulotlarning amaldagi texnik va xavfsizlik talablariga to‘liq mos emasligini ko‘rsatadi.
Fuqarolardan maishiy texnika xarid qilishda mahsulotning muvofiqlik sertifikati hamda texnik hujjatlariga alohida e’tibor qaratish so‘raladi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
-
Siyosat5 days agoSaida Mirziyoyeva xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev mintaqaviy sammitda yashil savdo yoʻlaklari va yagona iqlim investitsiya strategiyasini taklif qildi
-
Siyosat5 days agoPrezident Shavkat Mirziyoyev JSST bosh direktorini qabul qildi
-
Jamiyat4 days ago
Giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilishning milliy tizimi takomillashtiriladi
-
Iqtisodiyot3 days ago
Markaziy bank: 24-aprelda dollar pasayadi
-
Siyosat5 days agoPrezident Mirziyoyev Ostonaga Orol dengiziga yordam berish jamg‘armasi yig‘ilishiga keldi
-
Jamiyat4 days agoShavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi
-
Dunyodan3 days ago
Buyuk Britaniyada “chekmaydigan avlod” dunyoga keldi
