Sport
Habib Nurmagomedov Abduqodir Husanovdan dastxat oldi
Habib Nurmagomedov «Manchester Siti» bazasida bo‘lib, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov va norvegiyalik hujumchi Erling Holand bilan uchrashdi.
Holand UFC yulduziga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi, unga har ikki futbolchi dastxat qo‘yib berishdi.
Uchrashuvdan olgan taassurotlarini o‘rtoqlasharkan, taniqli jangchi Abduqodirning kamtarligini e’tibordan qochirmadi.
«Bir soatlik uchrashuvda bir so‘z ham demadi. Alloh seni o‘z panohida asrasin, uka. Butun O‘zbekistonning sendan umidi katta. Bo‘shashma, faqat olg‘a intil», — deb yozdi u Instagramdagi sahifasida.
Sport
Dastlabki o‘yinlardan keyin kimda imkoniyat yuqori?
Futbol bo‘yicha Yevropa ligasining 2025/2026-yilgi mavsumida 1/8 final bosqichining dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Yevropa Ligasi. 1/8 final. Birinchi o‘yinlar. 12-mart
Bolonya — Roma 1:1
Gollar: Bernardeski (51) — Pellegrini (71)
Lill — Aston Villa 0:1
Gol: Uotkins (61)
Shtutgart — Portu 1:2
Gollar: Undav (40) — Moffi (21), Mora (27)
Panatinaikos — Betis 1:0
Gol: Taborda (87, penalti)
Chetlatishlar: Zaruri (59, Panatinaikos) — Lorente (88, Betis)
Selta — Lion 1:1
Gollar: Rueda (25) — Endrik (88)
Chetlatish: Iglesias (55, Selta)
Nottinghem Forest — Midtyulland 0:1
Gol: Cho Hyo Son (80)
Genk — Frayburg 1:0
Gol: Al Vahdi (24)
Ferensvarosh — Braga 2:0
Gollar: Kanichovski (32), Jozef (69)
Javob o‘yinlari 19-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Sport
Tramp Eronning jahon chempionatidagi ishtiroki o‘rinli emasligini aytdi
Oq uy rahbari so‘zlariga ko‘ra, bu ularning «hayoti va xavfsizligi» uchun muhim.
AQSh prezidenti Donald Tramp futbol bo‘yicha Eron milliy jamoasining jahon chempionatidagi ishtiroki o‘rinli emasligini aytdi.
«Eron milliy jamoasi jahon chempionatida mamnuniyat bilan kutib olinadi, lekin men haqiqatan ham ularning hayoti va xavfsizligi uchun u yerda bo‘lishini o‘rinli deb hisoblamayman», deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda.
Avvalroq, Eron sport vaziri Ahmad Dunyomoli xavfsizlik masalalari va AQSh bilan urush sababli milliy jamoaning jahon chempionatidagi ishtiroki imkonsiz ekanini aytgan edi.
«Bu korrupsiyalashgan hukumat rahbarimizni o‘ldirganidan so‘ng, jahon chempionatida ishtirok etishimizga imkon beradigan hech qanday sharoit qolmadi. Eronga qarshi olib borilgan dushmanlik harakatlari fonida bizga qarshi ikki marta urush olib borildi va bir necha ming fuqaromiz o‘ldirildi. Bunday sharoitda bizda ishtirok etish imkoniyati yo‘q», dedi u.
Hozircha bu haqda rasmiy qaror qabul qilinmagan. Eron futbol federatsiyasi va FIFA bu xabar yuzasidan izoh bermadi.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Eron milliy jamoasi Osiyo saralashi uchinchi bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhda qatnashgan va birinchi o‘rin bilan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Qur’a natijalariga ko‘ra Eronga G guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya jamoalar raqib bo‘lgandi. Eronliklarning guruh bosqichidagi barcha o‘yinlari AQShda, ikki o‘yin Los-Anjyelesda, yana bittasi – Sietlda bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Sport
Oksana Chusovitina Jahon kubogining navbatdagi bosqichida ishtirok etmoqda
Bugun Turkiyaning Antalya shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi start oladi. 15-martga qadar davom etadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham qatnashishadi.
Mamlakat gimnastika federatsiyasining ma’lum qilishicha, ushbu bosqichda to‘rt nafar atletimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi: Abdulaziz Mirvaliyev, Humoyun Ismoilov, Rasuljon Abdurahimov hamda sportimiz afsonasi — Oksana Chusovitina.
Sport
«Siti» Madridda 3 ta, «Chelsi» Parijda 5 ta gol o‘tkazdi. Kun o‘yinlari Hujumchi yo‘qligida hujumchiga aylangan Valverde «Siti» himoyachilarini manekenga aylantirdi. «Chelsi» bosh murabbiyi esa «Tottenhem»dagi hamkasbining xatosini takrorladi, «Arsenal» Germaniyadan durang bilan qaytdi, «Budyo-Glimt» ertagi davom etadi.
«Siti» Madridda 3 ta, «Chelsi» Parijda 5 ta gol o‘tkazdi. Kun o‘yinlari
Hujumchi yo‘qligida hujumchiga aylangan Valverde «Siti» himoyachilarini manekenga aylantirdi. «Chelsi» bosh murabbiyi esa «Tottenhem»dagi hamkasbining xatosini takrorladi, «Arsenal» Germaniyadan durang bilan qaytdi, «Budyo-Glimt» ertagi davom etadi.
Source link
Sport
«Real» «Manchester Siti»ni tor-mor etdi, qolgan o‘yinlarda nima gap?
Yevropa chempionlar ligasida 1/8 final bosqichining yana to‘rt uchrashuvi o‘tkazildi. Chorshanba oqshomida bo‘lib o‘tgan uchta bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi, Leverkuzendagi o‘yinda tomonlar murosa ko‘chasini tanladi.
«Real» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Madridliklarning barcha gollarini Federiko Valverde kiritdi. Bu uning faoliyatidagi ilk het-trikli o‘yini bo‘ldi. «Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
Turnir favoriti deya sifatlanayotgan «Arsenal» safarda «Bayer» bilan durangga erishdi. Gollarga boy bahsda «PSJ» «Chelsi»ga imkoniyat qoldirmadi, «Budyo-Glimt» esa «Sporting» ustidan ishonchli g‘alabani nishonladi.
Javob uchrashuvlari bir haftadan so‘ng o‘tkaziladi.
1/8 final: Dastlabki o‘yinlar natijalari (11-mart)
Bayer — Arsenal — 1:1
Gollar: Andrix 46 — Xavers 89 (pen.)
Budyo-Glimt — Sporting — 3:0
Gollar: Fet 32 (pen.), Blomberg 45+1, Xyog 71
Real Madrid — Man Siti — 3:0
Gollar: Valverde 20, 27, 42
PSJ — Chelsi — 5:2
Gollar: Barkolya 10, Dembele 40, Vitinya 74, Xvicha 86, 90+4 — Gusto 28, Fernandes 57
-
Jamiyat5 days ago
Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi
-
Jamiyat5 days agoFarg‘onada 90 tup tol noqonuniy kesildi
-
Jamiyat1 day agoNogironlar uchun onlayn platforma tenderida shubhali holatlar aniqlandi
-
Dunyodan3 days ago
2015 yilgi Suriya stsenariysi Eronda takrorlanishini istamaymiz.
-
Dunyodan2 days ago
Ali Xomanaiyning o‘g‘li Eronning yangi oliy rahbari etib saylandi
-
Dunyodan4 days ago
Prezident Tramp: “Eron bilan hech qanday kelishuv boʻlmaydi”
-
Dunyodan3 days ago
Eronda AQSh va Isroilni qo’llab-quvvatlaganlarning mulki musodara qilinadi
-
Dunyodan4 days ago
Indoneziyada bolalarga qaratilgan ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi.
