Sport
Habib Nurmagomedov Abduqodir Husanovdan dastxat oldi
Habib Nurmagomedov «Manchester Siti» bazasida bo‘lib, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov va norvegiyalik hujumchi Erling Holand bilan uchrashdi.
Holand UFC yulduziga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi, unga har ikki futbolchi dastxat qo‘yib berishdi.
Uchrashuvdan olgan taassurotlarini o‘rtoqlasharkan, taniqli jangchi Abduqodirning kamtarligini e’tibordan qochirmadi.
«Bir soatlik uchrashuvda bir so‘z ham demadi. Alloh seni o‘z panohida asrasin, uka. Butun O‘zbekistonning sendan umidi katta. Bo‘shashma, faqat olg‘a intil», — deb yozdi u Instagramdagi sahifasida.