Jamiyat
Giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilishning milliy tizimi takomillashtiriladi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi Stefano Berterame bilan uchrashdi.
Aytilishicha, uchrashuvda juda muhim va jiddiy masalalar muhokama qilingan. «Biz giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish milliy tizimini izchil takomillashtirishib bormoqdamiz, bu borada xalqaro ekspertlarning xulosasi biz uchun katta ahamiyatga ega. Muloqotda tahliliy va laboratoriyaviy bazani rivojlantirish, raqamli nazorat vositalarini joriy etish, soha mutaxassislarini tayyorlash mavzulariga alohida e’tibor qaratildi», deyiladi xabarda.
Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirgandi. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari narkojinoyatchilikka qarshi texnologiya va uskunalar bilan tanishdi.
Jamiyat
Bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi
Bugun, 21-aprel kuni Bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari rahbariyatida bir qator muhim tayinlovlar amalga oshirildi.
Jumladan, Bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan polkovnik Qutlimuratov Bahodir Abdullayevich Bojxona qo‘mitasining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Shuningdek:
Polkovnik Umarov Kaxramon Akbarovich Bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Mayor Xashimova Nargisa Rustamovna Bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasining Moliya-iqtisodiyot shu’basi bosh inspektori lavozimidan ozod etilib, Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Mayor Azimova Dildora Mukimovna Bojxona qo‘mitasining «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Bojxona to‘lovlari va statistikasi shu’basi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Podpolkovnik Fayzullayev Jasurbek Shavkatovich Bojxona qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Polkovnik Salixov Shovkat San’atovich Bojxona qo‘mitasining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Podpolkovnik Kodirov Umidjon Suxbatjonovich Bojxona qo‘mitasining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Podpolkovnik Agzamxodjayev Iskandar Yalkinovich Bojxona qo‘mitasining «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Mayor Mirzaxmedova Dilafruz Farxatovna Bojxona qo‘mitasining Bojxona rasmiylashtiruvi markazi «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postining Bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish guruhi katta inspektori lavozimidan ozod etilib, «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i etib tayinlandi.
Polkovnik Turdaliyev Zafarjon Toxirjonovich Bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Podpolkovnik To‘rayev Shavkat Shonazarovich Bojxona qo‘mitasining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod etilib, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Mayor Xalilova Lola Turakulovna Bojxona qo‘mitasining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘yicha bosh inspektori lavozimidan ozod etilib, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Podpolkovnik Sabirov Maxmud Karimovich Bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, ushbu boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Jamiyat
3 oyda 136 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Saudiyaga safar qildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-mart oylarida 136 060 nafar O‘zbekiston fuqarosi Saudiya Arabistoniga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,8 ming nafarga yoki 21,2 foizga oshgani bilan ahamiyatli. Bunda fuqarolarning katta qismi — 114 986 nafari sayohat maqsadida ushbu mamlakatga yo‘l olgan.
Shuningdek, 20 716 nafar fuqaro qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida borgani qayd etilgan.
Boshqa maqsadlar nisbatan kam ulushni tashkil etgan: 339 nafar davolanish, 11 nafar o‘qish, 8 nafar xizmat yuzasidan safar qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda Instagram’da «Umra» tadbirlarini reklama qilganlar javobgarlikka tortilgani haqida xabar qilingandi.
Jamiyat
Qiziriq tumani va Zarafshon shahri hududlari kengayadi
Qonunchilik palatasining 21-apreldagi yig‘ilishida Qiziriq tumani va Zarafshon shahri hududlarini kengaytirishga doir qonun loyihalari qabul qilindi.
Taklifga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumanidan 4740 gektar yer maydoni Qiziriq tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Shuningdek, Tomdi tumanidan 2459 gektar yer maydoni Zarafshon shahri hududiga qo‘shiladi.
Ta’kidlanishicha, Qiziriq tumani hududining kengayishi 731 ta oilada yashovchi 4230 nafar aholi sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa chorvachilikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Chegara o‘zgarishlari mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda tegishli tuman va viloyat Kengashlarida muhokama qilinib, kartografik chizmalar asosida ma’qullangan.
Ma’lum qilinishicha, uzoq muddatli biznes-reja doirasida 250 dan ortiq sanoat va ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 90 ta ijtimoiy ob’yekt va 500 dan ziyod savdo-maishiy hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalarini barpo etish rejalashtirilgan.
Jamiyat
O‘rta Chirchiqda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamaldi
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi maktablardan birining direktori o‘quvchi qizga sms jo‘natib, shahvoniy shilqimlik qilgan. Direktor sudda o‘quvchini tarbiyalash uchun shunday qilganini aytdi.
O‘rta Chirchiq tumanida maktab direktori o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanishdi.
Sud hujjatiga ko‘ra, 39 yoshli J.I. tumandagi maktablardan birida direktor lavozimida ishlaydi. U 16 va 17 aprel kunlari Telegram orqali voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan Sms xabarlari jo‘natgan.
Direktor sudda aybiga iqror bo‘lgan. U xabarlarni o‘quvchini tarbiyalash maqsadida yozganini aytgan hamda pushaymonlik bildirgan. O‘quvchining qonuniy vakili esa direktor o‘z lavozimiga loyiq emasligini aytib, unga og‘irroq jazo qo‘llashni so‘ragan.
JIB O‘rta Chirchiq tuman sudining qarori bilan J.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasida nazarda tutilgan (shahvoniy shilqimlik) huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Avvalroq Toshkentdagi mehmonxonada hamkasbiga shilqimlik qilgan bank xodimi 5 sutkaga qamalgandi.
Jamiyat
Mansabdorlarga yong‘in xavfsizligi uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun mansabdor shaxslar javobgarligi kuchaytiriladi.
Qonun (O‘RQ–1136-son, 20.04.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat joylari, omborxona binolari, yotoqxona va turar joylarda, shuningdek tegishli ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish — fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Amaldagi tahrirda mazkur huquqbuzarlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari davlat yong‘in nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda mansabdor shaxslarga BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga haqli ekanligi belgilandi.
Amaldagi tahrirda mazkur jarima miqdori BHMning 20 baravari etib belgilangan.
Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning hamda aholining hayotiga va sog‘lig‘iga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo bo‘lishining oldi olinishi munosabati bilan tadbirkorlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib turishi mumkinligi belgilandi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
-
Siyosat5 days ago
«Muruvvat» internat uylari «G‘amxo‘rlik» markazlariga aylantiriladi
-
Dunyodan3 days ago
Ukraina Turkiyaga Zelenskiy-Putin uchrashuvi boʻyicha soʻrov yubordi
-
Jamiyat3 days ago
Самарқандда МЧЖ раҳбарларининг кирдикорлари ошкор бўлди: тафсилотлар
-
Siyosat5 days agoO‘zbekistonda bolalarga qarshi jinoyatlar uchun jazo qat’iylashtirildi
-
Dunyodan5 days ago
Eron nega Hurmuzni yana qamal qildi?
-
Dunyodan3 days agoEron Hurmuz boʻgʻozini bloklagani sababli muzokaralarni rad etmoqda
-
Siyosat4 days agoO‘zbekistonda bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishni kuchaytirmoqda
-
Jamiyat5 days ago«World Content Market»da ilk bor O‘zbekiston milliy paviloni tashkil etildi
