Connect with us

Jamiyat

3 oyda 136 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Saudiyaga safar qildi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-mart oylarida 136 060 nafar O‘zbekiston fuqarosi Saudiya Arabistoniga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,8 ming nafarga yoki 21,2 foizga oshgani bilan ahamiyatli. Bunda fuqarolarning katta qismi — 114 986 nafari sayohat maqsadida ushbu mamlakatga yo‘l olgan.

Shuningdek, 20 716 nafar fuqaro qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida borgani qayd etilgan.

Boshqa maqsadlar nisbatan kam ulushni tashkil etgan: 339 nafar davolanish, 11 nafar o‘qish, 8 nafar xizmat yuzasidan safar qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda Instagram’da «Umra» tadbirlarini reklama qilganlar javobgarlikka tortilgani haqida xabar qilingandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilishning milliy tizimi takomillashtiriladi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi Stefano Berterame bilan uchrashdi. 

Aytilishicha, uchrashuvda juda muhim va jiddiy masalalar muhokama qilingan. «Biz giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish milliy tizimini izchil takomillashtirishib bormoqdamiz, bu borada xalqaro ekspertlarning xulosasi biz uchun katta ahamiyatga ega. Muloqotda tahliliy va laboratoriyaviy bazani rivojlantirish, raqamli nazorat vositalarini joriy etish, soha mutaxassislarini tayyorlash mavzulariga alohida e’tibor qaratildi», deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva  Samarqanddagi xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirgandi. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari narkojinoyatchilikka qarshi texnologiya va uskunalar bilan tanishdi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qiziriq tumani va Zarafshon shahri hududlari kengayadi

Published

on


Qonunchilik palatasining 21-apreldagi yig‘ilishida Qiziriq tumani va Zarafshon shahri hududlarini kengaytirishga doir qonun loyihalari qabul qilindi.

Taklifga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumanidan 4740 gektar yer maydoni Qiziriq tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Shuningdek, Tomdi tumanidan 2459 gektar yer maydoni Zarafshon shahri hududiga qo‘shiladi.

Ta’kidlanishicha, Qiziriq tumani hududining kengayishi 731 ta oilada yashovchi 4230 nafar aholi sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa chorvachilikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Chegara o‘zgarishlari mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda tegishli tuman va viloyat Kengashlarida muhokama qilinib, kartografik chizmalar asosida ma’qullangan.

Ma’lum qilinishicha, uzoq muddatli biznes-reja doirasida 250 dan ortiq sanoat va ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 90 ta ijtimoiy ob’yekt va 500 dan ziyod savdo-maishiy hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalarini barpo etish rejalashtirilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘rta Chirchiqda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamaldi

Published

on


Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi maktablardan birining direktori o‘quvchi qizga sms jo‘natib, shahvoniy shilqimlik qilgan. Direktor sudda o‘quvchini tarbiyalash uchun shunday qilganini aytdi.

O‘rta Chirchiq tumanida maktab direktori o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanishdi.

Sud hujjatiga ko‘ra, 39 yoshli J.I. tumandagi maktablardan birida direktor lavozimida ishlaydi. U 16 va 17 aprel kunlari Telegram orqali voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan Sms xabarlari jo‘natgan.

Direktor sudda aybiga iqror bo‘lgan. U xabarlarni o‘quvchini tarbiyalash maqsadida yozganini aytgan hamda pushaymonlik bildirgan. O‘quvchining qonuniy vakili esa direktor o‘z lavozimiga loyiq emasligini aytib, unga og‘irroq jazo qo‘llashni so‘ragan. 

 JIB O‘rta Chirchiq tuman sudining qarori bilan J.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasida nazarda tutilgan (shahvoniy shilqimlik) huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Avvalroq Toshkentdagi mehmonxonada hamkasbiga shilqimlik qilgan bank xodimi 5 sutkaga qamalgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Mansabdorlarga yong‘in xavfsizligi uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Published

on


Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun mansabdor shaxslar javobgarligi kuchaytiriladi. 

Qonun (O‘RQ–1136-son, 20.04.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat joylari, omborxona binolari, yotoqxona va turar joylarda, shuningdek tegishli ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish — fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Amaldagi tahrirda mazkur huquqbuzarlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari davlat yong‘in nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda mansabdor shaxslarga BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga haqli ekanligi belgilandi.

Amaldagi tahrirda mazkur jarima miqdori BHMning 20 baravari etib belgilangan. 

Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning hamda aholining hayotiga va sog‘lig‘iga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo bo‘lishining oldi olinishi munosabati bilan tadbirkorlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib turishi mumkinligi belgilandi. 

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Ostona shahriga keldi.

Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 22-aprel kuni Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.