Connect with us

Sport

Germaniya jahon chempionatini tark etdi

Published

on


Nemislar Paragvay bilan o‘yinda 120 daqiqa qiynalishdi, penaltilar seriyasida esa Noyyerning seyvi ham yordam bermadi.

Germaniya – Paragvay 1:1

Gollar: Ensiso, 42 (0:1). Havers, 54 (1:1)

Penaltilar seriyasi: Havers – (0:0)(darvozabon). Maurisiu – (0:1). Kimmih – (1:1). Gomes – (1:2). Musiala – (2:2). Galarsa – (2:3). Voltemade – (2:3)(darvozabon). Sanabriya – (2:3)(xato). Amiri – (3:3). Balbuena – (3:3)(darvozabon). Ta – (3:3)(xato). Kanale – (3:4)

Germaniya: Noyyer, Ryudiger (Tiau, 110), Ta, Braun, Kimmih, Pavlovich (Anton, 79), Nmecha (Goretska, 46), Virs (Amiri, 110), Sane (Voltemade, 88), Havers, Undav (Musiala, 63)

Paragvay: Hil, Kanale, Gomes, Alonso (Balbuena, 120+2), Kaseres (Oxeda, 99), Kubas, Bobadilya (Sanabriya, 99), Galarsa, Almiron (Velaskes, 91), Ensiso (Maurisiu, 57), Avalos (Kabalero, 55)

Ogohlantirishlar: Havers, 106. Musiala, 115 – Kubas, 65. Galarsa, 117

Jahon chempionati pley-off bosqichidagi ilk sensatsiya ro‘y berdi. Germaniya milliy jamoasi Paragvay bilan o‘yinda yutqazib qo‘ydi va muddatidan oldin uyga qaytadigan bo‘ldi.

Yulian Nagelsman Deniz Undavni boshlang‘ich tarkibga kiritish orqali syurpriz taqdim etdi. «Shtutgart» hujumchisi guruh bosqichida uchta o‘yinda ham zaxiradan tushirilgan, lekin jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgandi. Ammo 1/16 final o‘yinida nemislar hujumda Undav – Kay Havers tandemi bilan harakatlandi, Jamol Musiala esa zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. 

Guruh bosqichida Kyurasao va Kot-d`Ivuar bilan o‘yinlarda 3 gol va 2 golli uzatma muallifi bo‘lgan Deniz bu o‘yinning 6-daqiqasidayoq hisobni ochishi mumkin edi. Ammo uning bu safargi zarbasi xato ketdi va bu Germaniyaning birinchi bo‘limdagi yagona vaziyati bo‘lib qoldi. Paragvay bosh murabbiyi Gustavo Alfaro kutilganidek «avtobus» qo‘ydi, janubiy amerikaliklar to‘pni raqibga topshirib, 11 kishi bo‘lib himoyalanishdi va nemislarni o‘z jarima maydoniga kiritishmadi.

41-daqiqada esa paragvayliklarning kam sonli hujumlaridan biri gol bilan yakunlandi. Jamoa burchak zarbasini ijro etganida Noyyer to‘pni musht bilan uzoqlashtirdi va nemislar qarshi hujumga o‘tib ketishi mumkin edi, ammo Bobadilya to‘pni olib qo‘ydi va o‘z jamoasining tezkor qarshi hujumini boshlab berdi, bu hujumni Ensiso boshda urilgan gol bilan yakunladi.

Shusiz ham gol urishga qiynalib turgan Germaniyaning vazifasi yanada og‘irlashdi, endi bir emas, ikki gol urish talab etilardi. Bu vaqtda esa tajribali futbolchilar ham qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yayotgandi – Kimmihning xatosidan keyin Noyyer o‘zini ko‘rsatmaganida, Paragvay muddatidan oldin 1/8 final yo‘llanmasini hal qilishi mumkin edi. Bundestim esa bu vaqtga kelib biror marta darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan zarba yo‘llamagandi.

Birinchi aniq zarba 54-daqiqada berildi va bu hisobni tenglashtiruvchi zarba bo‘ldi. Virs qanotdan to‘p oshirdi, Havers bosh bilan uni darvozaning olis burchagiga aniq yo‘naltirdi. Bu o‘yin boshidan buyon aniq chiqqan birinchi kross uzatma edi (21 urinishdan).

Paragvayda esa goldan keyin jamoaning asosiy futbolchisi Ensiso jarohat tufayli almashtirishni so‘radi. Lekin u chiqib ketganidan keyin ham Alfaro shogirdlari kurashni davom ettirdi.

70-daqiqada nemislar birinchi golini takrorlashi mumkin edi: Virs yana qanotdan to‘p oshirdi, Havers to‘p uchun kurashda yutib chiqdi va zarba berdi, ammo bu safar darvozabon Orlando Hil hisob o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymadi.

O‘yinning asosiy vaqtida durang saqlanib qoldi va jamoalar yana 30 daqiqa davomida g‘olibni aniqlash uchun harakat qilishdi. Germaniya qo‘shimcha bo‘limlarda yana bir gol urishning uddasidan chiqdi, ammo VAR vaziyatga aralashib, darvozabonga fol ishlatilganini qayd etdi. Paragvay esa penaltilar seriyasiga tayyorlandi va bu qaror o‘zini oqladi.

Janubiy amerikaliklarning 26 yoshli darvozaboni Orlando Hil Havers tomonidan yo‘llangan birinchi zarbaniyoq qaytardi. Keyin esa Voltemade ham uni alday olmadi. Paragvay g‘alabaga juda yaqin turganida Noyyer o‘zini ko‘rsatdi: u Sanabriyani xato qilishga majbur qildi, keyin esa Balbuenaning zarbasini qaytardi.

Manuelning bu seyvi kambekni boshlab beradigandek ko‘ringandi, ammo nuqtaga yaqinlashgan Ta to‘pni to‘sin yuqorisidan o‘tkazib yo‘lladi. Shu tariqa, nemislar qatorasiga uchinchi mundialda nimchorak finalga chiqa olmaydigan bo‘ldi. Paragvay esa keyingi bosqichda Fransiya va Shvetsiya juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi

Published

on


Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.

«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.

Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.

Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.



Source link

Continue Reading

Sport

Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin

Published

on


Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.

«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.

Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.

Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.



Source link

Continue Reading

Sport

«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi

Published

on


Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.

London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.

O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. 

«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi. 



Source link

Continue Reading

Sport

Ronaldu Messining oilasidagi yo‘qotishga munosabat bildirdi

Published

on


Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu otasi vafot etgan argentinalik futbolchi Lionel Messini qo‘llab-quvvatladi. U Messining Instagram sahifasidagi posti ostida izoh qoldirdi.

«Bu qiyin damlarda siz va yaqinlaringizni mahkam quchgan holda chuqur hamdardlik bildiraman, Leo. Bardoshli bo‘ling», deb yozgan Ronaldu.

Avval Messi «Inter Mayami»dagi o‘yinchilik faoliyatini to‘xtatgani e’lon qilingan edi. U oilasi va do‘stlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Argentinada qoldi.

Xorxe Messi 8-avgust kuni 68 yoshida vafot etdi. U uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng olamdan o‘tdi. Ko‘p yillar davomida argentinalik futbolchining otasi o‘z o‘g‘lining faoliyatida muhim o‘rin tutardi. 



Source link

Continue Reading

Sport

Dunyoning eng boy odamlaridan biri «Liverpul»ni sotib oladi

Published

on


Amazon asoschisi Jeff Bezos professional sportga sarmoya kiritish niyatida. The Guardian nashrining xabar berishicha, tadbirkor boshqa investorlar bilan birgalikda Angliyaning «Liverpul» futbol klubining kamida 30 foiz ulushini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Kelishuv 1,35 milliard funt sterling yoki taxminan 1,8 milliard dollarga teng bo‘lishi mumkin.

«Liverpul» taxminan 6 milliard dollarga baholanadi va dunyodagi eng taniqli sport brendlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bezosning qiziqishi kengroq tendensiyaga mos keladi: badavlat amerikalik investorlar Angliya futbol klublarida faol ravishda ulushlarni sotib olmoqdalar. Amerikalik aksiyadorlar allaqachon «Chelsi», «Kristal Pelas», «Everton» va «Bornmut» kabi 20 ta Premer-liga jamoalaridan 13 tasiga egalik qilishadi.

Agar kelishuv amalga oshsa, Bezos ingliz futboliga faol ravishda sarmoya kiriyotgan amerikalik milliarderlar safiga qo‘shiladi.

Investorlar uchun ingliz futbolining jozibadorligi qisman sportning Qo‘shma Shtatlarda tobora ommalashib borayotgani bilan bog‘liq. Shu bilan birga, yetakchi Amerika sport franshizalari ko‘pincha yangi investorlar uchun juda qimmat yoki cheklangan, ingliz klubidagi ulush esa global auditoriyaga va eng tijorat jihatidan jozibador sport bozorlaridan biriga kirish imkonini beradi.

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.