Connect with us

Iqtisodiyot

Geosiyosiy beqarorlik, Tramp va dollar. Oltin bilan nimalar bo‘lyapti?

Published

on


Xalqaro tartibot shu darajada zaiflashdiki bir davlatning boshqa bir mustaqil mamlakat hududiy yaxlitligiga qilayotgan tajavvuzlariga na hayrat bor, na xavotir. Yillar davomida shakllangan qoidalar o‘rnini xaos egalladi. Endi hamma narsa mumkindek. Kelajak haqidagi prognozlar mavhumlashgan bir sharoitda oltin narxi 5600 dollarga yaqinlashdi. Ayni paytda narxlar sezilarli barqarorlashdi, ammo qimmatbaho metall yanvar oyini keskin o‘sish bilan yakunlashga yaqin turibdi. Xo‘sh, oltin bahosi nimalarning hisobiga oshib ketti?

Oltin ming yillardan buyon boylik, iqtisodiy qudrat ramzi bo‘lib keladi. Tilla ilinjida odamlar dunyoning eng uzoq va borish qiyin bo‘lgan hududlarini ham zabt etgan, qanchadan qancha qonli urushlar yuz bergan. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ham ushbu qimmatbaho metall jahon moliyaviy tizimida o‘zining kuchli ta’sirini saqlab qolyapti. Xususan, so‘nggi yillarda oltin bahosi karrasiga qimmatlashdi. 2026 yilning boshiga kelib esa narxlar oshishi yanada tezlashdi. Xo‘sh, bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

Geosiyosiy beqarorlik. Geosiyosiy vaziyatning yomonlashishi yoki iqtisodiy beqarorlik, masalan, urushlar, siyosiy yoki moliyaviy inqirozlar oltin narxini oshiradi. Oltin ko‘pincha “xavfsizlik yostiqchasi” sifatida ko‘riladi, shuning uchun beqaror davrlarda unga talab ortadi. Ukrainadagi urush qariyb 4 yildan beri davom etyapti va haligacha yechim topilmayotgani investorlar ongida xavotirlarni kuchaytirib, ularni riskli aktivlardan chekinishga undaydi. Yaqin Sharqdagi vaziyat ham 2023 yil oxirida nihoyatda keskinlashdi. Xususan, Isroil va Falastin o‘rtasidagi qurolli mojaro hamda Eronda kuzatilgan notinchliklar mintaqaviy tanglikka sabab bo‘lyapti. 2026 yil boshlarida esa AQSh va Eron o‘rtasida keskinlik yanada jiddiylashdi. AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga kuch ishlatish bilan ochiqcha tahdid qilyapti. Ushbu bayonotlar fonida tilla bahosi har unsiya uchun 5500 dollarlik nuqtani ham zabt etdi. Sodda qilib aytganda, kelajak haqidagi prognozlar mavhumlashsa, investorlar uchun oltin asosiy aktivga aylanadi va unga pul tikish ko‘payadi.

Dollar kursi va FZT siyosati. Oltin narxi o‘sishning yana bir asosiy drayveri Amerika valutasining keskin zaiflashuvi bo‘ldi. Dollar indeksi so‘nggi to‘rt yillik eng minimum darajaga tushdi. Bozorlar Trampning ritorikasiga munosabat bildirishyapti. U Amerika eksportini qo‘llab-quvvatlash uchun kuchsiz dollarga toqat qilish kerakligiga ochiqcha ishoralar qilgandi. Bu investorlarning AQSh valutasiga jamg‘arma vositasi sifatida bo‘lgan ishonchini pasaytirdi.

Shuningdek, AQSh Markaziy banki – Federal zaxira tizimi olib boradigan siyosat ham narxlarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. 2022–2023 yillarda FZT yuqori inflatsiyani jilovlash maqsadida foiz stavkalarini oshirgandi. Biroq 2024 yil va undan keyingi davrda AQSh iqtisodiyotida o‘sishning sekinlashuvi va moliyaviy bozorlar beqarorligi kuzatilib, bu yo‘nalish o‘zgara boshladi. Masalan, yanvar oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda asosiy stavka o‘zgarishsiz saqlab qolindi va uni kelgusida pasaytirish ehtimoli muhokama qilindi. Bunda investorlar kam daromad keltiradigan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishdan ko‘ra, xavfsiz va inflatsiya ta’siridan himoyalangan oltin xarid qilishga ko‘proq urg‘u bera boshlaydi.

 Shuningdek, AQSh siyosiy sahnasidagi hodisalar ham FZT siyosatiga ta’sir ko‘rsatib, oltin narxini bilvosita qo‘llab-quvvatladi. Masalan, Tramp o‘zining ikkinchi prezidentlik davrida FZT raisi Jyerom Pauellga bosim o‘tkazib, foiz stavkalarini tezroq pasaytirishni talab qildi. Hatto Tramp ma’muriyati Pauellga nisbatan tergov harakatlarini boshlab, Markaziy bank mustaqilligiga raxna soluvchi bayonotlari bilan bozorlarni larzaga keltirdi.

Talabning oshishi. Yirik Markaziy banklar tomonidan oltin zaxiralarini oshirish yoki kamaytirish bo‘yicha qarorlar ham narxga ta’sir qiladi. Regulyatorlar uchun oltinning asosiy rollaridan biri o‘z zaxirasini diversifikatsiya qilishdir. Juda ko‘p holatlarda oltin AQSh dollari bilan teskari munosabatda bo‘ladi. Ya’ni dollar qiymati pasayganda, oltin odatda ko‘tariladi, bu markaziy banklarga bozor o‘zgaruvchanligi davrida o‘z zaxiralarini himoya qilish imkonini beradi. Oxirgi paytlarda xalqaro geosiyosiy jarayonlardagi keskinlik oshishi va jahon iqtisodiyotidagi retsessiya xavfi oltin xarid qilish hajmi oshishiga ta’sir o‘tkazyapti. Agar asosiy aktivlardan biri zaiflashsa, boshqasi kuchli bo‘lib qolishi kerak. Zaxiralarini oltin bilan diversifikatsiya qilish orqali markaziy banklar notinch vaqtlarda o‘z mamlakatlarining iqtisodiy institutlarini qo‘llab-quvvatlashga yaxshiroq tayyor bo‘lishadi.

Oltin narxining O‘zbekistonga ta’siri

Bir necha kun oldin Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari haqidagi ma’lumotlarni yangiladi. 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatning xalqaro aktivlari 66,3 mlrd dollargacha oshdi. Bu mutlaq rekord ko‘rsatkichdir. Zaxiralarning 55 mlrd dollari yoki 83 foiz qismi aynan oltin hissasiga to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun, 2025 yilning 1 yanvar holatida xalqaro aktivlar 41,2 mlrd dollar, uning tarkibida oltinning ulushi 32 mlrd dollar bo‘lgan. Ya’ni narxlarning qimmatlashishi hisobiga O‘zbekistonning oltin aktivlari 1 yil ichida 72 foizga yoki 23 mlrd dollarga ko‘paydi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi va uni eksport qiluvchi mamlakatlardan biridir. Xususan, 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2023 yilda esa 8,2 mlrd dollarlik, 2024 yilda 7,5 mlrd dollarlik oltin sotilgan. 2025 yilda bu 9,9 mlrd dollargacha oshdi. 

Agar yil davomida oltinning o‘rtacha narxi unsiyasi uchun 5500 dollarni tashkil etgan taqdirda O‘zbekiston 2026 yilda 20,8 mlrd dollarlik qimmatbaho metall eksportini amalga oshirishi mumkin. Shu jihatdan narxlarning qimmatlashishi bevosita mamlakat budjet daromadlari va valuta kursining barqarorlashishiga katta ta’sir o‘tkazadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.