Connect with us

Jamiyat

Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan Hajga yubormoqchi bo‘lganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Published

on


Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, Andijon shahrida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs aldov yo‘li bilan o‘zgalarning ishonchiga kirib, hozirda faoliyat yuritmayotgan Andijon shahridagi turistik firma nomidan 10 nafar fuqaroni Haj ziyoratiga yuborishini aytib, evaziga har biri uchun 5 ming AQSh dollaridan jami 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda Qarshi shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs firibgarlik yo‘li bilan fuqaroning ishonchiga kirib, u va uning qarindoshini poytaxtdagi tanishlari orqali Haj ziyoratiga yuborish evaziga 14 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. 

Namangan shahrida qayd etilgan holatda esa mahalliy turistik firmalardan birining menejeri 2 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Haj amallarini ado etish uchun yuborish evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari tomonidan ushlandi. 

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma ishchisi Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni Haj ziyoratiga yuborish evaziga Qo‘qon shahrida 9 ming AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Tahlilchi iPhone 18 narxlari qancha bo‘lishi mumkinligini aytdi

Published

on


Apple iPhone 18 Pro narxini hozirgi smartfonlar bilan bir xil darajada ushlab turishga harakat qiladi, deb xabar berdi Mac Rumors tahlilchisi Jeff Pu. 

Tadqiqotchi Apple ta’minot zanjirlarini tahlil qildi va smartfon komponentlari bozorining holatini baholadi. Pu tezkor xotira yetishmovchiligi va apparat narxlarining o‘sishi sharoitida ham Apple kelajakdagi smartfonlar uchun narxlarni saqlab qolish uchun kurashadi degan xulosaga keldi. 

Maxfiy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Apple Samsung va SK Hynix yetkazib beruvchilari bilan yanada qulayroq shartnomalar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Shuning uchun Pu kompaniya narxlarni oshirmaydi, deb hisoblaydi. Jurnalistlar AQShDA iPhone 17 Pro 1100 dollardan, iPhone 17 Pro Max esa 1199 dollardan boshlanishini ta’kidladilar. 

Tahlilchi shuningdek, Apple smartfonning asosiy komponentlari, birinchi navbatda displey va kamera narxini pasaytirish yo‘llarini izlayotganini aytdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Texnikum o‘qituvchilari 200 foizgacha ustama olishi mumkin

Published

on


Texnikum o‘qituvchilari va xodimlariga 200 foizgacha ustama to‘lanadi. Hukumatning 2026-yil 11-fevraldagi VMQ-51-son qarori bilan xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning yangi tartibi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq quyidagi yangiliklar joriy etildi.

100 foizlik ustama:

Xalqaro ta’lim dasturlariga jalb qilingan direktorlar, bosh buxgalterlar, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga har oylik majburiy 100 foizlik ustama belgilandi.

Rag‘batlantirish jamg‘armasi:

Texnikumlarda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 50 foizi miqdorida maxsus rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Natijaga qarab mukofot:

Yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan pedagog xodimlarga bazaviy stavkasiga nisbatan 200 foizgacha qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lanadi.

Texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga rag‘batlantirish miqdorini belgilash bo‘yicha texnikumda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruhlarning qarori ochiq ovoz berish orqali ishchi guruhlar yig‘ilishlarida ishtirok etayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va ishchi guruhlar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

«Novza» bekati yaqinidagi majmuada yong‘in yuz berdi

Published

on


«Novza» metrosi yaqinidagi savdo majmuasida yong‘in kuzatildi.Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi. 

Toshkent shahar «Novza» metro yaqinidagi savdo majmuasining tom qismida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida poytaxt FVBga xabar qilingan. 

Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borib, binodan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan va yong‘in soat 18:19 da o‘chirilgan. Hodisa sabab jarohatlanganlar yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni «Aviator» majmuasida ham yong‘in sodir bo‘lgandi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent elektr sohasida 17 rahbar lavozimiga noloyiq deb topildi

Published

on


Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida 16 nafar rahbar lavozimiga loyiq, 22 nafari qayta attestatsiya sharti bilan loyiq, 17 nafari esa lavozimiga noloyiq deb topildi. 

Energetika vazirligi hamda mutasaddi idora va tashkilotlar ishtirokida «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ hamda «Energosavdo» filialining Toshkent shahri hamda uning tuman bo‘linmalari rahbar xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi. 

Mazkur attestatsiya rahbar kadrlarning kasbiy malakasi va amaliy ko‘nikmalarini baholash, shuningdek, ularning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini aniqlash maqsadida tashkil etildi. 

Attestatsiya jarayonlari, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilib, 55 nafar rahbar xodimning kasbiy bilimi, shaxsiy va kasbiy kompetensiyasi, boshqaruv qobiliyati, strategik fikrlashi, umumiy dunyoqarashi hamda qonunchilik va sohaga oid me’yoriy hujjatlarni bilish darajasi atroflicha baholandi. 

 Ma’lumot uchun: 2025 yilda Energetika vazirligi va Yoqilg‘i-energetika sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamkorligida Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonalarining rahbar, o‘rinbosar hamda bosh muhandislari uchun malaka oshirish o‘quv-kurslari tashkil etilgan. 

Natijaga ko‘ra, 16 nafar rahbar xodim (29 foiz) lavozimiga loyiq deb topildi, 22 nafari (40 foiz) 6 oydan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tish sharti bilan lavozimiga loyiq deb hisoblandi. Shuningdek, 17 nafar rahbar xodim (31 foiz) egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilib, ularning o‘rniga yuqori salohiyatga, yetarli bilim va zamonaviy boshqaruv qobiliyatiga ega bo‘lgan eng munosib kadrlarni tanlab olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. 

 Attestatsiya komissiyasi takliflariga asosan, rahbar xodimlar malakasini oshirish uchun asosiy yo‘nalishlar qayta ko‘rib chiqildi. Jumladan, soha uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, har bir rahbar nomzod uchun alohida shaxsiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish asosiy vazifalar sifatida belgilandi. 

Mazkur chora-tadbirlar elektr ta’minoti sohasida samarali boshqaruvni ta’minlash, xizmat sifati va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Published

on


Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi. 

Hukumat qarori (53-son, 11.02.2026-y.) bilan «Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mazkur sohada vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Nizomga ko‘ra, yangi o‘rnatilgan, modernizatsiya (rekonstruksiya) qilingan yoki mukammal ta’mirlangan yuk ko‘tarish qurilmalari foydalanishga topshirilgunga qadar to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.

Foydalanishda bo‘lgan yuk ko‘tarish qurilmalari 1 yilda kamida 1 marta qisman texnik ko‘rikdan va 3 yilda 1 marta to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.

Yuk ko‘tarish qurilmalarining texnik ko‘rigi mulkdorning yozma yoki elektron tarzdagi murojaatiga asosan, ixtisoslashgan tashkilot tomonidan o‘tkaziladi.

Yuk ko‘tarish qurilmalari dastlabki, davriy va navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Texnik ko‘riklar mulkdorning yozma yoki elektron tarzdagi murojaati asosida ixtisoslashgan tashkilot tomonidan mulkdor bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.